U. T. Berdiyev, N. B. Pirm atov elektromexanika


Parallel  va mustaqil  qo‘zg‘atishIi  motorlaming  rostlash  xarak­


Download 12.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/28
Sana15.12.2019
Hajmi12.72 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28

Parallel  va mustaqil  qo‘zg‘atishIi  motorlaming  rostlash  xarak­
teristikalari. 
Parallel 
qo‘zg‘atishli 
motorning 
n=nN=consl 
va 
U=Uq0-7=const  boigandagi  rostlash  xarakteristikasi  -   lqo7=f(IVb). 
Shartga  ko‘ra,  U=Uqo'7=cons1  b o ‘lganda  magnit  oqimi  kam  o'zgargan- 
ligidan  parallel  qo‘zg‘atishli  motorning  aylanish  chastotasi  n  kam 
o ‘zgaradi.  Shu  sababli  aylanish chastotasini  n  = const qilish  uchun  zarur 
bo‘lgan  q o ‘zg‘atisb  toki  Iqoz  ning  o ‘zgarishi  ham  kam  bo‘ladi  (5.33- 
rasm).  Q ‘TM o ‘qidagi yuk momenti M2 oshganda,  aylanish chastotasini 
n=const  qilish  uchun,  qo‘zg‘atish  toki  Iqo-z ni  kamaytirish  zarur  bo'iadi 
(bunda Ф ham kamayadi).
0 ‘TM  ning  aylanish  chastotasini  uning  qo‘zg‘atish  tokini  o ‘zgar- 
tirish  y o ii  bilan  rostlashda  energiya  isroflari  juda  ham  kam  bo'iadi, 
chunki  qo‘zg‘atish  toki  Iq02  yakortoki  Ia  ning  atigi  bir  necha  foizini 
tashkil  qiladi,  xolos.  Shunday  qilib,  0 ‘TM  aylanish  chastotasini  rost- 
lashning ko‘rib chiqilgan usuli  ancha qulay bo'lib, u  aylanish chastotani 
bir  tekis,  nihoyatda  sodda  va  tejamli  o ‘zgartirish  imkoniyatini  beradi. 
Shu sababli bu usul amalda keng qo‘llaniladi.
5.33-rasm. Parallel q o ‘z g ‘atishli motorning n=nN=consl  va U=(JK=const bo'Jgandagi 
Iqo‘z=f (М
2
) xarakteristikasi.
291
o s

Yakor  zanjiriga  ketma-ket  ulangan  qarshilikni  o ‘zgartirish  yo‘li 
bilan  aylanish chastotasini rostlash.  Bu holda yakorga beriladigan  kuch­
lanish (Ua)  reostatdagi kuchlanish pasayishi tufayli kamayadi.
EYK  lar  muvozanat  tenglamasiga  asosan,  yakor  zanjiridagi  kuch­
lanish pasayishi IaRa yakor chulg‘amining EYK Ea ni kamaytiradi.
Ua- I aRa= E a 
(5.65)
Magnit  oqimining  qiymati  =const  bo'lganda  bu  EYK  ning 
kamayishi aylanish chastotasi n ning kamayishi hisobiga sodir bo‘ladi.
Biz  tahlil  qilib  chiqqan  usul  bilan  aylanish  chastotasini  kamayish 
tomonga  keng  koiam da  o ‘zgartirish  mumkin,  lekin  yakor  zanjiriga 
ulangan  rostlash  reostatida  energiya  isroflari  katta  b o ‘lib,  bu  esa  FIK 
ning kamayishiga olib keladi.
0 ‘TM  o ‘qidan  olinayotgan  foydali  (mexanik)  quvvat,  burchak 
aylanish chastota to ga bog‘liq bo‘ladi:  P2= M2
0
).  Foydali moment 
M2 ~ Myu=const bo‘lganda FIK quyidagi mutanosiblikka ega bo‘ladi:
n = Р2/Р|=М 2оУ(и;,1а) з= o) = n. 
(5.66)
Bundan,  FIK r|  aylanish  chastotasi  n  ga to‘g ‘ri  mutanosibda  bo‘lar 
ekan,  demak,  aylanish  chastotasi  kamaygan  sari,  FIK  ri  ham  shuncha 
kam  bo‘lar ekan,  degan  xulosa kelib  chiqadi.  Shu  sababdan  yakor  zan­
jiriga qarshilik ulash yo‘li bilan aylanish chastotani rostlash usuli tejam- 
li  bo‘lmaydi  va  bu  usul  amalda  kam  qo‘llaniladi  (masalan,  elektr mik- 
romotorlarida).
Yakor  zanjirining  uchlaridagi  kuchlanishni  o ‘zgartirish  yo‘li  bilan 
motoming  aylanish  chastotasini  rostlash.  (5.49)  tenglamaga  asosan, 
0 ‘TM  larining  aylanish  chastotasi  n  taxminan  unga  berilayotgan 
kuchlanish  U  ga  to ‘g ‘ri  mutanosib  ravishda o ‘zgaradi,  deyish  mumkin. 
Odatda,  0 ‘TM  larining  normal  ish  rejimi  nominal  kuchlanish  UN  da 
kechib,  uni  kuchlanishning  U>UN  qiymatlarida ishlatish  mumkin  emas. 
Shu  sababli  k o ‘rilayotgan  aylanish  chastotani  rostlash  usuli  kuchla­
nishning  Uamalga  oshirish  uchun  0 ‘TM  mustaqil  0 ‘T  manbai  (masalan,  Q ‘T 
generatori)dan  ta’minlanishi  lozim  bo‘ladi.  Bunday  tizimga  generator-
292

motor  (G-M)  tizimi  deyiladi.  Generator esa  birorta  boshqa  ( ) L I’M  bilan 
aylantiriladi.  (G-M)  tizimi  murakkab,  uning  tannarxi  qimmal  va  ener- 
giya  uch karra o ‘zgartirilganligi  tufayli  bu  tizimning  I  IК  nisbatan  kam 
(taxminan  0,6...0,7)  bo‘lganligidan,  so ‘nggi  vaqtlarda  ( ) ‘T  generatori 
o ‘rniga  boshqariladigan  to ‘g ‘rilagich  (ВТ)  qoMlanilib,  masalan,  prokat 
stanlarda BT-M tizimi  ishlatilmoqda.
Parallel  qo‘zg‘atishli  motorga  beriladigan  kuchlanishning  har  xil 
o ‘zgarmas (U tconst) qiymatlaridagi uning tezlik xarakteristikalari  ~ 
n=f(la)  absissalar  o ‘qiga  parallel  b o ‘lgan  to‘g ‘ri  chiziqlardan  iborat 
boladi.
Ketma-ket  qo‘zg‘atishli  motorning  rostlash  xarakteristikalari.
O lTM ning aylanish chastotasini hisoblash formulasi  -  n=(U - l;,RJ/Cr,(b) 
ga  magnit  zanjiri  to’yinmagan  hoi  uchun  magnit  oqimi  Ф=Кф1„  ni 
qo‘yib aniqlangan
n = U/Ia -  (Era+ гГ(а))/(СЕКф) 
(5.67)
tenglamadan  k o ‘rinishicha,  ketma-ket  qo‘zg‘atishli  motor  aylanish 
chastotasini  rostlash  quyidagi,  ya’ni:  l)yakor  zanjiriga  reostat  ulash;
2)qo‘zg‘atish  chulg‘amini  shuntlash,  ya’ni bu  chvilg'amga parallel  qilib 
qarshiiik  ulash;  3)  yakor  chulg‘amini  shuntlash  usullar  bilan  amalga 
oshirilishi mumkin.
Oxirgi  ikkita  usul,  mohiyati  jihatidan,  0 ‘TM  aylanish  chastotasi 
asosiy  magnit  oqimini  (demak,  qo‘zg‘atish  tokini)  o ‘zgartirish  yo‘li 
bilan rostlanishini k o ‘rsatib beradi.
Yakor  zanjiriga  ketma-ket  ulangan  reostat  vositasida  0 ‘TM  ning 
aylanish  chastotasini  rostlashda  0 ‘TM  ning  aylanish  chastotasi  n  ka- 
mayadi.  Bu  usul  tejamsizdir,  chunki  yakor  zanjiriga  ulangan  reostatda 
qo‘shimcha isroflar bo ‘ladi.
Aylanish  chastotasi  keng  ko‘lamda  rostlanadigan  ketma-ket  qo‘z- 
g ‘atishli  motorlar  uchun  yakor  va  qo‘zg‘atish  chulg‘amlarini  qarshiiik 
bilan  shuntlash  sxemasi  qollaniladi.  Yakor  chulg'amiga  reostatni 
parallel  ulash  (shuntlash)  yo‘li  bilan  0 ‘TM  ning  aylanish  chastotasini 
rostlash.  Agar U=const va Myu=M=CMOIa=const b o ‘lganda,  faqat yakor
293

qarshilik bilan shuntlansa,  unda yakor toki Ia kamayadi, chunki yuklama 
tokining  bir  qismi 
( I sh.a)  
qarshilik  (shunt)  orqali  o ‘tadi  va  liniyadagi 
yuklama  toki  bu  ikkala  tokning  yig‘indisidan 
(I = I a+ I sh.a) 
iborat  ho'Iadi. 
Lekin  shartga  k o ‘ra,  yakor  chulg‘ami  shuntlanmasdan  oldin  va  undan 
keyin  ham  aylantiruvchi  moment  bir  xil  qiymatga  ega  bo‘lib  qolishi 
kerak.  Ammo  yakomi  shuntlashdan  keyin  yakor  toki  Ia  kamayadi,  bu 
holda,  moment Муц o ‘zgarmasligi  uchun,  qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tok 
Iqoz  ning  oshishi  hisobiga  oqim  Ф  ko‘payishi  lozim,  demak,  aylanish 
chastota n kamayadi (5.33-rasm, 2-egri chiziq).
0 ‘TM  aylanish  chastotasini  bunday  usul  bilan  rostlashda  FIK  T\ 
juda  ham past,  shu  sababli  bu  usul  cheklangan,  ya’ni  qisqa  vaqt  ichida 
0 ‘TM  ning  aylanish  chastotasini  keskin  kamaytirish  kerak  b o igan 
hollarda  (masalan,  metallurgiya  zavodining  metall  quyish  sexlarida) 
foydalanadilar.  Bu  usul  yordamida  aylanish  chastotaning  rostlash  che- 
garasi taxminan  1:  5 gacha yetadi.
Q o‘zg‘atish  chulg‘amiga  reostatni  parallel  ulash  (shuntlash)  y o ii 
bilan aylanish chastotasini rostlash.  U=UN=const, n=const va M 5^=const 
bo'lgan ish rejimida qo‘zg‘atish chulg‘amini.
Rqoz.sh qarshiligi  (reostat)  bilan  shuntlanganda  qo‘zg‘atish  tokining 
bir qismi  shunt orqali  o ‘tadi.  Shu  sababli qo‘zg‘atish oqimi F kamayadi 
va  0 ‘TM  ning  aylanish  chastotasi  n  o ‘sadi  (5.34-rasm,  4-egri  chiziq). 
Myu=const  boiganligidan  momentlaming  muvozanat  tenglamasiga 
asosan  magnit  oqimi  Ф  ning  kamayishida  yakor  toki  la  ning  qiymati 
shunchaga  ko‘payishi  kerakki,  bunda  fv1yu=M=CMOIa~const  sharti 
bajarilsin.  5.34-rasmda  ketma-ket  qo‘zg‘atishli  motorning  tabiiy  me­
xanik xarakteristikasi (2-egri chiziq) taqqoslash usullarining ahamiyatini 
belgilash uchun keltirilgan.
Qo‘zg‘atish  chulg‘ami  va  shuntlovchi reostatning  qarshiliklari  kam 
bo‘lganligidan  bu  reostatdagi  quvvat  isroflari  ham  kam  b o ‘ladi.  Shun- 
day  qilib,  tahlil  qilingan  rostlash  usuli  ketma-ket  qo‘zg‘atishli  motor­
ning  aylanish  chastotasini  oshirishga imkon  beradi,  hamda bu  usul juda 
ham tejamlidir. Bu usul ko‘pincha tortish elektr motorlarida ishlatiladi.
294

Aralash  qo‘zg‘atishli  motorning  rostlash  xarakteristikalari.
Parallel  qo'zg'atish  chulg‘ami  asosiy  bo‘3ib,  ketina-kcl  qo'/.g'alish 
chulg‘ami  yordamchi  b o ‘lgan  aralash  q o ‘zg‘atishli  molorda  parallel 
q o ‘zg ‘atishli motorga xos bo‘lgan rostlash usullari qo'llaniladi.
5.34-rasm.  Har xil q o ‘z g ‘atishli  molorlaming tezlik  xarakleristikalarini 
n=  14 la)  laijqoslnsh:
I -  parallel;  2 -  ketma-ket; 3 -  m os ulangan aralash; 4-  teskari  ulangan  aralash.
Q o‘zg ‘atish chulg‘aralari mos ulanganda (ulaming  MYK  lari  bir xil 
yo‘nalgan  hoi),  aralash qo‘zg‘atishli  motoming  tezlik xarakteristikalari, 
parallel va ketma-ket qo‘zg‘atishli  motorlarning  tezlik xarakteristikalari 
oralig‘ida  joylashadilar.  Shuning  uchun  5.34-rasmda  har  xil  qo‘zg‘a- 
tishli 0 ‘TMlarining tezlik xarakteristikalari taqqoslangan.
5.13.§. 0 ‘zgarmas tok motorlari aylanish chastotasini rostlashning
zamonaviy usullari.
0 ‘T  motorlari  aylanish  chastotasini  rosdash  quyidagi:  1)  reostat- 
kontaktorli;  2)  boshqariladigan  to"g‘rilagich-motor  (BT-M)  tizimlari 
vositasida;  3) impulsli rostlash usullar orqaH amalga oshiriladi.
Rostlashning  1-usuli  asosan  kichik  va  o ‘rta  quvvatli  elektr  mo­
tor larida keng qollaniladi. Reostat-kontaktorli boshqarishda:
a)  aylanish  chastotasi  nominal  qiymatidan kam  talab  qilingan  (n  < 
nN) hollarda yakor zanjiriga qo'shimcha qarshiiik ulab rostlanadi;
b) oshirilgan aylanish chastotalari  (n >nN) da qo‘zg‘atish tokini  o ‘z- 
gartirib rostlanadi.
Reostat-kontaktorli  boshqarishni  avtomatlashtirishning  murakkab- 
ligi,  ta’mirlash va ishlatishga katta chiqimlar talab qilinganidan,  hozirgi 
vaqtda takomillashgan boshqarish tizimi bilan almashtirilmoqda.
295

Tiristorlar  asosida tayyorlangan  boshqariladigan  to ‘g ‘rilagichda  bir 
vaqtning  o ‘zida  ham  to ‘g ‘rilash,  hamda  to ‘g ‘rilangan  kuchlanishni 
rostlash jarayoni amalga oshiriladi.  Bu  usulni amalda qo‘llash natijasida 
hosil  b o ‘lgan  BT-M  tizimining  FIK  G-M  tiziminikiga  nisbatan  oshadi. 
Ko‘rilayotgan  usnlning  kamchiligi  shundan  iboratki,  chiqish  kuchla- 
nishining  kamaytirilgan  qiymatlarida  kirishdagi  quvvat  koeffitsienti 
costp  pasayadi.  Undan  tashqari  kuchlanishning  pulslanishidan  tokning 
pulslanishi vujudga keladi va 0 ‘TM ning ishini yomonlashtiradi:  quvvat 
isroflari  oshadi,  kommutatsiya jarayoni  yomonlashadi  va  hokazo.  Ay­
niqsa, to ‘g ‘rilagich bir fazali tok tarmog‘idan energiya bilan ta’minlansa 
tokning  pulslanishi  katta  bo‘ladi.  Shunga  qaramasdan,  boshqa  qator 
afzalliklari  tufayli  hozirgi  vaqtda 0 ‘TM  ning  aylanish  chastotasini BT- 
M tizimi bo‘yicha rostlash amalda keng rivojlangan.
TH
■ ^ T u ^ h
I ----
'J r
 
D-
r
YV.O»
5.35-rasm.  Boshqariladigan to ‘g ‘rilagichdan ta ’minlanadigan m ustaqil q o ‘z g ‘atishli motorning 
aylanish chastotasini rostlash sxemasi (a)  va o'zgarm as tok rnotorini impulsli rostlash (b): 
afSf -  kirish filtri (tozalagichi); TK  -  tiristorli kalit;  D -  teskari  diod; L f -  induktivlik.
Hozirgi  vaqtda  0 ‘TM  larining  aylanish  chastotasini  impulsli  rost­
lash  amalda  keng  qollanilmoqda.  Bunda  0 ‘TM  ga  impulsli  uzgich 
vositasida davriy ma’lum chastotali kuchlanish impulslari beriladi.
Impulsli  rostlash  sxemasining  (5.35,b-rasm)  ishlash  tartibi  shundan 
iboratki,  vaqtning т davrida,  ya’ ni  elektronli kalit (TK)  ning yopiq pay- 
ticla (bunga tranzistor yoki tiristoming ochiq holati to ‘g ‘ri keladi), kuch­
lanishning  to ‘la  qiymati  0 ‘TM  ning  yakor  chulg‘amiga  beriladi  va 
bunda  yakor  tokining  oniy  qiymati  oshadi  (5.36,a-rasm),  TK  ochiq 
holda  (demak,  tranzistor  yoki  tiristor  yopiq  holda)  esa,  yakor  toki 
birdaniga  yo‘q  bo‘lib  qolmaydi,  balki  yakor  zanjirining  (La+L)  induk- 
tivliklarida  to ‘plangan  elektromagnit  energiyasi  ta’siri  ostida  yakor
296

zanjiri  va  teskari  diod  D  orqali  o ‘tadi  va  tok  la  ning  qiymati  kamayadi. 
Nominal  rejimda  impulslar  ketma-ketlik  chastotasi  odatda  (200:400) 
Hz  ni  tashkil  qiladi,  shu  sababli  davr T,  yakor  zanjirining  vaqt  doimiy- 
ligidan taxminan  100 marta kam  bo‘ladi.  Shuning  uchun  t   vaqt  mobay 
nida impuls jarayonida yakordagi tok ko‘p o ‘sishga uJgurmaydi,  tokning 
uzilgan  vaqtida  (T-т )  esa,  tok  Ia  birdaniga  kamayib  ketishga  ulgur- 
maydi.
Yakor tokining  o ‘zgarish  egri  chizig‘ini  tekislash  maqsadida  uning 
zanjiriga  fiitr  (tozalagich  - L fSf)  ulanadi.  Bu  holda  yakor  zanjirining 
uchlaridagi  kuchlanish,  amaliy  jihatdan  o ‘zgarmas  bo'lib  qoladi  va 
tiristoming  ulanib  turgan  vaqtini,  butun  davr  davomida  ketgan  vaqtga 
nisbatan chiqqan  songa to ‘g ‘ri mutanosibda boMadi.
5.36-rasm.  O 'T M  ning aylanish chastotasini impulsli rostlashda kuchlanish 
va tdklaming 
o ‘zgarish grafigi (a)  va parallel qo ‘zg‘atishli motorni impulsli rostlashda tezlik va mexanik
xarakteristikalari 
(b).
Yakor chulg‘amiga beriladigan kuchlanishning o ‘rtacha qiymati
Ua -  U0-rt= U-x/T=a-U, 
(5.68)
bu  yerda  a   =  x/T  -   kuchlanishni  rostlash  koeffitsienti  (bu  koeffitsient 
elektron kalit TK ning nisbiy ulanish davomiyligiga teng).
Bunda G ‘TM ning aylanish chastotasi
n = ( a U - l a-IR a)/(CE0 ), 
(5.69)
bu yerda Ia = Iort-  yakor tokining o ‘rtacha qiymati.
Yakor  tokining  pulslanishi  AI  (5-ь 10)%  dan  oshmagan  ish  rejimda 
yakor chulg‘amiga beriladigan kuchlanishning har xil qiymatlarida olin-
297

gan  0 ‘TM  ning  tezlik  va mexanik  xarakteristikalari  (5.36-rasm,  1,2  va
3),  0 ‘T  manbasidan  0 ‘TM  ga  beriluvchi  kuchlanish  U  ni  o ‘zgartirib 
olingan xuddi shunday xarakteristikalariga o ‘xshash bo‘ladi.
Parallel  qo‘zg‘atishli  0 ‘TM  ning  yuki  kamayganda  yakor  tokining 
pulslanishi  oshadi  va  biror  kritik  yuklamada  pulslanib  keladigan  toklar 
ish  rejimi  boshlanadi.  Yakor  toki  la=Q  boiganda  Ea=U  boiganligidan 
ideal  salt  ishlashdagi  aylanish  chastotasi  п=11/(СвФ)  vaqt  т  ga,  ya’ni 
kuchlanishni  rostlash koeffitsienti  a  ga b o g iiq  emas.  Shu tufayli,  elektr 
motori  pulslanib  keladigan  toklar  bilan  ishlash  rejimiga  o ‘tgandan  ke- 
yin,  qanday dir  kritik  aylanish  chastotada  (nkr),  tezlik  va  mexanik 
xarakteristikalaming  absissalar  o ‘qiga  nisbatan  og‘ish  burchagi  keskin 
o ‘zgaradi  5.36-rasmda  -   boshlang‘ich  qismi.  Aylanish  chastotaning 
n(p»n>nkr 
o ‘zgarish  chegarasida  esa,  bu  xarakteristikalar  xuddi,  yakor 
zanjiriga reostat ulash y o ii bilan  aylanish  chastotasini  rostlashdagi  o ‘z- 
garish shakliga o ‘xshaydi.
Aylanish chastotasining kritik qiymati quyidagiga teng:
nkr = no-(eap - l) /( e p - l) , 
(5.70)
bu  yerda  P=T/Ta;  Ta=(L+La)/£R a-yakor  chulg‘ami  zanjirining  vaqt 
doimiysi.
О ‘I'M   ga beriladigan kuchlanishning o ‘rtacha qiymati Uo rt elektron 
kalit  TK  ga  (x=const  boiganda)  beriluvchi  boshqarish  impulslarining 
berilish davri T ning davomiyligini o ‘zgartirish  (chastotali impulsli rost­
lash) y o ii bilan, yoki davr T ning o ‘zgarmas qiymatida vaqt x ni o ‘zgar- 
tirish  (impuls  kengligini  rostlash)  y o ii  bilan  rostlanadi.  Qurama  rost- 
lashdan  ham  foydalaniladilar,  bunda  ham  davr  T  ni,  hamda  vaqt  x  ni 
birgaliqda o ‘zgartiradilar.  Shunday  qilib, impulsli uslub,  0 ‘TM  aylanish 
chastotasini  kuchlanishi  o ‘zgarmas  b oig an   manbadan  ta’minlanganda 
uning  yakor  zanjiri  reostatsiz  b o isa   ham,  keng  chegarada  rostlashga 
imkon beradi. Bunda qo‘shimcha isroflar deyarli boim aydi.
298

5.14.§. 0 ‘zgarmas tok motorlarini tormozlash usullari
Ayrim  yuritmalar  uchun  birincbi  darajali  ahatriiyatgu  ega  boMgan 
0 ‘1M  ning tormozlash masalasi ham  ulami  rostlash  jarayoniga  taalluqli 
hisoblanadi.  0 ‘TM ni tormozlash zaruriyati  quyidagi  holiarda.  ya’ni  uni 
qisqa vaqt ichida butunlay  to ‘xtatish  va uning aylanish  yo'nalishini  » ‘/- 
gartirish  (revers  qilish)  kerak  bo‘lganda,  xavfli  vaziyat  sodir  bo Uganda 
va  shularga  o ‘xshash  hollarda  tug‘iladi.  Elektr  usulda  tormo/.lashda 
elektr  mashinasi  (EM)  bu  davrda  motor  rejimidan  generator  rejimiga 
o ‘tkaziladi  va  demak,  yakoming  aylanish  yo‘nalishiga  teskari  bo'lgan 
elektxomagnit momentini, ya’ni tormozlash momentini  hosil qiladi.
Elektr  tormozlash  usuli  uchtaga  bo‘linadi:  1)  dinamik,  2)  rekupe- 
rativ  (energiyani  tarmoqqa  qaytarish  yo‘li  bilan  tormozlash)  va  3)  tes­
kari ulash yo‘li bilan tormozlash.  Dinamik tormozlashda EM  si  tarmoq­
qa ulanmagan holdagi generator sifatida ishlaydi,  rekuperativ  usul  bilan 
tormozlashda  elektr  tarmog‘i  bilan  parallel  ishlayotgan  generator  si­
fatida,  teskari  ulash  yo‘li  bilan  tormozlashda  esa,  tarmoqqa  ketma-ket 
ulangan generator sifatida ishlaydi.
Dinamik  (reostatli)  tormozlash.  Faraz  qilaylik,  mashina  5.37- 
rasmda k o ‘rsatilgan  4-xarakteristikaning  D  nuqtasi  bilan  aniqlanadigan 
rejimda  ishlasin.  Parallel  qo‘zg‘atishli  motomi  dinamik  tormozlashda 
uning  yakorini  tarmoqdan  uzilgandan  keyin  yuklama  qarshiligi 
(reostat)ga ulanadi.  Q o'zg'atish  chulg‘ami  butun tormozlash jarayonida 
tarmoqqa  ulangan  holda  qoladi.  Mashina,  agregatda  to ‘plangan  kinetik 
energiya  tufayli,  mustaqil  qo‘zg‘atishli  generator  sifatida  ishlay 
boshlaydi  va  uning  chulg'amida  yo‘nalishi,  xuddi  0 ‘TM  niki  singari 
b o ‘lgan EYuK hosil bo‘ladi.
Dinamik  tormozlash  rejimiga  o ‘tishdan  keyingi  vaqtning  boshlan- 
g ‘ich  onida  mashinaning  aylanish  chastotasi  n  =  const  bo‘lganligi 
uchun,  shunga  mos  bo‘lgan  EYK  ham  o ‘zgarmas  (Ea=C^-n=:const) 
bo‘ladi.  Motor sifatida ishlagandagi yakor toki quyidagiga teng edi:  Ia = 
(U -  Ea)/Ra, lekin yakomi tarmoqdan uzgandan keyin  (demak, U = 0)  va
299

uni yuklama qarshiligi RT ga ulagandan keyingi (bu qarshiiik tok kuchini 
cheklash uchun ulanadi) tokning qiymati quyidagiga teng bo‘ladi:
I. = -Ea/(Ra+Rr) = -  СЕФ п/ (Ra+ Rr) 
(5.71)
Bu  holda kuchlanish  U=0  b o ‘lganligi  uchun  (5.30)  ifodaga  asosan 
elektr mashinasi  mexanik  xarakteristikasining  tenglamasi  quyidagi  ko‘- 
rinishga ega b o ‘ladi:
n = M (Ra+ Rr)/ (СвС^Фг). 
(5.72)
Bu  tenglama,  5.37-rasmda  k o ‘rsatilgan  2-chorakdan  4-chorakka 
koordinatalar  boshidan  o ‘tuvchi  to ‘g ‘ri  chiziq  tenglamasiga  to ‘g ‘ri 
keladi.
*a
5.37-rasm. Parallel q o ‘z g ‘atishli  m otom ing dinamik tormozlashdagi tezlik -  n  = f (la) va 
mexanik -  n  = ю (M) xarakteristikalari.
Tok  Ia  ning  yo‘nalishi  o ‘zgarganligi  sababli  momentning  ham 
yo‘nalishi  o ‘zgaradi,  ya’ni  u  tormozlash momenti  boTadi va  Rr=Rr3  da 
mashinaning  ishi  N3  nuqta bilan  aniqlanadi.  Mashinaning  bu  nuqtadagi 
ishi  tormozlash  moment  (-M )  va  aylanish  chastotasining  boshlang‘ich 
qiymati n ga mos keladi.
Aylanish  chastotasining  bundan  keyingi  o ‘zgarishi  R b  R2  va  R3 
larga mos ravishda  1,  2  va 3-xarakteristikalar b o ‘yicha kamayadi  va u  0 
ga  teng  bo'lishi  mumkin.  Yuk  ko‘tarib-tushiruvchi  mexanizmlarda  tu- 
shib  kelayotgan  yukning  ta’siridan  EM  ning  yakori  teskari  yo'nalishda 
aylana  boshlashi  mumkin.  Yukning  hosil  qilgan  (Myu=const  bo‘lgan- 
dagi)  momentiga  mos  keladigan  to ‘g ‘ri  chiziq  BC  bilan  3-xarakte-
300

ristikaning  kesishish  nuqtasi  К   da  yukning  tusliish  ir/.ligi  harqaini 
boiadi.
EMining tormozlash  rejimidagi  mexanik  xaraklcrisiikalaii  Ф  » onsi 
boiganda, boshqamasshtabda, xuddi  tezlik xaraklcrislikalan  ku  imisln 
da b o ia d i (chunki M = С1ПФ '1,- C'mIa).
Shunday  qilib,  parallel  qo‘zg‘atishli  motorning  dinamik  lomu»/ 
lashdagi  mexanik  xarakteristikalarini  ifodalovchi  koonlinatal.ii  boslu 
dan  o ‘tadigan  to‘g ‘ri  chiziqlaming  absissalar  o ‘qiga  oginaligi  qarshilik 
Rr(a)  ning  qiymatiga  bo g iiq   boiadi,  ya’ni 
qancha  katta  ho'lsa, 
ularning og‘maligi  shuncha kam b o ia d i (5.37-rasm).
Rekuperativ  (generatorli)  tormozlash.  Bu  turdagi  elektr  lormo/ 
lanish jarayoni  quyidagicha  tushuntiriladi.  Masalan,  yuk  krani  parallel 
qo‘zg‘atishli  motor bilan  yuritilganda pastga tushirilayotgan  ynk  lulayli 
0 ‘TM  ning  aylanish  chastotasi  n  uning  salt  ishlashdagi  aylanish 
chastotasi  n0  dan  ham  oshishi  mumkin.  Bu  holda  yakor  chulgiimida 
hosil  b o ig an  EYK Ea>U b o ia d i  va,  demak,  tok Ia=(U -E ;,)/R;„  o'/ining 
ishorasini  teskariga  o ‘zgartiradi.  Bunga  mos  ravishda  elektromagnit 
momentning ishorasi ham o ‘zgaradi, ya’ni EM  generator sifatida  elektr 
tarm ogi  bilan  parallel  ishlay  boshlaydi.  Bunda,  generatoming  aylana- 
yotgan  qismlarida  to ‘plangan  kinetik  energiyasi  elektr  eriergiyaga 
aylanib elektr tarm ogiga qaytariladi (rekuperatsiyalanadi).
Xuddi  shunday  rejim  transport  vositalarining  (elektropoezd,  Irol 
leybus, tramvay va boshqalar) qiyalikdan pastga qarab qilgan  harakatid;i 
b o iish i mumkin.
Generator  rejimidagi  mexanik  xarakteristikalar  0 ‘TM  rejimidag 
xuddi  shunday  xarakteristikalar  -   n=f(+M)  ning  grafikdagi  nianfi> 
qiymatli  momentlarga  mos  keladigan  n=f(-M )  qismidagi  davom 
b o iad i (5.38,a-rasm, II-chorak).
301

5.38-rasm.  Parallel q o ‘zg ‘atishli motoming: rekuperativli  (generatorli) (a) va teskari  ulash y o ‘li 
bilan  (b) tormozlashdagi mexanik xarakteristikalari; GTR - generatorli  tormozlash rejimi;
M R  - m otor rejimi.
0 ‘TM  ni  generator  rejimiga  o ‘tirib  tormozlash  boshqa  tormozlash 
usullariga nisbatan eng tejamlisidir,  chunki bunda energiya yo‘qoJmaydi 
(dinamik tormozlashda esa energiya isrof bo‘ladi).
Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 30%20Техника%20фанлар
30%20Техника%20фанлар -> Oziq-ovqat texnologiyasi asoslari. Vasiyev M.G'.pdf [Aberdin-angus qoramol zoti]
30%20Техника%20фанлар -> B. X. Yunusov, M. M. Azimova
30%20Техника%20фанлар -> Gidravlika va
30%20Техника%20фанлар -> O. O. Xoshimov, S. S. Saidaxmedov
30%20Техника%20фанлар -> Qishloq qurilish texnologiyasi
30%20Техника%20фанлар -> S. turobjonov, M. Shoyusupova, B. Abidov moylar ya maxsus suyuqliklar texnologiyasi
30%20Техника%20фанлар -> I. K. Umarova, G. Q. Solijonova
30%20Техника%20фанлар -> M am ajanov Т., Atamov A
30%20Техника%20фанлар -> Texn ologiyasi
30%20Техника%20фанлар -> Elektr yuritma asoslari

Download 12.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling