Tvchdpi fizika kafedrasining 2020 yil 15- oktyabrdagi 3-sonli majlisi bayonnomasidan


Download 39.08 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.12.2020
Hajmi39.08 Kb.
#159140
Bog'liq
document

background image
TVCHDPI Fizika kafedrasining 2020 yil 15- oktyabrdagi 3-sonli majlisi bayonnomasidan

KO‘CHIRMA

15.10.2020y.

Chirchiq shahri

Qatnashganlar: kafedra mudiri, f.-m.f.d., professor I.G.Tursunov, f.-m.f.d., professor K.R.Nasriddinov,

(DSc) dotsent J.E.O‘sarov, f.-m.f.n., dotsent v.b. U.R.Rustamov, (PhD) dotsent v.b. K.T.Suyarov,

o‘qituvchilar D.Xudoyberdieva, A.Eshmatov, A.Tillaboev, SH.Begzatova, M.SHeraliev, K.Malikov,

Z.Arzikulov, SH.Berdiev, M.Dusmuratov va U.Eshniyozovlar.

Kun tartibi:

Turli masalalar:

CHirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti tabiiy ilmiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi

Ramonova Sadokat Komilovna “Elektrotexnika va elektronika asoslari fanini o‘qitishni

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida takomillashtirish metodikasi”(harbiy bilim yurtlarida

misolida) mavzusidagi 13.00.02-ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) ixtisosligi bo‘yicha olib

borayotgan falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi mavzusini va ilmiy rahbarini tasdiqlash to‘g‘risida.

Eshitildi:

talabgor S.K.Ramonova PhD dissertatsiya tadqiqot ishining dolzarbligi, qilingan ishlar va erishilgan

natijalar, ular asosida 1 ta xorijiy va 3 ta respublika OAK tasarrufidagi jurnallarda maqolalar nashr

qilingani, harbiy yo‘nalishi fizika fani o‘qitishda AKT dan samarali foydalanishning shakl va usullari

ko‘rsatildi. Tadqiqotchi seminar qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga ham javob berdi.

So‘zga chiqdilar:

kafedra mudiri I.G.Tursunov – Mavzuning dolzarbligi, bo‘lajak harbiy xodimlarning texnik

tayyorgarligini oshirishda fizika fanining muxim o‘rni, hamda ishdagi metodik jihatdan kamchiliklariga

to‘xtalib o‘tdi. f.-m.f.d. professor K.R.Nasriddinov va (DSc) dotsent J.E.O‘sarovlar - ishga ijobiy baho

berdi va mavzu to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirishdi.

So‘zga chiqqanlarning takliflarini e’tiborga olib, kafedra yig‘ilishida

QAROR QILINDI

1. CHirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti tabiiy ilmiy fanlar kafedrasi katta

o‘qituvchisi K.S.Ramonovaning 13.00.02-ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) ixtisosligi

bo‘yicha PhD dissertatsiyasi mavzusi “Elektrotexnika va elektronika asoslari fanini o‘qitishni

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida takomillashtirish metodikasi”( harbiy bilim

yurtlarida misolida) deb belgilansin va ilmiy rahbar qilib falsafa doktori(PhD) dotsent v.b. Suyarov

Kusharbay Tashbaevich tayinlansin hamda ushbu mavzuni institutning ilmiy kengashidan tasdiqlab

berishni so‘ralsin.

2.CHirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti tabiiy ilmiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi

S.K.Ramonovaning, 13.00.02-ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) ixtisosligi bo‘yicha

“Elektrotexnika va elektronika asoslari bo‘limini o‘qitishni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

yordamida takomillashtirish metodikasi”(harbiy bilim yurtlarida misolida)” mavzusidagi PhD

dissertatsiyasini to‘laqonli yakunlash maqsadida, TVCHDPI mustaqil izlanuvchisi sifatida

rasmiylashtirish so‘ralsin.

Yig‘ilish raisi:

I.G.Tursunov

Yig‘ilish kotibasi:

S.T.SHermatova



1

Download 39.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling