Unli va undosh tovushlar


Download 126 Kb.
bet1/8
Sana16.10.2023
Hajmi126 Kb.
#1704621
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Unli va undosh tovushlar-hozir.org


Unli va undosh tovushlar

MAVZU: BOSHLANĞICH SINFDA ,,TOVUSHLAR VA HARFLAR" , ,, UNLI VA UNDOSH TOVUSHLAR" NING XUSUSIYATLARI BILAN TANISHTIRISH METODIKASI

Reja:

Kirish


I BOB. BOSHLANĞICH SINFLARDA TOVUSHLAR VA HARFLAR USTIDA ISHLASH METODIK MUAMMO SIFATIDA.

1.1. Õzbek tilining tovush tizimi.

1.2. Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning xususiyatlari bilan dastlabki tanishtirish.

II BOB. BOSHLANĞICH SINFLARDA UNLI VA UNDOSH TOVUSHLARNI ÕQITISH METODIKASI.

2.1. 1-4-sinflarda unli va undosh tovushlar ustida ishlash metodikasi

2.2. Tovushlar va harflar mavzusining dars ishlanmasini tuzish.

III BOB. XULOSALAR.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

Kirish

Kurs ishi mavzusining dolzarbligi:



Boshlang‘ich sinflarda ona tili ta'limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kеngaytirishga, ularda erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olishga, jamiyat a'zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o‘rinda ona tili ta'limiga o‘quv fani sifatida emas, balki butun ta'lim tizimini uyushtiruvchi ta'lim jarayoni sifatida qarash lozimligini alohida ta'kidlash joizdir. Tovush murakkab tushuncha bo‘lganligi uchun boshlang‘ich sinflarda unga ta'rif bеrilmaydi. Shunga qaramay, bolalarda tovush haqida to‘g‘ri ilmiy tasavvur amaliy mashqlar orqali hosil qilinadi.

Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida fonеtik-grafik tushunchalar ustida ishlash jarayoni o‘quvchilarda imloviy malakalarni shakllantirishda asosiy davr hisoblanadi, bu davr o‘quvchi savodli yozuvining shakllanishida muhim bosqich bo‘lib, fonеtik-grafik tushunchalar bilan bog‘liq mavzularni o‘rganish dolzarbligini e‘tirof etadi.

Kurs ishi mavzusining o'rganganlik darajasi:

Nutq tovushi asosiy fonetik birlik sanaladi.

Fonetikada nutq tovushlari 4 tomondan o‘rganiladi:

1) nutq organlarining nutq tovushlarini talaffuz qilishdagi harakati, ya`ni artikulyatsiyasi o‘rganiladi;

2) tovushlar qanday fizik tebranishlar natijasi ekanligi, ya`ni akustik tomonini hisobga olinadi;

3) nutq tovushlari bo‘ғin, urғu va ohangning eshituvchi tomonidan anglab his etilishi tekshiriladi;

4) nutq tovushlarining tildagi so‘zlar, frazalar va gaplarni bir-biridan farqlash uchun xizmat qilishi, ya`ni fonologik tomoni o‘rganiladi.

Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra tovushlar ikkita katta guruh – unli va undoshlarga ajratiladi. Boshlangʻich sinflarda ushbu birliklar o'rganiladi. Undosh tovushlar unlilardan ko‘p va shu tufayli ularning funktsional xizmati ham kattadir.

Kurs ishi mavzusining maqsadi va vazifalari:

1. Boshlang‘ich sinflar ―2-sinf Ona tili darsliklarida bеrilgan fonеtikaga oid mavzular bilan yaqindan tanishish.

2. Boshlang‘ich sinflar ona tili darslarida jarangli va jarangsiz undoshlarga oid mavzular ustida ishlash mashg‘ulotlarini kuzatish va tahlil qilish.

3.So‘z ichida kelgan unli va undoshlar ustida ishlash usullarini belgilash.

4. So‘z ichida kelgan unli va undoshlar ustida ishlash usullarini amaliyotda sinab ko‘rish.

5. Amaliyotda to‘plangan tajribalar natijalarini tahlil qilish.

6. Mavzu bo‘yicha to‘plangan materiallarni sistemalashtirish va ishni shakllantirish.

Kurs ishi mavzusining ob'yekti:

Inson nutqi gaplardan, gaplar so‘zlardan, so‘zlar tovushlardan tashkil topadi.

Fonetika (grekcha -fone-tovush) tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, tilning tovush tizimini, nutq tovushlarini o‘rganadi.

1-4-sinf ona tilii darslilarida fonetikaning muhim qatlamini tashkil etuvchi unli va undosh tovushlar kurs ishining asosiy ob'yekti hisoblanadi.

Kurs ishi mavzusining amaliy ahamiyati:

Tilning talaffuz alomatlari nazariy jihatdan o‘rganiladi. Fonetika amaliyotda keng qo‘llaniladi. Tilning tovush tarkibini yaxshi o‘rganishda, orfografiya masalalarini to‘ғri hal qilishda, yozuvi bo‘lmagan xalqning yozuvini yaratishda, eski yozuvdan yangi yozuvga o‘tishda, chet el tillarini o‘rganishda, tili chuchuk bolalarning tilini tuzatishda va boshqa sohalarda fonetikaning ahamiyati nihoyatda kattadir.

Boshlang’ich sinflarda bo'g'in, so'z va gaplarni hosil qilishda unli va undosh tovushlarning amaliy ahamiyati katta hisoblanadi. Shu sababli, boshlang'ich sinflarda unli va undosh tovushlarni o'rganish juda muhum vazifadir.

Bo’g’inning amaliy ahamiyati quyidagilarda namoyon bo’ladi:

1) yozuvda bir satrga sig’may qolgan so’z kеyingi qatorga bo’g’in asosida ko’chiriladi;

2) birinchi sinf o’quvchilarini o’qish va yozishga o’rgatish bo’g’in asosida amalga oshiriladi;

3) shе'riy misralarda bo’g’inlar soni tеng bo’ladi

Nutq tovushlari talaffuz paytida ba'zi o’zgarishlarga uchraydi.Boshlang'ich sinflarda bu o' zgarishlar haqida qisqacha mavzu doirasida ma'lumotlar berib boriladi.

Kurs ishining tuzilishi:

Ushbu kurs ishi kirish, 2 bob, har bir bobning mazmun mohiyatidan kelib chiqqan holda ichki bo`limlar, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan tashkil topgan. Kurs ishining kirish qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari yoritilgan.

Birinchi bob “Undosh tovushlar va harflar haqida umumiy ma'lumot” deb nomlanib, u ikki bo’limdan iborat. Undatovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar haqida ma’lumot, 1-4-sinflarda tovush va harf, unli va undoshlar haqida so`z yuritiladi. Ikkinchi bob “ Undosh tovushlarning talaffuzi va imlosi” deb nomlanib, u 1-4-sinf darsliklaridan kelib chiqqan holda tahlil qilingan.

Xulosada 1-4-sinfda undoshlarning har biriga alohida to`xtalib o`tilib tahlil qilindi. Shuningdek kurs ishi foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

I BOB. BOSHLANĞICH SINFLARDA TOVUSHLAR VA HARFLAR USTIDA ISHLASH METODIK MUAMMO SIFATIDA.

1.1. Õzbek tilining tovush tizimi.

Kichik yoshdagi o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqni egallashlarida fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta:

a) fonetikbilimga asoslangan holda 1 sinf o'quvchilari savod o'rganish davrida o'qishni va yozishni bilib oladilar;

b) fonetik bilim so'zni to'g'ri talaffuz qilish (tovushlarni to'g'ri talaffuz qilish, urg'uli bo'g'inni farqlash, orfoepik me’yorga rioya qilish) asosini tashkil etadi;

d) fonetik bilim morfologik va so'z yasalishiga oid bilimlar bilan birga o'quvchilarda qator imloviy malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning yozilishi) shakllantirish uchun zamin bo'ladi;

e) fonetik bilim gapni ohangiga ko'ra to'g'ri aytish, logik urg'u va gap qurilishidagi to'xtamlarga rioya qilish uchun zarur;

d) so'zning tovush tomonini bilish uning m a’nosini tushunish va nutqda ongli qo'llash uchun muhimdir; hozir va hozir, atlas va atlas so'zlari manosidagi farq faqat urg'u orqali ajratiladi. So'zning tovush tomonini tasavvur qilish so'zlarni talaffuzda farqlash, ayrim so'zlarni to'g'ri talaffuz qilish va qo'llash uchun zarur. O'qituvchi boshlang'ich sinflarda o'qitiladigan barcha fanlarga oid darslarda so'zni aniq va to'g'ri talaffuz qilish ustida doimiy ishlab boradi, shu maqsadda ko'pincha so'zni tovush tom ondan tahlil qilishdan foydalanadi. Maktab dasturiga muvofiq, boshlang'ich sinf o'quvchilari fonetik-grafik ko'nikmalar tizimini hosil qiladilar: tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar, jufti yo'q jarangli va jufti yo'q jarangsiz undoshlar; so'zni bo'g'inlarga bo'lish, urg'uli bo'g'inni talaffuzga ko'ra amaliy farqlash ko'nikmalariga ega bo'ladilar.

Bolalar maktabga kelgunga qadar ham nutqning tovush qurilishini amaliy o'zlashtiradilar, am- mo ular maxsus o'qigunlariga qadar so'zni bo'g'inlarga bo'lishni, so'zdagi tovushlarni izchil talaffuz qilishni bilmaydilar. 1 sinf o'quvchilarida so'zni to'g'ri talaffuz qilish, bo'g'inlarga bo'lish, undagi har bir tovushni tartibi bilan aniq aytish ko'nikmasini shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash, o'z navbatida, analiz, sintez, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy mashqlarni bilib olishga, shuningdek, tovushlarning tabiati, so'z tarkibida bir-biriga ta ’siri kabi ayrim elementar bilimlarni o'zlashtirishga imkon beradi. I sinfda fonetika va grafikani o'rganishga katta o'rin beriladi, chunki o'quvchilar o'qish va yozish jarayonini shu sinfda egallaydilar. Bu bilimlar keyingi sinflarda mustahkamlanadi, takomillashtiriladi.

Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning xususiyatlari bilan tanishtirish

Tovush murakkab tushuncha bo'lgani uchun boshlang'ich sinflarda unga ta ’rif berilmaydi. Shunga qaramay, bolalarda tovush haqida to'g'ri ilmiy tasavvur amaliy mashqlar yordamida hosil qilinadi. Bunda yetakchi usul so'zdagi tovushlarning talaffuzi hamda so'zning leksik ma’nosi so'zdagi tovushlarning tarkibiga bog'liqligi ustida kuzatish hisoblanadi. Masalan, aka, uka, opa, ona, ola, kul, gul, qora, qarakabi bir unli yoki bir undosh bilan farqlanadigan so'zlar har xil lug'aviy ma’noni ifodalaydi.

So'zning tovush tarkibi ustida ishlash savod o'rgatish davridanoq boshlanadi. Bolalar bu davrda talaffuz qilingan yoki eshitilgan so'z tovushlardan tuzilishini bilib oladilar. Ular so'zni tovush tomonidan tahlil qilishga o'rganadilar, ya’ni so'zni bo'g'inlarga bo'ladilar, so'zdagi tovushlarni tartibi bilan aytadilar. Bunda tovush tomondan tahlilni harf tomondan tahlil bilan aralashtirmaslikka alohi-da ahamiyat beriladi. So'zning tovush tarkibini to‘g‘ri tasavvur etish undagi harflarni tushirib qol-dirmay yoki o ‘rnini almashtirmay yozish malakasini shakllantirish uchun ham , so‘zni to ‘g‘ri talaffuz qilish uchun ham katta ahamiyatga ega. Shuning uchun savod o'rgatishdan so'ng ham so'zni

tovush tomondan tahlil qilish mashqlari yordamida so'zdagi tovushlar tarkibini aniqlash ko'nikma-sini takomillashtirish ustida ishlab borish zarur.

O'qituvchi ona tili darslarida o'quvchilarni tovush va harflar bilan tanishtirishda, ularni sintezlab o'qishga o'rgatishda o'zbek tilining fonetik xususiyatlarini hisobga olishi zarur.

So'z bo'g'inga bo'linadi, bo'g'indan kerakli — o'rganilayotgan tovush ajratilib olinadi, tahlil qilinadi, o'rganiladigan harf bilan sintezlanadi, shu asosda harf va butun o'qish jarayoni o'zlash-tiriladi. Bunda o'zbek tili grafik tizimi, tovushlarni yozuvda belgilash xususiyatlari hisobga olinadi. Ona tili grafik tizimining quyidagi xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega:

1. Savod o'rgatishda tovush-harf bilan tanishtirish unlilardan boshlanadi. Hozirgi o‘zbek tilida 6 ta unli fonema mavjud: a, o, i, e, u, o‘.

E harfi so'z va bo'g'in boshida qo'llanadi


Download 126 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling