Umumiy tabiiy geografiya


Download 7.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/26
Sana15.12.2019
Hajmi7.76 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
75103

UMUMIYTABNY
GEOGRAFIYA
w .
VT 
' ' f t
TOSHKENT

0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI 
OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
UMUMIY TABIIY GEOGRAFIYA
О 'zbekiston Raspublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta Tim vazirligi tomonidan 
5140600 -  Geografiya ta 'tint yo ‘nalishi talabalari uchun 
darslik sifatida tavsiya etilgan
TOSHKENT -  2018

UO‘K:  91(075.8)
КВК  26.8уа73 
ISBN 978-9943-5519-0-9 
G 35
Umumiy tabiiy geografiya  [Матн]  :  darslik  -  «Barkamol 
fayz media», 2018,328 bet.
Mazkur darslik  “ Umumiy tabiiy geografiya ’’ fanidan 5140600- Geografiya 
ta ’lim  yo 'nalishi  uchun  mo'ljallangan  bo'lib,  Mirzo  Ulug'bek  nomidagi 
O'zbekiston Milliy universiteti  “Tabiiy geografiya” kafedrasida tayyorlangan.
Umumiy  tabiiy geografiya  darsligidan  talabalar,  magistrlar,  doktorantlar, 
ilmiy  izlanuvchilar,  professor-o ‘qituvchilar  hamda  shu  sohaga  qiziquvchilar 
ham foydalanishlari mumkin.
Настоящий учебник  no  предмету  «Общая  физическая  география»  по 
специальности  5140600-География  подготовлен  кафедрой  «Физическая 
география»  Национального  университета  Узбекистана  имени  Мирзо 
Улугбека.
Данный  учебник  по  общей  физической  географии  рассчитан  для 
студентов бакалавров, магистрантам, докторантам, научным работникам, 
профессорско-преподавательскому составу и широкому кругу читателей.
Mualliflar: 
0 ‘.Q.Abdunazarov, M.T.Mirakmalov, Sh.M.Sharipov, 
R.A.lbragimova, A.A.Ibraimova.
UO‘K: 91(075.8) 
KBK26.8ya73
Taqrizchilar: 
N.I.Sabitova -  g.f.d., professor;
V.A.Rafiqov -  g.f.d.
ISBN 97^-9943-5519-0-9
АЪЧЗа.Н 
if 
© 0 ‘.Q.Abdunazarov va boshq., 2018.
©«Barkamol fayz media», 2018.

So‘z boshi
Mamlakatimiz  ta’lim  tizimida  amalga  oshirilayotgan  islohotlar 
malakali  mutaxassislami  tayyorlashga  qator  talablami  qo‘ymoqda. 
Ayniqsa,  bu  ta’lim  jarayonining  bevosita  sifatiga  ta’sir  qiladigan 
omillardan biri bo‘lgan yangi o‘quv adabiyotlarini yaratish bilan ham 
chambarchas  bog‘liqdir.  Talabalar  bilimini  oshirish  yoki  mustah- 
kamlashga  qaratilgan har qanday  darslik,  o‘quv  yoki  o‘quv-uslubiy 
qo‘llanma bo‘lsin,  ulaming  barchasi  muhim  ahamiyatga  ega  hisob- 
lanadi.
“Umumiy  tabiiy  geografiya”  oliy  ta’limdagi  geografik  bilim- 
lar  tizimining  eng  muhim,  asosiy o‘quv fanlaridan  biridir.  Bu  fanni 
o‘rganish orqali talabalar geografik qobiqning rivojlanishi,  tuzilishi
bo‘linishi,  tarkibiy qismlari va ulaming  o‘zaro  ta’siri, Yeming  ichki 
tuzilishi,  litosfera,  atmosfera,  gidrosfera,  biosfera  haqida  umumiy 
ma’lumotlar  va  ularda  ro‘y  beradigan  hodisalar,  ulaming  xususi- 
yatlari,  umumiy tabiiy geografik qommiyatlar va ulaming mohiyati, 
inson va tabiat munosabatlarining geografik asoslari haqidagi bilim- 
larga ega bo‘ladilar.
“Umumiy tabiiy geografiya” darsligi oliy o‘quv yurtlari uchun tas- 
diqlangan DTS,  o‘quv reja va fan dasturi asosida tayyorlandi.  Dars- 
likning Geografiya va geografik fanlartizimi mavzusi Sh.M.Sharipov, 
Geografik  bilimlaming  rivojlanish  tarixi,  Olam,  Quyosh  sistemasi, 
sayyoralar, asteroidlar, kometalar, meteor jismlar, Yer - Quyosh siste- 
masidagi  sayyora, Yeming  shakli  va harakatlari,  ulaming  geografik 
oqibatlari, Yeming ichki tuzilishi mavzulari M.M.Mirakmalov;  Geo­
grafik  qobiq,  uning  o‘ziga  xos  xususiyatlari,  tarkibiy  qismlari,  ver- 
tikal  va  gorizontal  tuzilishi,  Yer  po‘sti,  Yer  po‘sti  harakatlari,  Tog‘ 
hosil  bo‘lish  bosqichlari  mavzulari  0 ‘.Q.Abdunazarov;  Gidrosfera, 
uning  tarkibiy  qismlari,  Dunyo  okeani,  Suvning  harakati,  xususi-
з

yatlari,  quruqlikdagi  suvlar ko‘llar,  ulaming  geografik roli,  muzlik- 
lar,  muzloqlar,  to‘rtlamchi  davr  muz  bosishlari,  yer  osti  suvlari,  at- 
mosfera,  uning  tuzilishi,  tarkibi,  atmosfera  bosimi,  havo  massalari, 
shamollar,  ob-havo,  iqlim,  tuproqlar  mavzulari  R.A.Ibragimova  va 
A.A.Ibraimova;  Biosfera,  o‘simliklar  va  hayvonot  dunyosi,  land- 
shaftlar haqida tushuncha, inson va tabiat, tabiiy sharoit va resurslar 
qismlari Sh.M.Sharipov tomonidan yozildi.
4

Reja:
1. Geografiya, geografik fanlar tizimi
2. Tabiiy geografiya fanining ahamiyati
3. Tabiiy geografiyaning tadqiqot usullari
Tayanch  iboralar:  Geografiya,  tabiiy geografiya,  geografik qo- 
biq,  landshaft,  geotizim,  geomor/ologiya,  iqlimshunoslik,  quruq- 
lik  gidrologiyasi,  okeanologiya,  glyatsiologiya,  muzloqshunoslik, 
tuproqlar geografiyasi,  biogeografiyafenologiya.
Yuqori malakali geograf mutaxassislami tayyorlashda umumgeo- 
grafik  qonuniyatlarni  bilishning  ahamiyati  katta.  Tabiat  va jamiyat 
o'rtasidagi  munosabatlaming  yildan-yilga  keskinlashib  borishi  in- 
sonning tabiat qonuniyatlarini chuqur bilishini, shuningdek, tabiatdan 
hamda uning resurslaridan oqilona foydalanishni talab etadi.  Bu esa 
geografik  bilimlami  chuqur bilishni,  tabiatdan  foydalanishda ularga 
amal  qilishni  taqozo etadi.  Bunda talabalar geografik  qobiqning  qo- 
nuniyatlari,  ulaming manbalari,  omillari,  sabab  va oqibatlari hamda 
xo‘jalik  faoliyatida ularga  amal  qilish  kerakligi  haqidagi  bilimlami 
o‘zlashtirgan bo‘lishlari lozim. “Umumiy tabiiy geografiya” fani oliy 
o'quv  yurtlarida  geograf  mutaxassislar  tayyorlashda  ana  shunday 
fundamental bilimlami beradigan “poydevor” fandir.  Shuning uchun 
bu fan talabalarga birinchi semestrdan boshlab o‘qitiladi.
Fan-texnikaning rivojlanishi  ta’sirida keyingi  yillarda geografiya 
fanida  tub  o‘zgarishlar  ro‘y  berdi.  Asosiy  e’tibor  insoniyatni  tabiiy 
resurslar bilan ta’minlashga  qaratildi.  Bu  esa,  o‘z navbatida,  tabiiy 
resurslardan oqilona foydalanish, atrof muhitni muhofaza qilish, ro‘y 
berayotgan  geoekologik  muammolami  chuqur  o‘rganishni  taqozo 
etadi.  Geografiya  fanining  o‘rganish  obyekti  geotizimlar  va  ular- 
ning tarkibiy qismi boigan komponentlari bir-biri bilan chambarchas 
bog‘liqligi  sababli  mazkur  muammolami  o‘rganishda  va  ulaming 
yechimini topishda geografiya fanining o ‘mi beqiyosdir.
1-mavzu: Kirish. Geografiya va geografik fanlar tizimi

Ma’lumki,  geografiya yunoncha  so‘z bo‘Iib, geo  “Yer” graphien 
“yozaman”,  “tasvirlayman”  degan  ma’nolami  bildiradi.  Geograflar 
Yeming tabiatini, uning aholisi va xo‘jaligini hamda umumiy doirada 
Yeming turli  qismlaridagi tabiiy va antropogen jarayonlar orasidagi 
o‘zaro aloqadorlikni, shuningdek Yeming qandayligi, uning iqlimi va 
landshaftlari antropogen ta’sir natijasida o‘zgarishini tadqiq etadi.
Geografiya  geografik  obyektlar,  jarayon  va  hodisalar  haqidagi 
ma‘lumotlami to‘pIash, ularni tasvirlash va tavsiflash bilangina emas, 
balki  ko‘pgina  muammolarga  yechim  topish  bilan  shug‘ullanadi. 
Shunday  qilib,  geografiya  tabiat  va jamiyat munosabatlarining geo­
grafik jihatlarini o‘rganuvchi keng qamrovli fan bo‘lib, uning vazifasi 
fan va texnikaning rivojlanishi bilan o‘zgarib bordi.
Geografiya  dastlab,  asosan  tasvirlash  vazifasini  bajargan.  Uning 
bu vazifasi Buyuk geografik kashfiyotlar davrigacha davom etdi.
XVIII-XIX asrlarga keiib, ya’ni Yer yuzi kashf etilib va tasvirlab 
bo‘linganidan so‘ng, geografiya tahlil qilish va tushuntirish vazifasini 
bajardi. Geograflar to‘plangan ma’lumotlami tahlil qildilar, dastlabki 
gipotezalar va nazariyalami yaratdilar.
Hozirgi geografiyaning muhim vazifasi tabiiy resurslardan oqilona 
foydalanish,  tabiiy muhitni saqlash va yaxshilashning ilmiy asoslari- 
ni ishlab chiqishdir.  Buning uchun tabiiy resurslardan jadal foydala­
nish va kuchli texnogen ta’sir ostida atrof-muhit ildam o‘zgarayotgan 
sharoitda  geografik  qobiqning  rivojlanishi  va  o‘zgarishi  qonuniyat- 
larini  tadqiq  etish  zarur.  Geografiya,  bir  tomondan,  inson  xo‘jalik 
faoliyati  natijasida  tabiatning  o‘zgarish  prognozini  ishlab  chiqish 
bilan  shug‘ullansa,  ikkinchi  tomondan mazkur faoliyatning  tabiatga 
ta’sirini tadqiq etadi.
Hozirgi paytda tabiiy ofatlami о ‘rganish,  ularniprognoz qilish va 
oldini  olishga  ham  alohida  e’tibor  qaratilmoqda.  Modomiki,  tabiiy 
ofatlami texnogen falokatlar tezlashtirar ekan,  aholi  sonining ortishi 
va texnikaning rivojlanishi bilan ulaming ta’siri keng miqyosda ortib 
boraveradi.
Geografiya, geografik fanlar tizimi

Zamonaviy geografiyaning eng muhim vazifalaridan biri inson va 
tabiat munosabatlarini uyg‘unlashtirish,  inson  va  tabiat koevolyutsi- 
yasi strategiyasini ishlab chiqishdir.
Geografiya  fani,  hozirgi  paytda,  o‘rganish  obyekti  va  predmeti 
o‘zaro  bog‘liq  bo‘lgan  hamda  maqsad  va  vazifalariga  ko‘ra  farq- 
lanuvchi bir nechta fanlardan va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlaridan ibo- 
rat bo ‘ lgan geografiya fanlari tizimidir.
Geografiya fanining fanlar tizimidan iborat ekanligi barcha adabi- 
yotlarda e’tirof etiladi. Lekin, uning tarmoqlari haqida gap borganda, 
geograflar yakdil  emaslar.  Bu  borada  adabiyotlarda  bildirilgan  fikr- 
lami  umumlashtirgan  holda,  o‘rganish  obyekti  va  predmeti  hamda 
tadqiqot  prinsiplari  va  metodlaridan  kelib  chiqib,  barcha  geografik 
fanlami beshta guruhga birlashtirish mumkin:
1.  Tabiiy geografiya;
2.  Iqtisodiy-ijtimoiy geografiya;
3.  Kartografiya;
4.  Mamlakatshunoslik;
5.  Oraliq (yoki maxsus) fanlar.
Tabiiy geografiya -  geotizimlaming kelib chiqishi, tuzilishi, max­
sus  faoliyatni  bajarishi,  dinamikasi  va  rivojlanishi  haqidagi  fan.  U 
ham o‘rganish predmetiga qarab uch guruhga bo‘linadi:
1.  Umumiy tabiiy geografiya;
2.  Regional tabiiy geografiya;
3.  Xususiy tabiiy geografik fanlar.
Umumiy tabiiy geografik fanlar guruhiga umumiy tabiiy geografiya, 
landshaftshunoslik va paleogeografiya tegishli.  Umumiy tabiiy geo­
grafiya -  geografik qobiqni yaxlit geotizim  sifatida tuzilishi, maxsus 
faoliyatni bajarishi, dinamikasi va rivojlanish qonuniyatlarini hamda 
hududiy tabaqalanish omillarini o‘rganadi.  U Yeming tabiiy qismlari 
-- litosfera (ustki qatlami), atmosfera (havo), gidrosfera (suv) va bios- 
fera (tirik organizmlar)ga hamda bu qismlar o‘rtasidagi o ‘zaro aloqa- 
dorlikka asosiy e’tibor qaratadi.
Landshaftshunoslik -  geografik qobiqning tarkibiy qismi bo‘lgan 
landshaftlaming kelib chiqishi, tuzilishi, maxsus faoliyatni bajarishi,

dinamikasi va rivojlanish qonuniyatlarini hamda morfologik qismlar- 
ga boiinishini o‘rganuvchi fan. U landshaftlaming tarkibiy qismlari, 
ya’ni  tabiat  komponentlari  o‘rtasidagi  hamda  morfologik  qismlari 
orasidagi o‘zaro ta’sir va aloqadorliklarga e ’tibor qaratadi.
Paleogeogrqfiya -  geografik qobiq va tabiiy sharoitning o‘tgan 
geologik davrlardagi holatini o'rganadi.
Regional  tabiiy  geografiya  -   muayyan  ko‘lamdagi  geotizimlar- 
ning tabiatini, tabiiy resurslarini, tabiiy geografik jarayon va hodisa- 
larini o ‘rganadi. Bunda turli taksonomik qiymatdagi tabiiy geografik 
birliklar o‘rganiladi.
Umumiy va regional tabiiy geografiya fanlari guruhi xususiy tabiiy 
geografik fanlarga asos bo‘ladi va, ayni paytda, ulaming ma’lumotlari 
va xulosalari bilan “oziqlanadi”.
Xususiy tabiiy geografik fanlar -  bu guruhga geografik qobiqning 
alohida  tarkibiy  qismlarini,  komponentlarini,  ulaming  xususiyatlari 
va jihatlarini o‘rganadigan bir qancha fanlar kiradi.
1.  Geomorfologiya -  yer yuzasi relyefining kelib chiqishi, yoshi, 
tuzilishi xususiyatlarini, rivojlanishi va uning u yoki bu shakllarining 
tarqalishini,  relyefiiing  shakllanishida  endogen va  ekzogen jarayon- 
laming ta’sirini o‘rganadigan fan.
2.  Iqlimshunoslik -  iqlim haqidagi fan bo‘lib, uning shakllanishi, 
geografik tarqalishi va vaqt mobaynida o‘zgarishini o‘rganadi.
3.  Gidrologiya  -  Yeming  suv  qobig‘ini  o‘rganadigan  fan  bo‘lib 
okeanalogiya va quruqlik gidrologiyasiga bo‘linadi:  Okeanalogiya -  
Dunyo okeanidagi tabiiy jarayonlar haqidagi fan; quruqlik gidrologi- 
yasi -  quruqlikdagi suv havzalarida ro‘y beradigan jarayon va hodisa- 
laming qonuniyatlarini o ‘rganadi.
4.  Glyasiologiya  -   Yer  yuzidagi,  atmosfera,  gidrosfera  va  litos- 
feradagi tabiiy muzliklami o ‘rganadigan fan.
5.  Geokriologiya (muzloqshunoslik) -  ko‘p yillik muzloq yerlami, 
ulardagi tuproq va tog‘ jinslarini o ‘rganadigan fan.
6.  Botqoqshunoslik -  botqoqliklaming hosil bo‘lishi va rivojlani­
shi, ulardagi tabiiy jarayonlar va yer yuzida tarqalishi qonuniyatlarini 
o‘rganadigan fan.

7.  Tuproqlar  geografiyasi  -   yer  yuzidagi  tuproqlaming  hosil 
bo‘lishi va tarqalishining geografik qonuniyatlarini o‘rganadigan fan.
8.  Biogeografiya -   yer  yuzida  tirik  organizmlami  tarqalishining 
geografik jihatlarini va qonuniyatlarini o‘rganadigan fan bo‘lib, geo- 
botanika va zoogeogrqftyaga bo‘linadi.
Geografiya  boshqa  tabiiy  fanlardan  o‘zining  asosiy  maqsadi 
va tavsifi  bilan  ajralib  turadi.  Yer,  uning  makon va vaqt  davomida 
o‘zgarish holatlari va qonuniyatlarini o‘rganish, tavsiflash va tushun- 
tirish geografiyaning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Yer yuzi­
dagi  voqea  va  hodisalaming  tarqalishidagi  o‘xshashlik  va  farqini, 
o‘zgarishini tahlil qiladi va tushuntiradi.
Turdosh  fan vakillaridan (masalan, biologlar, geologlar, kimyoga- 
lar,  (i/.iklar) farqli ravishda geograflar Yerdagi tabiiy jarayon, hodisa 
va obyektlami geografik qobiq doirasida inson xo‘jalik faoliyati bilan 
bogMiqlikda ma’lum makon va zamonda o‘zgaruvchan tizim sifatida 
o’rganadi.
1.2. Tabiiy geografiya fanining ahamiyati
Tabiiy  geografiya  tabiiy  geografik  jarayonlami,  inson  xo‘jalik 
luoliyatining  tabiiy  muhitga  ta’sirini  o‘rganishni  qamrab  oladi. 
Aslida  tabiiy  geograflami  tabiiy  muhitni  yaxlit  holda  to‘la-to‘kish 
o‘rganishiga  qarab,  ulami  universal  hisoblash  mumkin  (1.2-rasm). 
Shunga  qaramay ko‘pgina tabiiy geograflar fundamental tabiiy geo­
grafik ma’lumotlami to‘plagandan keyin bir yoki ikki mutaxassislik- 
da  o‘z bilimlarini  chuqurroq o‘rganishga harakat qiladilar.  Masalan, 
mcteorolog va  iqlimshunoslar ob-havo  va iqlimga ta’sir etadigan at- 
mosfera komponentlarini chuqur o‘rganadilar. Meteorologlar ob-havo- 
ning kundalik o‘zgarishi kabi atmosfera jarayonlarini o‘rganadilar va 
ular  bu  ma’lumotlardan  ob-havo  sharoitlarini  prognozlashda  foyda- 
lanadilar. Iqlimshunoslar uzoq muddatli o‘rtacha va ekstremal meteo- 
rologik ma’lumotlami,  iqlimning  regional  tasnifi  va tavsifini,  moni- 
toringini, iqlimiy o‘zgarishlar va xavfni anglashni, atmosfera sharoit- 
larining atrof-muhit va inson faoliyatiga ta’sir doirasini o‘rganadilar.

1.2-rasm.  Ugom tizmasida yoz.  Tabiiy geograflar tabiiy muhitga 
ta ’sir qiluvchi jarayonlar va muhim jihatlarni о ‘rganadilar.  Ular 
relyef tuzilishi,  quruqlik,  tuproqlar,  о ‘simlik,  iqlim,  ob-havo va inson 
ta ’sir ко ‘rsatishini о ‘z ichiga oladi.
Ushbu manzarada qanday tabiiy geografik xususiyatlarni ко ‘rish 
mumkin?
T abiiy  g eo g rafiy an in g   m uhim   y o ‘nalish larid an   biri  geom or- 
fo lo g iy a Yer y uzasi re ly e f shakllari  va u lam ing o ‘zgarishlarini, rivoj- 
lanishini  o ‘rganadi.  G eom orfologlar turli  re ly e f shakllari, jaray o n lari 
natijasid a v u ju d g a  k elad ig an  geotizim lam i ham da Yer yuzasi xususi- 
yatlari  m orfo m etriy asi  v a  m orfologiyasini,  ulam in g   xususiyatlarini 
o ‘rganadilar.  R e ly e f shakllari  rivojlanishida  ishtirok  etuvchi  om illar 
Yer  m uhitida  shu  q ad a r  xilm a-xil,  m asalan,  gravitatsiya,  suv  oqim i, 
Yer p o ‘stining h arak atlari, m uz va m uzlik oqim i, vulqon faolligi, ero- 
ziya yoki Yer yu zasid ag i  m oddalar,  va h.k.
B iogeograflar  ek o lo g ik   jara y o n lar  v a  atrof-m uhitning  tab iiy   v a 
antropogen  o ‘zgarishlarini,  u lam ing  tarqalishini  va  tabiatga  ta ’sirini, 
vaq t d av o m id a tirik  o rganizm lam ing o ‘zgarishlarini o ‘rganadilar. U lar 
y an a h ayvo not v a o ‘sim lik turlarini aniqlaydi va u lam ing o ‘zgarishiga 
atrof-m uhit o m illarin in g  t a ’sirini tadqiq  qiladi.
K o ‘pin ch a  geo g raflar  tuproqlam i  xaritaga  tushirish  v a  tadqiq 
etish,  m a ’lum  b ir m aq sad ,  m asalan,  qishloq  x o ‘jalig i  uchun tuproqlar
10

yaroqliligini baholash,  tuproqni tabiiy resurs  sifatida m uhofaza qilish 
ishlarini olib boradi.
M a ’lum ki  suv  Yerdagi  hayotning  m avjudligi  uchun  zarur  b o ‘lib, 
geograflar  suv  obyektlari  va  ulardagi  jara y o n lam i,  harakati,  ta ’siri, 
sifati  va  boshqa  jihatlarini  ken g   tadqiq  qiladi.  U lar  gidrologlar, 
okeanologlar yoki  glyatsiologlar b o ‘lib  xizm at  qiladi.  K o ‘p  geograf­
lar  suv  bilan  b o g ‘liq  tadqiqotlarda,  y a ’ni  k o ‘l,  daryo  havzasi,  buloq 
va  inson  foydalanishi  uchun  yaro q li  y er  osti  m anbalari,  yetarli  suv 
zaxiralari  bilan  ta ’m inlanganligi  va  ifloslanishi  m asalalarini  tadqiq 
qi-lishda suv resurslari boshqaruvchisi  vazifasini  bajaradi.
Tabiiy  geografiya fanining aham iyati:
1.  Tabiiy  geografiya  fanini  o ‘rganish  tabiatni  yaxshiroq  bilishga 
yordam   beradi.
2.  Tabiat  bilan jam iyatning  o ‘zaro  m unosabati,  aloqalari  va  ta ’sir 
ko'rsatishini  ilm iy  asosda  tadqiq  etishga  o ‘rgatadi.  B u  bilan  tabiat­
dan,  uning resurslaridan to ‘g ‘ri foydalanishga im kon tu g ‘diradi.
3.  Tabiatdan  to ‘g ‘ri  foydalanish  bilan  uni  m uhofaza  qilishga 
ko'inaklashadi.
4.  Q ishloq  x o ‘jaligini,  sanoatni  to ‘g ‘ri  tashkil  etishda,  shaharlar 
i|iirilishi,  y o ‘llar o ‘tkazish va bosh q a m uhandislik  inshootlam i  barpo 
etishda tabiiy geografik  bilim lar “p o y d ev o r” boMadi.
5.  Insonning  tabiatdan  foydalanishida,  uni  o ‘zgartirishida,  tabiiy- 
nnlropogen  (m adaniy)  landshafitlar barpo  qilishida tabiat qonunlariga 
asoslanishga o ‘rgatadi.
6.  Insonning  ilmiy,  m adaniy,  m a ’n aviy  saviyasini  benihoya  oshi- 
radi  va h.k.
1.3. Tabiiy geografiyaning tadqiqot usullari
Tabiiy geografik tadqiqotlar tab iiy  m uhitni anglashda, uning tuzili­
shi  va rivojlanish  qonuniyatlarini  tushunib  yetishda  m uhim   aham iyat 
kasb etadi. Tabiiy geografik tadqiqotlar olib borishda ham m a fanlarda 
q o ‘llaniladigan  um um ilm iy  va  faqat  shu  fanga  tegishli  b o ‘lgan  xu- 
susiy  tadqiqot usuliaridan  foydalaniladi.
l i

Hozirgi  paytda  deyarli  hamma  fanlarda  tizimli  tadqiqot  usullari 
keng  qoUlaniladi.  Tizimli  tadqiqot  usulida  har  bir  tabiiy  geografik 
obyekt  o'zaro  ta’sirda  bo'ladigan  turli  xil  tarkibiy  qismlardan  ibo- 
rat yaxlit tizim  deb  qaraladi.  Geografik  qobiqni  tizim  deb  oladigan 
bo‘lsak, u vertikai va gorizontal yo‘nalishda yanada maydaroq tizim- 
larga, mazkur tizimlar esa yanada kichikroq tizimlarga bo‘linib ketadi 
va bu holat eng kichik geotizim bo‘lgan fatsiya darajasiga tushguncha 
davom etadi.
Bundan  tashqari  tabiiy  geografiyada  fanlararo  qo‘llaniladigan 
matematik,  geoximik,  geofizik  va  modellashtirish  usullaridan  ham 
foydalaniladi.
Hozirgi paytda tabiiy geografiyada matematik usullar juda sustlik 
bilan qo‘llanilmoqda. Geografik obyektlar juda murakkab bo‘lganligi 
uchun hozirgacha ularni matematik jihatdan ifodalash ancha murak­
kab  masala  hisoblanadi.  Shunga  qaramasdan  murakkab  matematik 
tahlil usullari geomorfologik tadqiqotlarda keng qo‘llanilmoqda.
Geoximik 
usullar 
landshaftshunoslik  tadqiqotlarida  keng 
qo‘llaniladi.  Geoximik  usul  yordamida  landshafitshunoslikda  kim- 
yoviy  elementlaming  harakati  o‘rganiladi.  Kimyoviy  elementlar 
ko‘proq  balandliklardan  pastqam joylar tomon  harakat  qiladi.  Nati- 
jada landshaftlaming geokimyoviy xususiyatlari turli xil bo‘ladi.
Geofizik  usullar yordamida  landshaftlarda sodir boiadigan  ener- 
giya almashinuvi jarayoni o‘rganiladi.
Modellashtirish usuli tabiiy geografiyada keng qoTlaniladi. Hozir­
gi paytda tabiat va jamiyat o‘zaro ta’sirini modellashtirish tabiiy geo- 
grafiyaning,  ayniqsa  geoekologiyaning  asosiy  muammolaridan  biri 
hisoblanadi.
Geografik tadqiqot usullari miqdoriy (statistik va matematik mo- 
dellashtirirsh)  va  sifat  (kuzatish,  tajriba,  ekspeditsiya)  kabi  turlarga 
bo‘linadi.
Tabiiy  geografiyada  xususiy  tadqiqot  usullari  keng  qoMlaniladi. 
Ular tabiiy geografiyaning o‘zida ishlab chiqilgan usullardir.  Bunday 
usullarga  qiyosiy  tavsif,  ekspeditsiya,  kartografik,  paleogeografik, 
landshaft indikatsiya va boshqa usullar kiradi.
12

Ekspeditsiya  yoki  dala  usuli  tabiiy  geografiyaning  asosiy  usul- 
laridan  biridir.  Geografik  nazariyalar  asosan  dalada  to‘plangan 
ma’lumotlar  asosida  rivojlanadi.  Shuning  uchun  mazkur  usul  antik 
davrdan to hozirgi davrgacha geografik ma’lumotlar olishning va ta- 
biatni hamda xo‘jalikni o‘rganishning  asosiy usuli bo‘lib hisoblanib 
kelmoqda.
Ekspeditsiyalar  kompleks  va  maxsus  qismlarga  bo‘linadi. 
Kompleks  geografik  ekspeditsiyalarda  ma’lum  bir  hududning 
tabiiy  geografik  sharoiti  har  tomonlama to‘la  o‘rganiladi.  Masalan, 
Buyuk  shimol  ekspeditsiyasi  (1733-1743),  akademik  ekspeditsiya­
lar  (1768-1774)  va  boshqalar.  XX  asming  30-yillaridagi  Tojik  Po- 
mir  kompleks  ekspeditsiyasi,  Xorazm  ekspeditsiyalari  ana  shunday 
ekspeditsiyalardan bo‘lgan.
Maxsus  ekspeditsiyalar  tabiatning  ayrim  tarkiblarini  hamda  tar- 
moqlarini  o ‘rganish uchun uyushtiriladi.  Masalan,  geologik  qidiruv 
ekspeditsiyalarida  hududning  geologik  tuzilishi  va  foydali  qazil- 
malari,  tuproqshunoslik  ekspeditsiyalarida  tuproqlar,  landshaftshu­
noslik  ekspeditsiyalarida  landshaftlar  o‘rganiladi.  Bundan  tashqari 
muntazam  ishlaydigan  ekspeditsiyalar ham  tashkil etiladi.  Masalan, 
Tyanshan statsionari 1945-yilda ochilgan.
Qiyosiy tavsif usuli tabiiy geografiyada qadimdan qo‘llanib kelina- 
di. Hozirgi davrda ham mazkur usul geografik tadqiqotlar olib borish- 
ning asosiy usuli hisoblanadi. Qiyosiy tavsif usuli turli hududlarning 
relyefini, iqlimini, ichki suvlarini, o‘simligi, tuproqlari, hayvonot dun- 
yosi, tabiat zonalari va landshaftlarini o‘rganishda keng qo‘llaniladi. 
Mazkur usul mamlakatshunoslikda ko‘proq foydalaniladi.
Kartografik  usul  har  bir  tabiiy  geografik  tadqiqot  ishlarida 
qo‘llaniladi.  Kartografik usul yordamida tabiiy  sharoitning  umumiy 
va xususiy tomonlari tavsiflanadi. Masalan, kompleks xaritalar, tabi­
iy xaritalar,  geologik,  geomorfologik,  tuproq,  o‘simlik,  landshaft va 
boshqa xaritalar.
Aerokosmik  usul  tabiiy  geografik  jarayonlar  haqida  ma’lumot 
olish,  ulami  o‘rganish  va kartalashtirishda juda muhim metodlardan 
hisoblanadi.  Kosmik  suratlarda  geotizimlaming  hududiy  tarqalishi,
13

xilma-xilligi  yaqqol  ko'rinadi.  Kosmik  suratlar  bir  vaqtning  o‘zida 
turli geotizimlarda bo‘layotgan jarayonlami aks ettiradi. bu esa geo- 
tizimlaming dalada har doim ham aniqlashning iloji boimagan che- 
garalari,  ulaming  miqdor  va  sifat  xususiyatlarini  aniqlashga  imkon 
beradi.  Turli  vaqtda  olingan  kosmik  suratlami  taqqoslab  geotizim- 
laming  tabiiy  geografik jarayonlar hamda  inson ta’sirida o‘zgarishi, 
uning jadalligi va boshqa ko‘plab ma’lumotlami olish imkoni katta.
Paleogeografik  usul  tabiiy  geografiyada  geologik  rivojlanish 
davomida tabiy  sharoitning  shakllanishi  va  o ‘zgarishini  aniqlash 
uchun ishlatiladi.  Bundan tashqari mazkur usul ma’lum bir jarayon­
lami rivojlanish  qommiyatlarini aniqlash  asosida ulami o‘zgarishini 
prognoz qilishga imkon beradi.
Hozirgi  paytda tabiiy  geografiyada  injenerlik  geografiyasi  shakl- 
lanmoqda.  Mazkur  fan  tabiiy  geografiya,  injenerlik  geologiyasi 
va  injenerlik  geomorfologiyasi  hamda  injenerlik  ekologiyasi  fan- 
lari  asosida  rivojlanmoqda.  Injenerlik  geografiyasi  mazkur  fanlarda 
qo‘llaniladigan  dala,  laboratoriya va mexanik-matematik  usullardan 
foydalanadi.  Shu  bilan  birga  injenerlik  geografiyasini  o ‘zida  ishlab 
chiqilgan tadqiqot usullaridan keng foydalanadi.
Tadqiqotlar bir qancha bosqichlarda amalga oshiriladi:
1. G‘oyaning tarkib topish bosqichi (tadqiqot muammosini shakl- 
lantirish va uni asoslash);
2.  Tayyorgarlik bosqichi  (tadqiqotni  amalga oshirish  uchun  dast- 
labki ma’lumotlami to‘plash, dalada zarur bo'ladigan jihozlar va huj- 
jatlami tayyorlash);
3. Dala tadqiqotbosqichi (obyekthaqidagi ma’lumotlami to‘plash);
4. Kameral bosqich (to‘plangan maTumotlami tizimga solish, tas- 
niflash va nazaryalar yaratish);
5.Hisobot  bosqichi  (obyektni  baholash  va  taraqqiyotini  prog­
noz  qilish,  nazariyalami  amaliy  qo‘llash  bo‘yicha  tavsiyalar  ishlab 
chiqish).
14

Glossariy
Biogeografiya  (Biogeography)  -   (bio  va  geografiya)  tirik  orga- 
nizmlar  (o‘simlik,  hayvonlar,  zamburug‘lar,  mikroorganizmlar) ja- 
moasi  va ular komponentlari  (tur,  urug‘,  oila va b.) ning Yer yuzida 
tarqalish qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan.
Ekspeditsiya (Exspeditsiya) -  (lotincha tartibga keltirish, yurish) 
biror maxsus (ilmiy, harbiy) topshiriqqa ega bo‘lgan shaxslar guruhi 
va uning safari.
Geoekologiya  (Geoecology)  -   atrof  tabiiy  muhitda  ro‘y  be- 
rayotgan  o‘zgarish  va  ekologik muammolami  geotizimlar doirasida 
o'rganuvchi fan.
Geofizika (Geophysics)  -  (yunoncha geo -  Yer,  fyuzis -  tabiat- 
shunoslik  asosi) Yeming  ichki  tuzilishini,  Yer  qobiqlarida  (atmos- 
iera,  gidrosfera,  yer  po‘sti,  mantiya,  Yer yadrosida)  ro‘y  beradigan 
jarayonlami o‘rganuvchi fanlar turkumi.
Geografiya  (Geography)  -   (yunoncha  geo-  va  grafio)  Yeming 
geografik qobig‘i, uning struktura va dinamikasi, alohida komponent- 
larini hududlar bo‘yicha o‘zaro ta’siri va taqsimlanishini o‘rganadigan 
fanlar tizimi.
Nazorat savollari
1. Geografiya so‘zining ma’nosini ayting?
2. Geografiya fanlar tizimi haqida ma’lumot bering?
3. Qiyosiy tavsif qanday usul?
5. Tabiiy geografik fanlarga qaysi fanlar kiradi?
6. Tabiat komponentlariga nimalar kiradi?
7. Tabiiy geografiya qaysi qobiqni o‘rganadi?
8. Fenologik hodisalarga nimalar kiradi?
9. Tabiiy geografik tadqiqot usullari qanday bosqichlardan iborat?
10. Qaysi qobiq landshaft qobig‘i deb ham yuritiladi?
15

Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 26%20Ер%20хакидаги%20фанлар(геодезия,%20геофизика,%20геология%20ва%20география)
26%20Ер%20хакидаги%20фанлар(геодезия,%20геофизика,%20геология%20ва%20география) -> Sinoptik vakosmik meteorologiya
26%20Ер%20хакидаги%20фанлар(геодезия,%20геофизика,%20геология%20ва%20география) -> Kartashunoslik
26%20Ер%20хакидаги%20фанлар(геодезия,%20геофизика,%20геология%20ва%20география) -> Va kartografiya, g a t texnologiyalari
26%20Ер%20хакидаги%20фанлар(геодезия,%20геофизика,%20геология%20ва%20география) -> Turob tilovov e k ol ogi y a
26%20Ер%20хакидаги%20фанлар(геодезия,%20геофизика,%20геология%20ва%20география) -> O'zbekiston tabiiy geografiyasidan amaliy mashg'ulotlar. Baratov P.pdf [Amu-Buxoro mashina kanali]
26%20Ер%20хакидаги%20фанлар(геодезия,%20геофизика,%20геология%20ва%20география) -> M. J. M axm udova, E. A. Soliyev geografiyadan nostand art testlar
26%20Ер%20хакидаги%20фанлар(геодезия,%20геофизика,%20геология%20ва%20география) -> R. A. Ibragimova, M. T. M irakmalov
26%20Ер%20хакидаги%20фанлар(геодезия,%20геофизика,%20геология%20ва%20география) -> Strukturaviy
26%20Ер%20хакидаги%20фанлар(геодезия,%20геофизика,%20геология%20ва%20география) -> Gidrologiya va iqlimshunoslik
26%20Ер%20хакидаги%20фанлар(геодезия,%20геофизика,%20геология%20ва%20география) -> A. S. Uralov, L. A. Adilova landshaft arxitekturasi

Download 7.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling