Уй-жой коммунал хўжалиги ва сервис асослари якуний назорат саволлари


Download 22.17 Kb.
Sana23.10.2020
Hajmi22.17 Kb.
#136024
Bog'liq
Шоматов уй жой комунал Я.Н 40-17


Уй-жой коммунал хўжалиги ва сервис асослари

ЯКУНИЙ НАЗОРАТ САВОЛЛАРИ

“Уй-жой коммунал хўжалиги ва сервис асослари” фани бўйича

40-17 Gurux

Шаматов О

Вариант № 6

1. Бўз сув бош сув иншоотлари схемаси.

2. Коммунал хизматлар туркуми

3. Ўрта Осиё худудидаги илк шаҳарлар.



Кафедра мудири проф. Н.Муминов

Жавоблар:

  1. Boʻzsuv — Chirchiq daryosidan chiqarilgan qadimgi kanal. Boʻzsuv Chirchiqning oʻng sohilidagi qadimgi terassalar boʻylab shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga tomon yoʻnalib, Toshkent viloyati Qibray, Zangiota va Yangiyoʻl tumanlari, Toshkent shahri hududi, shuningdek Qozogʻiston Respublikasi yerlaridan oʻtib, Chinoz yaqinida Sirdaryoga quyiladi. Uz. 159 km. Boshlanishi qismida suv sarfi 310 m³/sek, 10GESdan quyida 110 m³ (ortiqcha suv Chirchiq daryosiga tashlanadi). Boʻzsuvning oʻzani egribugri, kengligi 10–20 m. Quyi oqimida 30 m gacha chuqur dara hosil qilgan. Boʻzsuvdan har ikki tomonga suv sarfi 0,5 m³/s dan 35 m³/s gacha boʻlgan, irrigatsiya va sanoat uchun moʻljallangan kattakichik 23 kanal chiqarilgan. Eng yiriklari: oʻng sohil Qorasuv, Salor, Kaykovus, Anhor, Iskandar, Yuqori Toshkent, Joʻn, Kurkuldak, Niyozboshi, Shimoliy Toshkent kanallari, Boʻrjar tashlamasi. Salor, Kaykovus, Qorasuv va Anhor Toshkent shahridan oʻtib, shaharni suv bilan taʼminlaydi. Boʻzsuv va undan chiqarilgan kanallarning umumiy uz. 400 km dan oshadi. Boʻzsuv suvi bilan Toshkent viloyati Zangiota, Qibray, Yangiyoʻl tumanlari va Qozogʻistonning Chimkent viloyatidagi 140 ming ga yer suv bilan taʼminlanadi.

1936 yilgacha Chirchikdan suvni Baytqoʻrgʻon qishlogʻidan yuqoridagi Yumaloqtepa suv boʻlgichidan olgan, suv sarfi 90 m³ boʻlib, taxminan 65 ming ga yerni sugʻorgan.[1] 1940 yilda yangi GESlar qurilishi munosabati bilan Gʻazalkent yaqinida Chirchiq daryosiga bosh toʻgʻon qurildi va kanalga suv daryodan chiqarilgan derivatsion kanal orqali olinadigan boʻldi. 1926—54 yillarda Boʻzsuv kanalida 16 GES (Oqqovoq2, Oqqovoq3, Qodriya, Salor, Boʻzsuv, Shayxontohur, Boʻrjar, Oqtepa, Quyi Boʻzsuv va boshqalar)dan iborat Chirchiq-Boʻzsuv gidroenergetika kaskadi barpo qilingan. Oʻzbekistondagi birinchi GES—Boʻzsuv GES shu kanalda qurilib, ishga tushirilgan (1926). Kanalda GESlardan tashqari suv toʻsuvchi qurilmalar, nasos stansiyalari, suv oluvchi inshootlar, ostonali sharsharalar va boshqa muhandislik inshootlari qurilgan (kanal sxemasiga q.).

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin Boʻzsuvda, jumladan 1995—2000 yillarda uning Anhor tarmogʻida oqimni tartibga solish, qirgʻoqlarni mustahkamlash va sohil boʻylarini obodonlashtirish boʻyicha katta ishlar amalga oshirildi.

  1. Маиший хизмат кўрсатиш – бу уй-жой коммунал хўжалиги хизмат доирасининг бир қисми бўлиб, аҳолига номоддий ва моддий хизмат кўрсатиш турларидан иборат.

Маиший хизмат жамоат – тартиб усуллари ва одамларнинг малакавий ва жамоа-сиёсий фаолияти шакллари билан таърифланади, бевосита моддий ва маънавий эҳтиёжларини қондиришга қаратилади.

Ҳозирги шароитда ўтмишда косиблик устахоналаридан ташқил топган маиший хизмат халқ хўжалигида ўзининг юқори даражада самарали машина ва механизмларга эга бўлган саноат корхоналари, ишлаб чиқариш бирлашмалари ва маиший хизмат кўрсатиш комбинатлари, шунингдек, соҳанинг ҳоказо турли шаҳобчалари билан мувофиқ равишда индустриал моддий-техника базасига айланди десак, муболаға бўлмайди.

Маиший хизмат айрим кўринишлари ва хизмат турларини ихтисослаштириши бўйича янада кўпроқ универсал хусусиятларга эга бўлмоқда. Унинг корхоналари шахсий буюртмалар бўйича буюмларни тайёрлаш, уй-рўзғор жиҳозларини қайта тиклаш ва улар нархини баҳолаш ҳамда аҳолига турли ижтимоий хизматларни беминнат бажаришдан иборат.

Сервис – бу инсон фаолиятининг алоҳида тури бўлиб, у мижозга хизматлар кўрсатиш йўли билан унинг эҳтиёжларини қаноатлантиришга йўналтирилган хизмат ҳисобланади.

XX асрдаёқ сервис инсон фаоллигининг йирик миқиёсдаги соҳасига айланди. Ҳозир саноати ривожланган мамлакатларнинг иқтисодиётида банд бўлган аҳолининг 70% идан ортиғи хизмат кўрсатиш соҳасида ишлайди.

Бу тушунчани ўз-ўзидан фанда ва амалий фаолиятда ажратиш хизматларини экстернализация қилиш – уларни моддий ишлаб чиқаришнинг бошқа жиҳатлари билан тизимли алоқасидан ажратиб олиш билан боғлиқ. Хусусан, кейинги ўн йилликлар мобайнида логистика, рекрутинг каби йўналишлар мустақил фаолият турлари бўлиб ажралиб чиқди.

Бироқ, шу пайтгача сервис тушунчасининг таърифи билан муаммолар талайгина мавжуд.

Замонавий сервис тушунчаси инглизча service сўзи билан яқин боғланган бўлиб, қуйидаги тушунчаларни англатади:

- “хизмат” хизмат кўрсатиш сифатида (to take into service – ёлламоқ; to take service with smb. – бирор кимса хизматига кириш); “хизмат кўрсатиш” бирор кимса учун бажариладиган иш сифатида;

- “хизмат”, “ҳожат чиқариш (хизмат қилиш)” (at your service – сизнинг хизматингизга; to be of service – фойда келтириш).



Бундан ташқари, service сўзи иш соҳаси тарзида хизмат маъносига эга бўлиши мумкин (Civil Service – давлат (фуқаролик) хизмати; National Service – ҳарбий ёки фуқаролик хизмати; to say a service – Худо йўлига хизмат қилмоқ).

  1. Miloddan avvalgi IV-III-II asrlarda qadimgi Xorazm mustakil davlat bo’lib, Iskandar, Salavkiylar va Yunon-Baktriya davlatlari tarkibiga kirmagan. Bu xol Xorazmda o’ziga xos maxalliy davlatchilik tizimi rivojiga muxim omil bo’ldi.

O’rta Osiyoda Miloddan avvalgi 3 ming yillikning o’rtalarida bronza (mis, qalay va qo’rg’oshin qorishmasi) davri boshlanishi bilan ota urug’i - patriarxat topadi. Bronza davrida dehqonchilik xo’jaligi yangi erlarda, jumladan O’zbekiston hududida ham keng yoyilgan. Mazkur davrda ishlab chiqarish munosabatlari tez rivojlanib, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar yangi asosda taraqqiy etadi.

O’rta Osiyoda qabilalar tomonidan yangi erlarni keng o’zlashtirish jarayoni miloddan avvalgi 4 ming yillikning oxiri - 3 ming yillikda boshlangan. Zarafshonning yuqori qismida, Panjikent shahridan 15 km g’arbda topilgan 90 gektar maydonda joylashgan Sarazm qishlog’i harobasi moddiy topilmalarida Janubiy Turkmaniston ziroatchilari va Xorazmning Kaltaminor madaniyatlariga mansub buyumlar bor. Xuddi shu davrda (miloddan avvalgi 4-3 ming yilliklarda) Afg’onistonning shimoli-sharqida Hind-Pokistonning mashhur Xarappa madaniyati vakillarining makonlari paydo bo’ladi.

Miloddan avvalgi 2 ming yillikning ikkinchi yarmida O’rta Osiyo hududida qadimgi janubiy va shimoliy qiyofadagi, ya’ni dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan odamlar vakillarining aralishib ketishi jarayoni boshlanadi. Shu davrga kelib bronza davri qabilalari O’rta Osiyodagi turli elatlarga asos solganlar.

O’zbekiston hududida joylashgan shu elatlarning vakillari - so’g’dlar, baqtriylar, xorazmiylar va saklar, o’zbek xalqining qadimgi ajdodlaridan bo’lib, ular haqida ayrim ma’lumotlar qadimgi yozma manbalarda saqlangan.

Miloddan avvalgi 1 ming yillikdan boshlab, yirik madaniy-tarixiy viloyatlar - Xorazm, Baqtriya, So’g’d, Farg’ona, Shosh (Choch) qadimdan, to o’rta asrlargacha Sharq hududlarida juda mashhur bo’lgan.

«Avesto» qadimgi fors yozuvlari, Gekatey, Gerodot, Ktesiy va boshqa yunon tarixshunoslarining asarlarida O’rta osiyo tarixiy viloyatlari nomlari quyidagi tartibda ko’rsatib berilgan:

«Avesto»

Qadimgi fors yozuvlari

Yunon tarixchilari Mouru

Marg’un

Marg’iyona

So’g’da

So’g’uda

So’g’diyona

Bahdi

Baqtrish

Baqtriyona

Xvarizam

Xvarazmin

Xorasmiya

-

Partava

Parfiyona

Tur, danu

Shak, sak

Saklar, massagetlar

MouruTarixiy ma’lumotlarga ko’ra, Marg’iyona erlari Murg’ob vohasi, So’g’diyona - Qashqadaryo va Zarafshon vohalari, Baqtriyona (Baqtriya) - Afg’onistonning shimoli-sharqiy qismi, Janubiy Tojikiston va Surxondaryo viloyati, Xorazm - Amudaryoning o’rta va quyi qismidagi erlarini o’z ichiga olgan.
Download 22.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling