U. T. Berdiyev, N. B. Pirm atov elektromexanika


Download 12.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/28
Sana15.12.2019
Hajmi12.72 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
74352

U.T.BERDIYEV,
N.B.PIRM ATOV
ELEKTROMEXANIKA

0 ‘ZBEK IST0N  RESPUBLIRASI OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI
BERDIEV USAN TURDIYVICH 
PIRMATOV NURALI BERDIYOROVICH
E L E K T R O M E X A N I K A
5310700- «Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari» 
va 5310200-  «Elektr energetika» yo‘nalishlari talabalari uchun
T o s h k e n t -  2014

“Elektromexanika”  fani  texnika  oliy  o ‘quv  yurtlarining  «Elektr 
texnikasi,  elektr  mexanikasi  va  elektr  texnologiyalari»  va  «Elektr 
energetika»  yo‘nalishlari  talabalari  uchun  darslik.  -   Т.:  Shams-Asa. 
2 0 1 4 -y il  .
Darslikda  turli  sohalarda  keng  q o ‘llaniladigan  transformatorlar, 
asinxron,  sinxron  va  o'zgarmas  tok  mashinalarining  tuzilishi,  ishlash 
prinsipi,  ularda  bo ‘ladigan  asosiy fizik jarayonlari  va  ish  rejimlarini 
bayon  etishda  hamda  elektr  yuritma  asoslari,  sinfifikasiyasi,  elektr 
yuritma dinamikasi,  ish  rejimlari,  uning  quvvatini hisoblash  va  tanlash, 
elektr yuritmalaming  ishga tushirish va boshqarish prinsiplarini hamda 
b a ’zi  elektr  qurilmalaming  boshqarish  sxemalarini  o ‘rganish  bo'yicha 
malakali mutaxassislar tayyorlash dasturiga mos holda amaliyot nuqtai 
nazaridan yondashilgan.
Darslikdan  texnika  oliy  о ‘quv yurtlarining  «Elektr texnikasi,  elektr 
mexanikasi  va  elektr  texnologiyalari»,  «Elektr  energetika»  va  oliy  ta ’- 
limning  texnika yo ‘nalishlari  talabalari,  elektroenergetika  sohasiga  oid 
kollejlarda  ta ’lim  olayotgan  o'quvchilar  hamda  xizmat  doirasi  elektr 
mashinalari  va  kuch  transformatorlarining  ekspluatatsiyasi  hamda  ta ’- 
mirlashi bilan bog ‘langan mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.
M as‘ul muharrir: t.f.d.prof. Amirov C.F.
Taqrizchilar:
T.Sh.G‘oyibov  -   TDTU,  «Elektr  stansiyalari,  elektr  tarmoqlari  va 
tizimlari» kafedrasi  mudiri, dots, t.f.d.
N.M.Aripov 
-  
TTYMI, 
«Temir 
yul 
avtomatikasi 
va 
telemexanikasi» kafedrasi professori, t.f.d.
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirligi texnika 
oliy о ‘quv yurtlarining «Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr 
texnologiyalari» va «Elektr energetika» yo‘nalishlari talabalari uchun 
•'.."'"■•'-•■".^•.darslik sifatida tavsiya etgan (Grif № 312-016).
©  U.Berdiev, N.Pirmatov,  2014

S O ‘Z   B O S H I
O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  m illiy  istiqlol 
mafkurasini  shakllantirishning  hayotiy  zaruriyati  va  dolzarbligi  haqida 
gapirar  ekanlar,  «Inson  shaxsini,  uning  yuksak  ma’naviy  fazilatlarini 
karool  toptirish,  m illiy istiqlol  mafkurasini  shakllantirish,  yosh  avlodni 
boy  madaniy  merosimiz  hamda  tarixiy  qadriyatlarimizga  hurmat-e’ti- 
bor,  mustaqil  vatanimizga  mehr-rauhabbat  ruhida  tarbiyalash  talablari, 
oldimizga  rauhim  vazifalami  qo'ymoqda»  deb  alohida  ta’kidlaydilar. 
Bu  vazifalar  birinchi  navbatda,  mostaqil  vatanimizning  rivojlanishiga 
hissa qo‘shuvchi, uning kelajagini bunyodkorlari bo'lishni, yosh avlodni 
bilim  olish biian  birga yuqon  intizomii,  malakali  mutaxassis  bo'lishim 
va o*z yurti,  xalqiga sitqi  dildan mehnat qilishini, ozod yurt ravnaqi  va 
baxt-saodati  uchun  halo!  mehnat  qilishni  o'rgatishni  nazarda  tuiadi. 
Zero,  mustaqillik  aynan  fidoiy,  o ‘z  vatani  manfaatlariga  g’oyat  sado- 
qatli,  o ‘z  sohasi  bo‘yicha  yuqori  malakali  kadrlaming  o'z  sohasi  tar- 
mog’ini boshqarishini taqazo etadi.
Kelajakning  itegm   bo‘lgan  yuksak  malakali  kadrlar  layyorlash 
uchun  xalqaro  standart  talablari  asosida  ishlab  chiqarilgan  elektrome- 
xanik  qurilmalarga  oid  yetarli  darajada  ma’lumotlarni  qamrab  olgan 
darslik  va  o ‘quv  qoMlanmalar  yaratisb  hozirgi  kunning  doizaxb  masa- 
lalaridan biridir. Elektr mashinalari va tnmsformatoriari sanoatning turii 
ishlab  chiqarish  korxonaJarida,  energetikada,  transportda  (aviatsiya,  te- 
mir  yo‘1,  avtomobil,  metro,  tramvay,  trolleybus),  qishloq  va  suv  xo‘- 
jaligida,  va  boshqa  sohalarda  keng  qo'llamladi.  Darslik  texnika  oliy 
o ‘quv yurtlarining  «Elektr texnikasi,  elektr mexanikasi  va  elektr texno- 
logiyalari»  va  «Elektr energetika»  ta’lim  yo'nalishlari  talabalari  uchun 
«Elektromexanika»  fanining  dasturi  asosida  yozilib,  uning  mazmum: 
transformatorlar, asinxron mashinalar,  sinxron mashinalar va o'zgarmas 
tok  mashinalari  hamda  elektr  yuritma  asoslari,  sinfiHkasiyasi,  elektr 
yuritma dinamikasi,  ish rejimlari,  uning quwatini  hisoblash  va tanlash, 
elektr  yuritmalami  ishga  tushirish  va  boshqarish  prinsiplarini  hamda
3

ba’zi  elektr  qurilmalaming  boshqarish  sxemalarmi  o'rganish  ketma- 
ketligida  bayon  qilingan.  Ulaming  tuzilishi,  ishlash  prinsipi,  asosiy 
xossalari  va  xarakteristikalari  amaliyot  nuqtai  nazaridan  yondashilgan 
holda bayon etilgan.
Darslikni  batafsil  taqrizdan  o'tkazganlari  uchun  mualliflar 
TDTUning «Elektr stansiyalari, elektr tarmoqlari va tizlmlari» kafedrasi 
mudiri  dots,  tf.d .,  T.Sh.G'oyibov  va  TTYMI  rang  «Temir  yo‘l 
avtomatikasi 
va 
telemexanikasi» 
kafedrasi 
professori, 
tf.d . 
N.M.Aripovlarga o'zlanning chuqur minnatdorchiligim bildiradilar.
4

KIRISH
Hozirgi  kunda  xalq  xo‘jaligining  turli  sohalari  va  hatto,  maishiy 
xizmatda  ham  elektr  mashinalari  va boshqa  elektr jihozlari  ko‘p  ishla- 
tilmoqda.  Xususan,  elektr energiyasining  asosiy  qismi-issiqlik,  gidro va 
atom  elektr  stansiyalarida  o ‘matilgan  sinxron  elektr  mashinalarda  hosil 
qilinadi.  Bunda,  bug’  va  gidroturbinalaming  mexanik  energiyasi  elektr 
energiyaga  aylantiriladi.  Hozirgi  issiqlik  elektr  stansiyalarida  quvvati 
300,  500,  800  va  1200  MW  bo‘lgan  turbogeneratorlar,  gidrostansiya 
larda esa,  200...1000 MW И gidrogeneratorlar ishlatilmoqda.  Energetika 
sistemasidan  uzoqda joylashgan  kichik  quvvatli  iste’molchilami  elektr 
energiyasi bilan ta’minlashda dizel-motorlari,  shamol motorlari, bug’  va 
gidroturbinalar  orqali  aylantiriladigan  sinxron  generatorlaridan  foyda- 
laniladi.
Energiya  kamaytirishga  doir  chora-tadbirlar  tizimida  energiya  re- 
surslarini  o ‘zlashtirish,  issiqlik  va  energiyani  birgalikda  ishlab  chiqa- 
rishni,  yangi  va  qayta  tiklanayotgan  energiya  manbalari  ulushini  ken- 
gaytirish,  ishlab  chiqarishni  oqilona  tashkil  etishning  iqtisodiy  mexa- 
nizmlari  hamda kuchaytirish  chora-tadbirlarini  ishlab  ehiqishga  alohida 
e’tibor qaratiladi.
Ishlab  chiqarishda  qo‘Uaniladigan  mashina  va  mexanizmlar  turli 
xildagi  elektr  motorlari  bilan  harakatga  keltiriladi.  Elektr  energiyasini 
mexanik energiyaga aylantiradigan mashina elektr motor deyiladi.
Hozirda  Respublikamizda  ishlab  chiqarilayotgan  elektr  energiyasi­
ning taxminan 70% ini elektr motorlari iste’mol qilmoqda. Nasos  stansi­
yalarida  nasoslami  aylantirayotgan  sinxron  elektr  motorlarining  umu- 
miy quvvati 400 ming  KW dan ortiqdir.  Umuman,  katta quvvatli nasos, 
ventilyator  va  kompressorlar kabi  o ‘zgarmas  tezlik  va  doimiy  yuklama 
bilan  uzoq  muddatda  ishlaydigan  mexanizmlami  aylantirishda  sinxron 
motorlaridan  foydalaniladi  (bunda  sinxron  motorlaming  quvvat 
koeffitsienti  cos;p  =  1  ga  teng).  Davlat  elektr  stansiyalari  odatda  ener­
getika  resurslari  mavjud  bo‘lgan  tumanlarda  quriladi  va  ularda  elektr
5

energiyasi  uch fazali  tok sifatida asosan sinxron generatorlari  vositasida 
hosil  qilinadi.  Asinxron  mashinalari esa,  boshqa  elektr  mashinalari  sin- 
gari  generator  va  motor  rejimlarida  ishlay  oladi,  ammo  quvvat  koef- 
fitsientining  pastligi  sababli  ular  faqat  o'rtacha  quvvatli  motorlar  si­
fatida  foydalaniladi.  Xususan,  tuzilishining  soddaligi,  ishlashdagi 
ishonchlikning  yuqoriligi  va  arzonligi  sababli  rotori  qisqa  tutashtirilgan 
asinxron  motorlari  k o ‘p  sohalarda  keng  qo‘llaniladi.  Hozirgi  kunda 
Respublikamizda  foydalanilayotgan  elektr  harakat  tarkibida  ham  qisqa 
tutashtirilgan 
rotorli 
asinxron 
motorlar 
keng 
qollanilm oqda 
( « 0 ‘zbekiston» elektrovozida va «Afrosiyob» elektr poezdlarida).
0 ‘zgarmas  tok  mashinalari  ham  generator  va  motor  sifatida  ish- 
latiladi.  Galvanika qurilmalari,  akkumulyatorlami zaryadlash  va 
0
‘zgar- 
mas  tok  motorlarini  elektr  energiyasi  bilan  ta’minlashda  ular  generator 
vazifasida  ishlatiladi.  Aylanish  tezligi  keng  va  silliq  rostlanishni  talab 
etadigan ishchi mashinalarda o ‘zgarmas tok motorlaridan foydalaniladi.
Qishloq xo'jaligi,  sanoat, qurilish va transport mexanizmlarini hara- 
katga  keltirishda  o ‘zgaruvchan  va  o ‘zgarmas  tok  elektr  yuritmalaridan 
foydalaniladi.  Elektr motori  va  u  bilan  xarakatlantiriladigan  ish  mashi- 
nasi  orasidagi  mexanik  uzatma  (reduktor)  hamda  elektr  motorini  bosh- 
qaradigan  elektr jihozlaridan  tashkil  topgan  qurilma  elektr  yuritma  de- 
yiladi.  Ular tok turi,  aylanish  tezligi,  rostlanishi  va  boshqarilish  usulla- 
riga  qarab  turlarga  ajratiladi.  Shuningdek,  elektr yuritmalar boshqaruv- 
chi elektr jihozlari va elektr sxemalariga qarab ham turlarga bo‘linadi.
Katta  quvvatli  elektr  energiyasini  uzoq,  masofada  joylashgan 
iste’molchilarga uzatishda va turli kuchlanishdagi elektr energiyasi hosil 
qiladigan  stansiyalami  biror  yuqori  kuchlanishda  o ‘zaro  bog’lab,  ya’ni 
energetika  sistemasini  yaratib  elektr  ta’minoti  uzluksizligiga  erishishda 
transformatorlardan  keng  foydalaniladi.  0 ‘zgaruvchan  tok  kuchlanishi 
qiymatini  oshirish  yoki  kamaytirish  uchun  ishlatiladigan  statik  elektro- 
magnit qurilma transfornlator deyiladi.
Respublikamiz  o ‘zining  energetika  sistemasiga  ega  bo‘lib,  uning 
ishi markaziy dispetcherlik boshqarmasidan nazorat qilinadi. Energetika
6

sistemamizda kuchlanishi  110,  220 va  500 kV  li  elektr  uzatish tarmoq- 
lari  ishlab  turibdi.  Jumladan,  Farhod  GES  -Toshkent  elektr uzatish  tar- 
mog’ining  uzunligi  250  km,  kuchlanishi  220  kV,  Toshkent-Chirchiq 
uzatish  tarmog’inmg  energiyasini  uzoq,  masofalarga  tejamli  uzatish 
uchun har bir km masofaga  lkV  kuchlanish to ‘g ’ri kelishiga erishish ke- 
rak bo‘ladi.
Mustaqillik  tufayli  Respublikamizda  olib  borilayotgan  islohatlar 
qatori elektrotexnika  sanoatida ham katta  o ‘zgarishlar bo‘lmoqda.  Jum­
ladan,  Chirchiq  transformator zavodida  yuqori  kuchlanishli transforma- 
torlar, Andijon elektr motor aksiyadorlik jamiyatida ekspluatatsiya ko‘r- 
satkichlari  yuqori  bo‘lgan  asinxron  matorlarining  yangi  turlari  ishlab 
chiqarilmoqda.
Ishlab  chiqarishning  energetik  asosini  elektromexanika  tashkil 
qilib,  uning texnikaviy darajasi texnologik qurilma ishlashining  samara- 
dorligini  aniqlaydi.  Elektromexanikaning  taraqqiyoti,  motorlar,  apparat- 
lar,  o ‘zgartgichlar,  analog  va raqamli  boshqaruv  vositalarini  yanada ta- 
komillashtirish  hisobiga  uning  tejamliligi  va  ishonchliligini  orttirish 
yo‘li  orqali  bormoqda.  Hozirda  ushbu  jarayonda,  mikroprotsessorlar 
mikro-EHMlarning  ko'plab  qo‘llanilishi,  avtomatlashtirilgan  elektr  yu- 
ritmalaming  funksional  imkoniyatlarini  sezilarli  kengaytiradi  va  uning 
texnikaviy  hamda  iqtisodiy  xarakteristikalarini  yaxshilaydi.  Elektrome- 
xanik  qurilmalar  bajarayotgan  funksiyalarining  kengayishi  va  murak- 
kablashishi,  unda boshqarishning  yangi  vositalarini  qo‘llanilishi,  uning 
loyihalashtirish,  yig’ish,  sozlash  va  ishlatish  bilan  mashg’ul  bolgan 
mutaxassislar tayyorlashning yuqori darajasini talab qiladi.  Ular elektro- 
mexanik  qurilmalarning  alohida  qisimlarini,  vazifalari  va  element 
bazalarini,  ulaming xossalari va xarakteristikalarini yaxshi bilishi, elektr 
yuritmani  boshqarish  sxemalarini  tushunishi,  uning  iqtisodiy  ko‘rsat- 
gichlarini  aniqlashni  va  uning  elementlarini  tanlashni  uddalay  olishi 
kerak boladi.
7

Birinchi bo‘lim . TRANSFORMATORLAR
1.1.§. Transform atorlarning elektr energetikada tutgan o ‘rni
Elektr stansiyalaridan iste’molchilarga elektr energiyani  u/atishdagi 
energiya  isroflari  liniya  simlaridan  o ‘tadigan  tok  kuchiga  bog‘liq  bo‘- 
ladi.  Elektr  stansiyalaridagi  sinxron  generatorlar  kuchlanishining  katta- 
liklari  (U<24  kV)  uzoq  masofada  joylashgan  iste’molchilarga  elektr 
energiyani  tejamli  uzatish  uchun  ancha  kamlik  qiladi.  Elektr  energi- 
yaning  m a’lum  quvvati  ( S = ^ U  I)  ni  iste’molchiga  uzatishda  transfor- 
mator yordamida kuchlanish  U  qanchaga oshirilsa,  tok kuchi  I  shuncha 
marta kamayadi.
Bunda:  1)  liniya  uchun  k o ‘ndalang  kesim  yuzasi  nisbatan  kichik 
bo‘lgan  sim  tanlanib,  elektr  uzatish  liniyasini  qurishda  rangli  metallar 
tejaladi;
2)  liniyadagi  quvvat  isroflari  (P'=3I2ri)  kamayishi  tufayli  iste’mol­
chilarga yetkazib beriladigan aktiv quvvat oshadi.
Ayrim issiqlik elektr stansiyalarida (IES)  o ‘matilgan kuch  transfor- 
matorlari  uzatilayotgan  elektr  energiyaning  kuchlanishini  20  kV  dan 
500  kV  ga,  ya’ni  25  marta  oshirib  beradi.  Natijada,  liniya  simlaridagi 
energiya isroflari transformatorsiz uzatilganiga nisbatan 252 =625  marta 
kamayadi, ya’ni katta iqtisodiy samaraga erishiladi.
Har qaysi  elektr stansiyasida kuchl anishni oshiruvchi katta quvvatli 
transformatorlar  o ‘rnatilgan  b o la d i  (1.1-rasm).  Elektr  uzatish  liniyasi 
uzoq  masofali  va  uzatilayotgan  quvvat  qancha  katta  b o ‘Isa,  texnik- 
iqtisodiy  jihatdan  asoslangan  kuchlanish  shuncha  yuqori  b o ‘ladi.  Ma- 
salan,  103  MW  quvvatni  1000 km maSbfaga uzatish  uchun  deyarli  500 
kV kuchlanish zarur bbiadi.
0 ‘zgaruvchan  tok  iste’molchilarining  k o ‘pchiligi  220,  380  va  660 
V kuchlanishlarda,  nasos  stansiyalarda o ‘matilgan  suv  nasoslarini  yuri- 
tadigan  sinxron  elektr  motorlari  10  kV;  metallurgiyada  qo‘llaniladigan 
katta  quvvatli  faza  rotorli  asinxron  elektr  motorlari  6  kV,  shu  sohada 
ishlatiladigan  yirik  sinxron  elektr  motorlari  esa  6  va  10  kV  kuchla-

nishlarda; elektrlashtirilgan ternir yo‘l transportida qo‘llaniladigan elektr 
motorlari  1,8-3,3  kV  kuchlanishda  ishlaydi.  Shuning  uchun  elektr 
uzatish  liniyasining  yuqori  kuchlanishi  markaziy  va  mintaqaviy 
nimstansiyalarda  hamda  elektr  energiya  iste’molchilariga  yaqin  joyda 
o‘matilgan kuch transformatorlari orqali ular uchun zarur bo‘lgan kuch- 
lanish qiymatiga qadar pasaytiriladi.  Shu xususda  1.1-rasmda,  konstruk- 
siyasi  kuchlanish  qiymati  35  kV,  quvvati  esa  1000-^6300  kV-А  ga  mos 
keladigan pasaytiruvchi kuch transformatori ko‘rsatilgan.
Elektr stansiyasidan iste’molchilarga elektr energiyani  uzatish jara- 
yoni.  Kuchlanish  sinfi  35  kV  quvvati  1000-5-6300  kV-А  konstruktsiya- 
siga  mos  keladigan  pasaytiruvchi  kuch  transformatori,  yoki  besh  olti 
bosqichda,  asosan  ikki  chulg‘amli  katta  quvvatli  transformatorlar  vosi- 
tasida amalga oshiriladi.
l.l-R asm . Kuch transformatorining ko‘rinishi 
1-bak; 2 -  moy  uchun ventil; 3 -  taminlash uchun qistirma; 4 -  temiosifonli filtr;  5 -  
radiator; 6 -  kuchlanishni rostlash qayta ulagichi;  7 -  kengaytirgich;  8 -  moy k o ‘rsatkich; 9 -  
havo quritgich;  10 -  chiqaruvchi (saqlovchi) truba;  11  -  gaz rele;  12 -  YK chulg'am uchun 
o ‘tish izolyatori;  13 -  qayta ulagich dastagi;  14 -  PK chulg'amga oid o ‘tish izolyatori;  15 -  
transformatomi ko'tarish uchun ilgich;  16 -  PK chulg'aimri o ‘tish izolyatori bilan bog'lovchi 
o'tkazgich;  17 -  magnit o ‘tkazgich;  18 -  YK chulg'amni o ‘tiSh izolyatori bilan bog'lovchi 
o ‘tkazgich;  19 -  yuqorigi va pastki yarmo balkalari; 20 -  YK chulg‘am rostlash tarmog'ining 
simlari; 21 -  YK chulg‘am; 22 -  aravacha g ‘ildiragi
Shuning  uchun  kuch  tran sformatorlarining  soni  hamda  ulaming 
quvvati  elektr  energiyani  uzatish  masofasiga  qarab  elektr  stansiya-
9

laridagi  elektr  generatorlarining  soni  va  o ‘matilgan  quvvatiga  nisbatan 
taxminan  olti  marta  ko‘p  boiadi.  O ‘zbekiston  Respublikasida  kuch 
transformatorlari  hamda  maxsus  transformatorlaming  ayrimlari  asosan 
Toshkent  viloyatida  faoliyat ko‘rsatayotgan  Chirchiq transformatorsoz- 
lik  zavodida,  «ELUS  (Elektr  uskunalari)»  va  «Osiyoelektroenergiya» 
ilmiy-ishlab  chiqarish  korxonalarida  ishlab  chiqarilmoqda.  Toshkent 
shahrida 
kuch 
transformatorlarini 
ta’mirlaydigan 
korxonalardan 
«Energota’mir»  ixtisoslashtirilgan  ta’mirlash  ishlab  chiqarish  va 
«Rotor» ta’mirlash korxonalari ham faoliyat ko‘rsatmoqda.
1.2.§. Transform atorlam ing tasnifi, ularga qo‘yi!adigan asosiy 
talablar, gabaritlari va nom inal kattaliklari
Transformatorlaming tasnifi.  Bajaradigan  vazifasiga ko‘ra transfor­
matorlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) kuch transformatorlari;
2) maxsus transformatorlar.
Kuch transformatorlari o ‘z navbatida:  umumiy maqsadli va sohaviy 
turlarga boTinadi.
Elektr  energiyani  uzatish,  qabul  qilish  hamda  ishlatishga  mo'ijal- 
langan  elektr  tarmoqlari  va  uskunalarida  elektr  energiyani  o ‘zgartirish 
(kuchlanishni oshirish yoki kamaytirish) vazifasini bajaradigan transfor- 
matomi  kuch  transformatori  deyiladi.  Bu  toifaga:  quvvati  6,3  kV-А  va 
undan  katta bo‘lgan uch  fazali  transformatorlar  hamda  quvvati  5  kV-A 
va undan katta b o ‘lgan bir fazali transformatorlar kiradi.
Normal  sharoitda ishlayotgan elektr tarmog‘iga ulash uchun,  yoxud 
maxsus ish sharoiti, yuklamaning xarakteri yoki ish rejimi bilan farq qil- 
maydigan energiya iste’molchilarini bevosita ta’minlashga  tayyorlangan 
transformatorlarni  umumiy  maqsadli  kuch  transformatorlari  deyiladi. 
Transformatorlar fazalar soniga ko‘ra:  bir,  uch  va ko‘p fazali  (sohaviy); 
chulg‘amlar  soniga  ko'ra  ikki,  uch  va  ko‘p  chulg‘amli  turlarga  b o ‘- 
linadi.
10

Agar  transformatommg  har  fazasida  uchta  yuqori  kuchlanishli 
(YK),  o ‘rta kuchlanishli  ( 0 ‘K)  va past kuchlanishli  (PK)  elektr jihatdan 
ulanmagan  chulg‘amlari  bo‘lsa,  bunday  holda  uch  chulg‘amli  transfor- 
mator deyiladi.
Agar  transformatorda 
1n < U 2n  
bo‘lsa  oshiruvchi, 
1n > U 2n 
bo‘lganida esa pasaytiruvchi transformator deyiladi.
Elektr  energiyani  transformatoming  qaysi  chulg'amiga  berilishiga 
qarab transformatomi oshiruvchi yoki pasaytiruvchi sifatida foydalanish 
mumkinligi uning qaytarlik xossasidir.
Nominal  quvvati  va  kuchlanishlariga  bog‘liq  ravishda  kuch  trans- 
formatorlari 
va  avtotransformatorlarining 
gabaritlarga 
ajratilishi 
1.1 -jadvalda ko‘rsatilgan.
Kuch  transformatorlariga  q o ‘yiladigan  asosiy  talahlar.  Elektro- 
texnika sanoatida ishlab chiqarilayotgan kuch transformatorlari ishonch- 
lilik, tejamlilik, chidamlilik va boshqa muhim jihatlari bilan jahon bozo- 
rida yuksak raqobatbardosh  bo‘lishi  zarur.  Shu  sababli mazkur transfor- 
matorlarga  quyidagi  asosiy  talablar  qo‘yiladi:  a)  ishlab  chiqarishda  va 
ishlatishda  tejamli  bo‘lishi;  b)  ishlatishda ishonchliligi;  c)  isroflar  stan- 
dartda  belgilangan  m e’yordan  oshmasligi;  d)  parallel  ulash  shartlarini 
qanoatlantirishi;  e) me’yordan ortiqcha qizib ketmasligi; f) kuchlanishni 
rostlashga  imkon  berishi;  g)  transformatomi  ishlatish jarayonida  ayrim 
sabablarga  ko‘ra  sodir  bo‘ladigan  qisqa  muddatli  o ‘ta  kuchlanishlarga 
va kam muddatli  qisqa tutashuvdagi  ancha katta bo‘lgan toklar ta’siriga 
bardosh berishi zarur.
Transformatoming nominal kattaliklari. Transformatorlar standart 
talablariga  mos  holda  texnik  shartlar  b o ‘yicha  tayyorlanadi  va  elektr 
energiyani  o ‘zgartirish  bo‘yicha  ma’lum  vazifalarni  bajarish uchun bel- 
gilanadi.  Bu  sharoitlardagi  transformatoming  ishi  nominal  kattaliklar 
bilan  xarakterlanadi  va  ular  elektr jihozlari  kataloglarida  hamda  trans- 
formatorga  mahkamlangan  pasport  taxtachada  quyidagilar  ko‘rsatilgan 
bo‘ladi:
11

Transformatoming  to‘Ia  nominal  quvvati  V  A  yoki  kV-А  da 
ko‘rsatiladi:
a) bir fazali ikki chulg‘amli uchun -  S IN= U iN IiN;
b) uch fazali ikki chulg'amli uchun -  S)N-'/3 U
in
I
in

 3U,
n
1
in
C os(p. 
Transformatorlarda  FIK  juda  ham  katta  bo‘lgan!igidan  ikki  chul-
g‘amli  transformatorda  birlamchi  (SiN)  va  ikkilamchi  (S2N)  chulg‘am 
nominal quvvatlari taxminan bir xil bo'ladi, ya’ni S1N ~S2N.
i . 1 -jadval.
Kuch transformatorlari va avtotransformatorlarining gabaritlari
Gabarit
raqamlari
Kuch  transformatorlari  va  avtotransformatorlarining  standartda 
belgilangan qatorga mos keluvchi quvvati va kuchlanishlari
Nominal quvvati (SN), kV A

Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 30%20Техника%20фанлар
30%20Техника%20фанлар -> Oziq-ovqat texnologiyasi asoslari. Vasiyev M.G'.pdf [Aberdin-angus qoramol zoti]
30%20Техника%20фанлар -> B. X. Yunusov, M. M. Azimova
30%20Техника%20фанлар -> Gidravlika va
30%20Техника%20фанлар -> O. O. Xoshimov, S. S. Saidaxmedov
30%20Техника%20фанлар -> Qishloq qurilish texnologiyasi
30%20Техника%20фанлар -> S. turobjonov, M. Shoyusupova, B. Abidov moylar ya maxsus suyuqliklar texnologiyasi
30%20Техника%20фанлар -> I. K. Umarova, G. Q. Solijonova
30%20Техника%20фанлар -> M am ajanov Т., Atamov A
30%20Техника%20фанлар -> Texn ologiyasi
30%20Техника%20фанлар -> Elektr yuritma asoslari

Download 12.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling