Udk davronova malika davronqulovna


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana22.05.2020
Hajmi0.58 Mb.
#109075
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
a. oripov va e. vohidov sheriyatida psixologizm muammosi


 

 



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA 

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI 

  

Qo‘lyozma huquqida

 

UDK

________ 

 

DAVRONOVA MALIKA DAVRONQULOVNA 

A. ORIPOV VA E. VOHIDOV SHE’RIYATIDA 

PSIXOLOGIZM MUAMMOSI 

5A 111201 – O‘zbek tili va adabiyoti 

Magistr 

akademik darajasini olish uchun yozilgan 

dissertatsiya 

Ilmiy rahbar: 

F.f.n. dots. G. Imomova 

 

 

 

 

 



Qarshi-2014 

 

 



Mundarija. 

Kirish……………………………………………………………………………….3  



I Bob  O’zbek she’riyatida psixologizm muammosi

……………..………....8 

I.1. Psixologizm va psixologik tahlil………………………………………………8 

I.2. Lirik kechinma va ruhiy iztirob………………………………………………22 

I Bob yuzasidan xulosalar………………………………………………………...28 

II Bob Abdulla Oripov lirikasida psixologizm

…………………………......29 

II.1. Shoir she‘riyatida lirik pafos………………………………………………...40 

II.2. Shoir she‘riyatida so‘z va obraz…………………………………………......51 

II Bob yuzasidan xulosalar………………………………………………………..59 

III Bob Erkin Vohidov she’riyatida ruhiy tahlil

………………………......60 

III.1. Shoir lirikasining psixologik o‘ziga xosligi. ……………………………….68 

III.2. Shoir she‘riyatida ruhiy tahlil va ruhiy qiyofa……………………………...74 

III Bob yuzasidan xulosalar………………………………………………………81 

Umumiy xulosalar…………………………………………………………82 

Foydanilgan adabiyotlar ………………………………………………….84

 

 



 

 

 



КИРИШ 

Mavzuning  dolzarbligi.  ―Ijtimoiy  hayotimizni  isloh  qilish  va  yangilash 

boshlanib  ketganligi  bois  ma‘naviy  madaniyatning  qudratli  qatlamlari  ochildi.  Ular 

xalq  ruhiyatining  vatanparvarlik,  milliy  iftihor,  butun  dunyo  uchun  bag‘ri  kenglik 

tomon  keskin  o‘zgartirib  yubordi.  Bu  esa  xalq  ruhi  qudratining  birinchi  belgisidir‖ 

deb takidlaydi. Prezidentimiz Islom Karimov.  

 Darhaqiqat, xalqimizning milliy istiqlolni qo‘lga kiritib katta bir tarixiy xodisa 

sifatida  dastavval  uning  ruhiy  barkamollikka  erishuvi,  dunyo  qarashi,  tafakkuri  va 

ma‘naviy olamida o‘ziga xos o‘zgarishlarning vujudga kelishi uchun keng imkoniyat 

yaratdi. Badiiy ijodda inson ruhiy dunyosi tasvirini tadqiq etish esa adabiyot ilmining 

juda muhim va ancha murakkab masalalaridan biridir. 

 

Abdulla  Oripov  va  ―Erkin  Vohidov  she‘riyati  nazmimiz  tarixida  alohida 



bosqichni  tashkil  etadi.  Ularning  she‘riyati  falsafiy  tafsilga  moyilligi,  erkin 

fikrlashning  kuchayishi  dolzarb  muammolarga  dadil  qo‘l  urishi  ijtimoiy  adolat 

haqoniyligi rost so‘zni aytishga intilish eng muhimi xalq hayotiga chuqur kirib borishi 

bilan boshda ijodkordan farqlanishadi. 

Insonning  ichki  qiyofasini  mukammalroq  chizib  berish  uni  butun  ―Ichu  toshi‖ 

(Abdulla Oripov ) bilan tasvirlash she‘riyatimizning bugungi qiyofasini begilaydi.  

Bugungi  kun  she‘riyatining  eng  dolzarb  masalalardan  biri  badiiy  psixologizm 

Abdulla Oripov , ―Erkin Vohidov lirikasining ko‘rki bo‘lib qoldi. Badiiy psixologizm 

muammosi  rus,  o‘zbek  va  boshqa  qardosh  xalqlar  adabiyotshunosligi  nasriy  asarlar 

misolida  keng  va  atroflicha  o‘rganilgan  bo‘lsada  lirik  asarlardagi  psixologizm 

muammosi  yetarlicha  tadqiq  etilmagan.  Ayniqsa  ―Psixologiya‖  ichki  olam 

kechinmalari  tasviri  qanday  usul  vositalari  orqali  amalga  oshirilganligi  va  u  alohida 

ijodkorlar  she‘riyatida  qanday  mavqe  kasb  etishi  singari  birqator  muammolar 


 

 



e‘tibordan chetda qolib kelmoqda. Shu ma‘noda Abdulla Oripov va ―Erkin Vohidov 

she‘riyatida  lirik  qahramon  ruhiy  olami  qalb  manzaralari,  tasvirini  maxsus  tadqiq 

qilish  uning  g‘oyaviy  estetik  vazifalarini,  shakllarini,  tasvir  vositalarini  o‘rganish 

adabiyotshunoslikning  dolzarb  masalalardan  biridir.  Bitiruv  malakaviy  ishining 

dolzarbligi ham ana shunda.  

Magistrlik  dessirtatsiyasining  maqsad  va  vazifalari

   

  mazkur  bitiruv 

malakaviy ishi asosan quyidagi maqsad va vazifalarini nazarda tutadi. 

-  ―o‘zbek- she‘riyatida psixologizm‖ muammosini o‘rganish. 

-  Abdulla  Oripov she‘riyatida  ruhiy  iztirob  va  ijodiga  xos  poetik  qonuniyatlarni 

tadqiq etish 

-  psixologizm va psixologik  tahlilni shoir she‘rlari misolida o‘rganish  

-  shoir she‘riyatiga xos lirik kechinma va ruhiy iztiroblarni tahlil qilish  

-  shoir Abdulla Oripov  lirikasiga xos nafis so‘z qo‘llash mohoratini tadqiq etish  

-  Erkin  Vohidov  she‘riyatining  o‘ziga  xos  indidual  hususiyatlari  va  ruhiy 

tahlildan  foydalanish  mahoratini  o‘rganish.  Shoir  Erkin  Vohidovning 

lrikasidagi ruhiy qiyofa va psixologizm alohida tadqiq etish. 



Ilmiy ishning yangiligi. 

Mazkur magistrlik dissertatsiyasida Abdulla Oripov 

va ―Erkin Vohidov she‘riyatida psixologizm muammosi tadqiq qilib o‘rganildi. 

Badiiy  psixologizm  adabiy  asarning  tur  va  janrda  bo‘lishidan  qatiy  nazar  u 

insonning  ichki  olamini,  qalb  va  ruhidagi  o‘zgarishlarni  murakkab  his  va 

kechinmalarni teran tadqiq etadi. Lirik asardagi badiiy psixologizm va ruhiyat tahlili 

nasriy  asarlardagidan  farq  qiladi.  Lirik  asarlarda  tasvirlangan  ruhiy  olam  va 

kechinmalar she‘riyatning o‘ziga xos hususiyati-vaziyatning mavhumligi, mazmuning 

umumiyligi  ma‘lum  kechirmani  yuzaga  keltirgan  voqeaning  noma‘lumligiga 

asoslanadi. 



 

 



Inson ruhiy olami tasviri lirik asarlarning o‘zida ham turlicha bo‘lishi mumkin. 

Bu konkret sheriy asar lirikaning qaysi janr va shakllariga mansub bo‘lishiga bog‘liq. 

Lirik qahramon ruhiy dunyosi tasviri va tahlili lirikaning sof lirik, falsafiy psixologik 

va voqeband ko‘rinishlarida nisbatan kengroq namoyon bo‘ladi. Lirikaning mana shu 

ko‘rinishida, ijodkorlar shaxsiy uslubida lirik qahramonning ichki kechinmalarini qay 

tarzda  namoyon  bo‘lishini  o‘rganish  bitiruv  malakaviy  ishining  o‘ziga  xos 

yangiligidir. 

Tadqiqot  ishining  asosiy  manbalari

.

  A.  Oripov  va  E.  Vohidov  ijodini 

psixologizm  nuqtai  nazaridan  o‗rganish  bilan  bog‗liq  masalalar  ustida  to‗xtalishdan 

avval,  umuman  o‗zbek  adabiyotida  psixologizm  masalasining  o‗rganilish  darajasi 

ustida  to‗xtalsh  joiz.  Chunki,  bu  masala  chuqur  tadqiq  etilmagan.  Ayrim  o‗rinlarda 

ikki-uch jumla keltirilganini hisobga olmaganda, shunda ham poeziya borasida emas, 

asosan nasriy asarlar misolida, deyarli teran fikrlar bildirilgan hollar uchramaydi.  

Sirasini aytganda A. Oripov ijodi ham E. Vohidov ijodi ham o‗zbek adabiyoti 

tanqidchiligida  o‗z  ifodasini  topgan.  Buning  kabi  ilmiy  munosabatlarni  O. 

Sharafiddinov,  M.  Qo‗shjonov,  U.  Normatov,  B.  Norboyev,  O.  Abdullayev,  B 

Qosimov va boshqa ko‗plab munaqqidlar asarlarida kuzatishimiz mumkin. Binobarin 

ularning  poeziyasiga xos kashfiyotlar, poetik til imkoniyatlari, ifoda  uslublari  yetarli 

o‗rganilgan.  Biroq  shoirlarning  ijodida  asosiy  o‗rin  tutguvchi  ruhiy-psixologik 

aspektlar adabiyotshunoslar tomonida deyarli tadqiq qilinmagan.   

Buning  asosiy  sabablaridan  biri  esa,  adabiyotshunoslik  bir  vaqtlari  adabiy 

muhitda  keng  tarmoq  otgan  "konfiliktsizlik"  nazariyasi  illatlaridan  batamom 

qutilmaganlikda  ko‗rinsa,  yana  bir  jixati  biz  tadqiq  qilayotgan  shoirlarning  ijodi 

sotsialistik realizm talablariga doimo ham mos kelmaganiligida ko‗rinadi.  



 

 



Shuning uchun ham biz bugungi tadqiqotimizda mustaqil fikr aytishga harakat 

qildik. 


Tadqiqot  metodologiyasi.

  Ishga  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 

ma‘naviy-madaniy meros, ilm-fan va milliy madaniyatni rivojlantirish, milliy o‗zlikni 

anglash  haqidagi  fikrlari,  o‗zbek  adabiyotshunosligida  erishilgan  yutuqlar 

metodologik asos qilib olindi. 



Tadqiqot  obyekti  va  predmeti.  Abdulla  Oripovning  "Mitti  yulduz"(1968), 

Ruhim"(1972),  "Yuzma-yuz"(1978),  "Yillar  armoni"(1986),  "Tanlangan  asarlar 

to‗plami"(2000);  Erkin  Vohidovning  "Yoshlik  bayozi"(1968),  "O‗zbegim"(1976), 

"Tanlangan asarlar to‗plami"(2000) turli davrlarda chop etilgan  she‘riy to‗plamlari va 

publitsistik maqolalarida bayon etilgan adabiy qarashlari, fikr-mulohazalari asos qilib 

olingan.  



Natijalarning  joriy  va  e’lon  qilinishi.

  Mavzu  2013-yilning  dekabr  oyida 

O‗zbek  adabiyoti  kafedrasi  yig‗ilishida  tasdiqlanib  universitet  ilmiy  kengashiga 

tavsiya  qilingan.  Universitet  ilmiy  kengashining  _____  majlisida  tasdiqlangan. 

Mavzu  bo‗yicha  3  ta  maqola  e‘lon  qilingan:  "Ehtiyoj  farzandi"  (2013  QDU,  "Fan, 

texnika, innovatsiya"). 



Dissertatsiyaning  tuzilishi va  hajmi.  Dissertatsiya  ishning umumiy  tavsifini  aks 

ettirgan  kirish,  uch  asosiy  bob,  olti  fasl,  umumiy  xulosalar  va  foydalanilgan 

adabiyotlar ro‗yxatidan tarkib topgan bo‗lib,  103  betni tashkil qiladi. 

 


 

 



I BOB. 

O‘ZBEK SHE’RIYATIDA PSIXOLOGIZM MUAMMOSI. 

I.1. Psixologizm va psixologik tahlil. 

    


Psixologizm  -  o‗z-o‗zidan  anglashilib  turibdiki,  insonning  asab  tizimi,  uning 

ongi bilan bevosita aloqador mavzu. U tabiatning ko‗pdan ko‗p sirlarini o‗zida saqlab 

keladi.  Shuning  uchun  ham  inson  ongining  faoliyati,  jamiyat  va  tabiat  bilan  o‗zaro 

aloqadorligi,  uning  zamon  va  makon  tushunchasida  tutgan  o‗rni  barcha  davrlarda 

yuksak  darajada  taraqqiy  etgan  aql  egalarini  qiziqtirib  kelgan.  Ma‘lumki,  inson 

harakat  qilish,  ko‗rish,  eshitish,  fikrlash,  hisoblash,  mulohaza  yuritish,  mushohada 

qilish,  musiqani  tushunish  va  boshqa  bir  qator  qobiliyatlar  egasi.  Bular  oliy  narv 

faoliyati  bo‗lib  hisoblanadi.  Dunyoning  juda  ko‗plab  daho  darajasiga  yetishgan 

kishilarning  psixologik  olamini  tahlil  qilganimizda,  ularning  boshqalardan  farqli 

jihatlari  "yarq"  etib  ko‗zga  tashlanadi:  alohida  fenomen  sifatidagi  xislatlari  yaqqol 

namoyon bo‗ladi. 

 

O‗zbek xalqi tarixan xuddi mana shunday fenomenlar tug‗ilib o‗sgan mintaqa 



sifatida mashhur. Dunyo tamadduniga tamal toshini qo‗ygan zotlarimiz bor. Ularning 

ma‘naviy  mulkidan xalqimiz uzoq muddat bebahra yashab kelgani sir emas. Istiqlol 

tufayli  biz  jamiyatimizning  barcha  jihatlarini  isloh  qilishga  kirishdik.  Jumladan, 

adabiyot  va  adabiyotshunoslik  sohalarida  ham  yangilanish  jarayonlari  -  davr  talabi 

tarzida  ro‗y  bermoqda.  Ammo  bu  ishlar  shunchaki,  azaliy  alfozda  emas,  yangicha 

dunyoqarash,  zamonaviy  talablar  tarziga  ko‗ra  bo‗lmog‗i  lozim.    Zotan,  davlatimiz 

rahbari  ta‘kidlaganlaridek:  "Bizning  o‗z  oldimizga  qo‗ygan  maqsadimiz...  bunday 

ulug‗  zotlarning  hayot  yo‗li  va  qoldirgan  merosini  to‗liq  tasvirlash  emas,  balki 

ularning  eng  buyuk  namoyondalari  timsolida  ma‘rifat,  ilm-fan,  madaniyat,  din  kabi 


 

 



sohalarning barchasini o‘zida uyg‗unlashtirgan xalqimizning ma‘naviy olami naqadar 

boy va rang-barang ekanini isbotlab berishdan iboratdir"

1

.  


 

O‗tmishimizga  taalluqli  bo‗lgan  har  bir  narsa  ibrat  va  saboq  maktabi  uchun 

dastur bo‗lib xizmat qiladi. Zero, "... har bir yangi davr bosib o‗tilgan yo‗l - moziyni 

anglash ehtiyojini paydo qiladi, chunki bugun va ertaning ildizlari hamisha kechaning 

bag‗rida qoim"

2

.  



 

Umuminsoniyatga taalluqli bo‗lgan qonuniyatlar mavjud. Hind braxmanlarida: 

"Insonning  ko‗zi,  o‗zidan  boshqa  hamma  narsani  ko‗rishga  qodir"  degan  aqida  bor. 

Ijodkorning nigohi bundan mustasno deb bo‗lmaydi, ammo "...ijodkor, ayniqsa shoir 

ijtimoiy dolzarb muammolarni bir chetga yig‗ishtirib qo‗yib, "ko‗z qorachig‗ini ichga 

qaratadi"_.  Binobarin,  psixologizm  -  bu  muallifning  badiiy  bo‗yoqlar  bilan 

qahramonning ichki olami manzarasini chizishga bo‗lgan urinishdir.  

 

 Mazkur  mavzuda  yuritayotgan  fikrlarimizni  yanada  yorqinroq  ifoda  etish 



maqsadida,  baayni  shu  masalada  ilmiy  izlanishlar  olib  borgan  o‗zbek  va  rus 

adabiyotshungoslarining ilmiy tadqiqotlari ustida bir oz to‗xtalsak.  

Adabiyotda  psixologizm  atamasining  ikki  xili  mavjud,  deydi  rus 

adabiyotshunoslari.  Keng  ma‘noda  u  butun  boshli  adabiyotning  umumiy 

xususiyatlarini, inson hayoti va xarakterini yaratish  sanatini o‗z ichiga qamrab oladi. 

Shu  ma‘noda  psixologizmning  bu  turi    barcha  asarlar  uchun  taalluqli  hisoblanadi. 

Alohida  asarlarga  xos  bo‗lgan  psixologizm  esa,  bu  atamaning  tor  ma‘nodagi 

xususiyati bo‗lib, u  inson qalbining qiynoqlari, qitiqlari, kechinmalarini haqqoniy va 

hayotiy  tarzda  yoritish  vositasi  sifatida  ijodkorning  qobiliyatidan  dalolat  beradi. 

                                                           

 

1

 I.Karimov. Yuksak ma‘naviyat –yengilmas kuch. T.: Ma‘naviyat. 2008. B. – 44.



 

2

 Ulug‗bek Hamdam. Yangi o‗zbek she‘riyati. T.: Adib n. 2012, 4 b. 



 

 

 



Adabiyotshunos  A.B.  Yesin:  ―Psixologizm    –    u  alohida  adabiy  shakl  bo‗lib,  uning 

ortida badiiy mazmun va g‗oyaviy-ta‘sirchan mohiyatni bayon etish san‘ati mavjud‖_, 

deganida shularni nazarda tutgan edi.  

  Yesinning fikricha, fikrni psixologik tasvir vositalari bilan ifoda etishning  uch 

asosiy shakli mavjud. Ulardan ikki turiga I.V. Straxov o‗z tadqiqotlarida quyidagicha 

ta‘rif  bergan:  "Birinchisi,  insonning  ichki  olamini  badiiy  talqin  qilish:  bunda  ichki 

ovoz,  xayol  va  tasovvurlarni  obrazlashtirish  orqali  qahramonning  botinida  ro‗y 

beradigan  kechinmalar  idrok  qilinadi.  Ikkinchisi  -  tashqi  tasvir:  bunda  inson 

psixikasining  zohirida  namoyon  bo‗ladigan  holatlar,  ya‘ni  yuzining  bujmayishi, 

qoshining chimirilishi, ovozining qaltirashi va hok birlamchi bo‗lib hisoblanadi"_. 

Yesin  shunga  qo‗shimcha  ravishda  psixologik  tasvir  vositalarining  yana  bir 

shakli bor, degan fikrni ilgari suradi. Bu muallif tomonidan lirik qahramonning ruhiy 

dunyosida  kechayotgan  holatni  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  bayon  qilinishi,  deydi.  Mazkur 

tadqiqotlarimizning  asosiy  mavzusiga  kirishishdan  avval,  inson  psixikasi,  uning 

psixologiyasi  haqida  bir  muddat  to‗xtalish  maqsadga  muvofiq  deb  hisoblayman. 

Chunki  adabiy  hodisa  sifatida  qaralayotgan  psixologizm  masalasi  aynan  insonning 

bosh  miya  faoliyati  bilan  vobastadir.  Bu  borada  jiddiy  ilmiy  izlanishlar  olib  borgan 

rus olimlari quyidagi fikrlarni ilgari surganlar: "Psixologizm  – muhim adabiy hodisa 

bo‗lib,  u  inson  qalbini  teran  anglash,  voqea  va  hodisalarning  mazmun-mohiyatiga  

chuqur kirib borish,  tadqiq etish imkonini beradi. Psixlogizmni birinchilardan bo‗lib 

adabiy  hodisa  sifatida  fanga  olib  kirgan  va  unga  adabiy  uslub  (priyom)  deb  izoh 

bergan  Chernishevskiy  L.N.  Tolstoyning  dastlabki  hikoyalarini  o‗qish  asnosida 

shunday xulosaga kelgan.   

Binobarin  biror-bir  yumushni  bajarish  asnosida  insonning  ruhiy  holati  qanday 

bo‗lsa, mehnatining mahsulida u aks etadi. Jumladan she‘riyatda ham. Binobarin har 


 

 

10 



bir  ishning  hosilasida,  u  jismoniy  mehnat  bo‗ladimi  yoki  aqliy,  qat‘iy  nazar, 

ruhiyatning nuqsi bo‗ladi. Demakki ijodkorning ijod jarayonida ruhiy holati  muhim, 

biroq ruhiyat insonning irodasiga bo‗ysunmaydi. Uni hosil etadigan, ruhiy holatning 

o‗zgarishiga  sabab  bo‗ladigan,  salbay  yoki  ijobiy  ta‘sir  ko‗rsatadigan  bir  qator 

faktorlar  mavjud  -  mana  shularning  barchasi  asarning  psixologizmini  bildiradi. 

Masalan,  yosh  bilan  bog‗liq  omillar,  hayot  tashvishlari,  turmush  ikir-chikirlari  va 

hokazolar  shular  jumlasidandir.  Demak,  aytish  mumkinki,  asarning  psixologizmini 

ijodkorning ruhiy holati belgilaydi.  

Filologiya  fanlari  Ulug‗bek  Hamdamov  mazkur  mavzu  atrofida  atroflicha 

to‗xtalib, "davr – shaxs – she‘riyat munosabati bo‗yicha asosiy ilmiy konsepsiya"sini 

ilgari  surgan.  Unga  ko‗ra:  "birinchidan,  she‘riyat  ijtimoiy  hodisa  sifatida  insonning 

ruhiy  mohiyatidan  ibtido  oladi;  ikkinchidan,  har  qanday  yaxshi  she‘r  markazida 

o‗zining  quvonch  va  tashvishi,  orzu  va  armoni  bilan  inson  turadi.  (Insonda  esa 

bashariyatga  xos  barcha  fazilatlar  va  illatlar  tarkib  topgandir  –  izoh  bizniki); 

uchinchidan, inson mohiyati durli davrlar she‘riyatida turlicha jilo beradi. Chunki har 

bir davr alohida spetsifikaga ega  ijtimoiy-psixologik muhit sifatida insonga – shoirga 

o‗z ta‘sirini o‗tkazadi va bu ta‘sir she‘r shoir orqali she‘rga ko‗chadi"

1

.      



 

 Psixologizm  -  adabiyotshunoslikda  qo‗llaniladigan  atama,  adabiy  jarayon:  u 

asar qahramonining his-tuyg‗ulari, ehtiroslari, o‗y va kechinmalarini to‗la va batafsil  

ifoda  etish  vositasi.  Ma‘lumki,  psixologik  xarakterdagi  asarlarda  ijodkor  e‘tiborni 

tashqi  detallarga  emas  ichki  tomonga  qaratadi.  Biz  juda  ko‗p  holatlarda  asarlarda 

adabiy  qahramonning  tashqi  qiyofasi  tasnif  etilishini  emas,  uning  ichki  dunyosi 

chuqur tahlil etilganini kuzatganmiz. Buning kabi asarlarda tashqi va ichki tasnif son 

                                                           

 

1

 Улуғбек Ҳамдам. Янги ўзбек шеърияти. Адиб. -Т.: 2012. - Б. 78 



 

 

11 



jihatidan  farq  qilinishidan  tashqari,  ularning  o‗rtasidagi  o‗zaro  bog‗liqlik  ham 

o‗zgaradi.  masalan,  oddiygina  bayondan  iborat  bo‗lgan  asarlarda  tashqi  tasnif 

bevosita  ishtirok  etsa,  bu  holatda  ular  umumiy  mazmunga  bo‗ysundiriladi,  adabiy 

qahramonning  qalb  kechinmalari  bilan  bog‗lanadi.  Kundalik  turmushdagi  o‗zining 

bevosita  vazifasini  bajarish  barobarida,  boshqa  bir  muhim  yumushni  ham  o‗z 

zimmasiga  oladi:  psixologik  jarayonlarni  hosil  qiladi  va  boshqaradi.  Narsa  va 

hodisalar shu kabi yondashuv asnosida bahs, munozara mavzusi bo‗lib xizmat qiladi. 

"...Davr  falsafiy  mavzular  ichida  eng  abstrakt  xarakterga  egaligi  bilan  ajralib  turadi. 

Sababi,  uning  moddiylashagan  konkret  bir  shakli  yo‗q.  Bu abstraktlikka  faqat inson 

faoliyatigina  konkretlik  baxsh  eta  oladi"_.  Professor  N.  Rahimjonovning  mazkur 

fikrlari ham yuqoridagi mavzuni davom ettirib keladi.  

Badiiy  ijodning  o‗ziga  jalb  etuvchi  jihatlaridan  biri,  uning  inson  ichki 

olamidagi qorong‗u va mavhum tilsimlarni ochish qobiliyatidir. U qalbda kechadigan 

jarayonlarni  shu  qadar  aniq-oydin  ifoda  etadiki,  boshqa  bir  fan  hali  bunga  qodir 

bo‗lgani  yo‗q.  Hatto  eng  zamonaviy  tibbiyot  ham  inson  ruhiyati,  uning  qalbi  bilan 

bog‗liq tadqiqotlarda masalaga chuqurroq kirishga muvaffaq bo‗lgan emas.      

"Uzoq  davom  etib  kelayotgan  tarixiy  adabiy  hayotda,  -  deydi  A.B.  Yesin,  - 

psixologizmning  sirli,  ammo  samarali  jihatlaridan  biri,  ijodkor  inson  qalbi  haqida 

so‗zlay turib, har bir o‗quvchi bilan uning o‗zi haqida gaplashayotgandek bo‗ladi"

1

.  



Psixologizm – bu badiiy asarning uslubiy tasnifi bo‗lib, u orqali personajlarning 

ichki  dunyosi  chuqur  va  mufassal  bayon  etiladi.  Ko‗zga  ko‗rinmaydigan,  qo‗lga 

ilashmaydigan  hissiyotlar,  fikrlar,  tuyg‗ular  qiyofa  kasb  etadi  go‗yo.  Bunda  qalb 

kechinmalari  juda  noziklik  va  mohirlik  bilan  tahlil  qilinadi.  Xuddiki  kimyoviy 

                                                           

 

1



 Yesin A. B. Psixologizm russkoy klassicheskoy literaturi. M., 1988.

 


 

 

12 



elementlar  o‗zaro  birikib,  moddiylashgan  bir  unsurni  paydo  qilgani  kabi,  ijodkor 

insonning  zohirida  ro‗y  beradigan  qahr-g‗azab,  nafrat,  quvonch  va  boshqa 

hodisalarning  hosil  bo‗lish  sabablarini  ochib  beradi.  Ko‗zga  ko‗rinmas  zarralar 

insondagi yetmish ikki  tomirning qaysi bir tolasidan oqib kelayotganini, u oxir-oqibat 

qaysi  nuqtada  qanday  ko‗rinishda    namoyon  bo‗lishini  ko‗rsatib  beradi.  Bu  – 

dialektika: har qanday oqibat sabab va sababchisiga ega. Deylik yuzga toshma toshdi, 

demakki  ovqat  hazm  qilish  tizimida  ish  chatoq.  O‗n  ikki  barmoqli  ichak  faoliyati 

buzilgan. Parhez va malham tavsiya etiladi...  

Shu  o‗rinda  ta‘kidlash  joizki,  insonning  zohiri  uning  ichki  olamiga  ko‗zgu 

vazifasini  o‗taydi.  Kasalini  ming  yashirsang  ham,  isitmasi  oshkor  etgani  kabi 

kishining botinida kechadigan har qanday jarayon uning zohirida aks etadi. Binobarin, 

professor  Komil  Imomovning  ibtidoiy  jamoa  tuzumida  "...inson  hayoti,  noma‘lum 

hodisalarga  javob  topishga  urinish,  e‘tiqodiy  tushuncha,  tasovvurlar  yaratishga, 

shuningdek momaqaldiroq, chaqmoq, bo‗ron, zilzila, sel kabi g‗ayri oddiy ko‗ringan 

hodisalarga  qarshi  kurasha  oladigan  kuchni  izlash,  ajdodlar  ruhiga  sajda  qilish, 

notabiiy kuchga sig‗inish, ilohiy qudratga ishonch, himmatiga topinish kabilar tashkil 

etgan", deb yozadi "Mifologik afsonalar"_ nomli maqolasida.  

Demakki,  bundan  bir  ma‘no  kuzatiladi.  Odamning  dunyoni  anglashga,  uning 

sir-sinoatlarini  idrok  qilishga  bo‗lgan  intilishi  –  ruhiy-psixologik  jarayonlarning 

mohyatini  tashkil  etadi.  Bu  borada  aniq  va  tabiiy  fanlar  bilan  shug‗ullangan  ilm 

egalaridan farqli o‗laroq, ijod ahli turli narsa va hodisalarni yoki muayyan shaxslarni 

ideallashtirish  orqali  muammoga  o‗z  yechimlarini  taqdim  etadilar.  A.S.  Pushkinning 

"Ruslan  va  Lyudmila"si,  Hamid  Olimjonning  "Oygul  bilan  Baxtiyor"  she‘riy 

dostonlari  shuning  yaqqqol  misolidir.  Basharti,  shu  o‗rinda  V.  Zinchenkoning 

quyidagi  fikrini  keltirib  o‗tish  o‗rinli:  "Psixologizm  -  bu  to‗qima  obrazga  (adabiy 


 

 

13 



qahramon)  xos  bo‗lgan      tuyg‗ular,  hissiyotlar  va  kechinmalarning  to‗la,  batafsil  va 

chuqur tahlili va ularni badiiy vositalar orqali ifoda etilishidir"

1



O.N.  Osmoslovskiyning  ta‘kidlashicha,  rus  adabiyotiga  "yaxlit  bir  antologik 



psixologizm  xos,  ya‘ni  inson  haqida  muxtasar  tushuncha  adabiyotda  ham  falsafada 

ham,  dastlabki  hayot  uchqunlarining  ilohiyligidan  kelib  chiqadigan  bo‗linsa, 

psixologik  emas,  antologik  talqin  qilinmog‗i  lozim".  Shuning  uchun  ham  u 

L.Y.Ginzburg  va  A.B.  Yesin  tomonidan  tavsiya  etilgan  psixologik  tahlil  hamda 

lug‗atlar  tizimini  to‗ldirishni:  etik,  dramatik  va  lirik  psixologizm  tushunchalarini 

kiritish mantiqli va  to‗g‗ri ish bo‗lishini taklif etadi.   

Bu masalada yakuniy bir to‗xtamga kelish ko‗p bahs va munozaralarga sabab 

bo‗lishi turgan gap. Shuning uchun ham  hali tamoman  yechimini topmagan  mazkur 

masala  ustida  ortiq  to‗xtalmaymiz.  Mavzuga  taalluqli  fikrlar  silsilasida  uni  eslatib 

o‗tganimiz esa, shunday qarashlar borligi haqida ma‘lumot berishdan iborat edi xolos.  

O‗zbek she‘riyatida psixologizm muammosi hali o‗rganilmagan mavzu desak, 

yoki aniqroq aytganda chuqur tadqiq etilmagan soha desak yanglishmagan bo‗lamiz. 

Chunki  o‗tgan  tuzumning  hukmron  mafkurasi  buning  kabi  yondoshuvlarni  nafaqat 

yoqlamagan, balki, xuddi iqtisodiyotda ko‗p ukladli ishlab chiqarishga yo‗l bermagani 

yoki  xususiy  mulkka  oyoq  tirab  qarshi  turgani  singari,  adabiyotda  ham  sotsialistik 

realizm  qobig‗idan  tashqari  chiqishga  ruxsat  bermas  edi.    Sababi,  Prezidentimizning 

"Yuksak ma‘naviyat - yengilmas kuch" nomli asarida ta‘kidlanganidek: "... dunyodagi 

zo‗ravon  va  tajovvuzkor  kuchlar  qaysi  bir  xalq  yoki  millatni  o‗ziga  tobe  qilib, 

bo‗ysundirmoqchi,  uning  boyliklarini  egallamoqchi  bo‗lsa,  avvalambor,  uni 

                                                           

 

1

 Psixologicheskiy slovar / Pod red. V. P.Zinchenko. M., 1997. 



 

 

14 



qurolsizlantirishga,  ya‘ni  eng  buyuk  boyligi  bo‗lmish  milliy  qadriyatlari,  tarixi  va 

ma‘naviyatidan judo qilishga urinadi"

1



Biz  rus  xalqining  tarixiga  taalluqli  bu  voqealar  atrofida  fikr  yuritganimiz 



bejizga emas. Zotan o‗tgan asrning hukmron mafkurasi xalqimiz ongiga xuddi mana 

shunday zo‗ravonlik yo‗li bilan daxl qildi. Birgina misol tariqasida yuzlab millat va 

elatlar  istiqomat  qiladigan  mamlakatda  yagona til    siyosatini  yuritish  uchun  qilingan 

urinishlarni  olib  ko‗raylik.  Avval  tillarni  qisqartirib  zonal  tillarni  vujudga  keltirish, 

so‗ngra yagona til - muomala vositasini joriy etish rejalashtirilgan edi. Bu islohotlar 

o‗zini  bilgan,  o‗zligini  anglagan  kishilarga  haqoratomuz  bo‗lib  tuyulgani  ham 

shundan.  Shuning  uchun  ham  rus  bo‗lmagan  xalqlar  adabiyotida  mazkur  mantiqqa 

tanqidiy  munosabat  tarzida  asarlar  dunyoga  kelgan  edi.  Bir  so‗z  bilan  aytganda 

"xalqning  vijdoni"  martabasidagi  kishilar  ona  tilining  himoyasiga  otlanishgan. 

Jumladan  Erkin  Vohidovning  "Ona  tilim",  Abdulla  Oripovning  "Ona  tilimga"  nomli 

she‘rlari ham mana shu mantiqqa munosabat tarzida yozilgan. Mana u Erkin Vohidov 

talqinida: 

Notiq dedi: "Taqdir shul: 

Bu jahoniy iroda. 

Tillar yo‗qolur butkul, 

Bir til qolur dunyoda. 



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling