Uglerod o`ziga xos xususiyatlarga EGA


Download 21.29 Kb.
Sana04.05.2023
Hajmi21.29 Kb.
#1424357
Bog'liq
6.1.Оrgаnik birikmаlаrning tuzilishi, nоmеnklаturаsi va izomeriyasi. Organik kimyo fani va vazifasi.


6.1.Оrgаnik birikmаlаrning tuzilishi, nоmеnklаturаsi va izomeriyasi. Organik kimyo fani va vazifasi.
Tarkibida uglerod atomi tutgan moddalarga organik birikmalar deyiladi. Organik birikmalardan insoniyat qadim zamonlardan foydalanib keladi. Organik birikmalar o`simlik va xayvon organizmlaridan olingan. Shuning uchun organik birikmalar kimyosini o`qitadigan fanga «organik kimyo» deb aytiladi. Organik birikmalarga - metan, etan, etil spirti, sirka kislota, qand misol bo`ladi.
Organik kimyo faniga olimlar turlicha ta’rif berishgan. «Organik kimyo uglerod birikmalarining kimyosi» (A.Kekule 1851 y). Aniqroq ta’rifni 1889 yili K. Shorlemmer bergan: «Organik kimyo uglevodorodlar va ularning hosilalarini o`rganadigan fandir». Lekin bu ta’rif xam noorganik va organik kimyo o`rtasidagi farqni ko`rsata olmaydi, chunki CO2, CO, K2CO3, H2CO3 va boshqalarni noorganik va organik moddalarning hosilasi deb aytish mumkin. Hamma organik birikmalar asosan uglerod, vodorod va boshqa element atomlaridan tashkil topgan. Organik kimyoning zamonaviy ta’rifi quyidagicha: «Organik kimyo uglerodning boshqa elementlar bilan hosil qilgan birikmalarini o`rganadigan fandir». Organik birikmalarning tabiiy manba’lariga neft, tabiiy gaz, kumir, slanetslar, torf, yogoch. kishlok xo`jalik maxsulotlarining chiqindilari kiradi. Bu manba’lardan organik birikmalar turli usullar bilan ajratib olinadi. Organik birikmalar asosan sintez qilib olinadi. Ma’lumotlarga qaraganda 10-12 million organik moddalar mavjud bo`lib, bir kunda taxminan 500 ta yangi modda sintez qilinadi.
Uglerod o`ziga xos xususiyatlarga ega:

  1. Uglerod davriy sistemada metallar va metalmaslar o`rtasida joylashgan va uning valentligi 4 ga teng. U elektroneytral xossani namoyon etadi va kovalent bog` hosil qiladi.

  2. Uglerod boshqa elementlar bilan birika oladi. Uglerod atomlari bir-biri bilan bog`lanib, uzun zanjir hosil qiladi. Zanjir to`gri chiziq, tarmoqlangan yoki xalqa ko`rinishida bo`ladi. Uglerod atomlari orasidagi bog`lar-oddiy, qo`sh va uch bog` bo`ladi. Uglerod-uglerod bog`i mustaxkam bo`lib, kimyoviy reaksiyalarda kamdan-kam xollarda o`zgaradi. Reaksiyalarda uglerod skeleti molekuladan molekulaga o`zgarmasdan o`tadi. Bunday atomlar guruxiga radikallar deb ataladi. M-n:CH3- metil, CH3CH2- etil, C4H9-butil radikallari.

  3. Organik reaksiyalar radikallar bilan bog`langan va reaksiyaga kirish qobiliyati yuqori bo`lgan funksional guruxlar hisobiga boradi. Hozir yuzga yaqin funksional guruxlar mavjud. M-n: CO, -CHO, -COOH, -OH, -NH2, -X va x-zo.

Organik kimyoni alohida fan qilib o`qitishning asosiy sabablari:

  1. Ma’lum bo`lgan organik birikmalarning turli-tumanligi va ko`pligi (10-12 mln.);

  2. Organik birikmalarning tez o`zgaruvchanligi. Ular harorat ta’sirida suyuqlanadi, parchalanadi va oson yonadi.

  3. Organik birikmalar tarkibining murakkabligi (C6H10O5)n n=10-100000;

  4. Organik birikmalar dissotsiyalanmaydi, chunki uglerod-uglerod orasidagi bog` kovalent bog`dir.

  5. Organik birikmalarning reaksiyalari sekin vaqtning o`tishi bilan boradi;

  6. Organik birikmalarda izomeriya xodisasi mavjud. M-n: C5H12 uglevodorodning uchta izomeri bor: CH3CH2CH2CH2CH3 n-pentan, CH3CH(CH3)CH2CH3 2-metilbutan, CH3C(CH3)2CH3 2,2-dimetilpropan.

Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi va reaksiyaga kirishish qobiliyati, molekuladagi atomlarning bog`lanishi to`grisidagi ta’limot, molekuladagi atomlarning o`zaro ta’siri va kimyoviy reaksiyaga kirishishi organik kimyoning nazariy asoslaridir.
Radikallar nazariyasi: organik kimyoning birinchi tuzilish nazariyasi radikallar nazariyasidir. I. Berselius noorganik birikmalarning kimyoviy bog`larini elektrokimyoviy nazariyasini yaratgan. Bu nazariyaga asosan xamma birikmalar karama-karshi ionlardan tashkil topgan va ular o`zaro elektrostatik tortilib turadi. Organik birikmalarda ionlarning urnida radikallar bo`lib, bu radikallar reaksiyalarda bir moddadan ikkinchisiga o`zgarmasdan utadi. M-n: C6H5-COOH, C6H5-CHO, S6N5-SOSl. Ammo keyinchalik radikallar nazariyasi inkirozga uchradi, ya’ni organik birikmalarning vodorodi urniga xlor va boshka guruxlarni almashtirish mumkinligi aniqlandi. M-n: CH3N  CH3Cl
Tiplar nazariyasi: organik birikmalar tiplar buyicha sinflashtiriladi. M-n: CH3COOH, ClCH2COOH bir tipga kiradi. Keyinchalik ammiak tipi topildi:

Unitar nazariya. Tiplar nazariyasi unitar nazariya bilan to`ldirildi. Hamma organik birikmalar ma’lum tip birikmalar vodorod atomlarini radikallarga almashinishidan xosil bo`ladi. Asosiy tiplar quyidagilar:

Bu nazariyalar izomeriya xodisasini tushuntira olmaydi.
Download 21.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling