Umumta`lim maktablarining 1-sinflarida "Tarbiyaviy soat" mashg`ulotlarini tashkil etish


Download 467.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana23.10.2017
Hajmi467.26 Kb.
#18465
  1   2   3   4   5   6

 

 

 

 

 

 

 

Umumta`lim maktablarining 1-sinflarida 

 “Tarbiyaviy soat” mashg`ulotlarini tashkil etish 

bo`yicha sinf rahbarlari uchun  

metodik qo`llanma 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent-2013 

 

 

Tuzuvchilar: 

Bobomurotova Dilshoda   

Uchtepa tumani 287-sonli umumta`lim maktabining 

 boshlang`ich sinf o`qituvchisi  

 

Xaydarova Umida   

Ulug`bek tumani 35-sonli umumta`lim maktabining 

 boshlang`ich sinf o`qituvchisi 

 

Omonova Muqaddas-  

Respublika Ta`lim markazi Ijtimoiy, 

iqtisodiy bilim asoslari va ma`naviy-ma`rifiy 

 ishlar bo`limi bosh metodisti  

 

 

 



 

 

 

Taqrizchilar                                                                                                                                                                                                    

Norqobilova Dilfuza  – 

 

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani 



2-sonli umuta`lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchisi 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Tushuntirish xati 



 

Ma`naviy  va  axloqiy  poklanish,  imon,  insof,  diyonat,  or-nomus,  mehr-oqibat  va  shu 

kabi  chinakam    insoniy  fazilatlar  o`z-o`zidan  kelmaydi,  hammasining    zamirida  tarbiya 

yotadi. 



                                                                                                      Islom Karimov  

 

Tarbiya  insonning  insonligini  ta`minlaydigan  azaliy  va  abadiy  qadriyatdir.  Alohida 

odam  ham,  butun  insoniyat  ham  tarbiyasiz  mavjud  bo`lolmaydi.  Chunki  odam  va 

jamiyatning  mavjudligini  ta`minlaydigan  qadriyatlar  avloddan-  avlodga  tarbiya  tufayligina 

o`tadi.  

Hozirgi  davrda  mamlakatimizda  samarali  tarbiya  va  ta`lim  uyg`unlashib,  barkamol 

avlodni  shakllantirishga  qaratilgan  va  yurtimizda  davlat  siyosati  darajasiga  ko`tarilgan. 

Mamlakatimizda  sog`lom  va  barkamol  alodni  tarbiyalash,  yigit-qizlarni  XXI  asr  talablariga 

to`liq javob beradigan har tomonlama  rivojlangan shaxslar etib  voyaga  yetkazishda ustoz va 

murabbiylarning xizmatlari alohida o`rin tutadi. 

 Shu  nuqtai  nazardan  o`quvchilarga  sifatli  ta`lim-tarbiya  berish,  ularni  Vatanga 

sadoqat,  yurtga  hurmat  hamda  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar  ruhida  tarbiyalashda 

umumta`lim maktablarida o`tiladigan “Tarbiyaviy soat”larning o`rni beqiyosdir.  

O`zbеkiston  Rеspublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2012  yil  15  maydagi  “Umumiy 

o`rta  ta`limning  davlat  ta`lim  standartiga  o`zgartirishlar  kiritish  haqida”  130  -sonli  qarori  

asosida  o`quv  rеjada  o`quv  yuklama    5  %  ga  qisqartirildi.  Shu  munosabat  bilan  tarbiyaviy 

soatlar  mazmynan  qayta  ko`rib  ciqilib,    intеgratsiyalashgan  holda  amalga  oshirilishi 

bеlgilandi. 



          Sinf rahbari o`ziga berilgan sinf uchun tayanch va ma`suldir. 

Umumiy 


o`rta 

ta`lim 


muassasalarida 

sinf 


rahbari 

faoliyati 

O`zbekiston 

Respublikasining  “Ta`lim  to`g`risida”gi  Qonuni,  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”, 

O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  ta`lim  sohasidagi  qarorlari,  Xalq  ta`limi 

vazirligi tomonidan ishlab  chiqilgan tegishli  me`yoriy  hujjatlar  va Xalq ta`limi vazirligining 

2007  yil  20  yanvardagi  19-sonli  buyrug`iga  2-ilova:  Ta`lim  muassasalari  sinf  rahbari 

to`g`risida Nizom asosida tashkil etiladi. 

 “Tarbiyaviy  soat”lar  rejasidagi  8  soatlik  “Yo`l  harakati  qoidalari”ga  doir 

mavzularning dars ishlanmalari mazkur qo`llanmada  aks ettirilmagan. 

Mazkur  qo`llanmada  bugungi  kunda  sinf  rabarlari  uchun  amaliy  va  uslubiy  yordam 

sifatida  Respublika  Ta`lim  markazi  mutaxassislari  va  amaliyotchilar  hamkorligida 

“Tarbiyaviy soat”larning mashg`ulot ishlanmalari tavsiya etiladi.  

Umumta`lim  maktablarining  2-sinf  o`quvchilari  uchun  ishlab  chiqilgan    “Tarbiyaviy 

soat”  mashg`ulot  ishlanmalarida  mazmunan  o`quvchilarda  tarbiyaviy-axloqiy  hislatlarni 

shakllantirish 

va 

mustahkamlash 



maqsadida, 

donolar 


hikmatlariga 

va 


milliy 

qadriyatlarimizga  hurmat,  shaxsiy  gigiena,  ozodalik,  kiyinish  odobi,  bolalar  huquqlari, 

tabiatni  asrash, salomlashish va  muomala  odobi,  kitobni  sevish bilan bir  qatorda  yurtimizda 

nishonlanadigan  umumxalq  bayramlari,  muhim  sanalarni  o`tkazishda  nimalarga  e`tibor 

berish to`g`risida tavsiyalar berilgan.  


“Tarbiyaviy  soat”  mashg`ulotlarini  o`tish  va  mazkur  mashg`ulot  ishlanmalaridan 

foydalanishda  o`qituvchi  ijodiy  yondoshgan  holda  yangi  pedagogik  texnologiyalar  asosida  

har xil qiziqarli o`yinlar orqali noananaviy tarzda tashkil qilishi mumkin. 

 

 

                                                   



1 – SINF  

 

№ 

O`tiladigan mavzular 

Soati 

O`tish vaqti 

1. 


Ona yurtim – oltin beshigim!  

 



2. 

Sog` tanda sog`lom aql 

 

3. 



Do`stlik va inoqlik haqida 

 



4. 

Maktabimiz qoidalari 

 

5. 



Ustozga ta`zim! (Ustozlar va murabbiylar kuni munosabati 

bilan) 


 

6. 



Kim bo`lsam ekan? 

 



7. 

Non qadri 

 

8. 



Ona  tilim  –  jonu  dilim  (O`z.Res.  “Davlat  tili  haqida”gi 

Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan) 

 

9. 



Fasllar nima deydi? 

 



10. 

Ta`til taassurotlari

 



 



11. 

Bayrog`imiz  –  faxrimiz  (18  noyabr  -  O`z.Res.  Davlat 

bayrog`i qabul qilingan kun munosabati bilan) 

 



12. 

Ertaklar yaxshilikka – yetaklar 

 

13. 



Qonunimiz  –  qomusimiz  (8  dekabr  –  Konstitutsiya  kuni 

munosabati bilan) 

 

14.  



Madhiyani  kuylaylik  (10  dekabr  -  O`z.Res.  Davlat 

madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan) 

 

15. 



Qushlar bizning do`stimiz 

 



16. 

Yangi  yil  (Yangi  yil  bayrami  yaqinlashishi  munosabati 

bilan) 



 



17. 

Vatan  nima?  (14  yanvar  –  Vatan  himoyachilari  kuni 

munosabati bilan) 

 



18. 

Huquq va axloq birligi 

 

19. 



Yaxshi tarbiya - inson ziynati 

 



20.  

Bobolarimiz deydilar… (Navoiy va Bobur tavallud kunlari 

oldidan) 

 



21. 

Sog` yuray desang, ozoda bo`l

 



 



22. 

Biz tinchlik istaymiz

 



 



23. 

Mehribonim onam (8 mart – Xotin-qizlar  kuni munosabati 

bilan) 



 



24. 

Bolalik – beg`uborlik, keksalik – donolik 

 

25. 



Navro`z  –  bahor  bayrami  (  21  mart  –  Navro`z  bayrami 

 



munosabati bilan)

 

26. 



Mehnat-mehnatning tagi rohat 

 



27. 

Men tabiatni qanday asrashim mumkin?  

 

28. 



Men sevgan ertak qahramoni 

 



29. 

Salomlashish va muomala odobi 

 

30. 



Bobom xotiralari (Xotira va qadrlash kuni oldidan) 

 



31. 

Kitob mening do`stimsan 

 

32. 



Suhbatlashish odobi 

 



33. 

Yoz – o`tadi soz! 

 

 



Jami: 

33 


 

 

 

 



1-mavzu: Ona yurtim –oltin beshigim! 

 

I.Kirish: 

Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarda mustaqil vatanimiz bilan faxrlanish va 

milliy g`urur tuyg`ularini uyg`otish. 

Yurt,ona Vatan haqidagi tushunchalarni o`quvchilar ongiga yetkazish.Vatanga muhabbat 

tuyg`usini tarbiyalash, nutqini o`stirish. 



Tarbiyaviy mashg`ulotning  jihozi: DVD,disk, tarqatma material,rasmlar. 

Tashkiliy qism: O`quvchilarning   darsga  tayyorgarligi, navbatchi  axboroti. 

Ma`naviyat daqiqasi  

Vatan ona, Vatan chamandir, 

Vatan quyosh, Vatan osmondir. 

Vatan she`rdir, Vatan xayoldir, 

Vatan tuproq, Vatan iymondir. 

II.Asosiy qism: 

Vatan-bu sen,ota-onang,oilang va do`stalring yashayotgan yer. Vatan –bu sen bilan birga 

yashayotgan qushlar,daraxtlar. 

Ko`chadan kelar ekansiz,yuzlab derazalar ichidan o`z  uyingiz derazasiga qaraysiz.Nega 

boshqa derazaga qaramaysiz?Chunki o`sha derazaning ichida sizning vataningiz bor.  

Z.M.Bobur o`n ikki yoshida podshoh bo`lgan.U katta harbiy yurishlar qilgan.Hindistonda 

Andijondan olib borilgan qovunni yeb shoh  Bobur yig`lab yuborgan ekan.U vatanini qattiq 

sog`ingan.Qovun olib borganlar vatanini olib borisholmasdi-da.  



Bizning Vatanimiz O`zbekiston! O`zbekiston –muqaddas Vatan. Aziz bobolarimiz ota-

onamiz  tug`ilib o`sgan maskan.   Biz  uchun  Vatan  bitta!  Mamlakat  bitta!  Bizning  go`zal  

yurtimiz,  noyob  tabiatimiz,  betakror  Vatanimiz,  bag`ri keng  va  oliyjanob  xalqimiz  bor. 

Men  shu  diyorda  yashayman.  Shu  yurtda  tug`ilib  o`sdim. O`zbekiston  juda  go`zal  

diyor.  O`zbekistonda  go`zal  bog`lar, yuksak  tog`lar,  bepayon  dalalar,  zilol  suvlar,  

zamonaviy  qishloqlar  va  bir-biridan  go`zal  shaharlar  ko`p.  O`zbekistonimizning  tabiati  

xilma-xil  bo`lib,  go`zallikda  tengi  yo`q.  O`zbekiston jannatmakon diyor.  

 Bizning  yurtimizda  yoshlarga  juda  katta  e`tibor  qaratilgan.  Chunki  biz  yoshlar  

O`zbekistonning  kelajagimiz.  Biz  yoshlarning  yaxshi  yashashimiz,  yaxshi  ta`lim-tarbiya  

olishimiz,  dam  olishimiz  uchun  barcha  shart-sharoitlar  yaratilgan.  Yurtimizda  bizning  

yaxshi  ta`lim-tarbiya  olishimiz  uchun  yangidan-yangi  maktablar, akademik  litseylar,  

kollejlar, oliy  o`quv  yurtlari  bunyod  etilgan.  Biz  yoshlarning  jismonan  baqquvat  va  

sog`lom  bo`lishimiz  uchun  sport  inshootlari  va  maydonlar,  suv  havzalari  qurib  

bitqazildi.   

O`zbekistonning  poytaxti  -  Toshkent  shahri.  Toshkent  juda   ko`hna  va  qadimiy, shu  

bilan  birga  zamonaviy  shahardir. Toshkent  shahri  respublikamizning  yuragi  hisoblanadi. 

Shu  zaminning  munosib  farzandi  bo`lib  yashaylik. 

Qancha diyorlarda sayr etib yurdim, 

Qancha manzillarda tuzdim oshiyon. 

Va buyuk hikmatga axir yuz burdim, 

Siylangan joyida azizdir inson. 

Yurtim senda ekan nasibam tugal 

Sen o`zing maskanim, sen o`zing jonim 

Sen onam, sen singlim, yorimsan azal. 

Ey jonim, jahonim O`zbekistonim. 

 

 



      1991 yil 1-sentabr kuni olamshumul ahamiyatga ega bo`lgan voqea yuz berdi. 

O`zbekiston Respublikasi Mustaqil deb e`lon qilindi. O`zbekiston tenglikni, hurlikni qo`lga 

kiritdi. Ona diyorimizni jahon tanidi. 

 


Hurmatli Presidentimiz: “Bizdan ozod va obod Vatan qolishi”, “Shu aziz Vatan 

barchamizniki. Uning baxt saodati, yorug` istiqboli, farovon kelajagi uchun yashash, 

kurashish kerak bo`lsa, joningni fido qilish, shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir 

inson uchun baxtdir”,-deb aytganlar. 



III.Yakuniy qism: 

Ona Vatanimiz mustaqilligini keng nishonladik. Darhaqiqat, asrlarga ta`tigulik bu yillar 

mobaynida Yurtboshimiz rahnamoligida xalqimizning farzandlar iqbolini o`ylab, bir 

maqsadu muddao bilan, bir tanu bir jon bo`lib amalga oshirilgan beqiyos ezgu amallari 

natijasida bugun mamlakatimizni dunyo tan olmoqda. O`z tanlagan yo`li, o`z aytar so`zi va 

amali bilan jahonni lol qoldirayotgan davlatimiz tobora barkamollik sari intilayapti 

Savol:.  

 

Biz ham barkamol avlod bo`lishimiz uchun o`zimizda qaysi fazilatlarni 



tarbiyalamog`imiz darkor? 

(…)

Tarona guruhining  “O`zbekiston” qo`shig`i tinglanadi. 

-Qo`shiq nima haqida ekan? 

-Vatan haqida ekan.  

O`quvchilarning javoblaridan so`ng “BBB” metodi orqali vatan haqidagi ma`lumotlar 

umumlashtiriladi. O`quvchilar aytishadi.O`qituvchi ularning javoblarini xattaxtaga yozadi. 

 

O`quvchilarni rag`batlantirish. 



 

 


 

2-Mavzu:  Sog` tanda - sog`lom aql 

I.Kirish: 

Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: 

O`quvchilarni  o`z  salomatligini  asrashga  o`rgatish,  chiniqishning  inson  salomatligiga 

ta`sirini tushuntirish.  

Tarbiyaviy mashg`ulotning jihoziOdam tanasi a`zolari va chiniqishga oid foto va 

illyustratsiyalar, plakatlar hamda slayd va SD, DVD disklar. 

Tashkiliy qism. 

O`quvchilar  bilan  salomlashish.  Davomatni  aniqlash. Mashg`ulot   mavzusining  maqsad 

va vazifasi bilan o`quvchilarni tanishtirish.  

II.Asosiy  qism.  O`quvchilar  faolligini  oshirish  maqsadida  “Nima  uchun?”  metodidan 

foydalaniladi. sinfga umumiy savol beriladi.  

 

Nima uchun 

 

 



 

 

 



 

 

O`qituvchi o`quvchilarni faolligiga va zerkib qolmasligini inobatga olgan holda savollar 



beradi hamda ularning javoblarini umumlashtirib, yangi mavzuni tushuntiradi. 

Inson  organizmi  atrof-muhit  bilan  doimiy  va  chambarchas  bog`liqlikda  bo`ladi.  Unga 

havo  haroratining,  namlikning,  shamol  tezligining  keskin  o`zgarishi  o`zining  ta`sirini 

ko`rsatadi. Inson organizmini maxsus tadbirlar yordamida atrof-muhitning zararli ta`sirlariga, 

hattoki  infeksion  kasalliklar  kabilarga  nisbatan  chidamliligini  oshirish  mumkin.Bular 

chiniqtiruvchi muolajalar yordamida amalga oshiriladi. 



Chiniqish  –  bu  organizmni  kasalliklarga  qarshilik  ko`rsata  olishi  uchun  jismoniy 

turg`unlikni  o`zlashtirishiga  aytiladi.  Kasalliklardan  tabiiy  omillar  yordamida  forig`  bo`lish 

organizmni sog`lomlashtirish deyiladi. 

 

 



 

 

 

Sog` tanda 

sog`lom aql 

Inson tanasi 

sog`lom 

bo`lsa, 


sog`lom 

fikrlaydi 

Insonning tana a'zosi - bosh 

miya faoliyatida ma'lumotlar 

saqlanadi va kundanlik hayotda 

undan foydalanish imkoniyatini 

beradi. 

 

MODELLASHTIRILGAN  SXEMA 



TAHLILI(rasmlari bilan

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Quyosh  vannalari  inson  organizmini  turli  kasalliklardan  himoya  qilish  bilan  birga  uni 

davolaydi.Quyosh  vannalarini  qabul  qilish  jarayonida  oddiy  qoidalarga  rioya  qilish 

lozim.Oftobda  toblanishni  3-4  daqiqa  davomida  daraxtlarning  soyasida  10  daqiqa  tanaffus 

bilan  olishni  boshlang.  Quyoshda  bo`lish  vaqtiga  har  kun  2-3  daqiqadan  qo`shib  boring. 

Quyoshda  bir  necha  daqiqa  va  soyada  bir  necha  daqiqa  bo`lishni  ketma-ket  almashtirib 

borish  juda  ham  foydali.  Ertalabki  va  kechki  paytlarda,  quyosh  nurlariga  vaqti-vaqti  bilan 

orqa, ko`krak  yoki  yonbosh  tarafni  qo`ygan  holda  toblanish kerak.  quyoshga  chiqayotganda 

boshingizga  bosh  kiyim:  shapka,  kepka,  panama  kiyish  yoki  ro`mol  o`rashni  yodingizdan 

chiqarmang.  Ba`zi  bolalarda quyosh  nurlarini  yomon qabul qilish hollari ham  uchraydi, ular 

oftobda  toblanayotganlarida  yanada  ehtiyot  bo`lishlari  kerak.  Agar  shifokorlar  oftobda 

toblanishni  umuman  ta`qiqlagan  bo`lsalar,  u  holda  xafa  bo`lib,  umidsizlanmaslik  kerak.  Iliq 

bulutli ob-havoda havo vannasini qabul qilish mumkin. 

QUYOSH 

 

TABIIY  



OMILLAR

 

HAVO



 

 

SUV 

 

SOG`LOMLASHTIRISH 

O`SIMLIKLAR 

Muattar hidlar 

mahsulotlari 

 

Shifobaxsh 

o`tlar 

Oziq ovqat 

 


Musaffo  havo.Musaffo,  toza  havo  –  barcha  bolalar  uchun  foydali.  Havo  vannalarini 

quyosh  va  soyada  olish  mumkin.  Havo  vannalarini  qabul  qilayotganda  ko`proq  harakatda 

bo`lishga harakat qiling. 

Shamoldan  himoyalangan  joylarda  havo  vannalarini  qabul  qilish  maqsadga 

muvofiq.Uni  qabul  qilishni  yoz  faslida  boshlagan  yaxshi.  Birinchi  vanna  +16°,+18° 

haroratda,  2-4 daqiqa davom etishi kerak, keyinchalik esa 20 daqiqagacha uzaytiriladi. Agar 

harorat  +20°  bo`lsa  –  qabul  qilish  vaqtini  ikki  barobar  ko`paytirish  kerak. 

Kunduz gi  uyquni  toza  havoda  oynal ari  ochiq  xonada,  ayvon  yoki  shi yponda 

tashkillashtirish mumkin. 

Tayyorlangan  joyda  yelvizak  bo`lishiga  imkon  yaratish  juda  ham  yaxshi,  lekin 

o`zingiz  yelvizakda  qolishingiz  kerak  emas.  Havoning  tozaligini  muntazam  kuzatib  borish, 

tungi uyqudan oldin xonani shamollatish maqsadga muvofiq. 



Suv  bilan  chiniqish.Suvning  asosiy  sog`lomlashtirish  xususiyati:  organizmda  mavjud 

bo`lgan moddalar almashinuvining zararli mahsulotlarni chiqarishda teriga yordam beradi va 

kasallik qo`zg`atuvchi mikroblardan tozalaydi (cho`miliganda, vanna qabul qilganda). 

III.Yakuniy  qism.O`quvchilarga  mavzuni  mustahkamlash  yuzasidan  savollarni  “Kim 

topqir” o`yini orqali berish mumkin. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Nima uchun 

sog`lom bo`lish 

kerak? 

 

Sog`lom 



bo`lish uchun 

nima qilish 

kerak? 

 

Sog`lom 

o`quvchi 

qanday 

o`qiydi? 

керак? 

O`qituvchi berilgan savollar javoblarini umumlashtiradi. O`quvchilarga doimo tana 

a`zolarini sog`lom bo`lishini ta`minlash uchun kun tartibiga rioya qilish, vaqtida ovqatlanish 

va sport bilan shug`ullanish lozimligini ta`kidlab, mashg`ulotni yakunlaydi. 

 

Sport bilan shug`ullaning. 



 

 

           



3-mavzu: “Do`stlik va inoqlik haqida” 

I.Kirish: 

Tarbiyaviy mashg`ulotning  maqsadi :O`quvchilar orasida do`stona munosabat 

o`rnatish,inoqlikka chaqirish; 



Tarbiyaviy mashg`ulotning  jihozi: tarqatma material,rasmlar. 

 Tashkiliy qism: O`quvchilarning   darsga  tayyorgarligi, navbatchi  axboroti. 



II.Asosiy qism: 

O`quvchilar bilan do`stlik va inoqlik haqida suhbatlashish. 

Do`stlaringiz bormi? 

Do`stlaringiz ko`p bo`lishni xohlaysizmi? 

 O`quvchilarga do`stlik haqida ma`lumot berish. 

Do`stlik bor ekan, har qanday og`ir mushkullar oson bo`ladi. Do`stlik bor ekan, hal 

etilmaydigan muammo qolmaydi. Haqiqiy do`stlik oldida ulkan tog`lar ham egiladi. Do`stlik 

– bebaho xazina  va hayot  yo`lida og`irini  yengil, ruhiyatini  ko`taruvchi buyuk  kuchdir. U  

hamma vaqt  turmush  quvonchlari-yu,  tashvishlarini  baham  ko`radigan  hamkor,  

hamdard,  hamfikr  kishiga  ehtiyoj  sezadi, do`stsiz yashay olmaydi. Shuning uchun sinfda 

ham barchamiz do`stona munosabatda bo`lishimiz darkor. 


         Do`stlik  tuygusi  eng  oddiy  va eng  oliy  qadriyatlardan biri  bo`lib, u  darhol  yuzaga  

kelmaydi.  Do`stlik  o`rtoqlik  munosabatlari  negizida  shakllanib  boradi, vaqt  o`tishi  bilan  

samimiylashadi.  

       Hayotda  haqiqiy  do`st  topish  inson  uchun  baxtdir. Inson har qanday  holatda  ham  

yonida  o`ziga  yaqin  insonlar  qatorida do`stlarining  turishini  xohlaydi. 

       Insonlar  ichida  haqiqiy  do`stlar  bilan  bir qatorda  soxta  do`stlar  ham  uchrab  turadi. 

Ular  shaxsiy  manfaat  yuzasidan,  ma`lum  bir  maqsadni  ko`zlab  o`zlarini  do`st  sifatida  

ko`rsatishga  harakat  qiladilar. Soxta  do`stning  har  bir  so`zi  maqsadni  ko`zlab   aytiladi. 

Shuning uchun   haqiqiy  do`st  kim, dushman  kimligini  bilish  juda  muhim. Do`stlikning  

xaqiqiy   yoki  soxtaligini  inson  boshiga  ogir  kunlar  tushganda  bilinadi. Do`st  tutunish  

nihoyatda  murakkab  va  nozik  ish  bo`lib  uni  asrab  avaylash  kerak. 

III.Yakuniy qism: 

Topshriq: Maqoldagi so`zlarni to`g`ri joylashtiring 

 

 



 Pul  do`st orttirma,  orttir. 

Do`stsiz    – tuzsiz  boshim oshim.  

  Maqollardagi so`zlar to`g`ri joylashtirilgandagi holati: 

 Do`st   do`stni  kulfatda  sinar. 

 Pul  orttirma,  do`st  orttir.  Do`stsiz  boshim – tuzsiz  oshim.  

Sizning do`stingiz kim? 

O`quvchilarni rag`batlantirish. 

 

           



Download 467.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling