Ul odat ila kasbi saodat qilgʻay


Download 14.5 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi14.5 Kb.
#186604
Bog'liq
ruboiy


Nazm ul-javohir” (“Gavharlar tizmasi”) asari, asosan, tasavvuf gʻoyalari targʻibiga bagʻishlangan. Unda tasavvufdagi asosiy tushuncha va tamoyillar nihoyatda sodda va tushunarli tilda talqin qilinadi. Masalan, “Roʻa aboka yuroʻuka” (“Otangga rioyat qil – bolangdan qaytadi”) hadisi uchun quyidagi ruboiy keltirilgan:
Farzand ato qulligʻin chu odat qilgʻay,
Ul odat ila kasbi saodat qilgʻay,
Har kimki atogʻa koʻp rioyat qilgʻay,
Oʻgʻlidin anga bu ish siroyat[1] qilgʻay.
Adib otaga xizmat qilishning sharofatini birinchi ikki misrada koʻrsatib bermoqda. Keyingi misrada esa yana shu fikrga qaytilgandek koʻrinadi, ammo endi natijada ayirma bor. Har kim ekkanini oʻradi, deganlaridek, otaga qilingan hurmat va ehtirom, albatta, qaytadi, ammo uni qaytaruvchi odam mutlaqo boshqa boʻladi. Mana shu boshqa odam esa keyingi avlod vakili – otasiga yaxshi munosabatda boʻlgan oʻgʻilning farzandlaridir.
Yoki insoniy fazilatlar mavzusida boshqa bir toʻrtlik yaratiladi:
El qochsa birovdin, el yomoni bil oni,
Ahvolida idbor nishoni bil oni,
Feʼl ichra ulus baloyi joni bil oni,
Olam elining yamon yamoni bil oni.
Demak, koʻpchilik (“el”) bir fikr bildirar ekan, bu tasodifiy boʻlmaydi. Ular bir kishidan oʻzini olib qochsa, oʻsha odam elning yomoni boʻladi. Buning sababi esa oʻsha kishining feʼl-atvoridir (“ahvolida idbor nishoni”). Bunday odamning yomonligi faqat oʻzi uchun emas, balki barcha uchun ham zararlidir. Adib uni “ulus baloyi joni”, yaʼni “elning joniga bitgan balo” sifatida taʼriflamoqda. Tugal xulosa esa oxirgi misrada ifodalangan. Bunday odam oʻzining yoki oʻzi mansub boʻlgan elninggina emas, balki butun “olam elining yomoni”dir. Shoirning “yamon” soʻzini ikki marta qoʻllashi orqali aytmoqchi boʻlgan fikri alohida taʼkidlanyapti.
Download 14.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling