U. T. Berdiyev, N. B. Pirm atov elektromexanika


Download 12.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/28
Sana15.12.2019
Hajmi12.72 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28

0
‘zgartirilgan f  j  chastotaga mos keladigan kuchlanish va moment
145

(3.72)  ga  binoan,  motorning  o ‘ta  yuklanish  qobiliyatini,  quvvat 
koeffisientini  va  FIK  ni  talab  qilingan  qiymatda  o ‘zgarmas  holda  saq- 
lash  uchun chastota f,  ni o ‘zgartirish bilan bir vaqtda stator chulg‘amiga 
berilayotgan kuchlanish Ui  ni  ham o ‘zgartirish kerak ekan.
Agar  motorning  aylanish  chastotasi  yuk  momenti  o ‘zgarmas 
(M=M'=const)  boigan  shartda  rostlansa,  unda  motorga  beriladigan 
kuchlanishni tok chastotasining o ‘zgarishiga mutanosib ravishda o ‘zgar- 
tirish zarur bo'ladi, ya’ni:
U'i  = U,-  f i / f !  
(3.73)
Bunda  motorning  quvvati  aylanish  chastotaning  ko‘payishiga 
mutanosib  ravishda  oshadi.  Agar  aylanish  chastotani  rostlash  motor 
quvvati  o ‘zgarmas  (Pem=M-a)|=const)  boigan  shartda  amalga  oshirilsa, 
unda beriladigan kuchlanishni quyidagi  qonunga mos o'zgartirish kerak 
boiadi:
U ', = U r   ^ f> /f|  . 
(3.74)
Asinxron motorlaming  aylanish  chastotasini  stator toki  chastotasi fi 
orqali rostlashda uning energetik xarakteristikalari o ‘zgarmasdan qolislii 
va  aylanish  chastotaning  bir  tekis  rostlanishi  uning  afzalligi  bo‘lsa,  bu 
usulning  murakkabligi  va  qimmatligi  esa  uning  jiddiy  kamchiligidir.
b)  Motorning  aylanish  chastotasini juft qutblar  sonini  o ‘zgartirish  bilan 
rostlash.  Motorning  aylanish  chastotasi  juft  qutblar  soniga  teskari 
mutanosibda o ‘zgaradi. Juft qutblar soni  stator chulg‘amining
e)
3.17-rasm.  Tok chastotasi  fi  ning har xil qiymatida m otor aylanish chastotasini U;  /fi = const 
sharti bo'yicha rostlashdagi  aylantiruvchi  momenti M  ning chastota 
fz
 ga nisbatan o ‘zgarish 
grafigi (a) ham da Mq const (b) va P
2 = const (s) shartlar bajarilgandagi mexanik 
xarakteristikalar.
146

'.I К-rasm da  stator  chulg‘amining  qutblar  sonini  o ‘zgartirishning 
flip,  oddiy  sxemasi  keltirilgan.  Bu  sxema bo‘yicha  stator chulg‘amining 
qulblar  soni  ikki  marta  o ‘zgaradi.  Bunda  stator  chulg‘amining  har  bir 
fn/usi  ikkiga bo‘linib, ketma-ket ulanishdan parallel ulanishga o ‘(kaziladi.
I  va  2,  3  va  4-g‘altaklaming  parallel  ulanishi  qutblar  sonini  ikki 
mart a kamaytirib, motorning aylanish chastotasini  ikki  marta oshiradi.
Agarda  motorning  aylanish  chastotasini  uch  yoki  to'rt  karra 
oshirish  kerak  bo‘lsa,  u  holda  statorga  qo‘shimcha  yana  bitta  chulg‘am 
Jnylashtiriladi.
1.1 S-rasm.  Stator faza ctral amining qutblar sonini o'zgartirish uchun qayta ulash sxemasi:  a — 
2p = 4 da va b - 2 p = 2 da uch fazali asinxron m otor qutblar sonini qayta ulash  sxemalari  amda 
lining  aylantiruvchi momenti  M  = const (c) va aylanish chastotasi  n = const (d) rejim larida 
mexanik xarakteristikalari ulanishi va chulg‘am qadam iga bog'liq bo'ladi.
b).  Qutblar  soni  o ‘zgartirilib,  aylanish  chastotasi  rostlanadigan 
asinxron motorlami ko‘ptezlikli  motorlar deyiladi. Bunday motorlaming 
rolori  qisqa tutashgan  bo‘ladi.  3.18-rasmda stator chulg‘ami  qutblar soni 
2:1  va  8:4  nisbatlarga o ‘zgaradigan  sxemalar ko‘rsatilgan.  Bu  rasmdagi 
«с»  sxema M 2 =  const,  «d»  sxema  esa  P2 =  const  hollar  uchun  qutblar 
sonini  o ‘zgartiradi  va  motorning  shu  rejimlarga  mos  boMgan  mexanik 
xarakteristikalari ko‘rsatilgan.
Katta  o ‘lchamga  ega  bo‘lish  va  tannarxining  qimmatligi  ko'p  lez- 
likli  motorlaming kamchiliklari hisoblanadi.  Bundan  tashqari  motorning 
aylanish  chastotasini  f  =50  Hz  =  const  bo‘lganda  rostlash  bir  tckis
147

bo‘lmay  pog'onali  bo'ladi  va  motoming  juft  qutblar  soni  p=l;2;3;4 
larda  stator  chulg‘ami  hosil  qilgan  aylanma  magnit  maydoni  n l  ning 
aylanish chastotasi  3000:  1500:  1000:  750 nisbatda o ‘zgaradi.
c) 
Sirpanishni  o ‘zgartirish  y o ‘li  bilan  asinxron  motoming  aylanish 
chastotasini  rostlash.  Sirpanish  s  ni  o ‘zgartirish uchun  stator chulg'ami- 
ga  be  riladigan  kuchlanishni  (3.19,a-rasm),  uch  fazali  kuchlanish  sim- 
metrikligini  (3.19-rasm)  va  rotor  zanjirining  aktiv  qarshiligini  o ‘zgar- 
tirish (3.19,b-rasm) kerak bo'ladi.
3.19-rasm. Asinxron m otorga beriladigan  uch fazali kuchlanish tizimi  siinmetriMigini 
o ‘zgartirib aylanish chastotani rostlashda mexanik xarakteristika (a),  (bunda:  1  - simmetrik va 
2 - nosim m etrik kuchlanishlarda) amda b - tarm oqqa ulash sxemasi
Motorga beriladigan  uch  fazali  kuchlanish  simmetrikligini  o'zgarti- 
rish  uchun  uning  bitta  fazasiga  avtotransformator  ulab  shu  fazaning 
kuchlanish qiymati  o ‘zgartiriladi.  Bu  holda  teskari  maydon ham  vujud­
ga  kelib,  natijaviy  elektromagnit  moment  (M=Mto-g’  -   Mtes)  kamayadi; 
bu  esa  sirpanish  s  ni  o ‘zgartiradi  (3.19-rasm).  Aylanish  chastotani  rost- 
lashning bu usuli faqat kam quvvatli  asinxron motorlarda qo‘llaniladi.
d) 
Rotor  zanjiriga reostat ulab  asinxron motoming  aylanish  chaste- 
tasini  rostlashda  (3.16,b-rasmga  qarang)  aylanish  chastota  bir  tekis  va 
keng ko‘lamda o'zgartiriladi. Bu usul bilan amaliyotda aylanish chasteta 
kichik  oraliqlarda  o'zgartirilishi  mumkin,  chunki  rotor  zanjiridagi 
qo'shimcha qarshiiik oshirilganda rotordagi elektr isroflar oshib ketadi.
148

3.13.§. Bir fazali asinxron mashinalar
Bir  fazali  asinxron  motorlar  (P2  <  600  W)  avtomatik  qurilmalarda 
vii  uy  xo‘jaligi  elektr  asboblarida  (ventilyator,  sovutgich,  kir  yuvish 
miishinasi,  elektr  ustara  va  boshqaiar)  ishlatiladi.  Bir  fazali  asinxron 
motorning  statorida  bir  fazali  chulg‘am  bo‘lib,  rotorida  esa  qisqa 
tutashtirilgan  chulg'arri  bo'ladi  (3 .16-rasm).  Stator  chulg'ami  oV.ak 
pn/larining  2/3  qismida  joylashgan  bo‘ladi.  Chulg‘amning  pazlarda 
biinday  joylashishi  havo  bo‘shlig‘ida  magnit  induksiyasi  shaklining 
simisoidalga yaqin bolishini ta’minlaydi.
1.20-rasm. B ir fazali asinxron m otor statorining k o ‘ndalang qirqimi  (a) va motorning mexanik 
xarakteristikalari  (b); ishga tushirish chul ami bilan ta'minlangan bir fazali asinxron  motomi 
kondensatorli  ishga tushirish sxemasi  (с);  К -  kalit
Bir  fazali  asinxron  motorning  stator  chulg‘amiga  bir  fazali  o ‘z,ga- 
ruvchan  tok  berilganda  pulslanuvchi  magnit  maydon  hosil  bo'ladi.  Bu 
maydonni  amplitudalari  teng  va  bir-biriga  nisbatan  teskari  bir  xil 
aylanish chastotada aylanuvchi ikkita tashkil etuvchiga ajratish  mumkin.
Bir fazali  asinxron  motorlar boshlang‘ich  ishga  tushirish  momenti- 
ga  ega  emas  (3.20,b-rasm)  va  stator  chulg'ami  tarmoqqa  ulanganda 
lining  rotori  aylanmaydi.  Shuning  uchun  bunday  motorlar  ishga  tushi- 
rish  chulg‘ami  bilan  ta’minlanadi  (3.20,c-rasm).  Aylanish  yo'rialishi 
rotorning  aylanish  yo‘nalishi  bilan  mos  b o ig an   oqimni  to'g'ri  oqim
149

Fto‘g’,  rotorning  aylanishiga  nisbatan  teskari  aylanadigan  oqimni  teskari 
Ftes  oqim  deyiladi.  Bu  oqimlar  to ‘g ‘ri  Mto g-ri  va  teskari  aylantiruvchi 
moment Mtes larni hosil qiladi.  Bu  momentlar bir-biriga nisbatan teskari 
yo‘nalishda  bo‘ladi.  Natijaviy  aylantiruvchi  moment  to ‘g ‘ri  va  teskari 
momentlaming yig‘indisi bilan topiladi:
Mnat= 
M to.g- 
+ Mtes. 
(3.75)
T o‘g ‘ri oqimga nisbatan rotorning sirpanishi: 
sto‘g-  = (ni(to‘g') -  П) / n 1(to.g.) = (nt -  n) / n,  =  1  -  n / n b 
(3.76) 
teskari  oqimga nisbatan rotorning sirpanishi esa:
Stes 
[ ( t l l ( t e s )  
( - n ) J   ^  ^   (lte s ) 
l(tes) 
П )   /   П   ](tes)  —  1  ~f 
П  i   !i  i(tes). 
( 3 . 7 7 )  
Demak,  bir  fazali  asinxron  motor  ishga  tushirish  momentiga  ega 
emas.  Shu  sababli  rotor  qaysi  tomonga  tashqi  kuch  yordamida  aylan- 
tirilsa,  o ‘sha tomonga aylanadi.  Bunday  motoming ish xarakteristikalari 
uch  fazali  asinxron  motomikiga  nisbatan  yomon.  В undan  tashqari  salt 
ishlayotgan  bir  fazali  motorning  aylanish  chastotasi,  teskari  magnit 
oqimi hosil  qilgan  tormozlovchi  moment ta’sirida  uch  fazali  motoming 
aylanish chastotasidan kichik b o ‘ladi.
3.14.§. Kondensatorli asinxron motor va uch fazali qisqa tutashgan 
rotorli asinxron motorni bir fazali manbadan ishlatish 
Kondensatorli  asinxron  motor.  Bunday  motoming  statorida  bir 
xil  sondagi  pazlami  egallagan  va  fazoda  bir-biriga  nisbatan  90°  elektr 
burchakka siljigan ikkita (normal rejimda «ishchi») chulg‘am b o ‘ladi.
Ayrim hollarda  aylanma maydon  olish  uchun  ishga  tushirish  payti- 
da  va  birorbir  yuklamada  kondensatorlar  parallel  ulanadi.  Yuklamada 
birta  kondensator  ishlasa  ishga  tushirishda  ikkala  kondensator  ham 
ulanadi.
Kondensatorli  motorlarning  FIK  xuddi  shunday  quvvatli  uch  fazali 
asinxron  motomikiga  yaqin,  cos
mumkin.
Uch  fazali  qisqa  tutashgan  rotorli  asinxron  motorlarni  bir  fazali 
asinxron  motor  sifatida ishlatish.  Buning  uchun  uch  fazali  qisqa tutash-
150

gitn  rotorli  asinxron  motorni  3.21-rasmdagi  sxemalar  asosida  ulash 
lumik  bo‘ladi.  Bu  sxemalar bo ‘yicha motomi  ulash  uchun  chulg‘amlar- 
(>  la  uchlari ham tashqariga (klemmalar qutisiga)  chiqarilgan  bo‘li- 
ithi  lozim.  Bu  rasmdagi  sxemaiar  bo‘yicha  ishlayofgan  molor  bir  fazali 
iliolorga  ekvivalent  hisoblanadi.  Uch  fazali  motor  bir  fazali  motor 
niliitida  ishlaganda uning  quvvati  uch fazali  motor  nominal  quvvatining 
liixminan  70%  ni  tashkil  qiladi.  Bunday  motorlar  kichik  yuklamada 
Ixhlaganda ularning texnik ko‘rsatkichlari  nisbatan yomon bo‘ladi.
3.21-rasm.  Kondensatorli  asinxron motor sxemasi (a)  va uning mexanik xarakteristikasi 
(b);  uch fazaii asinxron motorni bir fazali tarmoqdan  ishiatishda stator 
chulg'am ini ulash sxemalari (с); К  -  kalit
Sxemalardagi  (3.21-rasm)  ishga  tushirish  qarshiliklari  (sig‘im  va 
uktiv  qarshilik)  motor  ishga  tushirilgandan  keyin  uzib  qo‘yiladi.  Agar 
sig‘im  motorning  ish  jarayonida  ham  sxemada  ulanib  qolsa  uning 
yuklama rejimida ishlashini yaxshilaydi.
3.15.§. Maxsus maqsadli asinxron mashinalaming ba’zi turiari
Ko‘pgina  sohalarda  umumiy  maqsadli  asinxron  motorlar  bilan  bir 
qatorda  maxsus  maqsadli  asinxron  mashinalari  ham  ishlatiladi.  Bunday 
maxsus  mashinalarga  asinxron  chastota  o ‘zgartgich,  faza  rostlagich, 
induksion  regulyator,  aylanuvchi  (buriluvchi)  transformator,  sclsinlar, 
chiziqli  motorlar va boshqalar kiradi.  Ular yordamida  chaslotani,  fa/ani 
va  kuchlanish  qiymatlarini  rostlash;  rotorning  burilish  burchagini  shu 
burchakka  yoki  uning  biror  bir  funksiyasiga  mutanosib  o ‘zgaradigan 
kuchlanishga  aylantirish;  o ‘zaro  mexanik  bog‘liq  b o ‘lmagan  ikki  yoki 
bir  nechta  o ‘qlaming  sinxron  burilishi  yoki  aylanishini  ta’minlash;
151

mexanik ob’ektlaming chiziqli  yoki yoysimon  siliishini  amalga oshirish 
mumkin.
Asinxron  chastota  o‘zgartgich.  Faza  rotorli  asinxron  mashina 
chastota  o ‘zgartgich  sifatida  ishlashi  mumkin,  chunki  rotordagi  tok 
chastotasi f2 ga teng,  ya’ni:
f2= fjs = p(nj±n) / 60, 
(3.78)
bunda  «-»  belgisi  rotorning  magnit  maydoni  bilan  bir  xil  yo‘nalishda 
ay-lanishini,  «+»  belgisi  esa  uning  magnit  maydoniga  teskari  tomonga 
aylanishini koYsatadi.
3.22-rasm.  Birlamchi (yurituvchi) motori tarm oqqa (a) yoki chastota o'zgartgichnm g chiqishiga 
(b) ulangandagi asinxron chastota o ‘zgartgichning sxemalari;  Pe-elektr quvvat; Pmex  mexanik 
quvvat; As.M  - asinxron mashina
Asinxron  chastota  o ‘zgartgich  faza  rotorli  asinxron  mashina  va 
uning  o ‘qiga  ulangan  aylanish  chastotasi  rostlanadigan  ishga  tushirish 
motoridan  iborat  (3.22-rasm).  Asinxron  mashinaning  birorta  (masalan, 
stator)  chulg‘ami,  chastotasi  fj  bo‘lgan  uch  Fazali  elektr  tarmog‘iga 
ulansa,  boshqa  chulg‘amidan  (rotor  chulg‘amidan)  chastotasi  f2=  fis 
bo‘lgan ‘zgaruvchan tok olinadi.
f2  >  f]  chastota  olish  uchun  asinxron  mashina  stator  magnit 
maydoni  yo‘nalishiga  teskari  b o ‘lgan  tomonga  aylantiriladi.  Bunda 
chastota  o ‘zgartgich  elektromagnit  tormoz  (s  >1)  rejimida  ishlaydi, 
motor esa unga mexanik quvvat uzatadi.
f2  < fi  chastota olish uchun  esa chastota  o ‘zgartgich  motor rejimida 
va  stator magnit maydoni  yo‘nalishi  bo‘yicha  aylantirilishi  lozim.  Bun­
da  chastota  o ‘zgartgich  generator  bo‘lib  ishlayotgan  birlamchi  motor
152

hosil  qilgan  elektromagnit  momenti  ta’sirida  tormozlanadi.  Generator 
rejimida  ishlayotgan  motor  elektr  energiyasini  asinxron  mashina  ulan- 
Itiin  larmoqqa uzatadi.
Chastota  f2  ni  ravon  bir  tekis  rostlash  uchun  birlamchi  motor 
sil'atida 
o ‘zgarmas  tok  motoridan  foydalanib,  uning  aylanish  chaxtoui- 
Nini 
o c/gartirish kerak bo‘ladi.
Kuchlanishni induksion rostlagich (regulyator).  Bunday  r e g u la ­
tor  uch  fazali buriluvchi avtotransformator ko‘rinishda ishlab chiqariladi 
vn  uch  fazali o ‘zgaruvchan kuchlanishni rostlash uchun  ishlatiladi.
Induksion  rostlagichning  sxemasi  3.23,a-rasmda  ko'rsatilgan.  Bun- 
ila  birlamchi  chulg‘am  sifatida  rotor  chulg'ami  ishlatilsa,  ikkilamchi 
cluilg'am sifatida esa stator chulg‘ami ishlatiladi.
Induksion  regulyator  uch  fazali  tarmoqqa  ulansa,  uning  rotor  va 
stator chulg‘amlarining har bir fazasida EYK hosil boladi:
ILng  —
 K{+ K
2
  ~ и »
 + Ёл 
^3
bu  yerda:  — = —1 “ — U2  «  E2 -   chiqishdagi  kuchlanish;  и ^ г -  kirish- 
dugi  kuchlanish.  (3.79)  tenglamadan  shu  narsa  ko‘rinadiki,  Ukir  va  E2 
vektorlari  geometrik  qo‘shilar  ekan,  shu  sababli  U  reg  kuchlanishning 
qiymati Ukir va E2 vektorlari orasidagi  burchakka b o g liq  boladi.  Rotor­
ning  holatini  o ‘zgarganda bu  burchak  o ‘zgarib turli  qiymatli  Ureg kuch­
lanishi olishi mumkin.
Faza  rostlagich  (fazoregulyator).  Fazoregulyator  (3.23,c-rasm) 
konstruksiyasi jihatidan faza rotorli  asinxron mashina bo lib ,  ikkilamchi 
t*hulg‘am kuchlanishining qiymati  o ‘zgartirilmagan holda  uning birlam­
chi  kuchlanishga  nisbatan  fazasini  o ‘zgartirib  beradi.  Uning  induksion 
regulyatordan farqi  shuki,  fazoregulyatorda rotor  va  stator chulg‘atnlari 
oVaro  elektr jihatdan  ulanmagan,  ya’ni  transformator boglanishga ega, 
shuning  uchun  ham  uni  ayrim  holda  buriluvchi  transformator  deb 
ataladi.
153

Ikkilamchi  chulg‘am  kuchlanishi  fazasini  rotomi  statorga  nisbatan 
burish  bilan  amalga  oshiriladi  (stator  chulg‘amini  birlamchi  chulg‘am 
deyiladi).
3.23-rasm.  Kuchlanishni induksion  rostlagichning ulanish sxemasi 
(a) va vektor diagrammasi (b); fazoregulyatoming ulanish sxemasi (c)
Agarda  faza  rotorli  asinxron  mashinaning  rotori  va  statorining  bir 
xil  faza  o ‘qlari  mos  tushsa,  aylanuvchi  magnit  oqimi  stator  va  rotor 
chulg‘amlarini  bir vaqtda kesib  o ‘tadi  demak,  hosil  bo‘lgan EYK  Ei  va 
E2  laiTiing  fazalari  ham  bir  xil  b o ‘ladi.  Rotomi  u  yoki  bu  tomonga  a  
burchakka  burib  (3.23,c-rasm),  kerak  bo‘lgan  EYK  fazasini  olish 
mumkin, ya’ni:
e i = E 2^ m { w t ± a )  
(38())
Faza  rostlagich  avtomatikada  faza  b o ‘yicha  xatolikni  kompensat- 
siyalashda,  boshqariladigan  to ‘g ‘rilagichlarda,  elektr  o ‘lchov  asboblari- 
ni tekshirishda va boshqalarda ishlatiladi.
Aylanuvchi  (buriluvchi)  transformator.  Aylanuvchi  transforma- 
tor o ‘zgamvchan  tok  elektr  mikromashinasi  bo‘lib,  u  rotorning  burilish 
burchagini  kuchlanishga  aylantirib  beradi  va  bu  kuchlanish  shu  bur­
chakka yoki uning biror bir funksiyasiga  mutanosib ravishda  o ‘zgaradi. 
Aylanuvchi  transformatoming  tuzilishi  (3.24-rasm)  xuddi  faza  rotorli
154

Dhinxron  motomiki  kabi  b o ‘ladi.  Stalor  va  rotorning  har  qaysiga  bir- 
biriga  nisbatan  faza 90°  ga siljigan  ikkita bir  fazali tarqalgan chulg‘am- 
liu  joylashgan.  Magnit o ‘zak bir-biridan izolyatsiyalangan elektrotexnik 
po'lat  tunukalardan yig‘ilg an b o ‘ladi.
Aylanuvchi  transfoimator  burilish  yoki  aylanish  rejimida  ishlashi 
mumkin.  Burilib  ishlash  rejimida  rotorning  statorga  nisbatan  holati 
buradigan mexanizm (reduktorli ijrochi motor) yordamida o ‘zgartiriiadi. 
llimda  stator  chulg‘amining  bittasi  -   qo‘zg‘atish  chulg'ami  (QCH) 
o'/.garuvchan  tok  manbaiga  ulanadi,  boshqa  kompensatsiyalovchi 
chulg'ami  (K)  esa  qarshilikka  ulanadi  yoki  qisqa  tutashtiriladi.  Ayrim 
hollarda  statorning  ikkala  chulg‘amlari  ham  o ‘zgaruvchan  tok 
inanhalariga mustaqil ravishda ulanadi.
1.24-rasm. Aylanuvchi transfoirnatom m g umumiy k o ‘rimshi  (a):  1  - korpus  (tana), 2 -  stator,
3  -  stator chulg’ami, 4 - rotor,  5  - rotor chul ami, 6 - kontakt halqalar,
7 -  cho'tkalar;  b - prinsipia!  sxemasi
Rotorning  sinus  (S) va kosinus  (C) chulg‘amlari  kontakt  halqalarga 
cho'tkalar  orqali  ulangan  bo‘ladi.  Aylanuvchi  transformator  uzluksiz 
aylanish ish rejimiga  m o‘ljallanganda qo‘zg‘atish  va kompensatsiyalov­
chi  chulg‘amlar rotorda,  sinus  va kosinus  chulg‘amlar  esa  statorda joy­
lashgan bo‘ladi.
Bunday  holatda kompensatsiyalovchi  chulg‘am qisqa  tutashtiriladi, 
qo‘zg‘atish chulg‘ami  esa ikkita kontakt halqa yordamida o ‘zgaruvchan 
tok manbaiga ulanadi.
Selsinlar.  Seisin  ikkita  chulg‘amdan:  birinchisi  biriamchi  yoki 
qo‘zg‘atish  chulg‘ami  va  ikkinchisi  sinxronlovchi  chulg‘amdan  iborat.
155

Selsinlar  bir  va  uch  fazali  b o ‘ladi.  Uch  fazali  selsinning  tuzilishi  faza 
rotorli  asinxron  motoming  tuzilishi  kabi  b o ‘ladi.  Ular elektr o ‘qi  tizim- 
larida  ishlatiladi.  Avtomatika  tizimlarida  esa  bir  fazali  selsinlar  ishlati. 
Sinxronlovchi  chulg‘am  statorda,  q o ‘zg ‘atish  chulg‘ami  esa  odatda 
rotorda joylashgan boladi.
Bir  fazali  seisin  ham  kam  quvvatli  asinxron  mashinasi  kabi  tuzi- 
lishga ega. Ular ayon va ayon  bolm agan qutbli  boladi lar.
3.25-rasm, Indikator rejim ida ishlayotgan selsinning ulanish sxemasi: D - datchik (darakchi);
P - priyomnik (qabul qilgich);  BL -  bo'iovchi  liniya (sim)lar;  QCH -  o 'q g 'atish  chulg’ami; 0)  va 
02 - tegishlicha datchik va priyomniklarning bosh o ‘qlaii
Selsinlar  asosan  indikator  va  transformator  rejimlarida  ishlaydi. 
Indikator  rejimida  (3.25-rasm)  selsinpriyomnikning  rotori  bosh  o ‘q  ()< 
ga  ulangan  boladi.  Bunda  datchik  D  ning  va  priyomnik  ning  qo‘z- 
g ‘atish  P  chulg‘amlari  umumiy  o ‘zgaruvchan  tok  tarmog'iga,  sinxron- 
lash chulg‘amlari esa boglovchi liniya orqali o ‘zaro ulanadi.  Agar D  va 
P  roiorlari  holatlari  orasida nomuvofiqlik sodir bo‘Isa,  unda sinxronlov- 
chi chulg‘amlardan toklar o lib , ular qo‘zg‘atish oqimi  bilan ta’sirlashib 
qarama-qarshi  yo‘nalgan  sinxronlovchi  momentlarni  hosil  qiladi  va, 
natijada nomuvofiqlik burchagi 0 ga teng boladi.
Chiziqli asinxron motor. Bunday motoming tishli statori pazlariga 
uch fazali  chulg‘am joylashgan  (3.26,a-rasm).  Chiziqli  motoming  qo‘z- 
g ‘aluvchi  qismi  yuguruvchi  deb  ataladi,  u  asinxron  mashina  rotoriga 
o ‘xshash  b o la d i  va,  faqat  tekislik  bo‘yicha  ilgarilanma  harakat  qiladi. 
«Yuguruvchi»ning  o ‘zagi  elektrotexnik  polatdan  tayyorlanib,  uning 
pazlarida  qisqa  tutashgan  chulg‘am  joylashtirilgan  boladi,  yoki
156

c h u lg ‘am  o ‘m id a  alyum iniy  va  m isdan  yoki  ferromagnit  material 
(p o ‘lat)dan  tayyorlangan plastinalar ishlatilishi  mumkin.
3.26-rasm. Chiziqli asinxron motoming:  a - elektrom agnit sxemasi  (bunda:  1  - stator,  2 -  uch 
fazali chulg’am;  3- qisqa tutashgan chul am, 4 - uzun p o 'lat o 'zak) b-tem ir yo ‘l  tr a n s p o r tin g  
harakatlanuvchi  q ism i(l) da o 'm atish sxemasi  (bunda: 2 - stator, 3  - chulg’am; 4- u/,un po'lal 
o ‘zak, 5-relslar orasida mahkamlash uchun moslama); с -  umumiy k o ‘rinishi 
(bunda:  1  -  stator, 2 - uzun p o 'la t o ‘zak).
Chiziqli  motoming  ishlash  prinsipi  asinxron  motoming  ishlash 
prinsipi  kabi  bo‘ladi.  Uning  energetik  ko‘rsatkichlari  (rj  va  costp) 
kichik.
Elektrotexnika  sanoati  rivojlangan  ayrim  mamlakatlarda  (masalan, 
Yaponiya,  Kanada,  AQSh  va boshqa.)  ekologik toza  yuqori  tezlikli  yer 
usti  (temir  yo‘l)  transportida  chiziqli  asinxron  tortish  motorlari 
ishlatilmoqda.  Yaponiyada  magnit  vositasida havoga  ko‘tarilib  o ‘rnatil- 
gan  («magnit  yostiqli»)  chiziqli  asinxron  tortish  motorlari  tizi ini ning 
1990 yillarda temir yo‘]  transportidagi  tezligi  n  =  420  km/soat  (so‘nggi 
yillarda tezlik у ana oshgan) gacha etgan.
157

To‘rtmchi bo‘lim. SINXRON MASHINALAR
4,1.§. Sinxron mashinalaming konstruksiyasiga 
oid umumiy m a’iumot
Statorda  hosil  bo‘lgan  aylanma magnit  maydon ning  aylanish  chas ­
totasi  rotorning  aylanish  chastotasi  bilan  bir  xil  chastotada  aylanadigan 
mashinaga sinxron mashina deyiladi.
Sinxron  mashinalar  motor,  generator  va  kompensator  rejimlarida 
ishlatilishi  mumkin.  Elektr  stansiyalarda  o ‘zgaruvchan  tok  energiyasini 
sinxron  generatorlar  (turbogeneratorlar,  gidrogeneratorlar)  ishlab 
chiqaradi.
Mazkur  kitobning  3-bo‘limda  o ‘zgaruvchan  tok  mashinalari  aktiv 
qismlariga oid umumiy  ma’iumot berilgan  edi.  Quyida kam  quvvatli  va 
yirik sinxron mashinalar konstruksiyalarining o ‘ziga xos  xususiyatlariga 
oid m a’iumot bilan tanishamiz
4.1 -rasm. Ayon qutbli kam quvvatli  sinxron mashinaning tuzilishi:  i  - elektrom agnit q o ‘z 
atgich; 2 - tayanch  tagligi  (podpyatnik); 3  - kontakt alqalar; 4 - ch o 'tk a tutqich va cho'tkalar;
5 - podshipnik qalqoni; 6  - stator p o ‘lat o ‘zagi; 7  - qutb uchligi; 8 -  stanina; 9  - stator o'zagi 
pazlari  (chul  ami  bilan);  10 - qutb (q o ‘zatish chul ami  bilan);  11  - rotor yarmosi (ostov);
12 - o ‘q;  13  - podshipnik;  14 - ventilyator;  15  - stator chul  amining chiqish uchlari
Ayon  qutbli  kam  quvvatli  elektromagnit  qo‘zg ‘atgichli  sinxron 
mashinaning  tuzi-lishi  4.1-rasmda  ko‘rsatilgan.  Bunda  rotorga  tegishli 
asosiy  qismlar:  o ‘q  (12),  unga  mahkamlab  joylashtirilgan  ostov,  ya’ni 
rotor yarmosi  (11),  bunga o ‘ma-ti!gan magnit qutblar,  ya’ni  qutb  o ‘zagi 
va  qutb  uchligi  (7),  o ‘zakning  tashqarisida  qo‘zg ‘atish  chulg‘ami  (10), 
mashinani  sovitgich-ventilyator  (14)  hamda  mashinaning  qo‘zg‘atgich 
tomoniga  o'rnatilgan  kontakt  halqalar  (3)dan  iborat.  Katta  quvvatli
158
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling