Uchinchi renessans yoshlar nigohida Loyiha mazmuni


Download 16.04 Kb.
Sana10.01.2022
Hajmi16.04 Kb.
#268966
Bog'liq
3 Renessans Nafosat 65-19




Uchinchi renessans yoshlar nigohida

Loyiha mazmuni: Sirdaryo viloyati tarixi va madaniyati o’rganishilishi keng jamoatchilikka taqdim etilish ko’rsatkichlar anchagina past hisobblanadi. Toshkentni vodiy ham boshqa viloyatlar bilan bog’lash uchun xizmat qilishiga qaramasdan ichki va tashqi turizmda eng kam ulush mazkur viloyatga tegishli.O’zining qulay hududda joylashganiga qaramasdan bu kabi holatlarni qayd etilishiga asosiy sabab o’lka tarixini yetarlicha o’rganilmaganligi va o’rganilgan mavjud ma’lumotlarni keng jamoatchilikka taqdim etilishiga e’tibor kamligidir. O’lka tarixiga oid ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarda taqdim etilishini faollashtirish,maxsus websayt yaratilib o’lka tarixini madaniy ,arxeologik ,tarixiy hamda ziyoratgoh maskanlari haqida aniq va keng ma’lumotlarni joylashtirish kutilgan ijobiy natijani beradi. Tariximizni o’rganishda innovatsion yondashuvni qo’llagan holda viloyatimzdagi muzeylar ,tarixiy va arxeologik yodgorliklarni o’rganishilishini yanada kengaytirish uchun ushbu obyektlarni 3D shakldagi rasm va videolarni tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlarda ochiq shaklda joylashtirish. Ushbu vazifani amalga oshirish uchun viloyat hokimligi tomonidan tanlov e’lon qilinib, “eng yaxshi o’lka tarixi 3D rasm va videolari “ tanlovini amalga oshirish hamda bu orqali viloyatning tarixiy va madaniy qiyofasini ochib berish bosh vazifa hisoblanadi.Qolaversa bu omil viloyatning turistik salohiyatiga ijobiy ta’sir qiladi.Hamda viloyatning kirish, chiqish va markaziy qismiga 3D formatdagi tarixiy obidalarni va madaniy obyektlarni katta hajmdagi rasmda namoyish etilish ham yaxshi natija beradi.Hududda bo’lib o’tgan janglarni 3D formatdagi rasmlarini yoshlar to’planadigan joylarda ko’rgazmalar namoyish qilinishi ham tarix sohasiga qiziquvchilar sonini oshiradi.
Download 16.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling