Uchqo‘rg‘on tuman xtbga qarashli 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabi aniq fanlar metodbirlashmasining
Download 18.13 Kb.
|
Баённома ОММАЛАШТИРИШ tabiiy fanlar
Uchqo‘rg‘on tuman XTBga qarashli 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabi aniq fanlar metodbirlashmasining navbatdan tashqari yig‘ilishi BAYONNOMASIdan ko‘chirma 2022-yil 19-yanvar № Qayqi qishlog‘i Qatnashdilar: 12 nafar Tabiiy fanlari o‘qituvchilari Yig‘ilish raisi: D.Xusanova Yig‘ilish kotibi: D.G’oyipova KUN TARTIBI: Maktabda faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog xodimlarni ilg‘or tajribalarini ommalashtirish haqida Yig‘ilishni aniq fanlar metodbirlashmasi rahbari D.Xusanova olib bordi. Kun tartibidagi masala yuzasidan metodbirlashma rahbari D.Xusanova so‘zga chiqib,maktabning fiziika fani o’qituvchilari M.Kazakov, U.Maxmudovani ish tajribalari haqida gapirdi. Jumladan M.Kazakovning 8-sinflarda “Magnit maydon. Doimiy magnit va uning qutblari”, U. Maxmudovaning 9-sinflarda “Ho’llash kapilyar xodisalari” mavzularida o’tgan ochiq darslari jarayonida zamonaviy axborot komunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni samarali qo‘llaganliklari, dars ishlanmalari amaliyotda foydalanishga loyiq deb topilganligi, ilg‘or ish tajribalari maktab miqyosida ommalashtirishga tavsiya etilishi haqida gapirib o’tdi. Shundan so‘ng, geografiya fani o’qituvchisi O.Musayeva so‘z olib, geografiya fani o’qituvchisi J. G’aybullayevning “Qoraqolpog’iston respublikasi” mavzusidagi bir soatlik dars ishlanmasi, maktabning biologiya fani o‘qituvchisi D.Xusanovaning 5-sinflar uchun “O’simliklar dunyosi" mavzusida yozgan bir soatlik dars ishlanmasi o‘zining dolzarbligi bilan, interfaol usullardan, didaktik materiallardan, suhbat, ma’ruza, guruhlarda ishlash, aqliy hujum, mustaqil ish, baxs- munozaralardan, savol-javob o‘yinlardan va texnika vositalaridan foydalanib o‘tiladigan darslarga mo‘ljallanganligi sababli maktabdagi barcha fan o‘qituvchilari xamda kam tajribali o‘qituvchilar o‘zlarining ish faoliyatlarida ijodiy foydalanishlari mumkinligini aytib o‘tdi. Bundan tashqari dars davomida o‘quvchilarga kommunikativ, umummadaniy, shaxs sifatida o‘zini-o‘zi rivojlantirish, axborot bilan ishlash kompetensiyalari singdirilib borilishini aytib o‘tdi. Mazkur metodbirlashma yig‘ilishi kun tartibidagi masalani atroflicha o‘rganib chiqib QAROR QILADI: 1. Maktabning o‘qituvchilari: fizika fanini o‘qitishda yangi innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan xolda tashkil etishda amaliy yordam sifatida yozilgan 8-sinflar uchun M.Kazakovning 8-sinflarda “Magnit maydon. Doimiy magnit va uning qutblari” mavzusidagi bir soatlik dars ishlanmasi, J. G’aybullayevning 7-sinflar uchun “Qoraqolpog’iston respublikasi " mavzusida yozgan bir soatlik dars ishlanmasi tuman miqyosida ommalashtirishga tavsiya etilsin. 2. Qarorni amaldagi ijrosini ta’minlash metodbirlashma rahbari D.Xusanova zimmasiga yuklatilsin Yig’ilish raisi: D.Xusanova Yig‘ilish kotibasi: D.G’oyipova Download 18.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling