Umumiy pedagogika” fanidan amaliy topshiriqlar


Download 3.66 Kb.
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Kb.
#1681596
Bog'liq
umumiy pedagogika fanidan amaliy topshiriqlar-fayllar.org


"umumiy pedagogika" fanidan amaliy topshiriqlar


UMUMIY PEDAGOGIKA” FANIDAN AMALIY TOPSHIRIQLAR 


1.
Hozirgi davrda jahon mamlakatlari ta’lim tizimi va pedagogika
fani rivoji.
2.
Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati
masalalari.
3.
Pedagogik mahoratning asosiy kompanentlari.
4.
O’qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat.
5.
Kommunikativ malakalar ta’sir ko’rsatish.
6.
O’qituvchi faoliyatida muomala madaniyati va psixologiyasi.
7.
Pedagogik takt va pedagogik etika.
8.
Pedagogik texnika haqida tushuncha. Pedagogik texnikani
shakllantirish metodikasi.
9.
Nutq texnikasi va madaniyati.
10.
O’qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish.
11.
O’z-o’zini tarbiyalash va o’z ustida ishlash.
12.
Pedagogik tajribani to’plash tizimi.
Amaliy topshiriqni bajarish shartlari quyidagilardan iborat: 
1.
Yuqorida keltirilgan mavzularning har biriga alohidadan a,b,c,d
variantlaridan iborat 20 tadan ochiq test tuzish. (Mavzulashtirilgan testlarni
pdf. Formatda moodle. platformasiga yuklaysiz. Word farmatdagisini
Telegram orqali fan o’qituvchingizga topshirasiz.)
2.
Yuqorida keltirilgan mavzular orasidan o’zingizga ma’qul
bo’lgan 3 ta mavzuni tanlab yuqori sinf o’quvchilariga 1 soatga mo’ljallangan
dars ishlanma tayyorlang va o’quvchilarni rag’batlantirish uchun tarqatma
matiriallarini tayyorlang. (Tayyorlagan tarqatma materiallarini alohida
papkaga jamlab ism, familiyangiz ko’rsatilgan holatda yakuniy nazoratidan
oldin fan o’qituvchingizga topshirasiz.)
3.
Tursunoy Sodiqovaning “Murabbiylar haqida” keltirgan
fikrlarini sharxlab bering va ushbu fikrlardan iborat slayd yarating. (Slaydni
pdf. Formatda platformaga yuklang.)
4.
6-9 mavzusida 5-6-7-8-9-10-11-sinf o’quvchilariga 45 minutga
mo’ljallangan dars o’tib bering. Ushbu darsni video va foto lavhalarini
tayyorlab bayonnomaga kiriting hamda maktab direktoriga tasdiqlating. (Pdf
formatini platformaga yuklang. Qog’oz variantini fan o’qituvchingizga
topshiring.)
5.
Yuqoridagi mavzularning har biriga “Sinkveyn” metodidan
foydalanib misollar keltiring.





BAHOLASH TARTIBI: 
Hurmatli talabalar sizga berilgan yuqoridagi mavzularning har biriga
amaliy topshiriq shartlariga amal qilgan holda topshirishingiz so’raladi. Har bir
mavzu uchun topshirgan topshirig’ingiz uchun maksimal 20 balldan qo’yiladi.
Umumiy 100 ballni tashkil etadi.
Izoh: hurmatli talabalar!!! Daftarning barcha sahifasida ism
familiyangiz bo’lsin. Ko’chirib jo’natilgan topshiriq javoblarining har 
ikkisiga ham 0 (nol) baho qo’yiladi. Berilgan topshiriqlarning barchasi 
qo’lyozma shaklda bo’lsin.



http://fayllar.org
Download 3.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling