Uning tanbur sozlanishi kvarta (sol-re-sol-sol), «lya» eoliy ladiga asoslangan


Download 12.68 Kb.
Sana05.04.2023
Hajmi12.68 Kb.
#1273626
Bog'liq
Iroq


Iroq maqomi


«Shashmaqom» turkumi orasida oltinchi maqom — Iroq (mamlakat nomi) hajmi katta emas. Iroq maqomi juda qadim zamonlardan mashhur bo'lib, «12 maqom» tizimidan o'rin olgan.
Uning tanbur sozlanishi kvarta (sol-re-sol-sol), «lya» eoliy ladiga asoslangan.
Iroq maqomining cholg'u —Mushkilot —bo'limi Iroq tasnifi, Iroq tarje'i, Iroq muhammasi, Iroq saqili I—II, Kalon saqili qismlaridan iborat. Iroq tasnifi mazkur maqomning bosh kuy mavzusi sifatida uning ohanglari va ichki harakatlarini to'liq aks ettiradi hamda keng tarqalgan Iroq surnay yo'llarini ham eslatadi. Tasnif yo'li hajmi jihatidan ancha keng. Maqom tarkibidagi uchta Saqil yo'llari betakror ohanglardan tarkib topgan va kuylar mavzusi turlicha. Muhammas yoqimli, ta'sirchan va jozibador yangraydi, insonda nozik his-tuyg'ular uyg'otib, chuqur hayollarga yetaklaydi.
Iroq maqomining Nasr bo'limi faqatgina birinchi guruh sho"balaridan tashkil topgan. Ular —Iroq saraxbori oltita taronasi, Muhayyari Iroq, Chambari Iroq va Iroq ufaridir. Ashula yo'llari orasida Muhayyari «nasr» usulidagi sho"ba bo'lib, Chambari «talqin» doyra usuliga mos. Saraxbor sho"basi juda murakkab ashula yo'li bo'lib, uning diapazoni juda keng (2,5 oktavani tashkil etadi), kuy tuzilishi va ijro uslubi murakkab.
O'zbek an'anaviy musiqasida Iroq maqomi yo'llari asosida juda ko'p kuy va ashulalar yaratilgan, jumladan, Cho'li Iroq, Surnay Irog'i, Toshkent Irog'i, Qo'qon Irog'i, Buxoro Irog'i va boshq.
Download 12.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling