Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha budjetdan tashqari jamg‘armani tashkil etish to‘G‘risida


Download 37.25 Kb.
Sana19.07.2020
Hajmi37.25 Kb.
#124285
Bog'liq
UMUMTA


UMUMTA’LIM MAKTABLARI, KASB-HUNAR KOLLEJLARI, AKADEMIK LITSEYLAR VA TIBBIYOT MUASSASALARINI REKONSTRUKSIYA QILISH, MUKAMMAL TA’MIRLASH VA JIHOZLASH BO‘YICHA BUDJETDAN TASHQARI JAMG‘ARMANI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA

(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)

 LexUZ sharhi

Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-avgustdagi PQ-3242-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.

Qayd etib o‘tilsinki, Qadrlash tayyorlash milliy dasturini va maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish natijasida respublikada xalqaro standartlarga mos keladigan uzluksiz majburiy umumiy hamda o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining 12 yillik tizimi vujudga keltirildi. 1536 ta akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, amalda barcha umumta’lim maktablari, ta’lim muassasalari qoshidagi 1817 ta sport zallari namunaviy loyihalar asosida barpo etildi, mukammal rekonstruksiya qilindi hamda zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, mebel va o‘quv asbob-anjomlari bilan jihozlandi.

Ta’lim muassasalarining barpo etilgan moddiy-texnika bazasidan samarali foydalanish va muttasil yangilab borishni ta’minlash, ularni tizimli asosda eng zamonaviy kompyuter texnikasi, o‘quv-laboratoriya uskunalari, mebel va asbob-anjomlar bilan qayta jihozlashni, shuningdek ilg‘or ta’lim texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya tizimlarini o‘quv jarayoniga keng tatbiq etish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011-yil 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasini tugatib, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha budjetdan tashqari jamg‘armani tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.

2. Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha budjetdan tashqari jamg‘armaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)

Jamg‘armaga kelib tushayotgan mablag‘larni keyinchalik ulardan ta’lim muassasalari — umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini jihozlash (to‘liq jihozlash) maqsadida foydalanish uchun jamlash;

ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, shu jumladan, zarur hollarda o‘quv korpuslarini o‘quv ustaxonalari va laboratoriyalar bilan kengaytirish, sport zallari va maydonchalarini hamda boshqa infratuzilma obyektlarini barpo etish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish;

zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, tasdiqlangan normativlardan kelib chiqib, ta’lim muassasalarini eng yangi o‘quv-laboratoriya va ishlab chiqarish uskunalari, kompyuter texnikasi hamda axborot-kommunikatsiya ta’lim texnologiyalarining boshqa elementlari bilan, shuningdek o‘quv mebeli va asbob-anjomlari bilan tizimli qayta jihozlash hamda to‘liq jihozlashni moliyalashtirish;

tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq sog‘liqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish;

(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-yanvardagi PF-4416-sonli Farmoniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 3-4-son, 26-modda)

zamonaviy talablar va belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda, sog‘liqni saqlash muassasalarini eng yangi laboratoriya, diagnostika va davolash uskunalari, kompyuter texnikasi hamda boshqa tibbiy apparatlar, maxsus mebel va anjomlar bilan jihozlashni hamda doimiy ravishda tizimli qayta jihozlashni moliyalashtirish.



(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-yanvardagi PF-4416-sonli Farmoniga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 3-4-son, 26-modda)

3. Belgilab qo‘yilsinki, tugatilayotgan budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasining barcha aktiv va passivlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha budjetdan tashqari jamg‘armaga topshiriladi.



Oldingi tahrirga qarang.

(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-yanvardagi PF-4416-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 3-4-son, 26-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-yanvardagi PF-4416-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchnchi yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 3-4-son, 26-modda)

6. Quyidagilar:

hududiy moliya boshqarmalarining tuzilmasida moliya organlari bo‘yicha belgilangan boshqaruv xodimlari soni doirasida 2 nafar xodimdan iborat Jamg‘arma mablag‘larini hisobga olish, ulardan foydalanishni tahlil va monitoring qilish sho‘basi;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparatining belgilangan xodimlar soni doirasida 3 nafar xodimdan iborat Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat sho‘basi;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining operatsion boshqarmasi tuzilmasida 2 nafar xodimdan iborat hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmalarining operatsion bo‘limlarida moliya organlari uchun belgilangan xodimlarning umumiy cheklangan soni doirasida 1 nafar xodimdan iborat sho‘ba;

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tuzilmalarida boshqaruv xodimlari soni markaziy apparatlarda 3 nafardan iborat bo‘lgan ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (to‘liq jihozlash)ning manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish va monitoring qilish guruhlari hamda ularning hududiy boshqarmalarida mazkur tuzilmalarning belgilangan boshqaruv xodimlari soni doirasida 2 nafardan iborat tegishli sho‘balar tashkil qilinsin.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining tuzilmasiga tuman (shahar) moliya bo‘limlaridagi tegishli lavozimlarni qisqartirish hisobiga ta’lim muassasalari binolarining texnik holati, infratuzilmasi va jihozlanishi masalalari bo‘yicha 1 nafardan mutaxassis (muhandis) lavozimini kiritsin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasining mablag‘laridan, ayniqsa, ta’lim va tibbiyot muassasalarini zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, shuningdek laboratoriya, diagnostika, davolash uskunalari hamda boshqa tibbiy apparatlar, maxsus mebel va anjomlar bilan to‘liq jihozlash bo‘yicha aniq maqsadni ko‘zlab va oqilona foydalanish ustidan tizimli asosda doimiy monitoring olib borsin.



(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)

8. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ishtirokida hududlar bo‘yicha ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashga oid takliflarni shakllantiradilar hamda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini tasdiqlash uchun belgilangan muddatdan uch oy oldin mana shu takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligiga kiritadilar;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga kelib tushadigan mablag‘lar doirasida Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda Budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb- hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash Dasturining uzil-kesil parametrlarini shakllantiradilar hamda uni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining loyihasi kiritiladigan muddatlarda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadilar;



(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)

Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash Dasturi har yili tasdiqlanadigan Investitsiya dasturiga mustaqil bo‘lim sifatida kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda ikki hafta muddatda Jamg‘arma to‘g‘risidagi nizomni hamda Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning har yilgi Dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash Tartibini tayyorlasin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

9. Quyidagilar:

Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi vazifasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmati zimmasiga;

ta’lim muassasalarini jihozlash (to‘liq jihozlash) bo‘yicha buyurtmachi vazifasi, berilgan vakolatlar doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi zimmasiga yuklansin.

10. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, boshqa ommaviy axborot vositalari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlarni, ta’lim muassasalarining barpo etilgan moddiy-texnika bazasi negizida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan o‘quv jarayonida foydalanishning ijobiy tajribasini keng yoritsin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni, ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning har yilgi Dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash Tartibini, shuningdek, ta’lim standartlarining talablarini hisobga olgan holda, umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, mebel va anjomlar bilan jihozlashning yangilangan normativlarini tasdiqlasin.

Mamlakatimizda 2020-2022 yillarda “Zamonaviy maktab” loyihasi bo‘yicha umumta’lim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va jihozlashga 4,05 trln. so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

2019 yilning 26 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Zamonaviy maktablar”ni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Mamlakatimiz rahbari o‘quvchi-yoshlarning sifatli ta’lim-tarbiyasi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida xalqaro talablarga muvofiq ilg‘or arxitektura yechimlari va energiya tejaydigan texnologiyalar asosida qurilib jihozlangan “Zamonaviy maktablar”ni tashkil etishni ma’qulladi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga 2020 yilning 1 martiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda xorijiy tajriba va mamlakatning tabiiy iqlim sharoitlariga mos, ekologik toza materiallar va energiyaning muqobil manbalari, energiya tejovchi hamda ilg‘or texnologiyalar va muhandislik yechimlarini qo‘llashni nazarda tutuvchi “Zamonaviy maktab”larni qurish va rekonstruksiya qilishning namunaviy loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash topshirildi.

Shuningdek, 2020 yil 1 martga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini zamonaviy mebel va jihozlar, o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, o‘quv-uslubiy materiallar, kompyuter va multimedia hamda video-kuzatuv vositalari bilan jihozlashning yangi me’yorlarini ishlab chiqish tasdiqlandi.

2020 yil 1 martdan boshlab davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash, moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, “Zamonaviy maktab”larni qurish va rekonstruksiya qilishning namunaviy loyihalari va jihozlash me’yorlari asosida amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, Prezident “Zamonaviy maktab”larga qo‘yiladigan talablarni, shu jumladan, mazkur maktablarning darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, badiiy va boshqa adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasiga, o‘quv-tarbiya jarayoniga hamda darsdan tashqari faoliyatiga hamda rahbar va pedagog kadrlariga qo‘yiladigan talablar, shuningdek darsdan tashqari tadbirlarga talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida ko‘rsatma berdi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida "Zamonaviy maktablar" talablariga asoslanib, umumta’lim maktablarini baholash mezonini yaratish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

“Zamonaviy maktablar”ga qo‘yiladigan talablarga mos keladigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga tegishli darajadagi muvofiqlik sertifikati beriladi.

“Zamonaviy maktab” muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining rahbar va o‘qituvchilariga ish haqi hamda moddiy rag‘batlantirishning yuqori stavkalari qo‘llaniladi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” mahalliy va xorijiy kompaniyalar vakillarini jalb qilgan holda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini “Zamonaviy maktab” talablari asosida baholab, muvofiqlik sertifikatlarini beradi.

Markaz “Zamonaviy maktab” talablari asosida baholash bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari reytingini aniqlashning elektron platformasini ishga tushiradi.

Markaz mutaxassislari umumiy o‘rta ta’lim maktablarni zamonaviy maktab talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar ham ishlab chiqadi.

Qurilish-ta’mirlash ishlarining sifatini O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “O‘quv ta’lim-ta’minot” Davlat unitar korxonasi ta’minlaydi. Shuningdek, yangidan quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan hamda mukammal ta’mirlanadigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini jihozlash va kapital ta’mirlash bo‘yicha loyihalash va qurilish ishlari sifatini nazorat qiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli viloyatlar hokimliklari huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyalari umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun loyihalarning “Injiniring kompaniyasi” DUK texnik topshirig‘i asosida ishlab chiqilishi va kelishilishini hamda loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish bo‘yicha “Injiniring kompaniyasi” DUK bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzilishini ta’minlaydi.



Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash jarayonida sifatsiz bajarilgan, belgilangan texnik talablarga mos kelmagan holda bajarilgan hamda ortiqcha hajmda ko‘rsatilgan qurilish-montaj ishlari bo‘yicha undirilgan summalarning 90 foizi tegishli ob’ektlardagi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun bo‘ysunuviga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining maxsus shaxsiy g‘azna hisob varaqalariga, 10 foizi esa “Injiniring kompaniyasi” DUKning maxsus hisob raqamiga, xodimlarni rag‘batlantirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash tadbirlariga yo‘naltiriladi.

Har qanday yurtning kelajagi yorug‘ligini uning maktablariga qarab bilish mumkin. Zero, bu maskanda mamlakatning istiqbolini hal qiluvchi yangi avlod kamolga yetadi. Maktablarimizda o‘quvchilarning har tomonlama chuqur bilim olishi uchun sharoit yetarlimi? Bilim berish darajasi qanday? Bu savollar davrimizning eng dolzarb masalasi. Yurtimizda maktablarning shart-sharoiti, moddiy-texnik bazasini yaxshilash borasida qator davlat dasturlari amalga oshirilyapti: bosqichma-bosqich yangi maktablar qurildi, mavjudlari rekonstruksiya qilindi, ta’mirlandi. 2019-yilning 26-noyabr kuni Prezidentimiz tomonidan “Zamonaviy maktab”larni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Bu keng jamoatchilikda endi yurtimizda yangi davr maktablari paydo bo‘ladi, degan umid uyg‘otdi. Mazkur qaror mazmun-mohiyati xususida kengroq ma’lumot olish maqsadida xalq ta’limi vazirligining xalq ta’limi muassasalarini qurish, ta’mirlash va jihozlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Eldor Tojiboyev bilan suhbatlashdik.

— Avvalo, ushbu qarorning maqsadi, mazmun-mohiyati bilan kengroq tanishtirsangiz.

— Qabul qilingan hujjat mamlakatimizda yangi turdagi umumta’lim muassasalarini barpo etish va muqad­dam qurilgan binolarni bosqichma-bosqich zamon talablariga moslashtirishga qaratilgan. Qaror asosida kelasi uch yil davomida quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va ta’mirlanadigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi. Uch yil davomida bu maqsadlarga deyarli 4,1 trln so‘m mablag‘ yo‘naltirish rejalashtirilgan.

2020-yilning 1-martiga qadar xorijiy tajriba va mamlakatning tabiiy iqlim sharoitlariga mos, ekologik toza material­lar va energiyaning muqobil manbalari, energiya tejovchi hamda ilg‘or texnologiyalar va muhandislik yechimlarini qo‘llashni nazarda tutuvchi “Zamonaviy maktab”larni qurish va rekonstruksiya qilishning namunaviy loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi topshirildi.

Shuningdek, 2020-yilning 1-marti­ga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasa­larini zamonaviy mebel va jihozlar, o‘quv-laboratoriya uskunalari, o‘quv-uslubiy materiallar, kompyuter va multimedia hamda videokuzatuv vositalari bilan ta’minlashning yangi me’yorlari ishlab chiqiladi.

— Qaror qabul qilinishi oldidan respublikadagi barcha maktablardagi holat o‘rganib chiqildimi? Ahvol va mavjud xulosalar qanday edi?

— Ushbu qarorni ishlab chiqishdan oldin respublikadagi barcha maktablar­ning moddiy-texnik ta’minoti, holati joylarga chiqib o‘rganildi. Natijada 3 ming(30 foiz)dan ortiq maktablar ta’mirtalab­ligi ma’lum bo‘ldi.

Ta’kidlaganimdek, qaror asosida 2020–2022-yillarda “Zamonaviy maktab” mezonlari asosida umumta’lim muassasalarini barpo etish dasturi va umumta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha dastur­ning asosiy parametrlari tasdiqlandi. Dastur doirasida 48 ta yangi maktab quriladi, 452 tasi rekonstruksiya qilinadi, 299 tasi mukammal ta’mirlanib, zamonaviy ko‘rinishga keltiriladi. 796 ta ta’lim dargohi 241 mln so‘m hisobiga yangi o‘quv mebellari bilan jihozlanadi. Shuning­dek, ushbu dastur 2020–2022-yillar­dagi Investitsiya dasturlariga muvofiq amalga oshirilishi belgilanganligi sababli qaror ilovalaridagi maktablar soni ko‘payishi kutilmoqda. Shunga ko‘ra, 2020–2022-yillar davomida dasturga kiritilgan maktablar soni mingdan ort­-moq­da. Xususan, 76 ta yangi maktab qurilib, buning natijasida 32449 ta yangi o‘quv o‘rni, 2400 ga yaqin ish o‘rni yaratiladi. 535 ta maktab rekonstruksiya qilinib, ularda 212329 ta yangi o‘quv o‘rni yaratiladi. Mazkur maktablarning qamrov koeffitsiyenti 1-navbatga tushadi. 411 ta maktab mukammal ta’mirlanib, zamo­naviy ko‘rinishga keltiriladi. Shuning­dek, mingdan ortiq maktablar 457,1 mln so‘m hisobiga yangi zamonaviy o‘quv jihozlari bilan ta’minlanadi.

Jami 1022 maktab qamrab olina­yotgan bo‘lsa, ularning 196 tasi shahar, 826 tasi qishloq va olis hududlarda joylashgan maktablardir. Bundan ko‘rinib turibdiki, qishloq joylardagi maktablar ko‘proq qamrab olingan bo‘lib, maqsad qishloq va shahar maktablari o‘rtasidagi tafovutning qisqarishiga erishishdir.

Bundan tashqari, qarorda yana bir muhim topshiriq belgilanmoqda. Unga ko‘ra, qaror manzilli ro‘yxatlarida ko‘zda tutilmagan, biroq moddiy-texnik bazasi nochor bo‘lgan maktablarni “Zamonaviy maktab” darajasiga keltirish uchun xalqaro moliya institutlarining grant va kredit mablag‘larini jalb qilish topshirilgan. Bu nima degani? Yaqin uch yilda nafaqat respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan, balki xalqaro moliya institutlarining grant va kredit mablag‘larini jalb qilish orqali bundan ham ko‘proq maktablarda “Zamo­naviy maktab” namunaviy loyihalari va jihoz­lash me’yorlari asosida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

— Xalqaro va milliy mezonlarga javob beradigan zamonaviy maktab sizningcha qanday bo‘ladi?

— Zamonaviy maktab shart-sharo­it­lari va ta’lim sifati bo‘yicha minimal talablarga javob berishi kerak. Maktablarda yetarli o‘quv xonalari, texnika va jihozlar bo‘lishi lozim. O‘qituvchilar ham bilimli bo‘lishi, maktabda yaratilgan sharoitlardan to‘liq foydalangan holda bolalarga puxta bilim berishi kerak. Zamonaviy maktabda darsdan tashqari to‘garaklar tashkil etilishi va bola muvaffaqiyatlarga erishishi uchun kerakli bilimlar berilishi zarur.

Hozirgi kunda respublikada faoliyat yuritayotgan umumta’lim muassasalari faoliyatini “Zamonaviy maktab” mezonlari asosida baholash shartlari va tartibi ishlab chiqilmoqda. Mazkur hujjatda zamonaviy maktablarga qo‘yiladigan talab­lar aniq qilib belgilanadi.

2021-yildan boshlab respublikadagi moddiy-texnik ta’minoti bilan bir qatorda ta’lim berish sifati yuqori darajada bo‘lgan, tasdiqlangan baholash mezonlariga javob beradigan umumta’lim muassasalariga “Zamonaviy maktab” maqomi (statusi) beriladi. “Zamonaviy maktab” muvofiqlik sertifikatini olgan maktablarning direktori, o‘qituvchi va o‘quvchilarini moddiy-ma’naviy rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Bu o‘z navbatida barcha maktablar pedagogik jamoasini “Zamonaviy maktab” maqomini olish uchun bir jamoa bo‘lib harakat qilishga undaydi.

— 2004–2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi doirasida ham mamlakatimizda ko‘plab maktablar kapital ta’mirlanib, rekonstruksiya qilingan edi. Undan keyin Investitsiya, “Obod mahalla”, “Obod qishloq” dasturlari bo‘yicha ham yangi, zamonaviy maktablar qurildi. Bu dasturlar bo‘yicha respublikadagi maktablarni qamrab olish darajasi qanday bo‘lgan edi? Va bu dastur doirasida amalga oshirilgan ishlardan “Zamonaviy maktab” loyihasi doirasida qilinadigan ishlarning qanday farqi bor?

— Davlat dasturlari doirasida 2004–2019-yillar mobaynida 9454 ta maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Bu ishlarga o‘tgan 15 yil davomida jami 5,7 trln so‘m mablag‘ sarflangan. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, o‘tgan davr mobaynida 4200 dan ortiq maktabda rekonstruksiya (qo‘shimcha bino qurish) ishlari amalga oshirilgan bo‘lsa-da, ushbu maqsadda ajratilgan mablag‘lar faqatgina xomg‘isht, paxsa, yog‘och va loydan qurilgan maktablarga namunaviy loyiha asosida o‘quv binolari qurishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, maktablarda o‘quvchi soni oshib ketishi natijasida qo‘shimcha binolar quril­gan. Biroq, asosiy muammo shundaki, 2004–2019-yillar mobaynida ajratilgan mablag‘lar faqatgina o‘quv binosining sinfxonalari uchun sarflangan. Maktab faollar zali, kutubxona, oshxona, qiz va o‘g‘il bolalar uchun alohida o‘quv mehnat xonalari, o‘qituvchilar, psixolog xonalari va boshqa qo‘shimcha binolar deyarli qurilmagan.

Mahalliy davlat hokimiyat organlari tomonidan “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari doirasida ham ko‘plab maktablarda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Biroq bu ishlar joylarda turlicha bajarilyapti. Ba’zilarida faqatgina qurilib, jihozlash ko‘zda tutilmasdan qolmoqda.

Shu munosabat bilan ushbu qarorning ahamiyatli joyi shundaki, 2020-yildan boshlab moliyalashtirish manbayidan qat’i nazar, respublikaning barcha hududida maktablarni qurish-ta’mirlashda ularni to‘liq zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash qat’iy belgilanmoqda. “Zamo­naviy maktablar”ning xalqaro talablarga muvofiq ilg‘or arxitektura yechimlari va energiyatejamkor texnologiyalar asosida qurilib, jihozlanishiga alohida e’tibor qaratiladi. Shundan kelib chiqib, Xalq ta’limi vazirligida Qurilish vazirligi bilan hamkorlikda 2020-yilning 1-martiga qadar xorijiy tajriba va mamlakatning tabiiy iqlim sharoitlariga mos, ekologik toza materiallar va energiyaning muqobil manbalari, ilg‘or texnologiyalar va muhandislik yechimlarini qo‘llashni nazarda tutuvchi “Zamonaviy maktab”larni qurish va rekonstruksiya qilishning namunaviy loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash topshirildi.

2020-yildan boshlab maktablar ushbu “Zamonaviy maktab” namunaviy loyihasi asosida quriladi va tasdiqlanadigan yangi jihozlash me’yorlariga muvofiq jihozlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

O‘tgan davr mobaynida uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy talablariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga, iqtidorli yoshlar bilan ishlashning yagona va samarali tizimini yaratish, yosh avlodning iste’dodi va salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun bunday yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or xorijiy tajribalar talablari asosida darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni, shu jumladan, elektron shaklda nashr etish, shuningdek, xalqaro maydonda mamlakatimiz manfaatlarini professional va yuqori darajada munosib ifoda eta oladigan, talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur bo‘lmoqda.

Iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash, o‘qitish va tarbiyalash, yosh iste’dodlarni yanada qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlash va nashr etishdagi muammolarni bartaraf qilish ishlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, shuningdek, umumta’lim muassasalari faoliyatini boshqarish va tashkil etishning maxsus tizimini yaratish maqsadida:



  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) tashkil etilsin.

  2. Quyidagilar Agentlikning idoraviy bo‘ysunuviga o‘tkazilsin:

Prezident maktablari;

tasdiqlangan shtat jadvalini va ularni moliyalashtirishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda Xalq ta’limi vazirligining hududiy organlari huzuridagi Abdulla Oripov, Hamid Olimjon va Zulfiya, Muhammad Yusuf, Ibroyim Yusupov, Erkin Vohidov, Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy, Halima Xudoyberdiyeva va Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktablari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ishoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi (keyingi o‘rinlarda – ijod maktablari);

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati va Abu Ali Ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati (keyingi o‘rinlarda – ixtisoslashtirilgan maktablar).


  1. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilansin:

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yoshlarni aniqlash, tanlash, o‘qitish va tarbiyalash sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va uni samarali amalga oshirish;

davlat ta’lim standartlariga muvofiq Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yagona shaklda muvofiqlashtirish va uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘quv-tarbiyaviy jarayoniga ilg‘or ta’lim shakllari, pedagogik texnologiyalar va axborot yangiliklarini joriy etish;

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilarida vatanparvarlik va Vatanga muhabbat, bag‘rikenglik tuyg‘ularini, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan hurmatni shakllantirish, ularning ma’naviy, axloqiy, intellektual va jismoniy rivojlanishi darajasini yanada oshirish;

xalqaro tashkilotlar va ekspertlarni jalb qilgan holda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar pedagogik kadrlarini tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish;

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish va uyg‘unlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ushbu muassasalardagi bino va inshootlardan foydalanish bo‘yicha ishlarni monitoring qilish va muvofiqlashtirish.


  1. Belgilab qo‘yilsinki:

Agentlik respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;

Agentlikning o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun o‘rnatiladigan davlat ta’lim standartlari Agentlik tomonidan tasdiqlanadi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi qoshidagi «O‘qituvchi» ilmiy-uslubiy nashriyot markazi (keyingi o‘rinlarda – Markaz) Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlash va nashr etish bilan bog‘liq ishlarni muvofiqlashtiradi;

Markaz Agentlik buyurtmasi asosida davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarning, shu jumladan, elektron ko‘rinishda tayyorlanishi va nashr etilishini ta’minlaydi va ular keyinchalik Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.



  1. Agentlik ish samaradorligining quyidagi eng muhim ko‘rsatkichlari belgilansin:

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘quvchilarida, shu jumladan, vatanparvarlik, Vatanga beqiyos muhabbat va sodiqlik tuyg‘ularini, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan chuqur hurmatni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini oshirish;

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilarining davlat va chet tillarini mukammal bilishi;

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga malakali va tajribali, chuqur bilimlarga ega, davlat va chet tillarini, zamonaviy pedagogik texnologiyalari va o‘qitishning innovatsion uslublarini biladigan pedagoglarni jalb qilish;

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishni davom ettirishlari uchun, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim tizimining faoliyat yuritishi orqali kerakli sharoitlarni yaratish;



Prezident maktablari bitiruvchilarining kamida 20 foizi xalqaro tan olingan tashkilotlar reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida dastlabki 1 000 ta pog‘onani egallagan yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi;

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilariga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga ega boshqa tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar, yirik kompaniya va birlashmalarga ishga joylashishda ko‘maklashish;

o‘qitishning innovatsion shakl va uslublarini joriy qilgan holda talab yuqori bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar sonini ko‘paytirish;

barcha Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda milliy va jahon adabiyoti, musiqa, kino, haykaltaroshlik, amaliy san’at va boshqa ijodiy yo‘nalishlardagi asarlarga ega bo‘lgan zamonaviy kutubxonalarning ishlashi;

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quv-uslubiy jarayonni avtomatlashtirishni ta’minlash va ularni yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulash;

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quv jarayoniga ta’limning ilg‘or shakllarini, pedagogik texnologiyalar va axborot yangiliklarini joriy etish maqsadida xorijiy ta’lim tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni zamonaviy sport zal, inventar, uskuna va boshqa jihozlar bilan ta’minlash.

Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu bandda nazarda tutilgan maqsadli ko‘rsatkichlarni o‘z vaqtida bajarish va ularga erishish bo‘yicha choralar ko‘rsin.



  1. Agentlik huzurida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda – Jamg‘arma) tashkil etilsin va uni shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:

jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;

xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik ko‘mak ko‘rsatish mablag‘lari;

Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini joylashtirishdan olingan daromadlar;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar.

Bunda mazkur Farmonning 2-bandida nazarda tutilgan Agentlik bo‘ysunuviga o‘tkaziladigan tashkilotlarni ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan mablag‘lar ajratiladi.

Belgilansinki, Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilarga yo‘naltiriladi:

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, shu jumladan, zarur hollarda o‘quv ustaxonalari va laboratoriyalari, sport zallari, maydonchalar va boshqa infratuzilma ob’ektlarini tashkil etgan holda o‘quv korpuslarini kengaytirish ishlarini moliyalashtirish;

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni zamonaviy talablarni hisobga olgan holda va tasdiqlangan me’yorlardan kelib chiqib, eng yangi o‘quv-laboratoriya, ilmiy, ishlab chiqarish va sport jihozlari, musiqa asboblari, kompyuter texnikasi, mebel va asbob-uskunalar bilan jihozlash (qo‘shimcha jihozlash) ishlarini moliyalashtirish;

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va dasturiy mahsulotlarni joriy etish;

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quv-uslubiy rahbarlikni ta’minlash, ta’lim jarayonini yuritish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan xorijiy tashkilotlar xizmatiga haq to‘lash;

Agentlikka yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan, xorijiy ekspertlarni va chet elda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ishlash uchun jalb qilish;

Agentlik faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlar.


  1. Belgilansinki, Agentlik Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘larning tasarruf etuvchisi hisoblanadi.

  2. Agentlik, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibni o‘rnatish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin:

ijod maktablarida har bir sinfdagi o‘quvchilar soni 20 nafarni tashkil qiladi, 7-sinflarga qabul qilish esa ijodiy tanlovlar, test va boshqa sinovlar asosida amalga oshiriladi;

ijod maktablarida o‘quvchilar sonidan qat’iy nazar, 1 shtat birligida kutubxonachi lavozimi kiritiladi;

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari muntazam ravishda ijod maktablarida o‘quvchilarning ijodiy iste’dodini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar olib boradi;

ijod maktablarida o‘qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari mehnatiga haq to‘lash umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari mehnatiga soatbay haq to‘lashga muvofiq amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga bir oy muddatda ijod maktablarini milliy va jahon adabiyoti, musiqa, kino, haykaltaroshlik, amaliy san’at va boshqa ijodiy yo‘nalishlardagi 100 ta eng yaxshi asarlar (bestsellerlar) bilan ta’minlash tavsiya etilsin.


  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 yanvarga qadar ijod maktablarining kutubxonalarini Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi axborot-resurs bazasiga ulanishini ta’minlasin.

  2. Toshkent viloyati hokimligi va «Chorvoq» erkin turistik zonasi direksiyasi» DUK Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari uchun yozgi sport-sog‘lomlashtirish oromgohi, shuningdek, Agentlik va Markaz xodimlari uchun dam olish zonasi qurilishi uchun qulay tabiiy sharoitlarga ega yer uchastkasini ajratish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

  3. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Agentlik faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin.

Xalq ta’limi vazirligi ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

  1. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A.Abduvaxitov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A.Abduhakimov zimmasiga yuklansin.

 

Qayd etib o‘tilsinki, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini va maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish natijasida respublikada xalqaro standartlarga mos keladigan uzluksiz majburiy umumiy hamda o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining 12 yillik tizimi vujudga keltirildi. 1536 ta akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, amalda barcha umumta’lim maktablari, ta’lim muassasalari qoshidagi 1817 ta sport zallari namunaviy loyihalar asosida barpo etildi, mukammal rekonstruksiya qilindi hamda zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, mebel va o‘quv asbob-anjomlari bilan jihozlandi.

Ta’lim muassasalarining barpo etilgan moddiy-texnika bazasidan samarali foydalanish va muttasil yangilab borishni ta’minlash, ularni tizimli asosda eng zamonaviy kompyuter texnikasi, o‘quv-laboratoriya uskunalari, mebel va asbob-anjomlar bilan qayta jihozlashni, shuningdek, ilg‘or ta’lim texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya tizimlarini o‘quv jarayoniga keng tatbiq etish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 1 yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasini tugatib, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha budjetdan tashqari jamg‘armani tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.

2. Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha budjetdan tashqari jamg‘armaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

Jamg‘armaga kelib tushayotgan mablag‘larni keyinchalik ulardan ta’lim muassasalari – umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini jihozlash (to‘liq jihozlash) maqsadida foydalanish uchun jamlash;

ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, shu jumladan, zarur hollarda o‘quv korpuslarini o‘quv ustaxonalari va laboratoriyalar bilan kengaytirish, sport zallari va maydonchalarini hamda boshqa infratuzilma obyektlarini barpo etish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish;

zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, tasdiqlangan normativlardan kelib chiqib, ta’lim muassasalarini eng yangi o‘quv-laboratoriya va ishlab chiqarish uskunalari, kompyuter texnikasi hamda axborot-kommunikatsiya ta’lim texnologiyalarining boshqa elementlari bilan, shuningdek, o‘quv mebeli va asbob-anjomlari bilan tizimli qayta jihozlash hamda to‘liq jihozlashni moliyalashtirish.

3. Belgilab qo‘yilsinki, tugatilayotgan budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasining barcha aktiv va passivlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha budjetdan tashqari jamg‘armaga topshiriladi.

4. Quyidagilar Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha budjetdan tashqari jamg‘armaning daromadlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:

xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan Jamg‘armaga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy ajratmalarni to‘lashdan tushadigan mablag‘lar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining budjetdan tashqari mablag‘lari;

xalqaro moliya institutlari hamda boshqa xorijiy donorlarning grantlari va imtiyozli kreditlari (qarzlari);

xayriya qiluvchilar – yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining mablag‘lari;

Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.

5. Belgilansinki, Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasini boshqarishning yuqori organi hisoblanadi.
Quyidagilar:
Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash tarkibi 1-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini 4 nafarga ko‘paytirgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining markaziy apparati tarkibida boshqaruv xodimlari soni 7 nafardan iborat Jamg‘arma Ijroiya direksiyasining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

6. Quyidagilar:
hududiy moliya boshqarmalarining tuzilmasida moliya organlari bo‘yicha belgilangan boshqaruv xodimlari soni doirasida 2 nafar xodimdan iborat Jamg‘arma mablag‘larini hisobga olish, ulardan foydalanishni tahlil va monitoring qilish sho‘basi;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparatining belgilangan xodimlar soni doirasida 3 nafar xodimdan iborat Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat sho‘basi;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining operatsion boshqarmasi tuzilmasida 2 nafar xodimdan iborat hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmalarining operatsion bo‘limlarida moliya organlari uchun belgilangan xodimlarning umumiy cheklangan soni doirasida 1 nafar xodimdan iborat sho‘ba;

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tuzilmalarida boshqaruv xodimlari soni markaziy apparatlarda


3 nafardan iborat bo‘lgan ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (to‘liq jihozlash)ning manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish va monitoring qilish guruhlari hamda ularning hududiy boshqarmalarida mazkur tuzilmalarning belgilangan boshqaruv xodimlari soni doirasida 2 nafardan iborat tegishli sho‘balar tashkil qilinsin.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining tuzilmasiga tuman (shahar) moliya bo‘limlaridagi tegishli lavozimlarni qisqartirish hisobiga ta’lim muassasalari binolarining texnik holati, infratuzilmasi va jihozlanishi masalalari bo‘yicha 1 nafardan mutaxassis (muhandis) lavozimini kiritsin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasining mablag‘laridan, ayniqsa, ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va anjomlar bilan to‘liq jihozlash bo‘yicha aniq maqsadni ko‘zlab va oqilona foydalanish ustidan tizimli asosda doimiy monitoring olib borsin.

8. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ishtirokida hududlar bo‘yicha ta’lim muassasalarini rekonstrutsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashga oid takliflarni shakllantiradilar hamda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini tasdiqlash uchun belgilangan muddatdan uch oy oldin mana shu takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligiga kiritadilar;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga kelib tushadigan mablag‘lar doirasida Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash Dasturining uzil-kesil parametrlarini shakllantiradilar hamda uni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining loyihasi kiritiladigan muddatlarda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadilar;

Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash Dasturi har yili tasdiqlanadigan Investitsiya dasturiga mustaqil bo‘lim sifatida kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda ikki hafta muddatda Jamg‘arma to‘g‘risidagi Nizomni hamda Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning har yilgi Dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash Tartibini tayyorlasin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

9. Quyidagilar:

Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi vazifasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmati zimmasiga;

ta’lim muassasalarini jihozlash (to‘liq jihozlash) bo‘yicha buyurtmachi vazifasi, berilgan vakolatlar doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi zimmasiga yuklansin.

10. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, boshqa ommaviy axborot vositalari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlarni, ta’lim muassasalarining barpo etilgan moddiy-texnika bazasi negizida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan o‘quv jarayonida foydalanishning ijobiy tajribasini keng yoritsin.



11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomni, ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning har yilgi Dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash Tartibini, shuningdek, ta’lim standartlarining talablarini hisobga olgan holda, umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, mebel va anjomlar bilan jihozlashning yangilangan normativlarini tasdiqlasin.


Download 37.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling