Umumiy o‘xshashliklar bo‘lganda erishiladi
Download 15.34 Kb.
|
16-17 yakuniy
Jumayev Mirsodiq Rezyume, Тема 1, Тема 1, Konsentratsiya stolda boyitishni hisoblash, Konsentratsiya stolda boyitishni hisoblash, boglovchi moddalarning kimyoviy texnologiyasi, Tuzlarning olinishi va xossalari, o-zbekiston-hududida-amal-qiluvchi-tarif-rejalari, Martin Eden - Vikipediya, 5мавзу-, dinshunoslik-nazorat-savollari, 186fbdc5335fd45e1410a939476f8f1a, Umumiy tenglamasi bilan berilgan ikkinchi, husnixat oqitish 66141, autobiography-1
16. Ekvivalentlik turkumlarini o‘rganib, Beyker (2005:77) real hayotdagi aynan o‘sha so‘zga tegishli bo‘lgan asl til va tarjima til o‘rtasidagi so‘z darajasidagi referensial yoki denotativ ekvivalentlikni hamda asl til va tarjima tilidagi so‘zlar ikki tilning ona tilida so‘zlashadigan odamlarining miyasida bir xil yoki o‘xshash tasavvur yaratadigan konnotativ ekvivalentlik borligini tavsiflaydi. U asl til va tarjima til kitobxonlariga bir xil ma’no aks ettiradigan so‘zlarga asoslangan Kollerning tekst-mormativ ekvivalentligiga, qaysiki pragmatik ekvivalentlik deb ham atash mumkin bo‘lgan turkumlarga asoslanadi. U Nidaning (1964) dinamik ekvivalentlik nazariyasiga asoslanib, tarjima tili kitobxonlariga tarjimani so‘zma so‘z qilishga harakat qiladi. Nidaning ekvivalentlikni dinamik va formalniy deb tasniflashiga asoslangan holda, As-Safi (1994) badiiy matnlarni ifodalashda so‘zma-so‘z bo‘lmagan, hatto yanada badiiy bo‘lgan statik yoki badiiy va dinamik tarjima turlarini kiritishni taklif qiladi. Popovich ((in Bassnett, 1988: 32) ekvivalentlik tarjimasini to‘rt turga ajratadi: (1) lingvistik ekvivalentlik: asl matn va tarjima matni lingvistik darajasidagi bir xillik; (2) paradigmatik ekvivalentlik: paradigmatik tasviriy elementlardagi ekvivalentlik, hamda Popovich aytganidek, grammatika elementlari leksik ekvivalentlikdan muhimroq sanaladi; (3) stilistik ekvivalentlik: asl va tarjima matnidagi ekvivalentlik elementlarini tasviriy ifodalash; (4) tekstli (sintagmatik) ekvivalentlik: matn shakli ekvivalentligi; Shularga qo‘shimcha, uchta muhim narsa ko‘zda tutilishi kerak: (1) Ekvivalentlikka asl matn va tarjima matni kontekstida umumiy o‘xshashliklar bo‘lganda erishiladi. (2) Kontekstual ma’no darajasi mutanosib bo‘ladi, ya’ni umumiy o‘xshashlik soni ko‘paygani sari ekvivalentlik oshadi. (3) tarjima har ikki matndagi leksik birliklarning ekvivalentlik darajasiga ko‘ra, umumiy baholash mezoni aniqdan noaniqgacha shkalasida darajalanishi mumkin. Han (1992, in Baker, 2005:78) so‘z darajasida ham ekvivalentlik munosabatlarini to‘rt guruhga bo‘ladi, va biz unga beshinchi xilni taklif qilsak ham bo‘ladi. Birga bir ekvivalentlik – tarjima tilidagi so‘z, asl tilda ham borligi, birga-bir tarjima Birga bir qism ekvivalentlik – tarjima tilidagi so‘z asl tildagi so‘zning bir qisminigina ifodalashi. Masalan, “zakat” so‘zi ingliz tilida “alms” yoki “charity” sifatida tarjima qilinadi. Lekin zakotni butun ma’nosini ifoda qilmaydi. Birga ko‘p ekvivalentlik – tarjima tilida asl tildagi so‘z ma’nosiga mos so‘zning bir nechta bo‘lishi. Ingliz tilidagi, “uncle”, “cousin”, “spouse” bunga misol bo‘ladi. Bu tarzdagi semantik darajadagi ekivalentlikka qo‘shimcha qilib, shunday ekvivalentlikni sintaktik darajada ham uchratish mumkin. Masalan, Arab tilining kichraytiruvchi ot turkumidagi so‘zlari bir nechta ma’noga ega: “nuhayr” – “small river” or “rivulet”. Ko‘pga bir ekvivalentlik – bu yerda ham yagona asl til so‘ziga tarjima tilida bir nechta leksik ma’no borligi, yuqoridagi turkumni teskarisi. Nil yoki nol ekvivalentlik – tarjima tilida asl til so‘zi uchun ekvivalentlikni umuman yo‘qligi. Bunga misol qilib, ijtihat yoki mujtahid va qiyas kabi islomiy so‘zlarni keltirishimiz mumkin. Bu turdagi ekvivalentlik tillar o‘rtasidagi so‘zlar almashunuvi fenomenini keltirib chiqardi, ya’ni Arab tillarida Television, Vedio va Ingliz tilida Algebra so‘zi bir tildan ikkinchisiga o‘tgan. 17. Sinxron tarjima og’zaki tarjimaning eng qiyin turi bo’lib, undan tarjimon gapiruvchi notiqdan bir so’z yoki jumlaga orqada qolib tarjima qiladi, unga tarjima uchun vaqt berilmaydi. Tarjimon bunday paytda ham eshitadi, ham tushunadi, ham tarjima qiladi, ham gapiradi. Mana shu operatsiyalarning barchasini sinxron tarjimon bir vaqtda bajaradi. Bu esa undan chuqur bilim saviyasidan tashqari, tez mulohaza qilish, tez tushunish, tezda to’g’ri va to’laqonli tarjima qilishni talab etadi. Bu tarjima ingliz tilida “simultaneous/synchronous translation” deb yuritiladi. Og’zaki izchil tarjima sinxron tarjimadan oraliqdagi tarjima uchun berilgan vaqtlar bilan, qayta tarjima qilish imkoniyati borligi bilan ajralib turadi. Bunday tarjimada tarjimon avvalo notiqni tinglaydi, keyin uni mulohaza qilib, tarjima qiladi. Bu ingliz tilida “consequent translation” deb ataladi. Yozma-yozma tarjima uzoq tarixga ega. U eng ko’p qo’llaniladigan tarjima turlaridan bo’lib, minglab baidiiy asarlar, millionlab hujjatlar va undan ham ko’proq ilmiy texnikaviy adabiyotlarning tarjimasi hisoblanadi. Bu tarjimani amalga oshirish unchalik murakkab extralingvistik shart-sharoitlarni talab qilmaydi, chunki tarjimonga to’laqonli tarjima berish uchun barcha imkoniyatlar berilgan, yetarli vaqt, istalgan sharoit, qayta-qayta tarjima qilish, kim bilandir kengashish, maslahatlashish kabi katta imkoniyatlar berilgan. Yozma-og’zaki tarjima yozma matnning og’zaki tarjimasi demakdir. Bunday tarjima hayotda ko’p uchrab turadi. Bunga telegrammalar, yo’l-yo’riqlar, xatlar, hujjatlar va hokazolarning tarjimalari misol bo’lishi mumkin. Og’zaki-yozma tarjima ham tez-tez qo’llanib turadi, masalan, qandaydir og’zaki nutqning yozma tarjimasi, og’zaki suhbatning (muloqotning) yozma tarjimasi misol bo’la oladi. Har bir tarjima turi o’ziga xos ahamiyatga ega. Ketma-ket tarjima qilish bu bir tildagi og‘zaki axborot berilgandan so‘ng uni boshqa tilga tarjima qilishdir. Tarjimon so‘zlovchining umumiy fikrlari yoki eng kamida asosiy abzasni tinglaydi va so‘ng tinglash chog’ida yozib olingan eslatmalar (note- taking) yordamida nutqni tarjima qiladi. Tarjimon shu tariqa asosiy so‘zlovchi nomidan ketma- ketlikda so‘zlaydi. Ba'zi so‘zlovchilar bir nechta gap so‘zlab, so'ng tarjimonga tarjima qilishni taklif qilishadi. Tarjimon qisqacha yozib olmasdan ham ishlashi mumkin va u o‘z xotirasida aytilgan gaplami saqlaydi. Shunday qilib, ketma-ket tarjima so‘zlovchining nutqini tinglangandan so’ng bajariladi. Bunday vaziyatda axborotning barcha mazmunini yodda saqlab qolish zarur. Ketma-ket tarjima muzokaralar, konferensiyalar davlat arboblari va siyosiy shaxslaming uchrashuvlarida va delegatsiyani kuzatibyurish chog‘ida qo’llaniladi. Ketma-ket tarjima muammosi ilmiy adabiyotlarda ham yetarlicha muhokama qilinmagan. Ketma-ket tarjima qilish vaqtiga ko'ra 2 bosqichga ajratiladi. Birinchi bosqich, so‘zlovchining nutqini o‘z ichiga oladi va bu bosqichda tarjimon qisqacha nutqni yozib olishi mumkin. Ikkinchi bosqichda tarjimon aytilgan xabarni yozib olganlaridan foydalangan holda tarjima qiladi. Inson hotirasi barcha gapni (maMumotni) yodda saqlab qololmaydi. Tarjimon matnda fikrning mantiqiy zanjirini topishi va so‘zlovchi nutqining semantik asosini ochib berishi muhimdir. Shunday qilib, tarjimon so‘zlovchining gapini yodda saqlab qolish uchun butun matnni tushunish irnkonini beruvchi va gapini asosini yodda saqlab qolishga yordamlashuvchi semantik asosni topib, uni tarjima qilishi zarur. Download 15.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling