Uchtepa tumani 123-umumiy o`rta ta’lim maktabi Aniq fanlar metod birlashmasi I chorak yuzasidan


Download 20.43 Kb.
Sana16.02.2022
Hajmi20.43 Kb.
#579835
Bog'liq
MB 1-chorak hisobot. 123-maktab
21 MTM shartnoma, 21 MTM shartnoma, 1, Task, 305 gr Abdumalikov O, 305 gr Abdumalikov O, 305 gr Abdumalikov O, Avzu O’ta o’tkazuvchalik, ДАЛОЛАТНОМ1, MOM 4-kurs, ózb 1-2 oraliq nazorat, 1-chorak hisobot, Документ Microsoft Word, 1, konvert


Uchtepa tumani 123-umumiy o`rta ta’lim maktabi
Aniq fanlar metod birlashmasi I chorak yuzasidan
HISOBOTI
2021-2022 o`quv yili Aniq va tabiiy fanlar metod birllashmasi o`z faoliyatini yillik ish reja tuzib olish bilan boshladi. Aniq fanlar metod birlashmasiga matematika, informatika fanlari a’zolari birlashtirilgan.
Dars soatlari O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 3271-qaroriga asosidagi Nizomga muvofiq taqsimlandi.
Har bir o`qituvchi yillik ish rejasini davlat dasturi asosida ishlab chiqdi. Ish rejalar metod birlashma yig`ilishida ko`rib chiqildi va tasdiqlash uchun tavsiya qilindi. Aniq fanlar metod birlashma a’zolari har biri o`quvchilarni Xalqaro PISA tadqiqotlariga tayyorlash rejasini ishlab chidqi, shu asosda o`quvchilar bilan tayyorgarlik ishlarini olib bordi.
Maktab I tur ichki olimpiadasi Nizom asosida o`tkazildi. G`olib o`quvchilar tuman olimpiadasida qatnashib keldi. Bir nafar o`quvchi kasalligi tufayli qatnasha olmadi. Aniq fanlar tasarrufiga kiruvchi fanlar bo`yicha qatnashgan o`quvchilar tumanda past natija ko`rsatdi. Shu boisdan uslub birlashma yig`ilish o`tkazib iqtidorli o`quvchilarni bilim saviyalarini oshirish maqsadida “iqtidorli bolalar klubi” tashkil etilishi bo`yicha qaror qabul qildi.
Ilg`or o`qitish metodlarini izlab topish, metod birlashma yig`lishlarida ma’ruza qilish, muhokama qilish va o`rgatish ishlari yo`lga qo`yildi.
“Ustoz-shogird” an’analari yo`lga qo`yildi. Yosh Saparbayev Zafar, Jonibekov Dilshod, Omonova To`lg`anoy o`qituvchilarini Malikov Kamoliddin shogirdlikka biriktirildi. Anorboyeva Sevara, Jo`rayeva Dilrabo O`ktamova Nodira o`qituvchilarni Azizova Surayyoga shogirdlikka biriktirildi. Boymurodov Feruz, Ashurov Toshtemir, Nizomitdinova Iroda o`qituvchilarini Burxonova Shaxnoza shogirdlikka oldi. Ochiq darslar jadvali ishlab chiqildi.
Fan to`garak mashg`ulotlari o`z faoliyatini sentyabr oyidan boshladi. Ish reja asosida mashg`ulotlar olib borish yo`lga qo`yildi.
“Bir million o`zbek dasturchilari” loyihasida o`quvchilarni loyihada ishtirok etib sertifikatlarni qo`lga kiritishni rejalashtirib oldik.
Matematika va informatika fan o`qituvchilari uchun dushanba metod kunini samarali tashkil qilish, tayanch mashg`ulotlariga to`liq qatnashish yo`lga qo`yildi.
Metod birlashma yarim yillikda uch marta yig`ilish o`tkazib, qilingan va rejalashtirilgan ishlar, ilg`or metodik tavsiyalar yuzasidan fikr almashtirdilar.

123-maktab aniq va tabiiy


fanlar metod birlashmasi raisi S.Azizova


Download 20.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling