U yoki bu o‘simlikning don va urug‘lari yig‘im davrida, tashish va saqlash
Download 29.08 Kb.
|
1 2
Bog'liqDon va urug
Don va urug‘lik donlarni saqlash davrida kechadigan fiziologik jarayonlar 2.4.1. Saqlashda don va urug‘larning uzoq muddatga chidamliligi. U yoki bu o‘simlikning don va urug‘lari yig‘im davrida, tashish va saqlash davrida tirik organizmlar deb sanaladi. Binobarin, tirik materiyaning yashashi uchun doimiyzaruriy shart bo‘lib, bu xammasi don massasida hayot faoliyatini namoyon qiladi. Hayot faoliyatining asosiy shakli bu – gaz almashinuvidir (nafas olish). Bundan tashqari don va urug‘larning ko‘p partiyalarida yig‘imdan so‘nggi pishib etilish degan fiziologik-biokimyoviy jarayonlar kechadi. Va nihoyat, don massasini saqlashning noto‘g‘ri tashkil qilinishi oqibatida ko‘karish, unish jarayoni yuzaga kelib, bu xolatga amalda yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Don va urug‘larning xaridorlik (urug‘lik, texnologik va iste’molbop) xususiyatlarini saqlay olish davriga ularning uzoq muddatga chidamliligi deyiladi. Urug‘shunoslikda biologik va xo‘jalikbop uzoq muddatga chidamlilik mavjud. Birinchisi shunday muddatki, bunda don massasida unib chiqish uchun xech bo‘lmasa birlik urug‘lar mavjud bo‘ladi. Biologik uzoq muddatga chidamlilik bo‘yicha urug‘lar uch turga bo‘linadi: 1- mikrobiotik urug‘lar, bir necha kundan 3 yilgacha (javdar) chidaydi; 2- mezobiotik urug‘lar, 3-15 yilgacha (bug‘doy) chidaydi; 3-makrobiotik urug‘lar, 15-100 yilgacha (beda urug‘i va boshqalar) chidaydi. Amalda xo‘jalikbop uzoq muddatga chidamlilik katta ahamiyatga ega. Bu shunday muddatki, bu davr mobaynida urug‘lar unib chiqish bo‘yicha kondinsion xarakterga ega bo‘lib, ekishning sifati bo‘yicha davlat me’yorlari talablariga javob beradi. Texnologik uzoq muddatga chidamlilik - bu shunday muddatki, bu davr mobaynida donning nonboplik, em-xashakka mo‘ljallangan yoki texnik xossalari saqlanishi kerak. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, bug‘doy doni 1 yil saqlangandan so‘ng ham o‘zining un-nonboplik xususiyatini yuqotmagan. 2.4.2. Don massasi nafas olish jarayonining umumiy tavsifi. Download 29.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling