Umumiy siydik tahlili me’yoriy ko’rsatkichlar, o’zgarishi sabablari va patologiyasi. Umumiy siydik tahlili (analizi)- bugungi kunda deyarli har qanday kasallik tashxisida standart laboratoriya tekshiruvidir


Download 17.69 Kb.
Sana09.11.2021
Hajmi17.69 Kb.
#172013
Bog'liq
Umumiy siydik tahlili


Umumiy siydik tahlili — me’yoriy ko’rsatkichlar, o’zgarishi sabablari va patologiyasi. Umumiy siydik tahlili (analizi)- bugungi kunda deyarli har qanday kasallik tashxisida standart laboratoriya tekshiruvidir. Ushbu tahlil shifokorga kasalliklarini tashxislashda juda foydali bo’ladi. Ma’lum bo’lgan toksik moddalarning aksariyati siydikda, bular tuzlar, organik moddalar va hujayra tarkibidagi moddalar erigan holda bo’ladi. Ushbu elementlarning kontsentratsiyasini o’rganish natijasida buyraklar, yurak-qon tomir tizimi va immunitet tizimining holatini aniqlash mumkin bo’ladi. Ushbu maqolada biz sizni umumiy siydik tahlilining barcha ko’rsatkichlari me’yoriy (normal) qiymatlari bilan tanishtirishga harakat qilamiz va ushbu indikatorlarning buzilgan sabablarini qisqacha bayon qilamiz. Siydik tahlili (analizi) Mundarija: [Ko`rsatish] Umumiy siydik tahlilining me’yoriy ko’rsatkichlari Umumiy siydik tahlili- me’yoriy ko’rsatkichlar Siydik rangi Sariq somon rang Siydik shaffofligi Shaffof Siydik hidi O’tkir emas Siydik reatsiyasi yoki pH рН 4-7 oralig’ida Siydik zichligi 1012 gr/l – 1022 gr/l oralig’ida Siydikdagi oqsil bo’lmaydi, 0,033 gr/l gacha Siydikdagi glyykoza bo’lmaydi, 0,8 mmol/l gacha Siydikdagi keton tanalar bo’lmaydi Siydikdagi bilirubin bo’lmaydi Siydikdagi urobilinogen 5-10 mg/l oralig’ida Siydikdagi gemoglobin bo’lmaydi Siydikdagi eritrotsitlar kuzatuv maydonida 0-3 ta(ayollarda) kuzatuv maydonida 0-1 ta(erkaklarda) Siydikdagi leykotsitlar kuzatuv maydonida 0-6 ta(ayollarda) kuzatuv maydonida 0-3 ta(erkaklarda) Siydikdagi epitelial hujayralar kuzatuv maydonida 10 tagacha Siydikdagi silindrlar bo’lmaydi Siydikdagi tuzlar bo’lmaydi Siydikda bakteriyalar bo’lmaydi Siydikda zamburug’lar bo’lmaydi Siydikda parazitlar bo’lmaydi Siydik ranggi Normada siydik ranggi sarg’ish, somon rang, shaffof Siydik rangi iste’mol qilingan oziq-ovqat, dori-darmonlar, suyuqliklar sabab o’zgarishi mumkin. Ammo siydikning to’q rangi jigar kasalliklari (gepatit C, gepatit A, xolesistit) yoki qon (gemolitik anemiya, Villebrand kasalligi) haqida guvohlik berishi mumkin. Siydik rangining o’zgarishi sabablari To’q rangdagi siydik (achchiq qora choy rangi) Jigar kasalliklari (gepatit, tsiroz, jigar yetishmovchiligi, xolesistit), qizil qon hujayralarining ommaviy nobud bo’lishi (qon quyishdan keyin, infektsiyalarning ko’pligi, bezgak). To’q sariq rang Suvsizlanish, ich ketishi, suyuqlikni kam ichish, yurak yetishmovchiligining fonida tananing suvsizlanishi. Oqish yoki rangsiz Qandli diabet, qandsiz diabet, ko’p suv ichish, buyrak patologiyasi. Qizg’ish rang siydik Pigmentli meva va sabzavotlarni (chernika, sabzi, lavlagi, uzum) iste’mol qilish. Qizil rang siydik To’yingan qizil rang siydikda qon mavjudligini ko’rsatishi mumkin. Ushbu alomatlar siydik tosh kasalliklari, qovuq saratoni, buyrak infarkti, pielonefrit, glomerulonefritda kuzatilishi mumkin. Go’sht yuvindisi rangida Jigarrang kulrang siydik, xira. Mumkin bo’lgan sabablar: o’tkir glomerulonefrit, surunkali glomerulonefrit, buyrak toshlari, buyrak infarkti, buyraklar va siydik yo’llarining tuberkulyozi, eritrotsitlarni tezda nobud bo’lishi, dori vositalaridan foydalanish (streptotsid, sulfonal, antipirin, piramidon, trional). Qizil-jigarrang Preparatlarni qo’llash: metronidazol, sulfonilamid preparatlari, yong’oqdan olingan dorilar. Qora rang Bunga Makiyafa Mikelli kasalligi, alkaptonuriya, melanoma kabi kasalliklar sabab bo’ladi Siydikning shaffofligi Siydik shaffofligi me’yori Siydik shaffof Odatda siydik to’lganidan keyin bir necha soat davomida tiniq bo’lishi kerak. Unda kam miqdorda epitelial hujayralar yoki shilliq borligi sababli biroz xiralashishi mumkin. Xira siydik sabablari Qizil qon hujayralarining mavjudligi (buyrak toshi, pielonefrit, glomerulonefrit, qovuq saratoni, prostatit) Leykotsitlar mavjudligi (pielonefrit, sistit) Siydik tarkibidagi bakteriyalarning yuqori darajasi (pielonefrit, sistit) Siydik tarkibida oqsil mavjudligi (pielonefrit, glomerulonefrit, amiloidoz) Siydikdagi epiteliya miqdori (pielonefrit) Tuzlar (urat, fosfat, oksalat) Siydikning maxsus zichligi Siydik zichligi me’yori Yangi tug’ilgan chaqaloqlar(10 kunlikakcha) 1008-1018 g/l 2-3 yoshli bolalar 1010-1017 g/l 4-12 yoshli bolalar 1012 – 1020 g/l 12 yoshdan katta bolalar va kattalar 1010 – 1022 g/l Siydikning nisbiy zichligi undagi moddalarning konsentratsiyasiga bog’liq. Siydik tanadan qanchalik konsentratsiyalangan bo’lib ajralib chiqsa, shunchalik zichroq bo’ladi. Siydikning zichligini uning tarkibidagi tuzlar, shuningdek organik moddalar (oqsil, shakar, bilirubin) va hujayralar (bakteriyalar, leykotsitlar, eritrotsitlar) mavjud bo’lishi aniqlaydi. Siydik zichligining oshishi sabablari (1030 g/l ko’p) Qandli diabet Glomerulonefrit, nefrotik sindrom Siydik bilan chiqariladigan dorilarni yuqori dozalarda qo’llash (antibiotiklar, diuretiklar) Kam suyuqlik ichish Ko’p miqdorda suyuqlik yo’qolishi (qusish, diareya, ko’p terlash) Homilador ayollarning toksikozi Buyrak va siydik yo’llaridagi infektsion jarayon (pielonefrit, sistit) Siydik zichligining pasayishi sabablari (1010 g/l dan kam) Qandsiz diabet Buyrak etishmovchiligi Diuretiklarning ayrim turlarini qo’llash Ko’p suv ichish Zichlik tekshiruvi uchun aniq natija olish uchun yana bir marta Zimnitskiy tahlili qilinishi mumkin. Ushbu tahlil buyraklar faoliyati va aniq tashxisni batafsil o’rganishga imkon beradi. Siydik nordonligi Siydik nordonligi me’yori Siydik pH 4-7 oralig’ida Siydikning nordonligi eng ko’p o’zgaruvchan indeksdir. Hatto kun davomida bu ko’rsatkich sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Bu o’zgaruvchanlikning sababi buyraklar qonning nordonligini saqlab turishda ishtirok etish va filtrlash jarayonida qondan ortiqcha vodorod ionlarini olib tashlashidir. Siydil nordonligining kamayishi sabablari (pH >7) Qonning kislota-ishqor muvozanati buzilishi (nafas olish yoki metabolik alkaloz) Surunkali buyrak yetishmovchiligi Buyrak kanali asidozi Qonda kaliy miqdorining ortishi Paratiroid gormonlari darajasining oshishi (paratgormon) O’simlik ovqatlarining ustunligi Uzoq muddatli qusish Siydik chiqarish tizimning ayrim kasalliklari (ureaplazmoz) Preparatlardan foydalanish — nikotinamid, adrenalin Buyraklar, qovuq saratoni Siydil nordonligining ortishi sabablari (pH >7) Qonning kislota-ishqor muvozanati buzilishi (nafas olish yoki metabolik atsidoz) Qonda kaliy darajasining kamayishi Suvsizlanish Ochlik Qandli diabet Yuqori harorat Preparatlarni qo’llash: aspirin, metionin, diakarb Ko’p go’sht iste’mol qilish Siydikdagi oqsil miqdori Siydikda oqsil miqdori normasi Oqsilning siydikdagi konsentratsiyasi 0,033 g/l dan oshmasligi kerak Siydikdagi oqsilning mavjudligi sabablari Har doim ham siydikda oqsil bo’lishi buyrak shikastlanishi bilan bog’liq emas. Siydikda oqsil bo’lishi (albuminuriya) siydik pufagida va siydik yo’llarida yallig’lanish bo’lganda namoyon bo’ladi. Ba’zan siydikdagi protein(oqsil) sog’lom odamlarda jiddiy jismoniy zo’riqish, uzoq yurish, shamollash va ko’p terlashda paydo bo’ladi. Bundan tashqari, siydikdagi oqsil 7-16 yoshdagi jismonan kam rivojlangan bolalarda va homilador ayollarda aniqlanadi. Buyrak bilan bog’liq bo’lmagan albuminuriya: Allergik reaktsiyalar; Leykemiya (oq qon kasalligi); Epilepsiya; Yurak yetishmovchiligi. Yuqoridagi barcha holatlar bu funktsional albuminuriya. Buyrak bilan bog’liq albuminuriya: Bu har doim buyrak kasalligini ko’rsatadi Albuminuriya 3-5% hollarda o’tkir glomerulonefritga xosdir Surunkali pielonefrit va glomerulonefrit uchun 0,5-1% hollarda Nefrozlarda (homilador ayollarning sifilisi, nefropatiya) siydikdagi protein miqdori yuqori ko’rsatkichlarga (3% dan ortiq) yetadi. Shuning uchun siydikdagi oqsillarni aniqlash juda muhim diagnostik testdir. Siydikdagi glyukoza(qand) miqdori Siydikdagi glyukoza miqdori me’yori Normada siydikda glyukoza bo’lmaydi, biroq uning miqdori 0,8 mmol/l gacha bo’lishi me’yoriy hisoblanadi. Siydikda glyukoza(qand)ning aniqlanishiga qandli diabet yoki buyrak yetishmovchiligi sabab bo’lishi mumkin. Bu holatda qo’shimcha tadqiqotlar zarur bo’ladi. Siydikdagi qandning bo’lishiga diabet xizmat qilgan bo’lsa, qonda glyukoza kontsentratsiyasi qabul qilinishi mumkin bo’lmagan 10,0 mmol / l ga etadi. Va bu endokrinolog shifokorga murojaat qilishga keskin sabab bo’lishi kerak. Siydikda glyukoza(qand)ning bo’lishi sabablari Nefrotik sindrom Qandli diabet O’tkir pankreatit Buyrak diabeti Kushinga sindromi Feoxromositoma Homiladorlik Shirinliklarni me’yordan ortiqcha iste’mol qilish Atseton tanalar — Keton tanalar Atseton(keton) tanalarning me’yoriy ko’rsatkichi Atseton(keton)tanalar mavjud emas Keton tanalari bu aseton, asetosirka kislota va oksimoy kislota. Keton tanalarning siydikda mavjud bo’lishining sababi tanadagi metabolik jarayonlarning buzilishi. Bu holat turli xil patologiyalarda kuzatilishi mumkin. Siydikda keton tanalarning bo’lishi sabablari Qandli diabet Spirtli ichimliklardan zaharlanish(intoksikatsiya) O’tkir pankreatit Bolalardagi asetemik qusish Uzoq muddatli ochlik Oqsilga boy va yog’li ovqatlarni haddan ortiq iste’mol qilish Markaziy asab tizimiga ta’sir qiladigan shikastlanishlar natijasida Qalqonsimon bez gormonlari darajasining oshishi (tireotoksikoz) Itsenko Kushinga kasalligi Siydikdagi bilirubin miqdori Siydikdagi bilirubin me’yori Normada siydikda bilirubin aniqlanmaydi Bilirubin — odatda bilirubin ichakga o’t suyuqligi orqali ajralishi kerak. Ammo ba’zi hollarda qonda bilirubin darajasining keskin o’sishi kuzatiladi, bu holda bu organik moddani tanadan ajratish funktsiyasi qisman buyraklarga to’gri keladi. Siydikda bilirubinning bo’lishi sabablari: Gepatit Jigar sirozi Jigar yetishmovchiligi O’t xalta tosh kasalligi Villebrand kasalligi Qizil qon hujayralarining tezda ko’p miqdorda nobud bo’lishi (bezgak, toksik gemoliz, gemolitik kasallik, o’roqsimon hujayrali anemiya) Siydikdagi urobilinogen miqdori Siydikdagi urobilinogen miqdori me’yoriy ko’rsatkichlari Normada siydikda urobilinogen aniqlanmaydi Urobilinogen- bu o’t suyuqligidagi bilirubindan ichakda hosil bo’lgan organik moddadir. Urobilinogen qisman ichakning qon oqimiga qaytariladi. Qon oqimi bilan urobilinogen jigarga tushadi, u yerda u yana bir necha marta o’t suyuqligi bilan chiqariladi. Bir qator holatlarda jigar barcha kelgan urobilinogenni biriktirishga qodir emas va uning bir qismi umumiy qon oqimiga ketadi. Bunday hollarda urobilinogen buyrak orqali siydik bilan tanadan chiqariladi. Siydikda urobilinogenning bo’lishi sabablari: Eritrotsitlarni tezda ko’p miqdorda nobud bo’lishi (gemolitik anemiya, qon quyish, turli infektsiyalar, sepsis, ma’lum dorilarni qo’llash) Ichakning yallig’lanishi (enterokolit, kolit, ileyit) Jigar yetishmovchiligi (gepatit, jigar sirrozi)
Download 17.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling