Umumiy va noorganik kimyo


Download 458.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana05.12.2020
Hajmi458.05 Kb.
#160387
  1   2   3   4
Bog'liq
d79f350669 1585765475


 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 



TA’LIM VAZIRLIGI 

 

TOSHKENT KIMYO TEXNOLOGIYA INSTITUTI 

YANGIYER FILIALI 

“UMUMIY VA NOORGANIK KIMYO” 

 fanidan laboratoriya mash‘ulotlarini bajarish 

bo’yicha uslubiy qo’llanma 

 

 

Та’lim 



yo`nalishlari: 

 

5320500-Biotexnologiya (oziq-ovqat, ozuqa, kimyo va qishloq 



xo’jaligi) 

 

5610100-Xizmatlar sohasi (umumiy ovqatlanishni tashkil etish va 



servis) 

5640100-Hayotiy faoliyat xavfsizligi 

 

 

 

 

Yangiyer - 2020 


 

 

Mazkur  qo’llanma  oliy  texnika  o’quv  yurtlari  uchun  mo’ljallangan 

bo’lib  “Kimyoviy  texnologiya”    hamda  “Oziq-ovqat  va  biotexnologiya 

texnologiyasi”  yo’nalishi  bo’yicha  bilim  olayotgan  bakalavrlar  uchun 

“Umumiy  va  noorganik  kimyo”  fanidan  amaliy  va  laboratoriya 

mashg’ulotlarni    bajarish,  mavzu  bo’yicha  ko’rsatilgan  namunaga  qarab 

masala  mashqlarni  yechish,  mustaqil  ishlash  uchun  savollarni  o’z    ichiga 

olgan. 

 

Tuzuvchilar:                   PhD.dost.Nabiyev A.A. 

kat.o`q. Eshburiyev T.N 

ass. Mavlyanov M. 

 

Taqrizchi:        O`zbekiston  Milliy  Universiteti  Kimyo  fakulteti  dekani  k.f.d,  prof. 



Qodirova Sh.A 

 

                                           



TKTI  YANGIYER  FILIALI  “Umumiy  fanlar”  kafedrasi  jamoasi  yig’ilishining  20__ 

yil_________dagi ____-sonli majlisida tasdiqlandi.  

 

 

Ushbu  uslubiy  qo’llanma  “Toshkent  kimyo  texnologiya  instituti  Yangiyer 



filiali”  Ilmiy-uslubiy  Kengashining  20_  yil  “__”  ______dagi  __-  sonli 

majlisida tasdiqlandi. 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

SO`Z BOSHI 

«Umumiy  va  noorganik  kimyo»  fanidan  laboratoriya  ishlari  oliy  o`quv  yurtlari 

talabalari  tomonidan  kimyo  fani  bo`yicha  o`tkaziladigan  dastlabki  tajriba  ishlari 

hisoblanadi.  Shuning  uchun  talabalarni,  avvalo  asbob  va  reaktivlardan  foydalanish 

qoidalari hamda asosiy jarayonlarni aniq bajarish texnikasi bilan tanishtiriladi. 

  Ma’ruza materiallarini mukammal o`zlashtirishda laboratoriya mashg`ulotlarining 

ahamiyati  kattadir.  Talabalarning  mustaqil  ta’limini  tashkil  qilish  va  yo`lga  qo`yishda 

laboratoriya  hamda  amaliy  mashg`ulotlar  –  o`quv  mashg`ulotlarining  eng  muhim 

tarkibiy  qismlaridan  biri  hisoblanadi.  Laboratoriya  mashg`ulotlarini  ma’ruza  bilan 

parallel  ravishda  o`tkazilishi  lozimdir,  shundagina  mashg`ulotlar  unumli  va  foydali 

bo`ladi.  O`tilgan  material  yuzasidan  tajriba  o`tkazilib,  unda  bayon  etilgan  fikrlarning 

to`g`riligiga amalda ishonganidan keyingina talaba ma’ruza materialini puxta egallaydi. 

  Talaba  har  bir  laboratoriya  mashg`ulotini  o`tkazishdan  oldin,  shu  mavzuga  oid 

materiallarni  darslikdan  va  ma’ruza  matnlaridan  unga  tegishli  bo`limlarini  o`qib 

chiqishi lozim. 

  «Umumiy  va  noorganik  kimyo»  fanidan  laboratoriya  ishlari  bajarish  bo`yicha 

tuzilgan  mazkur  uslubiy  ko`rsatma  oliy  o`quv  yurtlarining  bakalavriatura  bosqichi 

talabalari  uchun  mo`ljallangan  bo`lib,  unda  kimyoning  asosiy  stexiometrik  qonunlari, 

kimyoviy  reaksiya  tezligi  va  muvozanat,  eritmalar  va  ularning  xossalari,  oksidlanish-

qaytarilish  reaksiyalariga  oid  tajribalar  berilgan.  Talabalarning  nazariy  bilimlarini 

mustahkamlash  maqsadida  savol  va  mashqlar  keltirilgan.  Shuningdek,  uslubiy 

ko`rsatmada  talabalarning  ijodiy  ko`nikmalarini  rivojlantirish  maqsadida  laboratoriya 

tajribalarini  bajarish  uchun  kerakli  asbob  va  reaktivlar  turi  va  ularga  o`rinbosar  bo`la 

oladigan boshqa asbob va reaktivlar ham ko`rsatilgan. Ayrim laboratoriya ishlarida esa 

o`rinbosar  reaktiv  va  asboblarni  talabalarning  o`zlari  tomonidan  tanlanishi  tavsiya 

etilgan.  

  Ushbu uslubiy ko`rsatmadan oliy o`quv yurtlari bakalavriatura bosqichi talabalari 

hamda kasb-hunar kollejlari o`qituvchilari o`quv jarayonida foydalanishlari mumkin. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

SI sistemasidagi kattaliklar birliklari bilan Angliyada qabul  qilingan 



birliklarning o‘zaro mosligi 

Katta

-lik 

SI sistemasi 

Ekvivalent 

birliklar 

Ingliz birliklari 

SI bilan ingliz 

birliklar sistemasi 

orasidagi munosabat 

Uzunl


ik 

1 kilometr 

(km) 

1000 (10


3

) metr  0,6214 mil 

1 mil = 1,609 km 

 

1 metr (m) 



100 

(10


2

)santimetr 

1,094 yard 

1 yard = 0.9144 m 

 

 

1000 millimetr 



(mm) 

39,37 dyuym 

1 fut = 0,3048 m 

 

1 santimetr 



(sm) 

0,10 (10


-2

metrov 



0,3937 dyuym 

1 dyuym = 2,54 sm 

Hajm 

1 metr kub 



(m

3



1,000,000 sm 

kub 


35,31 fut kub 

1 fut kub = 0.02832 m

3

 

1 dm kub 



(dm

3



1000 sm kub 

0.2642 gallon 

1 gallon = 3,785 dm

3

 



 

1 sm kub 

(sm

3



0,001 dm kub 

0,03381unsiya 

hajmlari 

1 unsiya hajmi = 2957 

sm

3

 



Massa 

1 kilogramm 

(kg) 

1000 gramm 



2,205 funt  

1 funt = 0,4536 kg 

 

 

1 gramm (gr)



1000 milligramm 

(mg) 


0.03527 

unsiya 


1 unsiya = 28,35 g 

 

 

 

 

Ayrim moddalarning zichligi (20

o

S va 1 atm). 



Modda 

Fizikaviy holati 

Zichlik (g/cm

3

Vodorod 


Gaz 

0,0000899 

Kislorod 

Gaz 


0,00133 

Spirt 


Suyuqlik 

0,788 


Suv 

Suyuqlik 

0,998 

Osh tuzi 



Qattiq modda 

2,16 


Alyuminiy 

Qattiq modda 

2,70 

Qo‘rg‘oshin 



Qattiq modda 

11,30 


Oltin 

Qattiq modda 

19,30 

 

 



 

 

 

 

 

Laboratoriya ishi № 1 



 

I.  KIMYO LABORATORIYASIDA ISHLASH TARTIBI VA 

LABORATORIYA TAJRIBALARI BAJARISHDAGI TEXNIKA 

HAVFSIZLIGI QOIDALARI 

 

Ishning  maqsadi:

 

Talabada  laboratoriyada  ishlash  tartib  qoidalari  ko`nikmasini  hosil 



qilish. 

 

 



Kimyo  laboratoriyalarida  ishlatiladigan  moddalarning  ko`pchiligi  ozmi-ko`pmi 

inson sog`ligiga ta’sir qiladi. Pala-partish ishlash, e’tiborsizlik, kimyoviy asboblar bilan 

yaqindan  tanish  bo`lmaslik,  kislota  va  ishqorlarning  xossalarini  hamda  xavfsizlik 

texnikasi  qoidalarini  yaxshi  bilmaslik  ko`ngilsiz  hodisalarga  sabab  bo`lishini  har  bir 

talaba uqib olishi zarur. Shuning uchun mashg`ulotlarning birinchi kunidanoq har qaysi 

talaba xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishib chiqishi va unga qat’iy rioya qilishi 

lozim. 

 

Laboratoriya  mashg`uloti  bajariladigan  asosiy  ish  joyi  -  ish  stolidir.  Ish  stoli 



doimo  toza  holatda  bo`lishi  kerak.  Laboratoriya  tajribalari  oq  halat  kiygan  holda 

bajariladi.  Ishlayotganda  shoshmaslik,  reaktivlarni  to`kmaslik  va  sachratmaslik  lozim. 

Shisha sinig`i, qog`oz, gugurt cho`pi, ishlatilgan metall qoldiklarini rakovinaga tashlash 

mumkin  emas.  Ularni  laboratoriyadagi  maxsus  idishlarga  tashlash  lozim.  Shuningdek, 

ishlatilgan eritma va cho`kmalarni ham maxsus idishga to`kiladi. 

 

Tajribalarni  to`g`ri  bajarish  uchun  ishlatiladigan  reaktivlardan  ko`rsatilgan 



miqdorda  olish  lozim.  Distillangan  suv,  spirt  (spirt  lampasidagi),  gaz  va  elektr 

energiyasini tejab sarflash kerak. 

 

Metallarni  tejash  uchun  reaksiyaga  kirishmay  qolgan  metall  bo`lakchalarini  suv 



bilan yuvib, maxsus qo`yilgan idishga yig`ish kerak. 

 

Kimyo  laboratoriyalarida  ishlashda  quyidagi  xavfsizlik  texnikasi  qoidalariga 



rioya qilinishi shart: 

1. Konsentrlangan  kislotalar,  xlor,  yod,  vodorod  sulfid  va  boshqa  moddalar  bilan 

o`tkaziladigan tajribalar mo`rili shkafda  bajariladi. 

2. Xlor, brom, vodorod sulfid va  uglerod (II)-oksid bilan zaharlangan kishini  ochiq-

havoga olib chiqish, so`ngra tegishli yordam ko`rsatish kerak. 

3. Kuchli  kislotalar,  ayniqsa,  konsentrlangan  sulfat  kislotani  suyultirishda  suvni 

kislotaga  emas,  balki  kislotani  suvga  tomchilatib  va  aralashtirib  turgan  holda 

quyiladi. 

4. Ko`zga yoki tanaga  biror  kimyoviy reaktiv sachrasa, zararlangan joyni avval suv 

bilan yaxshilab yuvib, so`ngra shifokorga murojaat qilish lozim. 

5. Vodorod  va  boshqa  gazlarni  yoqishdan  avval  ularning    tozaligini    sinab  ko`rish 

kerak. 


6. Reaktivlarni bir idishdan ikkinchi idishga quyishda idish ustiga engashmaslik kerak. 

7. Simob va uning  bug`i- kuchli zahar. Shuning uchun simobli asbob yoki termometr 

singanda to`kilgan simobni yig`ib olish va bu haqda, albatta, o`qituvchi yoki katta  

laborantga  aytish kerak. 



 

8. Kislota,  ishqor  va  ammiakning  konsentrlangan    eritmalarini  hamda  oson  



bug`lanuvchi  suyuqliklarni    pipetkaga  og`iz  bilan  surib  tortib  olish  yaramaydi. 

Buning uchun maxsus meditsina rezina grushasi (nok) idan foydalanish kerak. 

9. Kislota,  ishqor    va  foydalanilgan  xromli  aralashmani  rakovinaga  to`kish  aslo 

mumkin emas. 

10.  Kumushning ammiakli tuzi eritmasini uzoq vaqt saqlash yaramaydi, chunki vaqt 

utishi natijasida undan portlovchi modda - kumush qaldirog`i hosil bo`lishi mumkin. 

11.  Oson  o`t  oladigan  suyuqliklarni  ochiq  alangada  qizdirish  yoki  unga  yaqin 

keltirish  yaramaydi.  Bunday  moddalar  bilan  bajariladigan  tajribalarni  alangadan 

uzoqroqda va mo`rili shkafda bajariladi. 

12.  Benzin, spirt, efir  o`t olib ketsa,  alanga ustiga qum sepib yoki maxsus vositalar 

bilan o`chirish lozim. Ammo hech vaqt suv sepmang. 

13.  Elektr  asboblarining    ulanishiga  e’tibor  bering,  ular  yaxshi  izolyasiyalangan 

bo`lishi lozim. 

14.  Isitish  asboblari  –  mufel  va  tigel  pechlari,  elektr  plita  va  shunga  o`xshashlarni 

o`tga chidamli tagliklar ustiga quyish kerak. Ishlab turgan asboblarni aslo nazoratsiz 

qoldirmaslik lozim. 

15.  Probirkaga biror modda solib qizdirayotganingizda uning og`zini o`zingizga yoki 

yoningizda turgan odamga qaratib turmang. 

16.  Kimyoviy moddalar mazasini totib ko`rish kat’iyan ma’n etiladi. 

17.  Laboratoriya ishi tugagach, qo`lni yaxshilab yuvish kerak. 

18.  Laboratoriyadan  ketayotganingizda  gaz  gorelkalari  va  suv  quvuri  jo`mraklari 

berkligini hamda elektr asboblarining  o`chirilganligini albatta tekshirib ko`ring. 

 

Har  bir  laboratoriya  mashg`ulotini  o`tkazishdan  oldin,  talaba,  mashg`ulot 



mavzusiga  oid  ma’lumotlarni  darslik,  o`quv  qo`llanmasi  va  ma’ruza  matnlarini  diqqat 

bilan  o`qib  chiqishi,  keltirilgan  laboratoriya  tajribalari  esa  o`rganilgan  nazariy 

ma’lumotlarning amaliy tasdig`i ekanligini to`la tushunib olish lozimdir. 

 

 



II.  KIMYO LABORATORIYASIDA ISHLATILADIGAN IDISHLARI VA 

ASBOBLARI 

 

 



Kimyo  laboratoriyasida  tajribalarni  bajarishda  issiqlikka,  kislota,  ishqor, 

erituvchilar,  oksidlovchi  va  qaytaruvchilar  ta’siriga  chidamli  maxsus  idishlar  va 

asboblar  ishlatiladi.  Talaba  laboratoriyada  ishlatiladigan  idishlar  va  asboblarning  turi, 

hamda ularning vazifalarini mukammal bilishi lozim. 

 

Kimyo  laboratoriyasidagi  barcha  asboblar  2  turga:  umumiy  va  individual 



foydalanish asboblariga bo`linadi. 

 

Umumiy  foydalanish  asboblari  -  tarozilar,  quritish  shkaflari,  qizdirish  va 



kuydirish pechlari, havo surish nasoslari, idish quritgichlar va boshqalar laboratoriyaga 

doimiy qo`yiladi hamda ulardan talabalar yil davomida foydalaniladilar. 

 

Individual  foydalanish  asboblari  –  gaz  yondirgichi,  spirt  lampasi,  shtativ, 



probirkalar, kolbalar, o`lchov silindrlari, menzurkalar va boshqalar talabalar tomonidan 

bajariladigan tajribalar xususiyatidan kelib chiqib foydalaniladi. 



 

 



Talabalar  mashg`ulotga  kelguncha  kafedra  laborantlari  tomonidan  har  bir 

mashg`ulot  uchun  kerakli  asbob  va  idishlarni  laboratoriya  stollari  ustiga  tayyorlab 

qo`yiladi. 

 

Ayrim  laboratoriya  ishlarini  bajarishda  individual  foydalanish  asboblari 



majmuasidan  iborat.  Laboratoriya  qurilmasi  yig`iladi.  Talabalarning  bunday 

qurilmalarni  yig`ishlari  albatta,  laborant  yoki  o`qituvchi  nazorati  ostida  amalga 

oshiriladi. 

 

Quyida  kimyo  laboratoriyalarida  qo`llaniladigan  ayrim  umumiy  va  individual 



foydalanish asboblari hamda ularni ishlatish qoidalari haqida so`z yuritiladi. 

 

1.  Spirt lampasi va gaz yondirgichlari 

Moddalarni isitish uchun elektr plitalari, spirt lampasi va gaz yondirgichlari ishlatiladi 

(3-rasm).  Spirt  lampasi  (3-rasm,  a),  odatda  shishadan  yasalgan  bo`lib,  uning  zich 

berkitib  turadigan  qalpog`i,  paxtadan  tayyorlangan  piligi  bo`ladi.  Unga  denaturat  etil 

spirti  quyiladi.  Spirt  lampadan  foydalanib  bo`lingach,  uning  ichidagi  spirt  uchib 

ketmasligi uchun shisha qalpoqchasi yopib qo`yiladi. 

 

1-rasm. Spirt lampasi va gaz yondirgichlari: 



a) spirt lampasi; b) Teklyu  yondirgichi;  

v) Bunzen  yondirgichi. 

 

 

Kimyo  laboratoriyalariga  tabiiy  gaz  keltirilgan    bo`lsa,  isituvchi  jihoz  sifatida 



Teklyu va Bunzen gaz  yondirgichlari  ishlatiladi. Teklyu yondirgichi (3-rasm, b) taglik 

(1)  va  unga  mustahkamlangan  nay  (2)  bilan  disk  (3)  dan  iborat.  Gaz  o`simta  (4)  ga 

ulangan rezina nay orqali yondirgichga keladi. O`simtadan kiruvchi gaz naycha (6) ga 

va undan ustki uzun nay (2) ga o`tadi. Bu yerda gaz nayning pastki konussimon asosi va 

rezbaga  buralgan  disk  (3)  orasidagi  tirqish  orqali    kirgan  havo  bilan  aralashadi. 

Berilayotgan havoning miqdoriga qarab, gazning yonish darajasi, ya’ni gaz alangasining 

haroroti  o`zgarib  turadi.  Gaz  tutamasdan  va  ovoz  chiqarmasdan  bir  tekis  alanga  berib 

yonishi kerak. Buning uchun diskni gaz to`la yonadigan holatgacha burash kerak. 

 

Yondirgichga beriladigan gaz, asosan, gaz jo`mragi orqali tartibga solib turiladi. 



Buning uchun Teklyu  yondirgichida maxsus vint (5) bor. Bu vintni burab, beriladigan 

gazni kamaytirish yoki ko`paytirish mumkin. 

 

Bunzen  yondirgichida  (3-rasm,  v)  beriladigan  gazni  tartibga  solib  turish  uchun 



nayning pastki qismida gardish (mufta) bilan berkitilgan teshikcha bor. Gardish (3) ni 

burab  gaz  keladigan  teshikchani  butunlay  berkitish,  yoki  ma’lum  darajada  ochib,  gaz 

kelishini kamaytirish yoki ko`paytirish mumkin. 


 

 



2.  Metall shtativlar 

 

Ko`pchilik  kimyoviy  tajribalarni    o`tkazish  va  kimyoviy  laborotoriya 



qurilmalarini  yig`ish  maqsadida    metall  shtativlardan  foydalaniladi.  Metall  shtativ  (4-

rasm, a) taglik (1) va balandligi  25

110 sm, diametri 0,30,8 sm bo`lgan dasta (2) dan 

iboratdir. Shtativga ikkita  to`g`ri   burchakli   gardish (mufta) (3) o`rnatilgan. 

Har  bir  gardishda  diametri  0,5

0,8  sm    keladigan  o`zaro  bir-biriga  tik  ikkita 

yumalok  teshik bo`ladi. Teshiklardan biri gardishni shtativ dastasiga vint (4) yordamida  

mahkamlash uchun xizmat qiladi. 4-rasmdagi shtativ (a), odatda, tomchi usul asboblari 

sifatida  sifatida,  shuningdek  qisqich  va  xalqasi  bir  oz  katta  bo`lgan  shtativ  (v)    esa, 

nisbatan katta asbob va idishlarga qo`llaniladi. 

 

2-rasm. Shtativlar. 



 

3. Kimyoviy va o`lchov shisha idishlar 

 

Tajriba  ishining  mazmuniga  va  qanday  sharoitda  o`tkazilishiga  qarab  kimyo 



labarotoriyalarida  turli  xil  idishlardan  foydalaniladi.  Ko`pincha  shisha  idishlardan  (5-

rasm):    probirka  (1),  stakan  (2),  yassi  tubli,  yumalok  tubli    va  konussimon  kolbalar  

(3,4,5), voronka (6), byuks (7), soat oynasi (8) ishlatiladi. Bunday idishlardan kimyoviy 

reaksiyalarni  o`tkazishda  (probirkalar),  eritmalar  tayyorlashda  va  qaynatishda 

(stakanlar, kolbalar va soat oynasi), moddalarni sintez qilishda (kolbalar), moddalar  va 

ular  eritmalarini  bir  idishdan  boshqa  idishga  quyishda  yoki  filtrlashda  (voronkalar), 

moddalarni saqlashda (byukslar) hamda boshqa  maqsadlarda foydalaniladi. 

 

3-rasm. Kimyoviy shisha idishlar: 1-probirka; 2-shisha stakan; 3-tubi yassi kolba; 4-tubi dumaloq 



kolba; 5- konussimon kolba; 6-voronka; 7-eksikator; 8-likopcvha.  

 

 

Oddiy  kimyoviy    shisha  idishlar  bilan  bir  katorda    suyuqliklarning  hajmini 

o`lchash  uchun  har  xil  hajmdagi o`lchov kolbalari  (4.a- rasm), o`lchov silindrlari (4. 

b- rasm), pipetka, qisqichli va jo`mrakli byuretkalardan (4.c- rasm) foydalaniladi. 



 

   



 

 

 

4-rasm. a-O`lchov kolbalar; b-o`lchov silindrlari; c-o`lchov byuretkalar. 

 

 

Bunday o`lchov idishlarida qaynatish, bug`latish, kimyoviy reaksiyalar va shunga 



o`xshash boshqa jarayonlarni o`tkazish mumkin emas. 

 

Kimyo  laboratoriyalarida  ishlatilgan  idishlarni  toza  holatda  saqlash,  kelgusidagi 



tajribalarni aniq va to`g`ri bajarilishini  ta’minlaydi. Shuning  uchun talaba tomonidan 

tajribalarni    bajarib  bo`lingach,  darhol  ishlatilgan  idishlarni  laborant  ko`rsatmasi 

bo`yicha, dastlab oddiy suvda yuvib, so`ngra distillangan suvda chayib, maxsus quritish 

moslamalarida quritilishi lozim. 



 

4. Laboratoriya elektron tarozilar 

Laboratoriya tarozilari – deyarli barcha soha laboratoriyalarida yuqori aniqlikda 

ishlovchi,  og`irlikni  o`lchovchi    qurilma.  Hozirgi  kunda  elektron  tarozilarni  ilm  va 

texnikaning  zamonaviy  yutuqlaridan  foydalanib  ishlab  chiqarilmoqda.  Aniqlik 

bo`yicha laboratoriyada qo`llanadigan tarozilar ikki xil bo`ladi: analitik tarozilar 

(0,1  mg  dan  ko'p  bo'lmagan  o'lchamda)  va  aniq  o'lchovchi  tarozilarga  (1  g  dan  1  mg 

gacha  bo'lgan  ajratma  bilan)  bo'linadi.  Ba`zi  tarozilar  qo`shimcha  funksiyalarga  ega, 

masalan  gidrostatik  o`lchash  (suyuqliklarni  va  qattiq  moddalarni  zichligini  aniqlash), 

dinamik  o`lchash  va  h.k.  Laboratoriya  ko'lamlari  kalibrlash  turiga  qarab,  ya'ni  tashqi 

og'irliklar,  ichki  og'irliklarni  kalibrlash  va  avtomatik  kalibrlash  bilan  laboratoriya 

ko'lamlari bo'yicha tasniflanishi mumkin. 



 

 

 

5-rasm. Elektron tarozilar 

 

 

 



 

 

10 

 

2-Laboratoriya ishi 



NOORGANIK BIRIKMALARNING MUHIM SINFLARI 

 

Ishning  maqsadi: Anorganik birikma sinflari: oksid, asos, kislota, tuz.  Ularning  

turlari.  Moddalarni  bir  -  biridan  ajrata  olish.    Kimyoviy    xossalarini  o`rganish.   

Kimyoviy  jarayonning  borish  ketma-ketligini  farqlash.  Moddalarning  olinish  

rеаksiyalarini  o`rganish. 



Kerakli  reaktiv  va  jihozlar:  H

2

O-distillangan  suv,    HCI-xlorid  kislota  (rangsiz 



eritma), NaOH - o’yuvchi natriy (rangsiz eritma), Ca(OH)

2

-oxakli suv (rangsiz eritma), 



CaCO

3

-kalsiy karbonat (marmar tosh), CoCI



2

-kobalt (II )xlorid (pushti rang eritma), S-

oltingugurt (sariq kukun), Mg-magniy (yaltiroq metall), AICI

3

-alyuminiy xlorid (rangsiz 



eritma), CuSO

4*

5H



2

O-mis kuporosi (havo rang eritma), Pb(NO

3

)

2



-qo’rg’oshin (II) nitrat 

(rangsiz  eritma),  (NH

4

)

2



Cr

2

O



 



ammonidixromat,  NaCI-natriy  xlorid.  Indikatorlar- 

neytral  lakmus  (siyox  rang  eritma),  fenolftalein  (rangsiz  eritma),  metiloranj  (sarg’ish 

eritma), universal indikator va lakmus qog’ozlari.  

Mo’rili  shkaf,  Kipp  apparati,  probirkalar,  shisha  stakanlar,  spirt  lampa,  shisha 

plastinkalar, metall qoshiqcha, qisqich, Shuster tomizgichi.  

 


Download 458.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling