Universitetining jizzax filiali


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
Sana21.04.2022
Hajmi0.57 Mb.
#646840
Bog'liq
Etnik guruhlar psixologiyasi
tanqidiy tafakkur, Axborot xavfsizligi, Axborot xavfsizligi, Лекция 4, 3-иуе, asdad, 16604, Doc1, taqriz egamqulova, U, KOMPYUTER TARMOQLARI (lotin), KOMPYUTER TARMOQLARI (lotin), KOMPYUTER TARMOQLARI (lotin), KOMPYUTER TARMOQLARI (lotin), KOMPYUTER TARMOQLARI (lotin)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI
 
 
“Psixologiya” fakulteti 
“Psixologiya”kafedrasi 
Ijtimoiy psixologiya 
Fanidan 
MUSTAQIL ISH 
Mavzu: Etnik guruhlar psixologiyasi 
BAJARDI: 931-20 guruh talabasi talabasi G‘. Abduraxmonov 
QABUL QILDI: O. Ravshanov 
Jizzax_2022 


Etnik guruhlar psixologiyasi 
Ijtimoiy psixologiyada katta guruhlar ichida etnik guruhlar psixologiyasi, 
ya’ni etnopsixologiya bo`yicha ko’prok tadqiqotlar o’tkazildi. Ayniqsa, hozirgi 
davrda har bir jumxuriyatlar alohida, mustaqil davlat mavqeini olgan, lekin 
boshqa tomondan qaraganda, xamdustlik mamlakatlari ittifoki sharoitida 
millatlar o’rtasida muttasil aloqalar mavjudligidan kelib chiqib, milliy 
psixologiya masalalari kun tartibida avvalgidan ham muhim masala sifatida 
qo’yilmoqda. Shuning uchun ham katta guruhlar ichida milliy guruhlarga 
ko’prok e’tibor berishni lozim topdik, bunday etiborning yana bir boisi - 
O`zbekistonda bu sohada ayrim tadqiqotlarning o’tkazilganligi, lekin ular ko’p 
hollarda milliy psixologiya darajasiga olib chiqilmaganligidadir.
Milliy psixologiya nima va uni qanday qilib o’rganish mumkin? Bu 
hozirda, ya’ni mustaqil O`zbekiston sharoitida, ko’pgina tadqiqotlarni 
qiziqtirayotgan masaladir. Chunki, davr etnopsixologiyadan shunday empirik 
ma’lumotlar kutmoqdaki, u faqatgina milliy ongga taalluqli bo`lgan hozirgi va 
utmishdagi holatni emas, balki millatning ertangi kunini, uning ongi kaysi 
tomonga o’zgarishini, millatlararo sodir bo`ladigan jarayonlarni bashorat 
qilmogi lozim. Buning uchun esa unga kuchli etnopsixologik nazariya va 
ishonchli metodlar kerak. O`zbekiston olimlari oxirgi paytlarda masalaning 
xuddi ana shu tomoniga katta e’tibor bermoqdalar. Chunki sobiq Ittifok 
sharoitining o’zi ana shunday kuchli nazariyaning bo`lishi uchun anchagina 
tuganok bo`lgan, empirik tadqiqotlar esa, avval ta’kidlaganidek, tor guruhlar 
doirasidan, avvalo, oilalar doirasidan chikmagan edi.
Etnopsixologiya - bu psixologiyaning shunday tarmogiki, u ayrim 
olingan millatlar psixologiyasidan tashkari, turli halqlar psixologiyasini, kichik 
milliy guruhlarni ham o’rganadi. Ma’lumki, bu boradagi birinchi ilmiy 
tadqiqotlarni V. Vundt boshlab bergan edi. Uning tadqiqotlaridagi "halq" 
tushunchasi aslida etnik uyushma ma’nosida tushuntirilgan edi. Uning fikricha, 
etnik guruhlar psixologiyasini o’rganish uchun ularning tilini, odatlarini va ana 
shu halqlarda keng tarkalgan afsonalar va boshqa ong tizimlarini o’rganish 


kerak. Shunisi diqqatga sozovorki, Vundtdan keyingi davrda o’tkazilgan muhim 
tadqiqotlardan biri bizning ulkamizda o’tkazilgan bo`lib, uni psixolog A. R. 
Luriya amalga oshirgan edi. Bu eksperimental tadqiqot bo`lib, uni o’tkazishdan 
asosiy maqsad L. S. Vigotsqiyning madaniy-tarixiy yondashuv goyasini 
tekshirish edi. Luriya boshchiligidagi olimlar guruhi revolyusiya galaba 
kozongan O`zbekiston sharoitida turmush tarzining o’zgarishi bilan O’zbek 
halqi psixologiyasining ham o’zgarganligini isbot qildilar. Asosiy maqsad bilish 
jarayonlarining o’zgarganligini isbot qilish bo’lsa ham tadqiqotchilar o`z-o’zini 
anglash va o`z xulq-atvorini analiz qilish borasida ham uyda utiradigan ayollar, 
endigina savod olish maqsadida savodxonlik kurslarida ukiyotgan ayollar hamda 
pedagogika bilim yurtlarida ta’lim olayotgan kizlar o’rtasidagi fark bor-
yo’qligini tekshirishdi. Tadqiqot asosan o`z-o’zini analiz qilish metodi 
yerdamida o’tkazilgan bo`lib, ayollarga turli savollar orqali o`z shaxsiga xos 
xususiyatlarni, o’zidagi yetakchi sifatlarni aniqlash va ba’zi psixologik 
holatlarga baho berish topshirigi berildi. Lekin javoblarning sifati, tulikligi 
ayollarning bilim saviyasiga va ijtimoiy aloqalar tizimida tutgan o’rniga bog’liq 
bo`lib chikdi. Uyda utirgan ayollar ko’p hollarda qo’yilgan savolni ham 
anglamasliklari ma’lum bo’ldi. Luriya shu narsaga ikror bo’ldiki, O’zbeklardagi 
ong asosan boshqa odamlar fikriga bog’liq ekanligi, tobelik psixologiyasi 
ko’pchiligini aniqladi. Masalan, ayollarga o’zidagi yemon sifatlarni aytish 
topshirigi berilganda, ular yemon kushnilarni ko’rsatishar va umuman o`z-o’zini 
baholashdan ko’ra boshqalarni baholash, ularga sifat harakteristikalari berish 
ancha yengil tuYo’ladi.
Yo’qorida ta’kidlaganimizdek, A. R. Luriyaning asosiy maqsadi milliy 
psixologik xususiyatlarni o’rganishda tarixiy tayanish lozimligini isbotlash 
hamda milliy psixologiyaning hayot tarziga, shaxsning jamiyatda kishilar 
munosabatlari tizimida tutgan o’rniga bevosita bog’liqligini isbot qilish edi. 
Lekin tadqiqotning ahamiyati shunda ediki, unda birinchi marta milliy 
psixologiyani o’rganishga yerdam beruvchi metodlar va metodologik prinsiplar 
sanab kurildi. To’g’ri, bu tadqiqotda to’plangan ma’lumotlar va ilmiy xulosalar 


bilan bugungi kunda kelishib bo’lmaydi. Qolaversa, bu konsepsiyaning o’zi 
necha bor qayta ishlovni talab qildi, lekin milliy psixologiya bo`yicha 
o’tkazilgan kross-tadqiqot sifatida uning ahamiyati kattadir. Qo’llangan 
piktogramma -"suz portretlarini", o`z-o’zini analiz qilish metodlarini hozirgi 
zamonaviy tadqiqotlarda ham faqat yangicha metodologik prinsiplarda qo’llash 
mumkin.
Oxirgi yillarda chet el va sobiq Ittifok olimlarining tadqiqotlarini 
umumlashtirib, etnopsixologik ishlarga yagona ilmiy yondashuvni topish 
harakatlari sezilmoqda. Bu sohada mashxur rus etnografi va psixologi YU. 
Bromley olib borgan ishlar, uning laboratoriyasida to’plangan ma’lumotlar 
misol bo`lishi mumkin. YU. V. Bromley etnik guruhlar psixologiyasida ikki 
tomonni fark qiladi: 
1) psixik asos - etnik harakter, temperament milliy an’analar va 
odatlardan iborat barkaror qism ; 
2) hissiet sohasi etnik yoki milliy his-kechinmalarini o`z ichiga olgan 
dinamik qism.
Lekin tadqiqotlar nima uchundir, milliy psixologiya masalalari bilan 
shug’ullanishganda, milliy k i r r a l a r yoki sifatlarni aniqlash bilan 
shug’ullanadilar-da, u yoki bu millatlargina xos bo`lgan kirralarni topishga 
o’rinadilar, lekin fan-texnika rivojlangan, millatlar uygunligi, millatlarning 
doimiy o’zaro xamkorligi va muloqoti sharoitida, aralash nikoxlar keng 
tarkalgan sharoitda faqat u yoki bu milatga xos bo`lgan kirralar haqida gapirish 
juda qiyin. Masalan, O’zbeklar o’rtasida o’tkazilgan kichik tadqiqot natijasida 
shu narsa ma’lum bo’ldiki, gueki mexmondustlik, kamtarlik, samimiylik kabi 
ijobiy sifatlar O’zbek halqigina xos emish. To’g’ri, bu sifatlar albatta 
O’zbeklarda bor. Lekin, aynan shu sifatlar boshqa millatlar vaqillarida yo’q 
deyishga xakkimiz yo’q. Xuddi har bir shaxs ongida turlicha steriotiplar - ya’ni 
urnashib qolgan obrazlar bo`lganidek, har bir oila, yaqin oshna - ogaynilar va 
o’ziga o’xshash shaxslar bilan muloqot jarayonida u yoki bu millat vaqilida ham 
o`z millatiga xos bo`lgan sifatlar haqida steriotiplar paydo bo`lib, ular ongida 


urnashib boradi. Bunday steriotiplar o`z millatiga va boshqa halqlarga nisbatan 
bo`lib, boshqalar haqidagi tasavvurlar ancha sodda, yuzaki, mazmunan tor 
bo`ladi. Shunday tasavvurlar asosida boshqa millatlarga nisbatan yektirish 
(simpatiya) yoki yektirmaslik (antipatiya) va befarklik munosabatlari 
shakllanadi. 
O`z 
millati 
haqidagi 
tasavvur 
va 
steriotiplar 
esa 
milliy"etnotsentrizm"hissini shakllantiradiki, shu his tufayli shu milliy guruh 
vaqillarida boshqa millatlarga nisbatan irratsional munosabatlar paydo bo`lishi, 
bu esa millliy antogonizm va milliy adovatlarini keltirib chiqarish mumkin. Bu 
borada, ijtimoiy psixologlar va mafko’rachilar oldida turgan muammolardan biri 
millat vaqillarida milliy guro’rning kay darajada bo`lishini aniqlash muammosi 
turadi. Chunki ko’pincha milliy gurur tufayli ayrim shaxslarda boshqa 
millatlarni mensimaslik, ulardagi gurur yoki milliy hislarni tan olmaslik hollari 
kuzatilmoqda. Umuman, bizning fikrimizcha, milliy adovatlar asosida yyotgan 
etnotsentrizm va milliy guro’rning salbiy ko’rinishlari boshqa millatlarning 
tarixini, ularning an’analarini, tili va xoka’zolarini bilmaslikdan kelib chiqadi. 
Milliy psixologiya bo`yicha o’tkazilishi lozim bo`lgan tadqiqotlarning 
maqsadlaridan biri ham boshqa millatlar psixologiyasini bilib, uni boshqa 
millatlarga yetkazish tufayli, har bir millat vaqiliga hurmat-izzat hissini 
kuchaytirishdir. Chunki, o’zini hurmat qilmagan odam boshqani qilmaydi, 
buning uchun esa psixologiyasini ham, o’zgalar psixologiyasini ham bilishi 
kerak. Shundagina shaxslararo ziddiyatlarga barxam berilishi mumkin. Bu narsa 
millatlar psixologiyasiga ham xosdir. Ya’ni fan jamiyatga shunday etnografik va 
etnopsixologik ma’lumotlar majmuini yaratib berishi lozimki, undagi 
ma’lumotlar asosida katta guruh hisoblangan millatlar psixologiyasini ham 
boshqarish mumkin bo’lsin.
ETNOPSIXOLOGIK TADQIQOTLARDA ISHLATILADIGAN 
METODLAR 
Chet ellarda va mamlakatimizda qilingan ilmiy ishlarni analiz qilar 
ekanmiz, 
etnopsixologik 
tadqiqotlarda 
xilma-xil 
uslub 
va 
metodlar 


qo’llanilganning guvoxi bo’lamiz. Chunki bunday tadqiqotlarda shaxs 
xususiyatlarini o’rganuvchi turlicha testlardan tortib, proektiv metodlar, 
eksperimentallarning turlicha ko’rinishlari, So’roq metodlari - anketa, intervyu, 
sotsiometriya, shakl metodlari va boshqalar ishlatiladi. Bu metodlar hozirgi 
kunlarda ham "madaniy muxit va shaxs", guruhlararo munosabatlar hamda 
kiesiy tadqiqotlarda qo’llanmoqda. Bunday ishlarni faqatgina ijtimoiy 
psixologlar emas, balki umumiy psixologiya bilan shug’ullanuvchi olimlar ham 
o’tkazmoqdalar. Lekin shunday bo`lishiga qaramay, etnopsixologik 
metodlarning taksisligi kun sayin sezilmoqda. Chunki etnopsixologiya 
muammosi bilan shug’ullanishni maqsad qilib kuygan har bir tadqiqotchi ye 
mavjud metodikalardan birini qayta o’zgaritirishga, yoki bo’lmasa, o’zicha 
yangi metodni kashf qilishga majbur bo’lmoqda. Nixoyat, etnopsixologik 
metodlarni qo’llashning noqo’layligi shundaki, masalan, Amerikada juda Yaxshi 
natija berib, ishonchli ma’lumotlar to’plangan metodika Osie mamlakatlari yoki 
bizning jumxuriyatimiz sharoitida umuman xech narsani ulchamasligi mumkin. 
Masalan, Ravenning matrik testi va muxit ta’sirlari daxlsiz deb hisoblangan 
Kettellning intellekt testi ham baribir, qisman bo’lsada, muxit sharoitlarini 
hisobga olishni talab qiladi, qolaversa ularni sharxlash masalasida alohida 
extietkorlik zarur. Shuning uchun ham hozirda butun jaxon olimlari har qanday 
madaniy muxitdan ham yo’qori turadigan, universal test yoki metodika yaratish 
fikrining asossizligi haqida umumiy fikr bildirmoqdalar.
Etnopsixologik tadqiqotlar o’tkazishni maqsad qilib kuygan har qanday 
tadqiqotchi asosiy prinsiplar sifatida madaniy muxit sharoitlarining xilma xilligi 
va ularning o’zaro bir birlariga ta’sir ko’rsatishini inobatga olmogi zarur. Bu 
narsa etnopsixologik tadqiqot dasto’rini to’zishda albatta hisobga olishi kerak. 
misol uchun, O`zbekiston sharoitida tadqiqot o’tkazilmoqchi bo’linsa, quyidagi 
narsalarga e’tiborni qaratish lozim: 1) shu xudud sharoitida yashovchi barcha 
millatlarga xos bo`lgan umumiy psixologik omillar va ularni aniqlash usullarini ; 
2) faqat O’zbek millatiga xos bo`lgan psixologik sifatlar va omillarni aniqlash; 
3) aniqlangan omillarni yoki psixologik sifatlarni ulchaydigan yoki 


eksperimental usulda tekshirishga imkon beradigan metodlarni tanlash va ularni 
konkret sharoitlarda moslash; 4) tadqiqotchilar guruhini tekshirilayotgan milliy 
guruh tilini, urf-odatini biladigan xodimlar bilan ta’minlash. Chunki, tadqiqot 
ob’ekti hisoblangan guruhda usha guruh tilida tadqiqot o’tkazish kerak, to ki 
tekshiruvchilarga qo’yilgan har bir talab, savol va topshiriqlar ular uchun 
tushunarli bo’lsin.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, u yoki bu milliy guruh psixologiyasini, 
undagi etnik steriotiplarni tekshirishga qaratilgan maxsus metodlar yo’q, 
shuning uchun ham tadqiqotlar mavjud metodlar orasidan keragini tanlab, ularni 
joy sharoitlariga moslash kerak bo’lsa, u tildan bu tilga tarjima qilish kerak. 
Tarjima xususida shuni aytish kerakki, maxsus psixologik testlar yoki 
metodlarni (anketalar, So’roqlar, shkalalar savollarini) tarjima qilish 
tarjimondan yo’qsak bilimdonlik va professional sifatlarini talab qiladi. Aks 
holda, metodika o`z kiymatini yo’qotishi yoki kerakli sifatni aniqlamasligi yoki 
ulchamasligi mumkin. Hattoki, noverbal (ogzaki berilgan) testlarni turli 
sharoitlarda qo’llab, olingan ma’lumotlarni sharxlash bosqichida uning mazmuni 
yoki maqsadi o’zgarganligi ko’plab tadqiqotlarida isbotlangan. Shuning uchun 
ham har qanday metodik uslubni qo’llashdan oldin uni kichikrok guruh 
doirasida sinab kurish va natijalarni ekspertlarga berib yoki boshqa yerdamchi 
metodlar yerdamida qayta sinovdan o’tkazish Yo’li bilan tekshirib olish 
maqsadga muvofiqdir.
Konkret etnopsixologik tadqiqotlarga qo’yiladigan yana bir talab- 
tadqiqotni tabiiy sharoitlarida, tekshiruvchilar uchun tanish bo`lgan joylarda 
qisqa ko’rsatmalar berish Yo’li bilan o’tkazishdir. Chunki etnopsixologik 
tadqiqotlarda ko’pincha turli yesh, kasb va ma’lumotga ega bo`lgan shaxslar 
ishtirok etadilar. Shuning uchun ham ularning barchasi uchun tushunarli, aniq 
topshiriqlar tizimini tuza olish ham psixologdan qator professional malakalarni 
talab qiladi.
Bizning nazarimizda, hozirgi paytda etnopsixologik muammolar orasida 
eng muhim yoki bu millat vaqillaridagi etnik steriotiplarni tadkik qilishdir. 


Bunda qanday metodlardan foydalanish mumkin? Rus tadqiqotchisi G. U. 
Ksoevaning yozishicha, bu yerda turt guruhli metodlarni ko’rsatish mumkin: 
1. SHkalali ulchov metodlari - ular asosan millat vaqillaridagi turlicha 
etnik ustanovkalarini tekshiradi. Masalan, Bogardusning mashxur shkalasi: 
kiesiy fikrlash Yo’li bilan berilgan juftliklar - ustanovkalarini har bir 
tekshiruvchi tomonidan aniq baholanishiga asoslangan. yoki Laykartning 
"Baholashlar yigindisi" metodi ham u yoki bu millat vaqiliga xos ustanovka - 
fikrlariga tekshiruvchining e’tirozi yoki e’tirofini aniqlaydi. Bu metodlar butun 
jaxon mikesida ko’pgina tadqiqotlarda ishlatilgan va joy sharoitlariga 
moslashtirish jixatidan rekord kuygan desak bo`ladi.
2. Kuzatish va So’roq metodlari- bunda usha madaniy muxitga xos 
bo`lgan, uning bevosita boyliklari hisoblangan moddiy va ma’naviy kadriyatlar, 
maishiy sharoitlar, odatlar, an’analar va xoka’zolar tashkaridan o’rganiladi. 
So’roq metodalari ichida ko’prok anketa usuli qo’llaniladi, bunda ham millat 
vaqilining turmush tarzi, avtobiografik ma’lumotlari aniqlanib, ilmiy xulosalar 
kontent - analiz qilinadi. Amerikalik olimlar D. Kats va Breylilar So’roq 
metodining o’ziga xos ko’rinishini etnik steriotiplarni aniqlashda ishlatishgan. 
Masalan, ular qiziqtirayotgan masala bo`yicha imkoni boricha ko’p javoblar 
ichidan "O’zinikini" tanlab belgilashni so’rashgan. Bundan tashkari, 84 xil 
sifatni o`z ichiga olgan ro’yxatdan o`z millatiga va boshqa millatga xos bo`lgan 
5 yetakchi sifatni ajratib berish topshirigini berishgan. Shu Yo’l bilan etnik 
steriotiplar aniqlangan,
3. Proektiv metodlar - bu guruhga asosan Ror shaxning "Siex dog’lari" 
testi, tematik appersepsion test (TAT), boshlangan jumlalarni tugatish testi, 
fotoso’ratlarni baholash testi, Lovenfeldning mozaikalari testi va boshqalar 
kiradi. Mavxum berilgan topshiriqlarni bajarish sifati va javoblarining yo’nalishi 
bo`yicha turli millatlarga oid steriotiplar urnatilgan.
4. Shaxsning alohida sifatlarini aniqlashga qaratilgan testlar. Masalan, G. 
Deyker va N. Fridlarning milliy harakter xususiyatlarini o’rganishga qaratilgan 
testlari. Ular asosan shaxsning ta’sirchanligi va hissiy reaksiyalarini o’rganadi. 


Bundan tashkari, shu guruh testlarga alohida intellektni tekshiruvchi, ma’naviy 
dunyoqarashni o’rganish, adolat hissini aniqlash, badiiy testlar va boshqa testlari 
kiradi. Ayniqsa, milliy steriotiplarni aniqlashda millatning tilini barcha 
tilshunoslik uslublari bilan o’rganib chiqish ham juda kimmali ma’lumotlar 
tuplash imkonini beradi. Chunki, til u yoki bu millat vaqilining o’ziga mansub 
millatga xos milliy kadriyatlarni, steriotiplarni o’zlashtirishida asosiy vosita 
rolini uynaydi. Shuning uchun ham etnopsixolog o`z tadqiqotlarini tilshunos, 
etnograf, etnolog, sotsiolog, tarixchilar xamkorligida o’tkazadi.
Yo’qorida aytib utilgan metodologik va metodik uslublar milliy 
psixologiyani o’rganishda faqat asosiylari holos. Chunki, millatlarning ko’p 
kirrali psixologik holatini o’rganishda yana ko’plab usullardan foydalanish 
mumkin, bu narsa tadqiqotning maqsadlariga, tadqiqotchining esa uslubiy 
tayorgarlik darajasiga bog’liqdir.
 
Adabiyotlar: 
1. Andireyeva G.M. Aktualnыe problemы sotsialnoy psixologii. M. 1998. 
 
2. Andreyeva G.M. Sotsialnaya psixologiya M, 1980. 
3. Karimova V.M., Akramova F. Psixologiya T 2000. 
4. Karimova V.M Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot.T1999 
5. Mayers D. Sotsialnaya psixologiya, Sankt-Peterburg, 1997. 
6. Metodi sotsialnoy psixologii. ye.E.Kuzmin tarx, L1997 
7.Sokolova ye.T. Proyektivnыe metodы issledovaniya lichnosti. M,1980 
8.Sotsialnaya psixologiya. A.V.Petrovskiy tarx. M,1987. 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling