Udk: 371. 39 Boshlang’ich ta’limda to’garaklarning o’rni va ahamiyati maxammadiyev Abror Toshkentovich


Download 249.87 Kb.
Sana09.09.2022
Hajmi249.87 Kb.
#803023
Bog'liq
Nabijanova Zebo Maqola.docx2222
savodxonlik, 656, 2 5309891956652906394, Axborot xati (original), 2 5213187731441588570, Matematika. Progressiya va limitlar (J.Husanov), Boshlangich

UDK: 371.39
BOSHLANG’ICH TA’LIMDA TO’GARAKLARNING O’RNI VA AHAMIYATI


Maxammadiyev Abror Toshkentovich,
Toshkent shahridagi Yodju texnika institutining “Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi rahbari,
Nabijanova Zebo Qodirjon qizi,
“Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi, 1-bosqich talabasi


Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang’ich ta`limga innovatsion yondashuv, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish usullari, to`garaklarning tutgan o`rni va o`sib kelayotgan barkomol avlodning bilim olishidagi ahamiyatli bo`lgan Sharq va G`arb olimlarning fikrlari va boshlang`ichning ta`limning umumanta`lim tizimi jarayonidagi o'rni haqida so’z yuritiladi.
Kalit so`zlar: Interfaol metodlar, erkin fikrlash, ijobiy qobiliyatlar, mahorat, ijodiy tajriba, raqobat, mutaxasis, ilmiylik, onglilik, ko`rgazmalilik, tushunarlilik, muntazamlilik, moslashuvchanlik, individual xususiyatlar, layoqat, qobiliyat, estetik kamolot.
Boshlang‘ich ta'lim umumta'limning asosiy poydevori hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi: bolaning o‘qishga bo‘lgan ijobiy munosabatini, bugungi kunda eng zarur bo‘lgan o‘qish savodxonligi, turli ma'lumotlar bilan ishlashi, mantiqiy va ijodiy fikrlashi, o‘z-o‘zini boshqarishi, jamoada o‘zini tuta bilishi, yozma va og‘zaki muloqot madaniyati qoidalarini egallashi, ta'limiy faoliyatni tashkil etishi kabi ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Hozirgi kunda ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayonida keng qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e'tibor kundan - kunga kuchayib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri an'anaviy ta'limda o‘quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, boshlang‘ich ta'limda zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi.
Ulug‘ donishmandlardan biri «...kelajak tashvishi bilan yashasang, farzandlaringga yaxshi bilim ber, o‘qit», degan ekan. Yurtimizda ta'lim-tarbiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqiqiy ma'noda bir-ikki yillik yoki qisqa davrda samaraga erishishga qaratilgan ish emas, balki chin ma'noda bir necha yuz yillarga tatiydigan o‘zgarish bo‘ldi desak xato bo‘lmaydi.
"Ta`lim to`g`risida" gi Qonun hamda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturida" ko`zlangan vazifalarni ado etish uchun ta`lim jarayonini ilmiy asoslangan g`oyalar, ya`ni ma`lum bir konsepsiya asosida tashkil qilinishi boshlang`ich ta`limning sifat va samaradorligini oshiradi va kutilgan natijalarni beradi.
Bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlariga muvofiq ularning ijodiy va badiiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning foydali dam olishini tashkil etish maqsadida 2011 yilda "Barkamol avlod" bolalar markazlari to‘g‘risida NIZOM ishlab chiqilgan. Uning asosiy vazifasi bo‘lib boshlang‘ich ta'lim o‘quvchilarida mehnatsevarlikni, kasb tayyorgarligining dastlabki o‘quv va ko‘nikmalarini singdirish, fan va texnikani rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlariga muvofiq texnik vositalar va kompyuter texnologiyalari ishini o‘rganishni tashkil etgan holda bolalar texnik ijodkorligini rivojlantirishdan iborat.
Tashkil etilgan to`garaklar ilg‘or pedagogik usullar va metodlardan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning yangi shakllari keng joriy etilsa ta`limning sifati sezilarli darajada oshadi. Darsdan tashqari mashg`ulotlarda bola erkin bo`lishi, ya`ni erkin fikrlashi, o`zining ijodiy qobilyatlarini, mahoratini namoyish etishi kerak. To`garak darslari bolalarni darsdan keyingi vaqtlarini serzmazmun o`tkazishga yordam beradi. Albatta bola mashg`ulot davomida o`z ustida ishlaydi, o`zining qiziqishlari bo`yicha shug`ullana oladi va ustozlaridan yangi bilimlarni o`rganishga erishadi. To`garak davomida o`rganish bilan bir qatorda bola guruhdagi bolalardan ham o`rganib ijodiy tajriba almashadi. Qolaversa, guruhda raqobat shakllanadi. Albatta, raqobat bo`lgan joyda rivojlanish, o`sish bo`ladi va bir yo`nilshda izlanayotgan bo`lajak yosh mutaxasislar shakllanadi. “O`zbekiston Respublikasining ta`lim to`g`risida” gi qonunida ta`kidlanganidek: “Maktabdan tashqari ta`lim bolalarga uzluksiz ta`lim berishning tarkibiy qismi sifatida ularning este`dodi va qobilyatini rivojlantirishga ma`naviy ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan”.











IX-XV asrlar Markaziy Osiyo ma`naviy madaniayati rivojida muhim davr hisoblanadi. Shuning uchun ham faylasuf, tarixchi, pedagog, matematik olimlar shu haqida qator ilmiy tadqiqot ishlar olib borganlar.
Sharqdagi uyg`onish davri Sharq mutafakkirlari Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniylar o`zlarning talimiy qarashlarida birinchi o`ringa inson shaxsini qo`yadilar hamda bolalarni jismoniy va estetik kamolotga erishishlari va tillarni bilishlarini zarur deb hisoblashgan. Bundan tashqari, ular ta`limning ilmiyligi, ongliligi , ko`rgazmaliligi, tushunarliligi, ketma- ketliligi, muntazamliligi, moslashuvchanligi va mustaqilligi, shu bilan bir qatorda, bolaning individual xususiyatlari, layoqati va qobilyatlarini hisobga olish, ta`limni insonparvarlashtirish kabi qoida va tamoyillarini ifoda etib berganlar.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg`u bilig” (“Saodatga boshlovchi bilim”) asarida: “Bilimli bo`lish ezgu ishlar tantanasini ta`minlovchi garov bo`lib , uning yordamida xatto osmon sari yo`l ochiladi”. Ya`ni, bilim olish, o`rganish inson hayotining ajralmas qismi va bu bilan inson yuksaklarga ko’tariladi, kamolotga yetadi.
Hammamizga ma`lumki, hozirgi kunda chet tillini o`rganish, informatsion texnologiyalar, kompyuter savodxonligiga bo`lgan qiziqishlar ortib bormoqda. Albatta, bu qiziqishlarning ko`p foizini boshlang`ich sinf o`quvchilarida ham kuzatamiz. O`z-o`zidan ko`rinib turibdiki, tog`raklarni bolaning qiziqishiga, ehtiyojiga qarab tashkillashtirish kerak. Masalan, informatsion texnologiyalar hozirda kun talabidir va turli xil dasturlarni o`rganish, masalan "Scratch" dasturi maktab darsligiga kiritilgan. To`garaklarda esa shu sohani bosqichma-bosqich turli xil metodlardan foydalanib va o`quvchilar yoshini hisobga olgan holatda o`rgatish va tashkil qilish lozim. Bilamizki, bu sohani chet tilini bilmasdan turib o`rganib bo`lmaydi va o`z navbatida bu soha xalqaro chet tilini o`rganishga borib taqaladi. Albatta, darsdan keyin shunday to`garaklarni tashkil qilish o`quvchilarning vaqtini serunum qiladi va bir vaqtning ozida bir necha to`garakka qatnashish imkonini beradi. Zero, ta`lim samaradorligi to`garakalar bilandir.







Ta`lim muassasalarida o`quv-tarbiya jarayonida o`quvchilarning darslarni puxta o`zlashtirishlarida ota-onalarning o`rni muhim ahamiyatga ega.


O`quvchilarning to'garaklarga bo`lgan qiziqishlarini shakllantirish va rivojlantirishda ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini yo`lga qo`yish lozim.
To'garaklardan ko`zlangan natijalarga erishishda o`quvchilar egallashi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma, malakalarni ota-onalar ham bilishlari va shu asosda farzandlariga ularni egallashda ko`maklashishlari lozim. Buning uchun maktab bilan ota-onalar o`rtasida hamkorlik o`rnatilishi kerak.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.“Ozbekiston Respublikasining ta`lim to`g`risida”gi qonuni. 2020-yil. 23-sentyabr.


2.Yusuf Xos Hojib, “Qutadg`ubilig” (“Saodatga boshlovchi bilim”) -Toshkent, Fan. 1971 . 659-bet.
3.Бердиева М. А. Особенности работы над понятием «Стиль речи» //Conferences. – 2021.
4.Abidovna K. D., Asatillaevich A. B. Stages of Technical Training of Athletes //Euro-Asia Conferences. – 2021. – Т. 1. – №. 1. – С. 94-96.
5.Khudayberdiyeva D., Raupova D. Consistency of reforms in education //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. – 2020. – Т. 10. – №. 11. – С. 1671-1680.
Download 249.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling