Umumiy psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari


Download 71 Kb.
bet5/6
Sana24.05.2022
Hajmi71 Kb.
#700287
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Psixologiyaning ilmiy tadqiqot
etil spirt, Abrahamatova Sabina multimedia, 1- курс қўшимчалар, Членская книжка, Членская книжка, Членская книжка, Членская книжка, 2-Amaliy mashgulot (5), 255 Buyruq, 1-Mavzu. Tarix va shaxs, 1493223607 66360, 2029 Электроника Асослари, KURS ISHI titul, XAMRAYEVA ZULXUMOR FARXODOVNA
Iqtisodiyot bilan psixologiyaning o‘zaro aloqasi va hamkorligi ham yangilik bo‘lib, ayniqsa, bozor munosabatlariga bosqichma - bosqich o‘tish sharoitida iqtisodiy ong hamda iqtisodiy xulqning o‘ziga xos namoyon bo‘lish qonuniyatlarini o‘rganishda ikkala fan teng xizmat qiladi. O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq fuqarolarda, birinchi navbatda, yoshlarda yangicha iqtisodiy tafakkur shakllanishining jamiyat iqtisodiy taraqqiyotidagi ahamiyatiga e’tiborni qaratgan edilar. Demak, yangi davr shaxsini tarbiyalash va uning jamiyatga moslashuvi masalasida psixologiya iqtisodiyot fanida qo‘lga kiritgan yutuqlar, yangiliklar va iqtisodiy samaraga erishish omillarini hisobga olsa, iqtisodiyot o‘z navbatida iqtisodiy islohotlarning ob’ekti hamda sub’ekti bo‘lmish inson omilidagi barcha psixologik o‘zgarishlarni aniqlash, tahlil qilish va shu asnoda bashorat qilish vazifasini echishi kerak.

Chet el psixologlari testlarni shaxsning iste`dod darajasini aniqlash vositasi deb bildilar. Biroqtest tekshirilayotgan hodisa-larning psixologik mezoni hisoblanmaydi. Ma`lumki, bir muam-moning yechimini izlash turli psixologik vositalar bilan amalga oshiriladi. Jahon (AQSH, Yevropa va hokazo) testologlari tadqiqot obyektlarini o`zlashtirib turadigan va qobiliyat, tafakkur, bilim ko`nikma hamda malakalarni aralash holda o`rganishga intiladilar. Sinash jarayonida sinaluvchilarning emotsional holati va salomat-ligiga bog`liqruhiy kechinmalarni inobatga olmaydilar. Sobiq It-tifoq psixologlari K.M. Gurevich, V.A. Krutetskiy va boshqalar qo`llaydigan testlar tubdan boshqacha prinsip asosida tuzilgan. Ular testlarningtafakkur ko`rsatkichi (indikatori) bo`lishi uchun harakat qildilar va muayyan yutuqlarga erishdilar. Shuningdek, tafakkur ja-rayonining sifat xususiyatlarini bilmay turib, qobiliyatning mo-hiyatini yoritib bo`lmaydi, degan qoidaga amal qilgan holda testlar-dan foydalanmoqdalar. Hozirgi davrda nodir testlar qatoriga psi-xologlardan Rorshax, Rozensveyg, Kettell, Vartegg, Veksler, Meyli, Ayzenk, Anaztazi, Raven va boshqalar ijodining namunalarini ki-ritish mumkin. Psixologiyada testlar quyidagi turkumlarga, turlarga ajratilgan holda qo`llaniladi. Eng keng tarqalgan testlar qatoriga:


Bilim, ko`nikma va malakalarni egallaganlik darajasini aniq-lashga qaratilgan diagnostik metodlardan biri maqsadga (yutuqqa) erishuv testlari yoki pedagogik testlar deb nomlanadi; bu tur hara-kat testlari (mexanizmlar, materiallar, instrument kabilardan foydalanishga mo`ljallangan), yozma testlar (maxsus blankalardagi savollardan bitta to`g`risini topishga yoki rasmdan muhim tomonini ajratishga yo`naltirilgan), og`zaki testlar (savollar tizimi umumiy ga`lim va kasb ta`limida tayyorgarlik darajasini aniklaydi).
Insonningakl idroki, akl zakovati, aqliy qobiliyati va fikr-lash darajasini o`lchashga mo`ljallangan testlar intellekt testlari deyiladi; ular verbal va noverbal shakllarda tuzilgan bo`lib, aqliy imkoniyat, uquvchanlik, topqirlik, zehn, farosatlilik, aqliy taraq-qiyot darajasini aniqlash uchun xizmat qiladi; test topshiriqlari yo`riqnomasida analogiyaga, umumlashtirishga, tushunchalarga, tavsif-lashga mantiqiy munosabatni aniqlash talab etiladi.
Ijodiyot (kreativlik) testlari shaxsning ijodiy qobiliyatla-rini o`rganish va baholashga mo`ljallangan bo`ladi; ular ijodkor shaxsning hayotiy tajribasini tahlil qilishga va ijodkor shaxsning individual xususiyatlarini (ijodiy tafakkur va uning mahsuldor-ligi: egiluvchanligi, tezkorligi topqirligi, originalligi, tanlov-chanligi, konstruktivligi va hokazo) o`rganishga yo`naltiriladi.
Mezonga mo`ljallangan (kriterial oriyentirlangan) testlartek-shiriluvchidan egallagan va kasbiy topshiriqlarni bajarish uchun yetarli yoki yetarli emasligini aniqlashga mo`ljallangandir. Mezon (kriteriya) sifatida muayyan bilimlar tizimi mavjud yoki mavjud emasligi xizmat qiladi. Mezonning yaratilishi uning mantiqiy-psixologik tuzilishini taxlil qilish asosida quriladi. Bunda me-todika bilan mezonning psixologik mutanosibligi, relevantligi oldindan hisobga olinishi lozim.

Shaxsga oid yoki shaxslilik testlari: shaxsning ustanovkasi, qadriyatlarga munosabati, emotsional holatlari, motivatsiyasi, shaxs-lararo munosabatdagi sifatlari, xulq-atvorining tipik shakllari va hokazolarni o`rganishga, o`lchashga, aniqlashga yordam beradi. Ular shaxsni o`rganish shkalalari, so`rovnomalari va bilim jarayonlarini o`lchash, baholash, o`zini o`zi baholashga yo`naltirilgan bo`ladi. Shu-ningdek, subyektivlikni aks ettiruvchi tekstlar tizimini ham qam-rab oladi.


Proyektiv testlar (lotincha rgospevglo oldinlab, ilgarilab namoyon etish ma`nosini bildiradi): proyeksiya natijalarini psixo-logik talqin qilishga asoslangan shaxsni yaxlit o`rganishga qaratil-gan metodlar majmuasi proyektiv testlar deyiladi. Psixologik himo-yalanishdan tashqari, favquloddagi vaziyatda individualligini o`ziga xos namoyish etish kabilarda mujassamlashadi. Bunday testlar tur-kumi assotsiativ (tugallanmagan gaplar yoki hikoya), ekspressiv (psi-xodrama, o`yinlar, ishbilarmandlik o`yinlari, sotstrening, erkin mavzuda rasm chizish) turlariga ajratiladi. Shaxsning ichki dunyosi mohiyatini subyektning shaxsan o`zi to`laroq namoyish etishga xizmat qiladi.
Shunday qilib, testlar qatoriga yutuqqa (maqsadga) erishish test-lari (ular darsliklarda berilgan bilim, malaka darajalarini ba-holashga qaratilgan), intellekt testlari (akliy taraqqiyot daraja-sini o`lchashga mo`ljallangan), shaxslilik testlari (inson irodasi, emotsiyasi, qiziqishi, motivatsiyasi va hulqini baholashga yo`nalti-rilgan diagnostik metodlardan iboratdir), shaxs «loyihasi» (pro-yektiv) testlari (savollarga bitta aniqjavob berish talab qilinadi, javoblarni tahlil qilib, shaxs xususiyatlarining «loyihasi» ishlab chiqiladi), qobiliyat testlari, xotira testlari kiradi.
Endi testga ayrim misollar keltiramiz.
Ortiqcha so`zni chiqarib tashlang:
A) Yenisey, Dnepr, Sirdaryo, Amur (javob: Dnepr - u Yevropada joylashgan);
B) Petrozavodsk, Ijevsk, Siktivkar, Abakan (javob: Abakan - u Osiyoda joylashgan).
Tajriba (eksperiment) metodi. Bu metod turli yoshdagi va kasbdagi odamlar (chaqaloq, bola, o`spirin, balog`atga yetgan va qarilar)ning psixikasini chuqurroq, aniqroq tadqiq qilish metodlari ichida eng muhimi hisoblanadi. Eksperiment metodi yordamida sun`iy tushun-chalarning shakllanishi, nutqning o`sishi, favqulodda holatdan chi-qish, muammoli vaziyatni hal qilish jarayonlari, shaxsning his-tuy-g`ulari, xarakteri vatipologik xususiyatlari o`rganiladi



Download 71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling