Uchrashuv o’tkazishdi


Download 114.44 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.01.2023
Hajmi114.44 Kb.
#1078547
Bog'liq
3-4-sinf pdff



1. Dengiz baliqlari ovlanayotganligi sababli ularning soni hamma joyda kamayib ketdi. O’tgan 5 yil mobaynida 
ular 50% gacha kamaydi. O’tgan yili biologlar buni oldini olish uchun nima qilish kerakligi to’g’risida 
uchrashuv o’tkazishdi.
Ushbu matn uchun eng to’g’ri mulohazani toping. 
A) Dengiz baliqlari keyingi 5 yilda qirilib ketishi ehtimoli bor 
B) Dengiz baliqlarini sonini oshirishning yo’li ularni ovlashni taqiqlash 
C) Butun dunyodagi biologlar dengiz baliqlarini saqlab qolish ustida ishlayabdi 
D) Dengiz baliqlarini ovlovchilar biologlarga qarshi chiqishdi 
2. Timning sayohat qilishida hech qanday muammo bo’lmadi chunki poyezdda 40 minut vaqtini gazeta o’qish 
va qog’ozlarini ko’zdan kechirishga sarfladi. Poyezd jadvali o’zgargandan buyon, poyezd nihoyatda 
odamlar bilan to’la, stansiya eshiklari ochilishi bilan o’tirish uchun hech qanday joy qolmadi. 
Ushbu matn uchun eng to’g’ri mulohazani toping. 
A) Tim poyezdga emas,avtobusga chiqqani maqulroq 
B) Timning sayohati poyezd jadvali o’zgargandan beri qulay bo’lmay qoldi 
C) Ko’p sayohatchilar yangi poyezd jadvali bo’yicha shikoyat qilishadi 
D) Tim uyiga yaqin joydan ish qidirgani yaxshiroq 
3. Dovul haqidagi xabarni eshitib, Alisher va Abdulaziz o’zlarining ta’til rejalarini o’zgartirishga qaror qilishdi. 
Oroldagi plyajda sayohat qilish o’rniga, ular tog’dagi yangi ajoyib kurortdagi 1 xonali dam olish joyiga 
buyurtma qilishdi. Ularning rejalari biroz qimmatga tushdi lekin Abdulaziz va Alisher kurort haqida ajoyib 
narsalarni eshitishgani uchun ularni ko’zi bilan ko’rishni xohlashdi. 
Ushbu matn uchun eng to’g’ri mulohazani toping. 
A) Alisher va Abdulaziz har yili plyajga ta’tilda borishadi 
B) Kurortning narxi oshirildi 
C) Kurortni kamida olti oy oldin band qilish kerak 
D) Alisher va Abdulaziz dovul tufayli rejalarini o’zgartirishdi 
4. Sentyabr oyida 10 ta yangi television shoular paydo bo’ldi.Shoulardan 5 tasi komediya bo’lib uch soat 
davom etadigan dramalar. 2 tasi yangiliklar jurnallarining namoyishlari edi. Yanvargacha ulardan faqatgina 
7 tasi efirda edi. Shoulardan 5 tasi komediya bo’lib qoldi. 
Ushbu matn uchun eng to’g’ri mulohazani toping 
A) Yangiliklar jurnallarining namoyishidan faqat bitta qoldi 
B) Faqat uzoq davom etadigan television shoudan bitta qoldi 
C) uzoq davom etadigan shoudan kamida bittasi bekor qilindi 
D) Televizio tomoshibinlar uzoq davom etadigan komediyalarni dramalarga qaraganda Afzal ko’rishadi 
5. Akbarshox 7,4,9 va 2 sonlaridan faqat bir martadan foydalanib barcha 4 xonali sonlarni yozdi.U jami 
nechta 4000 va 5000 orasidagi sonlarni yozdi? 
A) 12 B) 5 C) 6 D) 4 
6. Bir tashkilot 4 ta printer va 1ta kompyuter sotib oldi.Kompyuterning baxosi qancha? 
1.Printer va kompyuterning birgalikdagi bahosi 300$ 
2.Printerning baxosi kompyuternikidan 4 marta kichik 
Mana shu ikkita ma’lumot yuqoridagi savolga javob berish uchun qanchalik darajada yetarli. 
A)Faqat 2 ma’lumot yetarli 
B)Faqat 1 ma’lumot yetarli 
C)2 lasi birgalikda yetarli 
D)Har bir ma’lumot alohida o’zi yetarli bo’la oladi 
7. Bir shahar aholisi har 30 sekundda 1 taga ko’payadi.40 sekundda 1 taga kamayadi.3 kundan keyin shahar 
aholisi qanchaga o’zgaradi? 
A) 2160 B) 720 C) 1080 D) 1440 


8. 3152,3455 va 5213 kodlari MISS,SHAM,MASH va HAMS so’zlaridan uchtasini bildiradi.MASH so’zining 
kodini aniqlang. 
A) 3152 B) 3455 C) 5213 D) 4355 
9. Rasmda ketma-ketlikni 3ta hadi berilgan bo’lib,8 bo’lakda nechta qora katakchalar bo’ladi? 
1 2 3 A) 48 B) 72 C) 64 D) 36
10. 1977-yilda 1 odamning yoshi u tug’ilgan yilning raqamlari yig’indisiga teng bo’ldi.U qachon tug’ilgan? 
A) 1960 B) 1970 C) 1956 D) 1975 E) 1964 
11. 50 ta sharchalarni 3 xil yashiklarga bo’lish mumkin.Yashiklar sig’imi 3talik,4talik,5talik.50 ta sharchani eng 
ko’pi bilan qancha yashikga joylasa bo’ladi(hamma yashiklardan foydalanish shart emas) 
A) 10 B) 12 C) 15 D) 16 E) 17 
12. Tug’ruqxonada faqatgina 5ta chaqaloq bor.Chaqaloq 1 og’irroq va qizil sochli.Chaqaloq 2 o’g’il bola va 
ozg’in,sochining ranggi chaqaloq 3 nikidek.Chaqaloq 3 malla sochli va do’ppi kiygizilgan. Chaqaloq 4 uchta 
qiz boladan bittasi.Chaqaloq 5 ko’zoynak taqqan va og’irroq.Hamma chaqaloqlar do’ppi kiygizilgan va 
kamida bitta qiz bola chaqaloqda ko’zoynak bor. 
Ozg’in,qizil sochli,do’ppidagi chaqaloq eng kattasi bo’lsa u kim bo’lishi mumkin? 
A) Chaqaloq 1 B) Chaqaloq 2 C) Chaqaloq 3 D) Chaqaloq 4 E) Chaqaloq 5 
13. Agar yanvar oyida 5ta dushanba,5ta seshanba va 5ta chorshanba kelsa 1-fevral haftaning qaysi kuni? 
A) Dushanba B) seshanba C) chorshanba D) payshanba E) juma 
14. 3 ta o’yinda Paxtakor jamoasi o’z darvozasidan 1ta to’p o’tkazdi va raqiblar darvozasiga 5 ta to’p 
kiritdi.Agar 1 marta durrang,1 marta g’alaba qozongan,1marta mag’lubiyatga uchragan bo’lsa u qanday 
hisobda yutgan bo’lishi mumkin? 
A) 5:0 B) 3:0 C) 2:0 D) 3:1 E) 4:1 
15. Ruxshona dushanba kuni bog’dan 15 kg meva terdi. Ularning 1/3 qismi olma va 2/3 qismi nok. U bog’dan. 
Seshanba kuni esa bir xil miqdorda olm ava nok terdi. Keyin bildiki jami mevalarning 2/5 qismi olma va 3/5 
qismi nok. U holda u seshanba har bir mevadan necha kg dan tergan? 
A) 10 kg dan B) 5 kg dan C) 6 kg dan D) 15 kg dan E) 20 kg dan 
16. Samalyot Londondan Kuala-Lumpurga borishi kerak edi. Buning uchun samalyot birinchi bo’lib Londondan 
Dubayga uchishi, keyin esa Dubaydan Kuala-Lumpurga uchishi kerak. Samalyot Dubayga kelganidan so’ng
5 soat 15 minut to’xtab turdi, keyin esa parvozni davom ettirdi. Dubayning vaqti Londondan 4 soat 
oldinda, Kuala-Lumpurniki esa Dubay vaqtidan bir soat orqada. Pastda samalyotning uchish va qo’nish 
vaqtlari ko’rsatilgan 
Londondan Dubayga uchish vaqti (londonning vaqti bilan) 22:30 Juma 30.01.19 
Dubaydan Kuala-Lumpurga uchish vaqti (dubayning vaqti bilan) 14:30 Shanba 31.01.2019 
Kuala-Lumpurga yetib kelish vaqti (kuala-lumpurning vaqti bilan) 20:45 shanba 31.01.2019
Savol: Samalyot jami necha soat havoda parvoz qilgan? 
A) 12 soat 30 min B) 14 soat C) 15 soat D) 17 soat E) 19 soat 
17. Ruxsora Firdavsdan kichik, Sevinch Firdavsdan yosh, Saidamir Ruxsoradan kichik, lekin eng kichik 
emas.Ularning ismini yoshiga qarab, kattadan kichik tartibda yozib chiqing.
A) Firdavs > Saidamir > Ruxsora> Sevinch 
B) Ruxsora > Sevinch > Saidamir > Firdavs 
C) Sevinch > Saidamir > Firdavs > Ruxsora 
D) Firdavs > Ruxsora > Saidamir > Sevinch 
E) Saidamir > Sevinch > Ruxsora > Firdavs 


18. Qorovul ertalab o’z xo’jayinini kutib olibdi va unga “Bugun tunda yomon tush ko’rdim. Siz uchmoqchi 
bo’lgan samalyot halokatga uchraganmish.Shuning uchun shu samalyotda uchmang “, debdi.Xo’jayin 
qorovulning aytganini qilib, o’sha samalyotda uchmabdi.O’sha samalyot rosdan ham halokatga 
uchrabdi.Buni eshitgan xo’jayin qorovulga katta pul mukofot beribdi, lekin uni ishdan haydabdi. 
Quyidagilardan qaysi bir boshliqning kutilmagan qarorini eng ko’p asoslaydi?
A) Tashkilotda qorovulga ehtiyoj kamaygan. 
B) O’sha samalyotda uchmagani uchun xo’jayin muhim majlisga kech qolgan. 
C) Qorovul shum habar yetkazgan. 
D) O’sha samalyotda boshliqning do’stlari bo’lgan va ular halokatga uchragan. 
E) Qorovul tush ko’rgan kechasi ish vahtida uhlagan. 
19. Agar birinchi va ikkinchi gaplar to’g’ri bo’lsa, uchinchi gap to’g’ri, xato yoki aniqlab bo’lmasligini toping.
1) Sohibjon Loladan uzunroq. 
2) Lola Jahongirdan bo’yi pastroq.
3) JahongirSohibjondan uzunroq. A) To’g’ri B) Xato C) Aniqlab bo’lmaydi 
20. 5 ta semiz kishilar ozishga qaror qilishdi va agar kim 4 hafta ichida eng ko’p ozgan bo’lsa shu odamga 100$ 
berishga kelishishdi. Quyidagi jadvalda ularning ozish ko’rsatkichlari berilgan 
1-kishi 
2-kishi 
3-kishi 
4-kishi 
5-kishi 
Hozirgi 
og’irliklari 
71 kg 
67kg 
63 kg 500 gr 
66 kg 500 gr 
69 kg 
1-haftada 
67 kg 
68kg
62 kg 
67 kg 
66 kg 
2-haftada 
63 kg 500 gr 
66 kg 500 gr 
59 kg 
62 kg 
63 kg 500 gr 
3-haftada 
61 kg 
66 kg 
58 kg 
61 kg 500gr 
62 kg 
4-haftada 
64 kg 
62 kg
57 kg 500 gr 
60 kg 
61 kg 
Quyidagi jadvalga asoslanib kimga 100$ ni berilganini toping? 
A) 1-kishi B) 2-kishi C) 3-kishi D) 4-kishi E) 5-kishi 
21. Dunyoning eng zo’r 5 ta futbol jamoasi musobaqada ishtirok etishdi. Barcha jamoalar bir-biri bilan 1 
martadan o’ynab chiqishdi va yakuniy jadval quyidagicha bo’ldi 
O’yinlar 
G’alaba 
Durang 
Mag’lubiyat 
Urilgan 
gollar soni 
O’tkazib 
yuborilgan 
gollar soni 
Real madrid 






Barselona 






Yuventus 






Manchester 
City 






Liverpul 






Quyidagi jadvalga asoslanib Barselona va Yuventus o’rtasidagi o’yinda qanday hisob bo’lgan? 
A) Yuventus:Barsa 0:0 B) Yuventus:Barsa 1:0 C) Yuventus:Barsa 0:1 D) Yuventus:Barsa 1:1 
22. Raqamlari yig’indisi 6 ga teng bo’lgan 3 xonali sonlar nechta? 
A) 15 B) 18 C) 21 D) 36 E) 12 
23. Qutida 15 ta oq va 7 ta qizil shar bor. U holda qutiga qaramasdan tavakkaliga eng kamida nechta shar 
olganimizda, har doim 6 ta bir xil shar topa olamiz? 
A) 13 ta B) 11 ta C) 12 ta D) 6 ta E) 22 ta 
24. Agar 19 sonini teskari qilib qarasak 61 sonini ko’ra olamiz. U holda quyidagilardan qaysi biriga teskari 
tartibda qarasak ham yig’indi o’zgarmaydi? 
A) 608+11=619 B) 818+88=906 C) 896+90=986 D) 111+88=199 
25. Roppa-rosa 6 soat 30 minutdan keyin soat 00:00 bo’lsa, u holda hozir soat nechchi( javobingizni yoniga 
yozing) 


26. Javohir har kuni oy va kun sanalarni yozadi va ularni raqamlarini bir biriga ko’paytiradi. Masalan: 19-
martda 19.03 dagi raqamlarni 1*9*0*3=0, yoki 12-noyabrda 12.11 dagi raqamlarni 1*2*1*1=2. U holda 
Javohir qanday eng katta natijaga erishishi mumkin? 
A) 1 B) 6 C) 36 D) 72 E) 144 
27. O’tloqda qo’ylar va g’ozlar o’tlab yurishibdi. Ularning jami soni 300 ta, oyoqlari soni esa 840 ta. U holda 
g’ozlar va qo’ylar soni orasidagi farqni toping. 
A) 540 B) 60 ta C) 240 ta D) 80 ta E) 40 ta 
28. Ushbu qonuniyatdan foydalanib keyingi ikkita sonni toping: 17,17,34,20,20,31,23….. 
A) 26,23 B) 34,20 C) 23,33 D) 27,28 E) 23,28 
29. Ushbu qonuniyatdan foydalanib keyingisini toping: 
JAK KBL LCM MDN …… 
A) OEP B) NEO C) MEN D) PFQ 
30. Qutida 18 ta oq, 27 ta qora va 19 ta yashil shar bor. U holda qutiga qaramasdan tavakkaliga eng kamida 
nechta shar olganimizda, har doim 10 ta oq rangdagi shar topa olamiz?
A) 10 B) 56 B) 64 D) 42

Download 114.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling