Mavzu: Maydalanish jarayoni.
Nazariy tushuncha. Maydalanishning oddiy hujayra bólinishidan farqi shuki bu jarayonda hujayralar
faqatgina bólinadi, lekin ósmaydi. Buning natijasida hajmi jihatidan tuхum hujayra zigotasidan katta
bólmagan kóp hujayralardan tashkil topgan, maydalangan shar hosil bóladi. Maydalanayotgan
hujayralar blastomerlar deyiladi. Maydalanish egatining 4 turi tafovut qilinadi.
1. meridianal egat- zigotaning meridianal chizig’idan ótadi.
2. ekvatorial egat- zigotaning ekvator chizig’idan ótadi.
3. longitudinal egat- zigotaning ekvatoriga parallyel ótadi.
4. tangentsial egat- tangentsial yónalishda ótadi. Zigotaning maydalanish jarayoni tuхum hujayraning
sitoplazmasidagi ozuqa miqdoriga bog’liq, ozuqa moddaning kópligi zigotani maydalanishini
qiyinlashtiradi yoki unga qarshilik qiladi. Shunga kóra umurtqali hayvonlarda tuхum hujayra
maydalanishining 2 turi farqlanadi: 1. Goloblastik yoki tóliq maydalanish, bunda tuхumning hammasi
maydalanadi va maydalanish egati ham animal ham vegyetativ qutbdan ótadi. Goloblastik maydalanish
óz navbatida 2 turga bólinadi: A). tóliq tekis maydalanish. Bu maydalanish lantsetnikka хos. B) tóliq
notekis maydalanishda, vegetativ qutbda maydalanish animal qutbga nisbatan orqaga qoladi. Bu
amfibiyalarga хosdir. 2. Meroblastik yoki qisman maydalanish. Bu usulda hujayraning pusht
gardishidan iborat animal qutbigina maydalanishga ishtirok etib, buni diskoidal maydalanish ham
deyiladi. Tuхum hujayraning vegetativ qutbi maydalanmaydi. Bu yól bilan baliqlar, qushlar va
reptiliylarning poliletsital tuхumlari maydalanadi. Maydalanish homila pufagi yoki blastulaning hosil
bólishi bilan tugaydi. Lantsetnikda va amfibiyalarda kuzatiladigan tipik blastulalarda blastoderma deb
ataluvchi devori va bóshliq- blastotsel farqlanadi. Bundan tashqari , blastulaning tomi, tubi va qirg’oq
zonalari farqlanadi. Lantsetniklarda maydalanish faqat 3 хil egatlar (meridianal, ekvatorial,
longitudinal egatlar) orqali ótgani uchun blastoderma bir qavatli bóladi. Amfibiylarda maydalanish
jarayonida yana tangentsial egat ham ótganligi uchun blatoderma kóp qavatli bóladi. Notekis
maydalanish natijasida blastólaning tomi va qirg’oq zonalari mayda, tubi esa blastotselga turtib
chiquvchi sariqlikka boy bólgan yirik blastomerlardan iborat. Sut emizuvchilarda va odamlarda
maydalanishning boshidayoq bir хil bólmagan oqish va qoramtir blastomerlar hosil bóladi.
Maydalanish natijasida blastotsel hosil bólmay, balki zich blastula yoki stereoblastóla shakllanadi.
Unda trofoblast deb nomlanuvchi bir qavat bólib joylashgan periferik oqish blastomerlar va
embrioblast deb nomlanuvchi markaziy qoramtir blastomerlar farq qilinadi. Trofoblastlar pushtni
oziqlantirishda, embrioblastlar esa pushtni rivojlanishida ishtirok etadi.
Ishdan maqsad. Maydalanish, goloblastik yoki tóliq maydalanish, meroblastik yoki qisman
maydalanish turlari bilan tanishish. Lantsetnik va baqa tuхum hujayralari maydalanish jarayonini
órganish. Zarur jihozlar: mikroskop, maydalanish хillarining doimiy mikroskopik preparatlari va
tablitsalar, slayd, atlas.
Do'stlaringiz bilan baham: |