Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Download 34.6 Kb.
|
Технология фани ўқитувчилари
Texnologiya fanidan test topshriqlari 1. “Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli Qaror qachon qabul qilingan? *a) 2017 yil 15 mart b) 2016 yil 15 mart c) 2017 yil 10 mart d) 2017 yil 15 fevral 2. “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 187-sonli Qaror qachon qabul qilingan? *a) 2017 yil 6 aprel b) 2017 yil 15 mart c) 2017 yil 15 fevral d) 2017 yil 7 fevral 3. Dars jadvalini tuzishda tayanch o’quv rejadagi umumiy soatlar hajmidan oshmagan holda, ma’lum bir fanlarni chuqurlashtirib o’qitish maqsadida unga necha %gacha o’zgartirish kiritish huquqi berilgan? *a) 15% b) 10% c) 20% d) 18% 4. Texnologiya fani uchun 1-9-sinflarda haftalik soat qanchani tashkil etadi? *a) 12 soat b) 10 soat c) 1 soat d) 2 soat 5. Bilim – bu... *a) o’rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish b) o’rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo’llay olish c) o’rganilgan bilim va shakllangan ko’nikmalarni notanish vaziyatlarda qo’llay olish va yangi bilimlar hosil qilish d) mavjud bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo’llay olish qobiliyati 6. Ko’nikma – bu... *a) o’rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo’llay olish b) o’rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish c) o’rganilgan bilim va shakllangan ko’nikmalarni notanish vaziyatlarda qo’llay olish va yangi bilimlar hosil qilish d) mavjud bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo’llay olish qobiliyati 7. Malaka – bu... *a) o’rganilgan bilim va shakllangan ko’nikmalarni notanish vaziyatlarda qo’llay olish va yangi bilimlar hosil qilish b) o’rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo’llay olish c) mavjud bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo’llay olish qobiliyati d) o’rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish 8. Kompetensiya – bu... *a) mavjud bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo’llay olish qobiliyati b) o’rganilgan bilim va shakllangan ko’nikmalarni notanish vaziyatlarda qo’llay olish va yangi bilimlar hosil qilish c) o’rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo’llay olish d) o’rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish 9. Texnologiya fanini o’qitishda nechta xususiy kompetensiya mavjud? *a) 3 ta b) 2 ta c) 5 ta d) 4 ta 10. Texnologiya fanini o’qitishda nechta tayanch kompetensiya mavjud? *a) 6 ta b) 4 ta c) 5 ta d) 3 ta 11. Texnologiya faniga oid xususiy kompetensiya berilgan javobni toping. *a) Psixomotor, funksional, hamda amaliy faoliyat turlarini bajarishdagi operasion kompetensiyasi b) O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi c) Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi d) Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi 12. “Texnologiya” – so’zining ma’nosi. *a) yunoncha – “texnos” (techne) – mahorat, san’at va “logos” (logos) – fan, ta’limot b) fransuzcha – “texnos” (techne) – mahorat, san’at va “logos” (logos) – fan, ta’limot c) yunoncha – “texnos” (techne) – texnika va “logos” (logos) – fan d) nemischa – “texnos” (techne) – mahorat, san’at va “logos” (logos) – fan, ta’limot 13. Mehnat ta’limi birinchi marta majburiy fan sifatida umumta’lim fanlari tarkibida qachondan o’qitila boshlangan? *a) 1932 yildan b) 1930 yildan c) 1939 yildan d) 1945 yildan 14. Texnologik jarayon – *a) ishlab chiqariladigan mahsulotga ishlov berishning yagona jarayonini hosil qiluvchi texnologik operasiyalarning yig’indisi b) ishchi tomonidan o’zining ish joyida bajariladigan, yakuniga yetkazilgan harakat ko’rinishidagi jarayonning bir qismi c) ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarish texnologik operasiyalarning ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik hujjat d) texnologik operasiyalarni amalga oshirishni belgilovchi tartib bo’lib, ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda bajariladigan operasiyalarning vaqti, shartlarini belgilaydi 15. Texnologik operasiya – *a) ishchi tomonidan o’zining ish joyida bajariladigan, yakuniga yetkazilgan harakat ko’rinishidagi jarayonning bir qismi b) ishlab chiqariladigan mahsulotga ishlov berishning yagona jarayonini hosil qiluvchi texnologik operasiyalarning yig’indisi c) ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarish texnologik operasiyalarning ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik hujjat d) texnologik operasiyalarni amalga oshirishni belgilovchi tartib bo’lib, ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda bajariladigan operasiyalarning vaqti, shartlarini belgilaydi 16. Texnologik xarita – *a) ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarish texnologik operasiyalarning ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik hujjat b) ishchi tomonidan o’zining ish joyida bajariladigan, yakuniga yetkazilgan harakat ko’rinishidagi jarayonning bir qismi c) texnologik operasiyalarni amalga oshirishni belgilovchi tartib bo’lib, ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda bajariladigan operasiyalarning vaqti, shartlarini belgilaydi d) ishlab chiqariladigan mahsulotga ishlov berishning yagona jarayonini hosil qiluvchi texnologik operasiyalarning yig’indisi 17. Texnologik reja – *a) texnologik operasiyalarni amalga oshirishni belgilovchi tartib bo’lib, ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda bajariladigan operasiyalarning vaqti, shartlarini belgilaydi b) ishlab chiqariladigan mahsulotga ishlov berishning yagona jarayonini hosil qiluvchi texnologik operasiyalarning yig’indisi c) ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarish texnologik operasiyalarning ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik hujjat d) ishchi tomonidan o’zining ish joyida bajariladigan, yakuniga yetkazilgan harakat ko’rinishidagi jarayonning bir qismi 18. Quyidagilardan qaysi biri Davlat ta’lim standarti tarkibiy qismi hisoblanmaydi? *a) kalendar reja b) umumiy o’rta ta’limning tayanch o’quv rejasi c) umumiy o’rta ta’limning malaka talablari d) umumiy o’rta ta’limning o’quv dasturi 19. Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’qitiladigan o’quv fanlari nomi, o’quv yuklamasining minimal hajmi hamda ularning sinflar bo’yicha taqsimoti belgilangan hujjat? *a) Tayanch o’quv reja b) Tayanch o’quv dastur c) O’quv dasturi d) Kalendar reja 20. Umumiy o’rta ta’limning tayanch o’quv rejaga muvofiq o’quv fanlarining sinflar va mavzular bo’yicha hajmi, mazmuni, o’rganish ketma-ketligi va shakllantiriladigan kompetensiyalari belgilangan hujjat? *a) O’quv dasturi b) Kalendar reja c) Tayanch o’quv dastur d) Koyenspekt reja 21. O’quv dasturi qaysi tashkilot tomonidan ishlab chiqilib, tasdiqlanadi? *a) Xalq ta’limi vazirligi b) Vazirlar Mahkamasi c) Viloyat XTB d) Tuman XTB 22. Materiallar yoki yarim fabrikatlarni olish, ishlov berish va qayta ishlash usullarini ishlab chiquvchi va takomillashtiruvchi ilmiy fandir *a) Texnologiya b) Matematika c) Fizika d) Kimyo 23. Tarixiy manbalarga ko’ra, “Texnologiya” fani qadimgi ... paydo bo’lgan? *a) Yunonistonda b) Hindistonda c) Rossiyada d) Rimda 24. Texnologiya (mehnat ta’limi) fani mazmuniga qaysi yillar o’zgartirishlar kiritilgan? *a) 1999, 2010, 2017 b) 1998, 2011, 2017 c) 1999, 2011 d) 2011, 2017 25. Ta’lim oluvchilar bilim, ko’nikma va malakalarining miqdoriy baholashda ball yoki raqamlar vositasida shartli ifodalanishi? *a) baho b) ball c) daraja d) bilim 26. Mantiqan tugallangan, butun vaqt bilan chegaralangan o’quv-tarbiya jarayonining qismi? *a) dars b) ta’lim c) to’garak d) tarbiya 27. O’quv mashg’ulotini bir butun yaxlit holda yoki muayyan bo’laklarga bo’lib baholash? *a) Dars tahlili b) Uyga vazifa c) Dars o’tish d) Amaliy mashg’ulot 28. Atrof, olam, alohida obyektlar va hodisalarining xossalari va munosabatlarini, ular mavjud bo’lgan tabiiy sharoitlarda o’rganish usuli? *a) kuzatish b) o’rganish c) kutish d) baholash 29. Ta’lim jarayonida taqdim etilgan amaliy va nazariy bilimlarni egallash, o’zlashtirish, o’rgatish, o’rganish, bilish uchun xizmat qiladigan yo’l- yo’riqlar, usullar majmui? *a) metod b) innovasiya c) ta’lim d) dars 30. Insonlarning ijtimoiy-foydali xarakterga ega bo’lgan ongli faoliyati? *a) mehnat b) ish c) kasb d) hunar 31. Obyektlarning turli xil sifatlari, belgilari va xususiyatlarini aks ettirish? *a) tushuncha b) bilim c) sifat d) baholash 32. “Texnologiya” so‘zining izohiy lug‘atdagi ma’nosi qaysi bandda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? *a) biror ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan usullar, yo‘llar yig‘indisi b) kasb–hunarni o‘rganuvchi fan c) ketma-ketlikda bajarilmaydigan operatsiyalar d) texnikaga bog‘liq masalalar 33. DTS qanday hujjat? *a) O’quv-me’yoriy b) Uslubiy c) O’quv d) O’quv-uslubiy 34. O’qituvchining taqvimiy reja-dasturi qaysi hujjatga asoslanadi? *a) DTS va o’quv dasturiga b) O’tgan yilgi taqvimiy reja-dasturiga c) Davlat talablariga d) Dars jadvaliga 35. Davlat ta’lim standarti talablarining bajarilmaganligi uchun javobgarlik qonun hujjatlariga muvofiq kimga yuklanadi? *a) UO‘T muassasasi rahbariyatiga yuklanadi b) UO‘T muassasasi O‘quv tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga yuklanadi c) UO‘T direktoriga yuklanadi d) UO‘T muassasasi fan o‘qituvchisiga yuklanadi 36. A1 standart darajasi qanday nomlandi? *a) Umumta’lim fanlarini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi b) Boshlang‘ich ta’lim darajasi c) 1-4-sinf darajasi d) Boshlang‘ich darajasi 37. Davlat ta’lim standarti talablarining bajarilmaganligi uchun javobgarlik qonun hujjatlariga muvofiq kimga yuklanadi? *a) UO‘T muassasasi rahbariyatiga yuklanadi. b) UO‘T muassasasi O‘quv tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga yuklanadi. c) UO‘T direktoriga yuklanadi d) UO‘T muassasasi fan o‘qituvchisiga yuklanadi 38. Texnologiya faniga oid kompetensiya qanday nomlanadi? *a) Xususiy kompetensiya b) Boshlang‘ich daraja c) Tayanch kompetensiya d) Boshlang‘ich ta’lim darajasi 39. A1+ standart darajasi qanday nomlandi? *a) Umumta’lim fanlarini o‘rganishning kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi b) Umumta’lim fanlarini o‘rganishning chuqurlashtirilgan boshlang‘ich darajasi c) Boshlang‘ich ta’lim chuqurlashtirilgan darajasi d) 1-4-sinf fanlarini o‘rganish kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi 40. O‘quv rejasida quyidagilardan qaysilari ko‘rsatib o‘tiladi? *a) o‘quv soatlari b) baholash c) monitoring d) o‘quv dastur 41. Taraqqiyot dasturi me’yoriy hujjatida nimaga e’tibor qaratiladi? *a) ta’lim ta’minotini yoritishga b) fan mavzularining qisqacha mazmuniga c) o‘quv soatlari hajmiga d) o‘quvchilarni baholashga 42. O‘quv dasturida quyidagilardan qaysilari ko‘rsatib o‘tiladi? *a) mavzularining qisqacha mazmuni b) o‘quv soatlari c) o‘quv rejasi d) o‘quv-tarbiya soatlari 43. Quyidagi manbalardan qaysi birida o‘quvchining o‘quv yuklamasi miqdori aniq ko‘rsatilgan? *a) O‘quv dasturida b) DTS da c) O‘quv rejasida d) Darslikda 44. 2017-2018 o`quv yilidan boshlab texnologiya fanidan mashg`ulotlar necha yo`nalishda tashkil etilmoqda? *a) 2 b) 3 c) 1 d) 4 45. O`qituvchining navbatdagi mavzu bo`yicha mashgulotga tayyorlanishi nimadan boshlanadi? *a) kalendar reja tuzishdan b) dastur tuzishdan c) adabiyotlar to`plashdan d) konspekt tuzishdan 46. Texnologiya fanining asosiy o`quv shakli. *a) amaliy mashgulot b) dars c) ko`rgazmali ta'lim d) politexnik ta'lim 47. Mehnat ta'limi uslubi qaysi fanlar bilan bog`liq? *a) Psixologiya, pedagogika b) Matematika, geometriya c) Fizika, kimyo d) Tarix, falsafa 48. Ko‘nikma nima? *a) malakaning tarkibiy qismi bo‘lib, harakatning ayrim qismlarini nihoyatda tez, aniq bajarish qobiliyatlaridir b) kasbiy malakalarni rivojlantirishning yuqori darajasi va kasbiy ta’limning maqsadi c) malakaning tarkibiy qismi bo‘lib qolmay bilimga ham tayanadi d) malakaning tarkibiy qismi bo‘lmay, harakatning ayrim qismlarini nihoyatda tez, aniq bajarish jarayonidir 49. Mahorat nima? *a) Kasbiy malakalarni rivojlantirishning yuqori darajasi b) Turli malakalardan ijobiy tarzda foydalanish c) Mehnatning yuqori saviyasi, barqarorlik, vaqtdan ijodiy tarzda foydalanish d) Malakaning tarkibiy qismi bo‘lib, harakatni tez, aniq bajarishdir 50. Qanday ta’minot turi to‘liq mavjud bo‘lganda amaliy mehnat ta’limi mashg‘ulotlari qoniqarli amalga oshiriladi? *a) moddiy-texnik b) o‘quv-metodik c) kadrlar d) kompyuter 51. Yo’nuvchi iskananing charxlash burchagi necha gradus ostida charxlanadi? *a) 18-25 gradus b) 20-24 gradus c) 14-28 gradus d) 18-30 gradus 52. 3 xil shakldagi o‘lchamni aniqlashda ishlatiladigan asbobni belgilang? *a) shtangensirkul b) lekalo c) mikrometr d) go‘niya 53. Polimer deganda nimani tushuniladi? *a) Molekulalari yuzlab va minglab atomlarning o’zaro valentlik bog’lanishidan hosil bo’lgan yuqori molekulyar birikma b) Molekulalari atomlarning o’zaro valentlik bog’lanishidan hosil bo’lgan yuqori molekulyar birikma c) Molekulalari atomlarning o’zaro birikmagan molekulyar birikma d) Molekulalari yuzlab va minglab ionlarning o’zaro valentlik bog’lanishidan hosil bo’lgan yuqori molekulyar birikma 54. Tabiiy polimerlar qanday materiallar kiradi? *a) Paxta, ipak, jun, teri, tabiiy kauchuk, sellyuloza kabi o’simlik va hayvonlardan olingan tolalik b) Paxta, ipak, ko’mir, tosh, tabiiy kauchuk, sellyuloza kabi o’simlik va hayvonlardan olingan tolalik c) Yog’och, metall, tabiiy kauchuk, sellyuloza kabi o’simlik va hayvonlardan olingan tolalik d) Metall, azbest, teri, tabiiy kauchuk, sellyuloza kabi o’simlik va hayvonlardan olingan tolalik 55. Polimerlash so’zi qanday ma’noni anglatadi? *a) Polimerlash monomerlarning o’zaro qo’shimcha mahsulotlar (chiqindi) ajratmasdan birikish jarayoni b) Polimerlash baromerlarning o’zaro qo’shimcha mahsulotlar (chiqindi) ajratmasdan birikish jarayoni c) Polimerlash tanomerlarning o’zaro qo’shimcha mahsulotlar (chiqindi) ajratmasdan birikish jarayoni d) Polimerlash monomerlarning o’zaro qo’shimcha mahsulotlar (chiqindi) ajratmasdan ajralish jarayoni 56. Sun’iy polimerlar qanday olinadi? *a) Sun’iy polimerlar tabiiy polimerlarni qayta ishlash asosida olinadi b) Tabiiy polimerlar tabiiy polimerlarni qayta ishlash asosida olinadi c) Sun’iy monomerlar tabiiy polimerlarni qayta ishlash asosida olinadi d) Kimyoviy polimerlar tabiiy polimerlarni qayta ishlash asosida olinadi 57. Sintetik polimerlar qanday olinadi? *a) Sintetik polimerlar olish uchun neft, tabiiy gaz va toshko’mir kabi materiallarga kimyoviy ishlov beriladi b) Sun’iy polimerlar olish uchun neft, tabiiy gaz va toshko’mir kabi materiallarga kimyoviy ishlov beriladi c) Kimyoviy polimerlar olish uchun neft, tabiiy gaz va toshko’mir kabi materiallarga kimyoviy ishlov beriladi d) Tabiiy polimerlar olish uchun neft, tabiiy gaz va toshko’mir kabi materiallarga kimyoviy ishlov beriladi 58. Avtomatlashtirishning nechta bosqichi mavjud? *a) 4 ta bosqichi b) 3 ta bosqichi c) 2 ta bosqichi d) 5 ta bosqichi 59. Avtomatika deb nimaga aytiladi? *a) Avtomatika – avtomatik boshqarish tizimlarining texnik vositalarini loyihalash, yaratish, ularning ishlarini tashkil qilish hamda nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish b) Avtomatika – avtomatik nazorat tizimlarining texnik vositalarini loyihalash, yaratish, ularning ishlarini tashkil qilish hamda nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish c) Avtomatika – avtomatik kuzatish tizimlarining texnik vositalarini loyihalash, yaratish, ularning ishlarini tashkil qilish hamda nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish d) Avtomatika – avtomatik tuzatish tizimlarining texnik vositalarini loyihalash, yaratish, ularning ishlarini tashkil qilish hamda nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish 60. Avtomat deb nimaga aytiladi? *a) Avtomat – o’z-o’zidan boshqariladigan mashina bo’lib, bunda barcha ish harakatlari va salt harakatlari odam ishtirokisiz avtomatik ravishda bajariladi b) Avtomat – o’z-o’zidan yuradigandigan mashina bo’lib, bunda barcha ish harakatlari va salt harakatlari odam ishtirokisiz avtomatik ravishda bajariladi c) Avtomat – o’z-o’zidan boshqariladigan mashina bo’lib, bunda barcha ish harakatlari va salt harakatlari inson yordamida bajariladi d) Avtomat – o’z-o’zidan to’g’rilanadigan mashina bo’lib, bunda barcha ish harakatlari va salt harakatlari odam ishtirokisiz avtomatik ravishda bajariladi 61. Avtomatik liniya deb nimaga aytiladi? *a) Avtomatik liniya – mashinalar tizimi bo’lib, ular texnologik ketma-ketlikda joylashtirilib, stanoklar o’zaro tashish va boshqarish vositalari yordamida birlashtiriladi b) Avtomatik liniya – kompyuterlar tizimi bo’lib, ular texnologik ketma-ketlikda joylashtirilib, stanoklar o’zaro tashish va boshqarish vositalari yordamida birlashtiriladi c) Avtomatik liniya – mashinalar tizimi bo’lib, ular texnologik ketma-ketlikda joylashtirilib, stanoklar o’zaro tashish va boshqarish vositalari yordamida ajratadi d) Avtomatik liniya – robotlar tizimi bo’lib, ular texnologik ketma-ketlikda joylashtirilib, stanoklar o’zaro tashish va boshqarish vositalari yordamida birlashtiriladi 62. Integrasiya so’zining ma’nosi? *a) Fanlararo bilimlarni chuqurlashtirish va oshirish, ularni shakllantirish b) Fanlararo tushunchalarni chuqurlashtirish va oshirish, ularni shakllantirish c) Fanlararo ko’nikmalarni chuqurlashtirish va oshirish, ularni shakllantirish d) Fanlararo malakalarni chuqurlashtirish va oshirish, ularni shakllantirish 63. Rezistor atamasini ayting. *a) Rezistor – inglizcha “resisto” so’zidan olingan bo’lib qarshilik ko’rsataman ma’nosini anglatadi b) Rezistor – inglizcha “resisto” so’zidan olingan bo’lib qarshilik ko’rsatmayman ma’nosini anglatadi c) Rezistor – yunoncha “resisto” so’zidan olingan bo’lib qarshilik ko’rsataman ma’nosini anglatadi d) Rezistor – nemischa “resisto” so’zidan olingan bo’lib qarshilik ko’rsataman ma’nosini anglatadi 64. Qanday shaxslar kasbga yaroqsiz deb topiladi? *a) Salomatligi yomonlashgan shaxs b) Kasbni noto‘g‘ri tanlagan shaxs c) Qonunga rioya qilmagan shaxs d) Qonunni buzganlar 65. Hunar nima? *a) kishining biror foydali unumli faoliyat bilan shug‘ullanishi b) agronom-pedagog yoki muhandis-pedagoglik yoki ularning birisining atalishi c) kishining qo‘l mehnati bilan biror buyumlarni yasash jarayoni d) sanoatda mahsulotlar tayyorlanishida mutaxassisning faol qatnashishi 66. Fan nima? *a) Tabiat va jamiyat taraqqiyoti haqidagi bilimlar tizimi b) Jamiyat taraqqiyoti qonunlarini ochib beruvchi bilimlar tizimi c) Tabiat hagidagi ma’lumotlar d) Nazariy ta’limot va qonunlarini ochib beruvchi bilimlar tizimi 67. Kasbga yo’naltirishning oliy maqsadi nima hisoblanadi? *a) Yoshavlodnionglikasbtanlashgatayyorlashdir b) Har bir kishini hunarli bo’lishi uchun harakat c) Doimo hayotda qilinadigan ishga ongli munosabat d) O’quvchilarni ertangi kunga tayyorlashning asosi 68. Molekulalari yuzlab va minglab atomlarning o’zaro valentlik bog’lanishidan hosil bo’lgan yuqori molekulyar birikma *a) polimer b) poliamid c) yog’och d) metal 69. Termoplastdan tayyorlangan detallarni elektr-kontakt usulidan foydalanib ulash *a) Payvandlash b) Polimerlash c) Shtamplash d) Presslash 70. Plastmassa so’zining ma’nosi. *a) qayishqoq b) qattiq c) mo’rt d) yumshoq 71. Termoplast va termoreaktiv plastmassalar (reaktoplastlar) *a) farqlanadi b) o’xshash c) bir narsa d) qattiq 72. Metall, yog’och va shisha materiallar bilan mustahkam bog’lanib harorat, havo va mexanik ta’sirlardan ularni himoya qiluvchi polimerlar? *a) Lak va bo’yoqlar b) Sintetik tolalar c) Kauchuklar d) Yelimlar 73. Zarbli kuch ta’sirini yumshatadigan vositalar (amortizatorlar) hamda tebranishni pasaytiruvchi yoki yutuvchi asbob va qurilma (dempfer)lar nimadan yasaladi? *a) Rezina b) Plastmassa c) Ebonit d) Poliplast 74. Kauchukni vulkanizasiya qilish yo’li bilan .....mahsulotlari olinadi? *a) Rezina b) Ebonit c) Plastmassa d) Poliplast 75. Qattiq rezina bu - ... *a) Ebonit b) Polimer c) Plastmassa d) Poliplast 76. 8-sinfda “Texnologiya va dizayn” yo’nalishiga “Elektronika asoslari” bo’limi uchun necha soat ajratilgan/ *a) 10 b) 8 c) 6 d) 9 77. Elektronikaning nazariy asosini tashkil etuvchi fanlar? *a) Matematika, fizika, nazariy elektronika b) Kimyo, biologiya, geografiya c) Fizika, kimyo, nazariy mexanika d) Texnologiya, matematika, materiallar qarshiligi 78. Elektronikaning asosiy ilmiy masalasi? *a) Zaryadlangan atom zarralarining harakatini o’rganish b) Zaryadlangan atom zarralarining sonini topish c) Zaryadsiz atom zarralarining harakatini o’rganish d) Zaryadlangan atom zarralarining harakatsizligini o’rganish 79. 9-sinfda “Texnologiya va dizayn” yo’nalishiga “Elektronika asoslari” bo’limi uchun necha soat ajratilgan? *a) 8 b) 7 c) 6 d) 10 80. Bir-biridan elektr jihatdan izolyasiya qilingan ikkita o’tkazgich (qoplama) dan iborat tizim asosida ishlaydi? *a) Kondensator b) Diod c) Triod d) Rezistor 81. Elektr tokining yo’nalishiga qarab turli o’tkazuvchanlikka ega bo’lganelektron element? *a) Diod b) Kondensator c) Rezistor d) Tiristor 82. Yadro o’tkazgichli triod tranzistorlar – yarim o’tkazgichli materialning radioelektronik tarkibiy qismi? *a) Tranzistor b) Tiristor c) Fotodiod d) Elektromexanik rostlash qurilmalari 83. Uch yoki undan ortiq p-n birikmalariga ega bo’lgan va ikkita barqaror holatga ega yarimo’tkazgichning yagona kristaliga asoslangan yarimo’tkazgichli qurilma? *a) Tiristor b) Tranzistor c) Elektromexanik rostlash qurilmalari d) Fotodiod 84. Optik nurlanishni qabul qiluvchi, bu nurlanishni sezgir hududga p-n birikmasidagi jarayonlar sababli elektr zaryadiga aylantiradi? *a) Fotodiod b) Elektromexanik rostlash qurilmalari c) Tranzistor d) Tiristor 85. Elektr releni kashf etilishi qanday qurilmaning yaratishga imkon tug’dirdi? *a) Elektromexanik rostlash qurilmalari b) Fotodiod c) Tiristor d) Tranzistor 86. Avtomatlashtirishning necha bosqichi mavjud? *a) 4 ta b) 3 c) 5 d) 6 87. Avtomatlashtirishning to’rtinchi bosqichi? *a) To’liq avtomatlashtirish b) Mashinalar tizimini avtomatlashtirish va avtomatik liniyalar yaratish c) Ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish d) Ish siklini avtomatlashtirish 88. Avtomatlashtirishning birinchi bosqichi? *a) Ish siklini avtomatlashtirish b) To’liq avtomatlashtirish c) Mashinalar tizimini avtomatlashtirish va avtomatik liniyalar yaratish d) Ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish 89. Avtomatlashtirishning uchunchi bosqichi? *a) Ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish b) Ish siklini avtomatlashtirish c) To’liq avtomatlashtirish d) Mashinalar tizimini avtomatlashtirish va avtomatik liniyalar yaratish 90. Avtomatlashtirishning ikkinchi bosqichi? *a) Mashinalar tizimini avtomatlashtirish va avtomatik liniyalar yaratish b) Ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish c) Ish siklini avtomatlashtirish d) To’liq avtomatlashtirish 91. Avtomatik boshqarish tizimlarining texnik vositalarini loyihalash, yaratish, ularning ishlarini tashkil qilish hamda nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish, shuningdek avtomatik boshqarish nazariyasini ham o’z ichiga oladigan fan? *a) Avtomatika b) Elektronika c) Elektromexanika d) elektrotexnika 92. O’z-o’zidan boshqariladigan mashina? *a) Avtomat b) Dastgoh c) Mexanizm d) Mashina 93. Elektr yoki elektron bo’lmagan kirish ta’sirida aniqlangan o’zgarishlar uchun elektr o’chog’ini yopish yoki ochish uchun mo’ljallangan elektr yoki elektron qurilma? *a) Rele b) Datchik c) Kuchaytirgich d) Trigger 94. Birlamchi o’zgartirgich – o’lchanayotgan fizik kattalik (bosim, elektr kuchlanish, siljish va b.)ni uzatish, unga ishlov berish va qayd qilish uchun signal (odatda, elektr signal)ga aylantirib beradigan qurilma? *a) atchik b) Rele c) Trigger d) Kuchaytirgich 95. Signal quvvatini oshiruvchi qurilma? *a) Kuchaytirgich b) Trigger c) Rele d) Datchik 96. Uzoq vaqt davomida ikki barqaror holatdan birida turish va tashqi signallarning ta’siri ostida ularni almashtirish imkoniga ega bo’lgan elektron qurilma? *a) Trigger b) Rele c) Datchik d) Kuchaytirgich 97. 5-sinfda “Texnologiya va dizayn” yo’nalishiga “Ro’zg’orshunoslik asoslari” bo’limi bo’yicha necha soat ajratilgan? *a) 3 b) 2 c) 4 d) 6 98. 6-sinfda “Texnologiya va dizayn” yo’nalishiga “Ro’zg’orshunoslik asoslari” bo’limi bo’yicha necha soat ajratilgan? *a) 4 b) 3 c) 5 d) 6 99. 7-sinfda “Texnologiya va dizayn” yo’nalishiga “Ro’zg’orshunoslik asoslari” bo’limi bo’yicha necha soat ajratilgan? *a) 4 b) 3 c) 5 d) 6 100. Kasb tanlashga yo'naltirish ishlarini rivojlantirishning asosiy bosqichlari nеchta? *a) 5 b) 4 c) 6 d) 2 Download 34.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling