3-tajriba.
Baqa blastulasi. Blastula davrini órganish uchun embrion markazidan
kesib olib tayyorlangan
preparatni mikroskopning kichik ob’yektivi ostiga qóyib órganiladi. Notekis tóliq maydalanish yóli
bilan hosil bólgan blastulada animal vegetativ va qirg’oq zonalar kózga yaqqol tashlanadi.
Blastoderma devoridagi blastomer hujayralar hajmi har хil bólib, kóp qavatli tuzilishga ega.
Blastulaning animal kutbidagi blastomer hujayralar anchagina mayda bólib, 2-3 qavatni hosil qiladi.
Vegetativ zonadagi blastomer hujayralar esa yirik va kóp (6-8) qavatni tashkil etadi.
Chekka zonadagi
hujayralarning hajmi har хil. Bu zonalardagi hujayralar sitoplazmasida pigment donachalar yotadi.
Blastulaning notóg’ri shakliga ega bólgan bóshlig’i (blastotselь)
animal qutbga yaqin, ya’ni ekstsentrik
holda yotadi .
Shunday qilib, amfibiyalar blastulasi óz devoridagi
hujayralarning shakli,
hajmi va
qatlamlarining soni blastotselning joylashishi bóyicha lansetnik tselablastulasidan
juda keskin farq
qiladi. Topshiriq: lansetnik maydalanish bosqichi sхemasini va baqa blastulasi
rasmlarini albomga
chizish.