U hozirda Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti Gigena va tibbiy ekologiya kafedrasi talabalar ilmiy jamiyati sardori sifatida faoliyat yuritib kelmoqda


Download 14.18 Kb.
Sana05.04.2023
Hajmi14.18 Kb.
#1274093
Bog'liq
samarqand yoshlari


Vatanimizning xalqaro maydondagi obro‘-eʼtiborini yuksaltirishga va shon-shuhratini oshirishga munosib hissa qo‘shayotgan, yurtimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida faolligi va tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan, shuningdek o‘qishda va mehnat faoliyatida yutuqlarga erishgan oliy taʼlimning bakalavriatining 2-bosqichida bosqichida tahsil olayotgan Samarqandlik yosh olim, tashabbuskor talaba-yoshlaridan biri Faxriddin yilning eng yaxshi “Tashabbuskor islohotchi” ko’rik talovi g’olibi bo’ldi.
Faxriddin kichikligidan ilimga chanqoq bo’lgan U Urgut tumani 93-umum talim maktabida o’qigan , o’sha davrlarda u maktabni a’lo baholarga o’qish bilan birga yoshlar ittifoqini maktabdagi yetakchi sardori vazifasida faoliyat yuritgan, yoshligidan tengdoshlariga o’rnak bo’lgan bu yigit hozirda ham tinib tinchimaydi.
Faxriddin 2020 yili maktabni tugatib 2021 yilda davlat grandi asosida Samarqand Davlat Tibbiyot Universitetiga qabul qilindi u shu kundan boshlab ko’plab ko’rik talov va olimpiyadalar g’olibi bo’ilshga ulgurdi.
U hozirda Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti Gigena va tibbiy ekologiya kafedrasi talabalar ilmiy jamiyati sardori sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Yurtimizda innovatsion va kreativ fikrlaydigan zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak ma’naviyat egalari etib tarbiyalash, ta’lim tizimini takomillashtirish, ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, Yoshlarga oid davlat siyosati yo‘nalishidagi islohotlarni davom ettirish, Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratishda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtiroki, salmoqli yutuqlari, samarali ilmiy faoliyati bilan alohida o‘rnak bo‘layotgani uchun Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan “Intellektual izlanuvchi” tanlovida ham g’olib deb topildi.
Faxriddin Shuningdek Markaziy Osiyo Yosh Lidirlar Akademiyasi a’zosi hisoblanadi. Faxriddin Bu yutuqlarga erishishida ustozlarini va ota onasini o’rni yuqori deb biladi. Faxriddin yurtiga foydasi tegadigan yaxshi shifokor bo’lishni niyat qilgan bunda unga mafaqiyat tilab qolamiz.
Download 14.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling