Umarov islombek political leadership


Download 1.55 Mb.
Sana25.11.2021
Hajmi1.55 Mb.
#464017
Bog'liq
Презентация5
boshqarishning tashkiliy tuzilishi, boshqarishning tashkiliy tuzilishi, boshqarishning tashkiliy tuzilishi, 8 МАВЗУ КОРРУПЦИЯГА ҚАРШИ КУРАШ – ФУҚАРОЛИК ЖАМИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ, DXN huquqiy munosabat test, senat togrisida, DHN. Xalqaro huquq, Huquqiy tartibga solish, Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi, ALOQA VOSITALARI VA MOBIL ALOQA TEXNOLOGIYALARI, 2 5229111709238560898, Axborot, Ахлокшунослик, statistika, Who will cry when you die @bloomteacher

UMAROV ISLOMBEK

Political leadership

Siyosiy yetakchilik   — Insoniyatga xos bo‘lgan eng qadimgi universal institutlardan biri va u davlat hamda jamiyat miqyosida hokimiyat funksiyalarini bajaruvchi subyektlardan 6iridir. Biz uni bir shaxs odamlarni hamkorlikka va umumiy maqsadlarni amalga oshirishga yo‘naltira olishi bilan bog‘ladik. Ammo bu vazifani bajaruvchi shaxs bir nechta umumiy talabga javob berishi kerak. So‘z siyosiy yetakchilikning mezonlari haqida ketyapti. Avvalo, siyosiy yetakchining odamlarga ta’siri doimiy bo‘lishi lozim. Siyosiy jarayonga katta, lekin birgina ta’sir ko‘rsatgan shaxslar siyosiy yetakchi sifatida baholanishi mumkin emas. So‘ngra yetakchining ta’siri alohida shaxslarga emas, butun guruhga, tashkilotga yoki jamiyatga nisbatan amal qilishi kerak.

Siyosiy yetakchilik turlari

Yetakchilikning mumtoz, hisoblash mumkin bo‘lgan uch turini M. Veberning “Siyosat- ham mayil. ham kasb sifatida” maqolasidv bergan ligetim hukumronlikning uch ko‘rinishidan keltirib chiqariladi. An’anaviy yetakchilik . Yetakchilikning bu turi an’analar, marosimlar, odat kuchi kabi mexanizmlarga tayanadi. Itoat qilish odati an’analarining muqaddasligiga va hokimiyatning meros tariqasida o‘tishiga asoslangan yetakchilikning bu turi dohiylar, oqsoqollar, shohlar boshqaruvi uchun xosdir. Xarizmastik yetakchilik. Hukumdor – yetakchining ilohiy qudratiga xalqning cheksiz ishonchiga asoslanadi. Ratsional - oshkora yetakchilik. Yetakchini saylash tarkibi, unga berilgan hokimlik vakolatlarining oqilligi qonuniyligi to‘g‘risidagi tasavvurlarga asoslanadi. Ushbu klasifikatsiya o‘zining yeamchiliklariga qaramasdan uni qo‘llashda oddiy va qulaydir. Birinchi turdagi yetakchilik asosida odatlar ikkinchisida e’tiqod va xissiyotlar yotadi. Uchinchisida tafakkur, M.Veber xarizmatik yetakchilikni tahlil etishga alohida e’tibor beradi. U yetakchilikning ushbu turini inqiroz davrida jamiyatni inqilobiy tarzda yangilashning muhim xarakatlantiruvchi kuchi sifatida qaraydi, chunki, xarizmatik dohiy obro‘-e’tibori o‘tmish bilan bog‘liq bo‘lmasdan, u ommani ijtimoiy yangilanish vazifalarini yechishga safarbar etishga qodirdir. Jamiyat taraqqiyotiga nisbatan tinch davrda esa tarixiy an’analarini avaylab –asrovchi va zaruriy islohotlarni amalga oshiruvchi ratsional –legal yetakchilik maydonga chiqadi. Uni byurokratik yetakchilik, deb ham atashadi. Bu holda siyosiy yetakchilik qonuniy byurokratik tadbirlar natijasida shaklanadi.

Amerikalik politolog Robert Taker siyosiy yetakchilikning uch turini ajratib ko‘rsatgan: • Konservatorlar — jamiyatdagi munosabatlarni qanday bo‘lsa — shunday saqlab qolishga qaratilgan faoliyat olib boradi. • Islohotchilar — hokimiyat tarkibini keng qamrovli islohotlar vositasida tubdan o‘zgartirishga intiladilar. • Inqilobchilar — odatda qurol kuchi bilan boshqa ijtimoiy tuzumga tez, sakrash orqali o‘tishni rejalashtiradi.


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling