Umumiy ma'lumotlar. Aksonometrik proyeksiyalarning turlari. Nuqtaning izometrik proyeksiyasini yasash


Download 142.4 Kb.
bet1/4
Sana07.04.2022
Hajmi142.4 Kb.
#627854
  1   2   3   4
Bog'liq
4-MAVZU. AKSONOMETRIK PROYEKSIYALAR VA ULARNING TURLARI
Развитие речи в дошкольном возрасте - StudentLib.com, Развитие речи в дошкольном возрасте - StudentLib.com, Развитие речи в дошкольном возрасте - StudentLib.com, Развитие речи в дошкольном возрасте - StudentLib.com, Развитие речи в дошкольном возрасте - StudentLib.com, ОБ2 ТАРИХ 2019-2020, 5-синф инглиз тили, matem, III, 6-labaratoriya, 8-labaratoriya , 3-mavzu., 8-mavzu, 13-mavzu, Table-of-Contents

4-MAVZU: AKSONOMETRIK PROYEKSIYALAR VA ULARNING TURLARI
Reja:

  1. Umumiy ma'lumotlar.

  2. Aksonometrik proyeksiyalarning turlari.

  3. Nuqtaning izometrik proyeksiyasini yasash.

  4. To'g'ri chiziq kesmasining izometrik proyeksiyasini yasash.

  5. Tekis shaklning to'g'ri burchakli izometrik proyeksiyasini yasash.

  6. Aylananing to'g'ri burchakli izometrik proyeksiyasini yasash.

  7. Qiyshiq burchakli standart aksonometriyalar.

  8. Qiyshiq burchakli (frontal) dimetrik proyeksiyalar.

  9. Aksonometriyaga oid misollar yechish.

Tayanch so’z va iboralar
Aksonometriya, aksonometriya tekisligi, aksonometrik o'qlar, ikkilamchi proyeksiya, o'zgarish koeffisiyenti, keltirilgan o'zgarish koeffisiyenti, aksonometriya turlari: qiyshiq burchakli aksonometriya, qiyshiq burchakli (frontal) dimetriya, to'g'ri burchakli aksonometriya, izometriya, dimetriya, trimetriya.
To'g'ri burchakli izometriya, izometrik o'q, nuqta izometriyasi, kesma izometriyasi, tekis shakl izometriyasi, aylana izometriyasi.
Qiyshiq burchakli (frontal) dimetriya, kabinet proyeksiya.


Umumiy ma'lumotlar. Texnik chizmalarni chizishda detallarning to'g'ri burchakli ortogonal proyeksiyalar (kompleks chizma)da tasvirlash bilan bir qatorda, ko'pincha, detalni yaxshiroq tasavvur qilish va osongina o'qilishni ta'minlash uchun standart bo'yicha uning aksonometrik proyeksiyasi, ya'ni yaqqol tasviri ham quriladi.
Aksonometrik proyeksiya deb, detal yoki biror geometrik obrazni u tegishli bo'lgan koordinata o'qlari bilan birga parallel nurlar yordamida bitta aksonometrik tekislikka proyeksiyalangan tasvirga aytiladi. «Aksonometriya» grekcha so'z bo'lib «O'qlar bo'yicha o'lchash» degan ma'noni beradi.


4.1-shakl

Biror bir shaklning aksonometrik proyeksiyasini hosil qilish uchun shaklning o'zi yoki uning biror nuqtasi aksonometrik tekislik deb ataluvchi tekislikka proyeksiyalash usuli bilan tasvirlanadi. Masalan, fazoda o'zaro perpendikulyar bo'lgan uchta P1, P2 va Pz tekisliklarni va bulardan tashqarida ixtiyoriy A nuqtani tanlab olamiz. Nuqtaning P1, P2 va Pz tekisliklardagi proyeksiyalarini OX, OY, OZ koordinata o'qlarini S to'g'ri chiziq bo'yicha ixtiyoriy olingan F tekislikka proyeksiyalaymiz. Natijada F tekislikda o'qlarning OX', OY', OZ' va A nuqtaning A1', A2', va A3' proyeksiyalari hosil bo'ladi(4.1-shakl). Bu yerda OX', OY', OZ'- aksonometrik o'klar.
A', A1', A2 lX, lY, lZ, a3' lar A nuqtaning F tekislikdagi aksonometrik proyeksiyalari yoki gorizontal, frontal, profil ikkilamchi proyeksiyalari deyiladi. F-aksonometrik proyeksiyalar tekisligi. O-aksonometrik o'qlarning boshi.
Agar OX, OY, OZ- koordinat o'qlarida lX, lY, lZ ixtiyoriy kesmalar olib ularni biror masshtab birligi deb qabul qilinsa, ularning aksonometrik o'qlardagi proyeksiyalari lX', lY', lZ' kesmalar bo'ladi. Bu kesmalar lX, lY, lZ kesmalarga nisbatan katta, kichik yoki o'zaro teng bo'lishi mumkin. Shuning uchun aksonometrik uzunlik birliklarining uning haqiqiy uzunlik birliklariga bo'lgan nisbati tegishli o'qlar uchun o'zgarish koeffisiyentlarini hosil qiladi:
Y lX' lX V lY' lY W lZ' lZ
Bu yerda: Y-X o'qi bo'yicha, V-Y o'qi bo'yicha, W-Z o'qi bo'yicha o'zgarish koyeffisiyentlaridir.
Shunga asosan, agar nuqtaning haqiqiy koordinatalari ma'lum bo'lsa, uning aksonometrik koordinatalarini hisoblash yoki nuqtaning o'zgarish koeffisiyentlari ma'lum bo'lsa, uning teskarisini aniqlash mumkin.

Download 142.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling