Universitetining jizzax filiali amaliy matematika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
Бизнес Режалаштириш Амалий Назорат Иши
Kompyuterni tashkil etish №1, Boģcha, 31304932740048-Loan-20211130101221008, молия мустақил иш, 14.15.16, 17.18.19, referat kk, referat med tex, Документ Microsoft Word (3), Dj.Uotsonning bixevioristik nazariyasi, Маъруза-9, IMG 20220301 123345 702, O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t (2), 1 Axborat texnalogiyasi Zayniddin
- Bu sahifa navigatsiya:
- BIZNES REJALASHTIRISH FANIDAN NAZORAT ISHI BAJARDI
- JIZZAX-2022 BIZNES G`OYA, BIZNES REJANI ISHLAB CHIQISHNING BOSHLANG`ICH NUQTASI
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUGBEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI AMALIY MATEMATIKA FAKULTETI IQTISODIYOT KAFEDRASI BIZNES REJALASHTIRISH FANIDAN NAZORAT ISHI BAJARDI: T.NAZAROV QABUL QILDI: A.NIZAMETDINOV JIZZAX-2022 BIZNES G`OYA, BIZNES REJANI ISHLAB CHIQISHNING BOSHLANG`ICH NUQTASI Biznes reja — aniq tanlangan tadbirkorlik ishining barcha bosqichlari tavsiflangan va taxminan hisobkitob qilingan loyiha. Unda aniq tanlangan tadbirkorlik ishining hamma tomonlari oʻz aksini topadi. Biznes reja oʻz tarkibi jihatidan loyihaning afzalliklari va uni amalga oshirishdan kutiladigan moliyaviy natijalar bayon etilgan yakuniy xulosa hamda asosan 10 boʻlimdan iborat asosiy qismga boʻlinadi. Biznes reja da loyiha boʻyicha ishlab chiqariladigan tovar (xizmat)larning tavsifi hamda uning haridorgirligi va raqobatbardoshligini taʼminlaydigan omillar; bozor hajmini baholash asosida sotish bozori, tadbirkor bozorning qaysi segmentida ish yuritishi, savdo hajmi, tovar(xizmat)lar narxi prognozlari; ehtimoli boʻlgan raqobatchilar (ularning mahsulotlari sifati va haridorgirligi, narxi toʻgʻrisida axborot beriladi); marketing xizmatining asosiy unsurlari (tovarning qanday yoʻl bilan sotilishi, tovar narxining shakllanishi, sotishni ragʻbatlantirish, reklamaning qaysi usullarini tanlash va boshqalar); mahsulot ishlab chiqarish rejasi (ishlab chiqarish aloqalari, mahsulot sifatini nazorat qilish, ishlab chiqarish harajatlari va boshqalar); umuman ishni, xodimlar ishini tashkil etish; loyihaning tashkiliyhuquqiy shakllarini belgilaydigan yuridik reja; loyiha boʻyicha barcha maʼlumotlarni umumlashtiradigan hamda ularning qiymat ifodalari koʻrsatilgan moliya rejasi; loyihani moliyalash strategiyasi (vositalarni qayerdan va qanday shaklda olish, jami qancha pul kerakligi, uning qayerdan olinishi va harajatlarning qoplanishi, investorlarning daromad olish vaqgi va boshqalar) oʻz ifodasini topadi. Biznes reja ni ishlab chiqishda tadbirkorning oʻzi ("birinchi rahbar"), firma (xoʻjalik)larning mutaxassislari ishtirok etadi, tashqaridan maslahat va tavsiyalar olinadi. Biznes reja ekspertlar koʻrigidan oʻtkaziladi va olingan xulosalarga tayanib Biznes reja yanada mukammallashtiriladi. Biznes reja kredit berish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Biznes-rejani ishlab chiqishni boshqarish Biznes-rejaning asoslanganligi va ishonchliligi o`zaro bog`liq bo`lgan va birbirini to`ldirib turuvchi jarayonlardir. Biznes-rejaning asoslanganlik darajasi qanchalik yuqori bo`lsa, uning ishonchliligi, talab qilinishi va foydaliligi ham shunchalik yuqori bo`ladi. Buning uchun biznesni rejalashtirish jarayonini boshqarish zarur bo`lib, u quyidagilarga imkon beradi: 1) korxona faoliyatining muayyan yo`nalishlarini, maqsadli bozorlar va korxonaning ulardagi o`rnini aniqlash; 2) korxonaning qisqa va uzoq muddatli maqsadlarini, shuningdek, ularga erishish taktika va strategiyalarini ifodalash. Tanlangan har bir strategiya uchun javobgarlarni belgilash; 3) korxonaning iqtisodiy holatini hamda belgilangan maqsadlarga erishish uchun zarur bo`lgan mos keluvchi moddiy, moliyaviy va boshqa resurslar holatini baholash; 4) iste’mol bozoriga chiqariluvchi mahsulot (ish, xizmat) hajmi va nomenklaturasini aniqlash hamda bir vaqtning o`zida ularni yaratish va sotish xarajatlarini aniqlash; 5) kadrlarni tanlash, ularning belgilangan maqsad va vazifalarni bajarishga mos kelishini baholash, mos keluvchi har bir uchastkada kadrlar mehnati mahsuldorligini rag`batlantirish uchun zarur sharoitlar yaratish; 6) biznes-rejani amalga oshirishga to`sqinlik qilishi mumkin bo`lgan qiyinchiliklar va «ko`zga ko`rinmas» to`siqlarni oldindan ko`ra bilish. Biznes-rejani ishlab chiqishda ushbu jarayonda korxona (firma) rahbariyatining ishtirok etish darajasi muhim ahamiyat kasb etadi. Biznes-rejani tayyorlashda rahbarning shaxsan ishtirok etishi shunchalik muhimki, xorijiy amaliyotda ko`plab banklar, investitsiya jamg`armalari va boshqa shu kabi muassasalar biznes-reja korxonadan tashqarida maslahatchilar tomonidan tayyorlanib, rahbariyat tomonidan faqat imzolangan hoaltlar ma’lum bo`lib qolganda umuman bu korxonalarning arizalarini ko`rib chiqishga ham qabul qilmaydilar. Biroq bu biznes-rejani ishlab chiqishda maslahatchilar xizmatlaridan foydalanmaslik kerak degani emas, aksincha, ekspertlarni bu ishga jalb qilish qo`llabquvvatlanadi. Gap bu yerda boshqa narsa haqida bormoqda – biznes-rejani ishlab chiqish korxona rahbarining yoki o`z ishini ochmoqchi bo`layotgan shaxsning shaxsan ishtirok etishini talab qiladi. Ishga kirishar ekan, u birinchi navbatda kelgusi faoliyatni modelllashtiradi va uning maqsadga muvofiqligini tekshiradi, ikkinchidan,mo`ljallanayotgan ishlab chiqarishning (biznesning) barcha ijobiy va salbiy natijalari uchun javob beradi, uchinchidan esa, bajarilgan hisob-kitoblar va har bir 33 ko`rsatkichlarning ahamiyatini yaxshi va aniq biladi. Boshqaruv jarayonida biznes-rejaning asoslanganligi va ishonchliligidan tashqari uni ishlab chiqishning o`z vaqtidaligi ham muhim ahamiyatga ega. Bozor sharoitlarida, iste’molchilik talabi tez-tez o`zgarib turgan bir paytda rejalashtirish tizimida o`tmishdagi kabi xatolarga yo`l qo`yish mumkin emas (korxonalar yakuniy rejasi yil boshida emas, yil o`rtasi va hatto oxiriga borib tugallangan). Bunday rejalar, tabiiyki, formal xarakterga ega bo`lib, korxona rivojlanishining belgilangan strategiyasini amalga oshirishga xizmat qilmagan. Shu sababli biznes-rejani o`z vaqtida ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega bo`lib, korxonada boshqaruv sifatining baholash ko`rsatkich bo`lib xizmat qiladi. Biznes-rejani ishlab chiqish muddatlarining cho`zilib ketishi g`oyaning eskirishi, homiylar va kreditorlarning ketib qolishi, vaqt va ishlab chiqarish quvvatilarining yo`qotilishi, ishlab chiqarishning susayishiga olib keladi. Shunday qilib, biznes-rejani tayyorlashning asoslanganlini, ishonchliligi va o`z vaqtidaligi korxona muvaffaqiyatining garovidir. O`z vaqtida xorij amaliyotida 195 ta sanoat tovarlarining muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizligi sabablari tahlil qilingan va chop etilgan (Amerikaning «Forchun» jurnali har yili sanoatning 33 tarmog`ida tanlab olingan 300 ta kompaniyaning reytingini aniqlab boradi). Ularning 102 tasida firmalar muvaffaqiyatga erishgan bo`lsa, 93 tasida buning aksi kuzatilgan. Muvaffaqiyatga erishishning uchta asosiy omili aniqlangan: • tovarning raqobatchilar tovarlaridan ustunligi va uning iste’molchilar tomonidan qabul qilinishi; • firmaning marketing «nou-xau»lari, ya’ni bozorni, xaridorlar xulqatvori, yangiliklarni qabul qilish va amalga oshirish surati, tovarning hayotiylik davri va boshqalarni eng yaxshi tushunishi; • firmaning texnologik «nou-xau»lari, ya’ni IITTKI va ishlab chiqarish sinergiyasining yuqoriligi. Biroq ortiqcha chaqiriqlar, xorij tajribalarini targ`ib qilishning o`zi bilan biznes-rejaning mazmunini, uni ishlab chiqish jarayonini boshqarish jarayonini yaxshilash mumkin emas. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling