Udon (Houdon) Jan Antuan (1741. 20. 3, Versal 1828. 15. 7, Parij) fransuz haykaltaroshi, Yevropa haykal portreti sanʼatining yirik namoyandasi. Parijdagi nafis sanʼat maktabida oʻqituvchi (1805 23)


Download 107.41 Kb.
Sana29.09.2020
Hajmi107.41 Kb.
#131850
Bog'liq
Gudon


Gudon, Udon (Houdon) Jan Antuan (1741.20.3, Versal — 1828.15.7, Parij) — fransuz haykaltaroshi, Yevropa haykal portreti sanʼatining yirik namoyandasi. Parijdagi nafis sanʼat maktabida oʻqituvchi (1805 — 23). Plastik anatomiyami chuqur oʻrganib, anatomik haykal yaratdi (1767), bu haykal qoz. kunda ham badiiy oʻquv yurtlarida (shu jumladan Oʻzbekistonda) koʻrgazmali qurol sifatida qoʻllaniladi. "Diana" (gips, 1776) haykali G.ga katta shuhrat keltirgan; J.J. Russo (gips, 1778), Volter (marmar byust, 1778; marmar haykal, 1781), O. Mirabo (terrakota, 1791) va b. portretlar muallifi. G. portretlaridagi oʻtkir va koʻp qirrali psixologik tavsifning oʻziga xosligi, portretdagi maʼnoli qarashlar bevosita tomoshabinga qaratilganligi bilan diqqatni tortadi. Ayniqsa ayollar va bolalar qiyofasi sodda va tabiiyligi bilan ajralib turadi ("Rafiqam portreti", gips, 1787, Luvr va b.). G. fransuz inqilobi namoyandalari va maʼrifatparvarlarining yorqin qiyofalarini yaratgan. Asarlari Luvr (Parij) va b. muzeylarda saqlanadi.



Gudon ustaxonasi
Download 107.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling