Udk: 37. 1 Dasturlash asoslarini o’rganishda interfaol usullardan foydalanish I. B. Aminov, A. I. Inatov


Download 0.92 Mb.
bet1/8
Sana14.12.2020
Hajmi0.92 Mb.
#167314
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
06 Педагогика 2020-2


ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2020-yil, 2-son

UDK: 37.1

DASTURLASH ASOSLARINI O’RGANISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH
I. B. Aminov, A. I. Inatov

Samarqand davlat universiteti

a-inatov@samdu.uz
Annotasiya. Maqolada o’qitishning zamonaviy interfaol texnologiyalarining asosiy masalalari qaralgan. Shu bilan birga zamonaviy interfaol texnologiyalaridan foydalangan holda dasturlash asoslarini o’rganishning asosiy vazifalari va samaradorligi yoritilgan.

Kalit so’zlar: o’qitishning zamonaviy texnologiyalari,interfaol texnologiyalar, o’qitishning intefaol vositalari, multimedia, intefaol vositalaridan foydalanish samaradorligi, dasturlash asoslarini o’rganishning intefaol metodlari.
Применение интерактивных методов при изучении основ программирования

Аннотация. В статье рассмотрены основные вопросы применения современных интерактивных методов обучения, а также выделены основные задачи и эффективности обучения основ программирования с применением современной интерактивной технологии.

Ключевые слова: современные технологии обучения, интерактивные технологии, интерактивные средства обучения, эффективность применение интерактивных средств, интерактивные методы изучения основы программировании.
Application interactive methods at study of a basis programming

Abstract. In the article the basic questions of application of modern interactive methods of training are considered, and also the basic tasks and learning efficiency of a basis programming with application of modern interactive technology are selected.

Keywords: modern technologies of training, interactive technologies, interactive means of training, efficiency application of interactive means, interactive methods of study of a basis programming.
Bugungi kunda bakalavriat yo’nalishlari bo’yicha pedagog kadrlar tayyorlashning sifatini ta’minlashda talabalarni ilm-fan taraqqiyotining eng so’nggi yutuqlaridan xabardor qilish,bugungi kunda fan va texnika sohasidagi yangiliklarni o’quv dasturlari mazmuniga kiritish va shular zaminida zamonaviy bilimlarni shakllantirishga zamin yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, zamonaviy o’qitish texnologiyalari, ular bilan bog’liq metodik yondashuvlar bo’lajak pedagog kadrlarlarda zaruriy bilimlar, muhim qonuniyatlar, ko’plab fundamental tushunchalarni nisbatan yengil, chuqur va mustahkam shakllantirish uchun qulay sharoit yaratadi.

Ta’lim tizimida dasturlash asoslari yuzasidan bilim va malakalarni shakllantirish va uni rivojlantirish, mazkur jarayonga nisbatan tizimli, kompleks yondashuvni taqozo etadi. Bo’lajak kadrlarning chuqur bilimga, samarali faoliyat yurita olish mahoratiga ega bo’lishi ma’lum fan asoslari borasida unda yetarli nazariy hamda amaliy bilimlarning, ta’lim jarayonida yangi innovatsion texnologiyalaridan unumli foydalanish malakasining qanchalik shakllangan-ligiga bog’liqdir. Shu sababli, ta’lim jarayonini axborotlashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan, jumladan innovatsion texnologiyalar tizimlarini yaratish va undan ta’lim jarayonida unumli foydalanishning nazariy hamda amaliy asoslarini yaratish tadqiqotimizning dolzarbligini belgilaydi.

Dasturlash asoslarini o’rganish bo’yicha mashg’ulotlarni innovasion texnologiyalar yordamida tashkil etishdan asosiy maqsad  talabalarni axborot va jamiyat, axborot texnologiyalari va tizimlari, ularning jamiyatdagi o’rni va ahamiyati, kompyuterlarga xizmat ko’rsatish, tamoyil va uslublari bilan chuqur hamda har tomonlama amaliy jixatdan tanishtirishdan iboratdir.

Interfaol usullar - bu jamoa bo’lib fikrlashdan iborat deb yuritiladi, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bo’lib, ta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu usullarning o’ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va talabalarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi. Hozirgi kundagi ko’pgina uslubiy innovasiyalar interfaol usullarni qo’llash bilan bog’lik. Biz quyida dasturlash asoslarini o’qitish jarayonida qo’llash mumkin bo’lgan ba’zi bir texnologiyalarni bayon etishga harakat qilamiz.

Venn diagrammasi grafik organayzeri talabalarda mavzuga nisbatan tahliliy yondashuv, ayrim qismlar negizida mavzuning umumiy mohiyatini o’zlashtirish ko’nikmalarini hosil qilishga yo’naltiriladi. U kichik guruhlarni shakllantirish asosida aniq sxema bo’yicha amalga oshiriladi.

Grafik organayzer talabalar tomonidan o’zlashtirilgan o’zaro yaqin nazariy bilim, ma’lumot yoki dalillarni qiyosiy tahlil yetishga yordam beradi. Undan muayyan bo’lim yoki boblar bo’yicha yakuniy darslarni tashkil yetishda foydalanish yanada samaralidir. Dasturlash tilini o’rganishda operatorlarni “Venn diagrammasi” grafik organayzeri ko’rinishida tasvirlash mumkin:



SWOT-tahlil” strategiyasi muammoning asosiy to’rt jihatini yoritishga xizmat qiladi. O’quvchilar mavzuning mazmuniga mos muammo-larni atroflicha o’rganish orqali mohiyatini yoritadi, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni izlab, hal qilish imkoniyatlarini topadi. C++ dasturlash tilini SWOT tahlilida quyidagicha ifodalanadi:


S

C++ dasturlash tilidan foydalanishning kuchli tomonlari

Ushbu dasturlash tili tizimli dasturlash tili bo’lib, boshqa dasturlash tillarida ham tizimli masalalarni yechishda C++ ga murojaat etiladi.

W

C++ dasturlash tilidan foydalanishning kuchsiz tomonlari

Dasturlash tilining strukturasi murakkabligi.

O

C++ dasturlash tilidan foydalanishning imkoniyatlari (ichki)

C++ dasturlash tilini muk-kammal o’zlashtirgan dasturchi-lar muammoli masalalarni yechishda va yuzaga keladigan xatoliklarni bartaraf yetishda mukammal muhit hisoblanadi.

T

To’siqlar (tashqi)

Ma’lumotlar xavfsizligining to’la ta’minlanmaganligi


Idrok xaritasi usulimavzu yoki o’quv materialini grafikli bayon etish usuli bo’lib, axborotlarni tizimli, tartibli va vizual o’zlashti-rish imkonini beradi.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling