Uglevodlar. Monosaxaridlar. Olinishi va xossalari 102-guruh o’quvchisi Toshpo’latov Sardorbek


Download 0.67 Mb.
Sana05.11.2020
Hajmi0.67 Mb.

UGLEVODLAR. MONOSAXARIDLAR. OLINISHI VA XOSSALARI

102-guruh o’quvchisi Toshpo’latov Sardorbek

Uglevodlar tabiatda keng tarqalgan va inson hayotida muhim ahamiyatga ega moddalardir. Ularning ayrim vakillari, masalan, kraxmal, glukoza, saxaroza asosiy ozuqa moddalardan hisoblansa, boshqalari (kletchatka yoki selluloza) o‘simliklarga chidamlilik va qattiqlik beruvchi modda hamda mato, qog‘oz va turli xil tolalar olishda ishlatiladi.


Uglevodlar“ degan nomning kelib chiqish sababi shundaki, ushbu

sinfning birinchi o‘rganilgan vakillarining umumiy formulasi Cn(H2O)m

ko‘rinishga mos kelgan, ya’ni ular xuddi, uglerod va suvdan tashkil topgan

degan ma’noni bildirgan. Ammo hozirda uglevodlarning ushbu formulaga

javob bermaydigan vakillari ham ma’lum.

Uglevodlar klassifikatsiyasi.

MONOSAXARIDLAR

Monosaxaridlar eng sodda uglevodlar hisoblanadi. Ularning umumiy nomini molekulasidagi uglerod atomlar sonini lotincha nomiga «oza» qo‘shimchasi qo‘shib o‘qish bilan hosil qilish mumkin

Monosaxaridlar xossalarini geksozalar misolida o‘rganamiz. Ulardan glukoza eng katta ahamiyatga ega.

Tabiatda tarqalishi.

Glukoza sof holda yashil o‘simliklarning deyarli hamma a’zolarida uchraydi. Ayniqsa u uzum sharbatida ko‘p, shuning uchun glukoza ba’zan uzum shakari ham deyiladi. Asal, asosan, glukoza bilan fruktoza aralashmasidir. Odam a’zolarida glukoza muskullarda, qonda va oz miqdorda butun to‘qimalarda bo‘ladi.

Glukozaning tuzilishi.

  • Nemis olimi E.Fisher glukozaning kimyoviy
  • xossalarini o‘rganib, uning bir vaqtning o‘zida ham ko‘p atomli spirt, ham

    aldegid – aldegidospirtga to‘g‘ri keladigan formulasini taklif etdi. Molekula

    formulasi C6H12O6, tuzilish formulasi:

Fizik va kimyoviy xossalari

  • Fizik xossalari. Glukoza (uzum qandi) shirin ta’mli, rangsiz kristall modda,
  • suvda yaxshi eriydi.
  • Kimyoviy xossalari. Glukozaning tuzilishiga asoslanib, uni ko‘p atomli
  • spirt hamda aldegid sifatida ko‘rib chiqish mumkin.

Fruktoza


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling