Umurtqali hayvonlar embriogenez turlari ontogenezi va rivojlanish siklining biologik asoslarini taxlil qilish


Download 28.05 Kb.
Sana27.05.2022
Hajmi28.05 Kb.
#717017
Bog'liq
7 Mavzu
Milliy istiqlol g‘oyasi asoschisi, Doc 998047eafc3f4923b4beba9c5e85eca6, file (10), file (9), Komila informatika, Mavzu, N.A.Turdiyeva , 학당장 근로일지 4,5월, 2 5264793077763020526, 2 5303361549073651689, 3-Amaliy mashg\'ulot, Академик Б.Ғафуров номли Хужанд давлат университети 2021-2022 ўқув йили қабули учун ихтисослари руйхати, Testlar, банк сири

Mavzu : Umurtqali hayvonlar embriogenez turlari ontogenezi va rivojlanish siklining biologik asoslarini taxlil qilish
Reja
1 Umurtqalilar, boshskeletlilar (Vertebrata yoki Craniata)
2. Hayvonlarda Ontogenez jarayonlari

Umurtqalilar, boshskeletlilar (Vertebrata yoki Craniata) — xordalilar tipiga mansub hayvonlar kenja tipi. Turlari soni umurtqasizlarga nisbatan kam; shunga qaramay ular hozirgizamon biosferasida muhim oʻrin tutadi. U. yuksak tuzilgan; oʻzgaruvchan yashash xususiyatiga ega. Ular okean suvining turli qatlamlarida, baland togʻlarda, choʻllarda va boshqa joylarda yashaydi. Barcha U. evolyutsiyasida ular tuzilishining bitta umumiy reja asosida rivojlanishi kuzatiladi. Bunday rivojlanish morfologik, biokimyoviy va fiziologik xususiyatlari, xattixarakatlari hamda psixik faoliyati jihatidan takomillashgan formalar vujudga kelishiga olib kelgan. U.ning qad. ajdodlari (bosh skeletsizlar, pardalilar) dengizda yashagan. U. dastlab chuchuk suvda paydo boʻlib, evolyutsiyaning dastlabki bosqichini oʻtgan. Ular evolyutsiyasi davomida birlamchi oʻq skelet — xorda oʻrniga dastlab togʻayli, keyinroq suyakli umurtqa pogʻonasi paydo boʻlgan. Natijada suv oqimiga qarshi xarakatlana oladigan kuchli muskulatura uchun pishiq va elastik tayanch skelet vujudga kelgan. U.ning suvdan quruqlikda yashashga oʻtishi bilan ular organizmida muhim oʻzgarishlar yuz bergan. Harakat organlarining faol ishlashi uchun ovqat hazm qilish, nafas olish, qon aylanish, ayirish, sezgi organlari va markaziy nerv sistemasi yaxshi rivojlangan. Ovqat hazm qilish sistemasi (ogʻiz boʻshligʻi, qiziloʻngach, oshqozon, ichaklar)ning turli qismlaridan fermentlar ajralib, ovqatni uzluksiz parchalash imkoniyati tugʻilgan; jigar organizmda muhim kimyoviy "laboratoriya" vazifasini bajargan. U. yuragi boʻlmacha va qorinchadan iborat. Qon aylanish sistemasi yopiq. Jabra yoki oʻpka orqali nafas oladi. Qadimgi U.ning chuchuk suvda yashashga oʻtishi bilan suvtuz almashinuvi birlamchi buyrak — mezonefros oʻrniga amniotalarda ikkilamchi buyrak — metanefros paydo boʻlgan. Metabolizmning gormonal boshqarilishi murakkablashgan. U.ning nerv sistemasi va sezgi organlari ishi rivojlangan. Baʼzilarida elektr va magnit sezuvchi organlar ham bor. U., odatda, ayrim jinsli, birok, germafroditizm ham uchrab turadi. Tuban U. tuxum qoʻyib, koʻpchiligi tirik bola tugʻib koʻpayadi. Yuksak U. nasliga gʻamxoʻrlik qiladi. Eng qadimgi U. qoldiklari ordovik davri chuchuk suv xavzalari yotqiziqlaridan topilgan. Sudralib yuruvchilar mezozoyda juda keng tarqalgan. Ulardan sut emizuvchilar va kushlar paydo boʻlgan. Hozir U.ning 40—45 ming turi mavjud boʻlib, 7 sinf (toʻgarak ogʻizlilar, togʻayli baliqlar, suyakli baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar)ga boʻlinadi.


Ontogenezni tushuntirishda ikki konsepsiya kurash olib bordi. Ulardan biri — preformizm Ontogenezni individual oʻsishdan iborat deb tushuntirsa, ikkinchisi — epigenez esa uni struk-turasiz murtakdan boshlanadigan yangi hosilaning rivojlanish jarayoni si-fatida tushuntiradi. Zamonaviy tushunchalarga binoan, Ontogenez boshlanayotgan hujayrada irsiy axborot kodi holatida organizmning bundan keyingi rivojlanishi programmasi joylashgan. Ontogenez davomida bu programma yadro bilan sitoplazmaning oʻzaro taʼsiri jarayonida murtakning har bir hujayrasida, uning har xil hujayralari va hujayra komplekslari oʻrtasida amalga oshadi. Irsiy apparat maxsus oqsil molekulalarining sintezini kodlash orqali morfogenetik jarayonlarning umumiy yoʻnalishini belgilab beradi. Bu jarayonlarning amalga oshishi ozmi-koʻpmi (irsiy belgilangan reaksiya normasi chegarasida) tashqi muhit taʼsiri bilan bogʻliq.
Hayvonlarda Ontogenez jarayonlarini boshqarishda nerv va endokrin sistemasi muhim ahamiyatga ega. Ontogenez jinsiy koʻpayadigan koʻp hujayrali hayvonlarda, ayniqsa, murakkab sodir boʻladi. Ular ontogenezida Ontogenezning murtakkacha (proembrional), murtak (embrional), murtakdan keyingi (postembrional), voyaga yetgan davrlari boʻladi. Proembrional davr jinsiy hujayralarning yetilishi (gametogenez) va urugʻlanish davrini; embrional davr embrionning tuxumdan yoki embrion pardadan chiqqungacha, postembrional davr jinsiy voyaga yetgunga oʻtgan davrni, voyaga yetgan davr esa organizmning yetuklik va keksaygan holatini oʻz ichiga oladi. Hayvonlarda Ontogenezning 3 tipi maʼlum: 1) lichinkalik — tuxum poʻstidan ancha erta chiqqandan soʻng organizm lichinka holida xayot kechiradi, lichinka davri oxirida esa metamorfoz yuz beradi; 2) tuxum qoʻyuvchi — murtak uzok, vaqt tuxum ichida rivojlanadi, lichinka davri boʻlmaydi; 3) ona qornida urugʻlangan tuxum — tuxum yoʻlida rivojlanadi, bunday holatda baʼzan murtak bilan ona organizm oʻrtasida yoʻldosh orqali bogʻlanish yuz beradi. Anʼanaviy ravishda Ontogenezni embriologiya oʻrganar edi. Embriologiyadan rivojlanish biologiyasi ajralib chiqqandan soʻng embriologiyaning vazifasi murtakdan oldingi va murtak davrini oʻrganish boʻlib qoldi. Oʻsimliklarda Ontogenez urugʻlangan tuxum hujayraning rivojlanishidan boshlanadi. Oʻsimliklarda Ontogenezning oʻziga xos xususiyatlari jinssiz (sporofit) va jinsiy (gametofit) naslning almashinishidan iborat. Sporofit zigotadan, gametofit — unib chiqayotgan sporadan hosil boʻladi. Gulli oʻsimliklar hayotiy siklida sporofit ustunlik qiladi, erkak va urgʻochi gametofit esa qisqarib ketadi. Vegetativ koʻpayishda Ontogenez ona organizm, shu jumladan, ixtisoslashgan organlar (ildiz-meva, tugunak, piyozboshi va boshqalar) hujayralarining boʻlinishidan boshlanadi. Odatda, oʻsimliklar Ontogenezi embrionlik, yuvenil (yoshlik), yetuk, koʻpayish va qarilik davrlariga boʻlinadi. Ontogenez davrida oʻsimliklar hujayralari, toʻqimalari va organlarining strukturaviy va funksional ixtisoslashuvi yuz beradi; oʻsimliklar turli qismlarining oʻzaro taʼsiri murakkablashib boradi; yaxlit sistema sifatida butun bir organizm yoshga oid qaytmas oʻzgarishlar paydo qiladi. Ontogenezda oʻsimliklarning bir butunligi fitogormonlar, shuningdek, har xil organlar, mas, fotosintez qiluvchi organ — barglar bilan suv va mineral moddalarni shimuvchi ildiz oʻrtasida metabolitlar almashinuvi orkali taʼminlanadi. Ontogenez davomida oʻsimlik oʻsadi va rivojlanadi. Oʻsish oʻsimlikning boʻyiga ortishi, yaʼni miqsoriy oʻzgarishi boʻlsa, rivojlanish sifat oʻzgarishidan iborat. Koʻpchilik oʻsimliklar yopishib yashashi tufayli ular Ontogenezi koʻp jihatdan tashqi muhit sharoitiga bogʻliq. Oʻsimliklarda muhitning noqulay omillariga turli xil moslanishlar (tinim holati, fotoperiodizm va boshqalar) paydo boʻlgan. Shu tufayli ular faoliyatining faol davri yilning eng qulay fasliga toʻgʻri keladi.
Download 28.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling