Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinfida Kinematika, molekulyar fizika va elektrostatika bo‘limlariga oid masalalar yechish metodikasi


Download 393.5 Kb.
bet1/12
Sana16.12.2020
Hajmi393.5 Kb.
#168591
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3 мавзу

3-mavzu


Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinfida Kinematika, molekulyar fizika va elektrostatika bo‘limlariga oid masalalar yechish metodikasi.

Reja:


1.Kinematika, dinamika, statika, mexanikada saqlanish qonunlari, statika va gidrodinamika.

2.Termodinamika asoslari,

3.Elektrostatik maydon, o‘zgarmas tok qonunlari, turli muhitlarda elektr toki.

Tayanch iboralar: Kinematika, dinamika, statika,termodinamika, elektrostatika
Ushbu mavzuga oid tayanch tushunchalar quyi sinflarda berilgan bo`lib, mavzuga oid masalalar yechish mexanikaviy harakatning nisbiyligi haqidagi tushunchani chuqurlashtirishga va o`quvchilarda jismlarning o`rnini aniqlash uchun to`g`ri burchakli koordinatalar sistemasidan foydalana bilish malakasini hosil qilishga yordam berish kerak. Bunda, qoida bo`yicha moddiy nuqtaning tekistlikda yoki to`g`ri chiziq bo`ylab harakatiga doir masalalar yechiladi.

Ko`chishlarni qo`shishga doir hamda ma’lum fazoviy tasavvurlar, yangi tushunchalarni o`zlashtirish va vektorlar ustida amallar bajarish talab qiladigan masalalar eng qiyin masalalardir.

O`quvchmlar yo`l va ko`chish tushunchalarini yaxshi o`zlashtirib olishlari, ularni almashtirib yubormasliklari kerak.yo`l skalyar kattalik, ko`chish esa vektor kattalik ekanligini o`quvchilar bilishlari lozim.

O`rta maktabda inertsiyani o`rganishda odatda jismlarning o`lchamlari nazarga olinmaydigan masalalar yechiladi, ya’ni moddiy nuqtaning inertsiyasi qaraladi. Masalalar yechishda, real sharoitlarda boshqa jismlar ta’sir qilmaydigan jismlar mavjud emasligini nazarga olgan holda, Nьyutonning birinchi qonunining quyidagi ta’rifidan foydalanish maqmadga muvofiqdir.

Agar jismga ta’sir qiluvchi kuchlar o`zaro muvozanatlashsa, bu jism o`zining tinch holatini yoki to`g`ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi.

Gazlar kinetik nazariyasining asoslariga oid masalalar tanlash va yechish metodikasi ko`p jixatdan materialni o`rganish tartibi va metodiga bog`liq bo`ladi. Molekulalar va ularning xususiyatlari haqidagi o`quvchilar bilgan ma’lumotlarni qaytarish va chuqurlashtirish uchun masalalar tanlanadi. Bunda o`quvchilarni quyi sinflarda egallagan bilimlari hisobga olinadi. Masala yechishda o`quvchilar Avagadro, Gey-Lyussak, Dalьton, qonunlari va g`oyalari bilan, mikrodunyo qonuniyatlarini o`rganish uchun Broun harakati bilan, molekulalar tezligini xoo`irgi zamon usullarida aniqlar(Shtern tajribasi) bilan tanishtirish, molekulalarning massasi va o`lchamlarini aniqlash usullari haqida tushuncha berish mumkin va hakozo.



Elektr-magnetizm bobiga oid masalalar elektr toki, magnit maydon va elektr kattaliklar (tok kuchi, kuchlanish va qarshilik) haqidagi tushunchalarni shakillanishiga, shuningdek, o`quvchilarni murakkab bo`lmagan elektr zanjirlarini hisoblashga o`rgatishi kerak. Asosiy e’tibor Om qonuniga tegishli va o`tkazgichlar qarshiligining ularning materialiga, geometrik o`lchamlariga bog`liqligini hisoblashga doir masalalarga, shunindek o`tkazgichlarni ketma-ket va parallel, aralash ulanish usullarini o`rgnib, ularga tegishli masalalarni yechishga qaratiladi. Umumiy qarshilikni hisoblashga oid murakkab zanjirlarga tegishli masalalar yechiladi.

1-masala. Gorizontga nisbatan burchak ostida 12m/sboshlang‘ich tezlik bilan otilgan toshning ko‘tarilish balandligi , uchish vaqti t va uchish masofasi topilsin.

Berilgan: a — 30°, v = 12 m/s, g = 9,8 m/s2.


Download 393.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling