Tushunchalar tahlili


Download 17.86 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi17.86 Kb.
#224804
Bog'liq
Tushunchalar tahlili 2-seminar


Tushunchalar tahlili” texnologiyasi




Tushunchalar






mazmuni

pedagogik faoliyat


Pedagogik faoliyat bu kattalarning ijtimoiy foydali faoliyatining o'ziga xos turi;   yosh avlodni iqtisodiy, siyosiy, axloqiy, estetik maqsadlarga muvofiq hayotga tayyorlashga ongli ravishda yo'naltirilgan.  bu kattalarning ongli ravishda muntazam ravishda muntazam ijtimoiy-tarixiy ta'lim jarayoniga aralashishi, bolalarni kattalar tomonidan jamiyatning yetuk a'zosini tayyorlash uchun shakllantirishdir.

"Kimga qanday pandu nasihat qilsang, unga avvalo o‘zing “


Sharq mutafakkirlari, pedagog olimlari barkamol insonni yetishtirish  uchun tarbiya naqadar zarurligini, uning mohiyati va mazmunini asoslab berganlar. Ota ona uchun farzandi to`g`ri tarbiylanishi eng katta baxt deb hisoblayman. Bolaga tarbiya berish juda murakkab vazifalardan biridir. Ayniqsa hozirgi kundagi bolalar tarbiyasi biroz murakkab. Chunki zamon shuni ko`rsatmoqda. O`zbek xalq maqollaridan biri: “ Qush inida ko`rganini qiladi” bejiz aytilmagan. Hozirgi kundagi ba`zi ota onalar internet tufayli farzandlariga bee`tibor qolishmoqda. Farzandlari biron ishni noto`g`ri qilsa ularga pand nasihat berishmayapti. Farzandga pand nasihat berishdan avval ularning o`zlari shu narsalarga amal qilishlari kerak deb o`ylayman.

"Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir"


Ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiy “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir. Zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo‘lur”, deb barchani ilmu fanni o‘rganishga da’vat etgan. Shu bois mustahkam xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun tinimsiz izlanishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda zamonaviy bilimlarni bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Dunyoda zamon bilan hamnafas shaxs sifatida yashashda nafaqat diniy ilm, bilim va dunyoviy bilimlar ham lozimligi davr talabi hisoblanadi.

"Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay


dunyoning turli nuqtalarida yashayotgan va turli irq, millat va jamiyatlar vakillarining hayot tarzi, yashash sharoiti, eng muhimi - savod va ilm-fan borasidagi keskin farqlanishi, insoniyat o‘zi erishgan bemisl ilm-fan, texnika yutuqlari bilan cheksiz faxrlanayotgan bugungi XXI-asrda ham hali dunyoni yanada yaxshilash, unda umrguzaronlik qilayotgan insonlar hayotini yana ham farovonlashtirish uchun qilinishi lozim bo‘lgan ishlar judayam ko‘p, juda-juda ko‘p ekanligi haqida aniq va ravshan mulohaza uyg‘otadi. Dunyoda ilm juda katta ahamiyatga ega. Hozirgi kunga qadar yetib kelishimizga ilm sabab bo`ldi. Inson tafakkuri tobora rivojlanib borar ekan, kundan kunga yangi ixtirolar, kashfiyotlar yaratilaveradi. Buning zamirida esa albatta ilm mavjuddir.

Tarbiya uch narsaga extiyoj sezadi: iste’dodga, ilmga va mashqga







-tarbiyada ulg’ayotgan inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir o’quvchi, o’smir va yosh yigitning betakror va o’ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy xuquqiy va erkinligining e’tiborga tutilishi,

milliylikning o’ziga xos an’ana vositalariga tayanish, jahon madaniyatining ilg’or tajribalariga asoslanish, o’quvchilar faoliyatida tarbiyaviy jarayonning asosini tashkil qilish, qiziqarli, to’laqonli o’quvchilar yosh jihatlariga mos hayot iqlimini yaratish, mehnat, hayriya, ijtimoiy foydali, ijtimoiy ko’ngilochar va shunga o’xshash tadbirlar tashkil etish lozimki, natijada o’quvchilar o’zlari xoxlagan ishga qo’l ursinlar, muvaffaqiyat hissini tushunib o’zlariga ishonchlari ortsin, axloqan barqaror bo’lsin. Xalqimizda tarbiyachilik san’ati qadimdan juda yuksak darajada rivojlangan. Sharq mutafakkirlari, pedagog olimlari barkamol insonni yetishtirish uchun tarbiya naqadar zarurligini, uning mohiyatini va mazmunini asoslab berganlar.

"Kimda-kim yoshlikdan tarbiya olmasa, katta bo‘lib baxtli bo‘la olmaydi"


 Ho‘l novdani istagancha bukish mumkin, quruq novdani esa faqat olov bilan to‘g‘rilash mumkin. Bolalar kichik yoshidagina tarbiya ta’siriga beriluvchan bo‘lishlarini, shuning uchun ularni kichiklikdan boshlab tarbiyalash kerakligini katta bo‘lgach, tarbiyalash g‘oyat qiyin bo‘lishligini qayd etadi. bola maktabga kelganga qadar ham, maktabda o‘qish davrida ham, asosan oilada tarbiyalanadi. Oila davlatning asosiy ko‘rtagi sifatida bolalarning dunyoqarashi, xulqi va didiga ta’sir ko‘rsatishi tabiiy holdir. Oila a’zolarining ma’naviy birligi yoshlarni har tomonlama kamol toptirishning darstlabki va asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Har bir shaxs yoshlikdan tarbiyalanishni boshlaydi. Chunki ular kelajakda mukammal shaxs sifatida yashaydi. Bola tarbiyasi oilada emas undan ham oldinroq, ya`ni ona qornida tarbiyalanishni boshlanishi kerak deb hisoblayman. Har bir inson baxtli bo`lishni xoxlashi tabiiy xol. Buning uchun yoshlikdan yaxshi tarbiya, chiroyli muomila, va yaxshi xulq-atvor kerak bo`ladi. Ota-onalarning o‘ziga va bolalariga bo‘lgan talabchanligi, katta va kichiklarning o‘zaro munosabatlari, do‘stona muhit, ishonch va o‘zaro bir-birlarini tushunish oila, mahalla va maktab bolalar jismoniy tarbiyasi yuzasidan olib boriladigan muhim omillardan biridir. Bundan birlikni ro‘yobga chiqishida, eng avvalo, ota-onalarning ongliligi muhim rol’ o‘ynaydi. Chunki, ota-onalarning faolligi oilaviy hayotda o‘z ifodasini topadi.

Download 17.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling