Ulug’bek Hamdam,,Ko’zini ochib yumgan odam’’hikoyasi


Download 14.08 Kb.
Sana13.05.2023
Hajmi14.08 Kb.
#1456454
Bog'liq
ULUG\'BEK HAMDAM.\'\'Ko\'z ochib yumgan odam\'\'


Ulug’bek Hamdam
,,Ko’zini ochib yumgan odam’’hikoyasi
Ulug’bek Hamdamning ‘’Ko’z ochib yumgan odam ‘’ hikoyasini o’qib ba’zi joylarida juda ham ta’sirlandim. Sababi inson umri davomida nimanidir izlaydi lekin bilmaydiki, ana shu izlagani uzoqda emas aynan uning o’zida bo’lishi mumkin ekanligini. Bu bilan shuni aytmoqchimanki, hikoya qahramoni uzoq vaqt qariyib umrining oxirigacha o’zi uchun ustoz deb bilgan insoning dafn marosimiga borib , u kishini oxirgi yo’lga kuzatishga umid qiladi. Bunchalik jon kuydirishiga sabab ustoz unga haqiqiy hayotni tanitgan , hayotdan ma’no topa olashni o’rgatgan, yechimi qiyin bo’lgan muammolarning yechimini o’rgatgan inson edi. Aslida bu fikrlarning barchasi qahramoning xayolidagi o’y- fikrlar edi. Chunki hikoyaning so’ngida u talpinayotgan, undan hayot darsini o’rganishi kerak bo’lgan haqiqiy ustoz uning o’zi ekanligi oydinlashadi. Hikoyaning boshlanishida u ustozining yoniga borayotgan vaqtda, tikonlar oyog’iga kirib unga azob berayotgan damda ham, tovonlari yorilib qon oqsada, masofa olis bo’lishiga qaramasdan hech bir transportga, xattoki, qadim zamonlardan qolgan ot ulovga ham minishga ehtiyoji yo’q ekanligini, go’yoki mana shu azoblar uni ustozi bilan yaqinlashtirayotgandek bo’lganini aytadi,sababi inson hayotdan hikmat topmoqchi va o’zligini anglamoqchi bo’lsa bunday mashaqqatlarga bardosh berishi lozim. Aynan mana shu hikoyada yana chorraha, to’rt tarafga olib boruvchi yo’lllar, dafn marosimidagi insonlar obrazi, tobutda yotgan o’liklarning yuz qiyofasi va hikoya so’nggida ana shu o’liklar qiyofasining qahramon jismida mujassamlashgan holatlari keltirilgan. Mening fikrimcha bu yerda keltirilhan chorraha insonning mana shu foniy dunyoga kelish manzili, chunki inson bu hayotda yashab, o’z vaqti kelganida uni olib ketuvchi poyezdi kelganida albatta ketadi, kelgan va umrini o’tkazgan man shu chorrahasida umrbod qolib ketmaydi. Faqat ana shu poyezdi kelgunicha hayotning turfa xil tomonlariga borib keladi, ba’zida aqlining amri bilan ba’zida yurak amri bialn. Borgan manzilida esa o’zi anglamagan holatda uning vujudida yashayotgan menini uchratadi. Bu men aynan har kuni ko’zguda ko’rgan qiyofa bo’lavermaydi….
Baland tog’ning boshida turgan bulatlar menga yaqin kelishganda , men bildimki tog’ning boshida mavjlanayotgan narsa ko’zguni esga solarkan. Tog’ning boshidan quyosh bosh ko’tardi va zarrin nurlarini socha boshladi. Ana shunda…. Men osmonda ozimning aylanayotgan qiyofamni ko;rdim. Osha bir zumda men tobutda yotgan qora odam, oq-sariq, bug’doyrang odamlarning qiyofasiga kirib chiqdim va ularning bari qo’shilib ro’baro’mda ustozni ko’rdim. Hikoya deyarli man shu jumlarar bilan tugardi. Buni keltirishimga sabab haqiqiy ustoz insonning o’zi ekanligini vaqtida tushunib yetishi kerak ekanligi edi.
Narsa yo’qki, xoriji olam erur
Har ne istarsen, o’zinda jam erur.
Download 14.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling