Umumiy psixologiya fanidan “Evolutsion psixologiyaga kirish”


Download 56.5 Kb.
bet1/7
Sana17.02.2023
Hajmi56.5 Kb.
#1209001
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
umumiy 4


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTAMAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI

-----guruh talabasi -------------------------------------------Umumiy psixologiya fanidan


“Evolutsion psixologiyaga kirish mavzusidagi
KURS ISHI

Ilmiy rahbar: ----------------------

Farg‘ona- 2023

M U N D A R I J A


KIRISH..............................................................................................................
I EVOLUTSION PSIXOLOGIYAGA KIRISH VA UNING TUSHUNCHASI
1.1. Evolyutsion psixologiyaga kirish.............................................................
1.2. Psixikaning evolyutsiyasi va vujudga kelishi..........................................
1. Bob yuzasidan xulosa....................................................................................
II BOB EVOLUTSION PSIXOLOGIYA VA UNING MOHIYATI
2.1. Tabiiy va jinsiy tanlanish nazariyalari……………………………………....
2.2. Psixologiya fanining muammolari ................................................................
2.Bob yuzasidan xulosa........................................................................................
XULOSA VA TAVSIYALAR...........................................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI........................................
ILOVALAR……………………………………………………………………...


Kirish

Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim siyosatining muhim masalalaridan biri yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalashdir. Albatta, barkamol inson deganda ma’naviy jihatdan yetuk o’z Vatanining tarixi buguni va kelajagi uchun qayg’uradigan, shuningdek jamiyatning iqtisodiy taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shish ishtiyoqida yonib yashaydigan shaxsni tushunish bugungi kun talabiga mos keladi. Lekin ushbu tushunchaga tahliliy yondashilsa, uning naqadar serqirra murakkab va har tomonlama umuminsoniy qadriyatlarga mos kelishini idrok etish mumkin. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Kelajakda O’zbekiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon ma’naviy jihatdan yetuk farzandlari bilan faxrlanib kelishi lozim”. Yigirma birinchi asr fan va texnikaning yangi bir yuksalish pallasiga kirganligi bilan, shuningdek, qarama-qarshi tizimlar barham topganligi bilan o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. XXI asr jahon sivilizatsiyaga oltin harflar bilan bitilgan son-sanoqsiz zar varaqlarga ega bo’lishi bilan birga ekologiya muammolarining yuzaga chiqarganligi tufayli boshqa asrlardan keskin ajralib turadi. Er kurrasida farovonlik, mo’l-ko’lchilik, tinch, osoyishta hayot bo’lishi uchun qit'alararo, millatlararo hamkorlik yo’lga qo’yilishi, ekologiyani musaffolashtirish uchun strategik qurollar va texnologiyani zararsizlantirish, ona zaminni va moviy osmonni avaylash lozim. Yer farzandi degan nuqtai nazar bilan jahondagi millat va elatlarni hamkorlikka undash orqali abadiylik qonuniyatini saqlab qolish mumkin, xolos.
Ma'lumki, jamiyat va tabiat o’rtasidagi munosabatlarni tadqiqot etishga mo’jallangan fanlardan bittasi psixologiya hisoblanadi. Psixologik bilimlarni ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida tatbiq etish ko’lami kengayib borishi uning mas'uliyati va nufuzi ortayotganligidan dalolat beradi. Xuddi shu bois psixolog mutaxassislarga nisbatan ijtimoiy buyurtmaning ko’payishi ularni hozirgi zamon talabiga javob beradigan darajada tayyorlashni taqozo qilmoqda. Istiqlol harofati tufayli ilmiy yondashuvlarga, oldingi metodologik muammolarga xolisona munosabatda bo’lish imkoniyati vujudga keldi.

Download 56.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling