Uorren Baffetdan muvaffaqiyat haqida 10 saboq


Download 14.28 Kb.
Sana17.01.2022
Hajmi14.28 Kb.
#370418
Bog'liq
Uorren Baffetdan muvaffaqiyat haqida 10 saboq
Mindstorms, axborot tizimlarida axborotlarni kriptografiya algoritimlar asosida ximoyalash, Oddiy kombinatsion sxemaning funksional va konbinatsion, ПҚ, algo.ubtuit.uz[001-299], Level Test IELTS, elementary test

Uorren Baffetdan muvaffaqiyat haqida 10 saboq

2021 yil bahorida buyuk investor Uorren Baffetning boyligi 100 milliard dollardan oshdi. Va shuni ishonch bilan aytish mumkinki, Uorren biznes, sarmoyalar va muvaffaqiyatlar haqida ancha sirni biladi:

1. Shuhrat qozonish uchun 20 yil va uni yo'qotish uchun esa 5 daqiqa vaqt ketadi. Agar siz bu haqda o'ylab ko'rsangiz, ishingizga boshqacha munosabatda bo'lishni boshlaysiz.

2. Faqat o'tirib o'ylash uchun har kuni vaqt ajrating. Bu atrofdagilar uchun juda g'alati. Ammo ishoning, ko'pchilikka qaraganda kamroq impulsiv qarorlar qabul qila boshlaysiz.

3. Agar tanla deyishsa, men tungi uyquni qo'shimcha pul topish imkoniyati bilan almashtirmasdim.

4. Agar siz eng baxtli 1% odamlardan biri bo'lsangiz, boshqa 99% insoniyat haqida o'ylashingiz kerak.

5. Hech qachon o'zingiz tushunmaydigan biznesga investitsiya qilmang.

6. Sizning iste'dodingiz va harakatlaringiz qanchalik katta bo'lmasin, ko'p narsalar vaqt talab etadi. Bir oy ichida bolani tug'ilishi mumkin bo'lmaganidek.

7. Bugun siz soyada o'tiribsiz, chunki uzoq vaqt oldin kimdir daraxt ekkan.

8. Agar siz chuqurga tushib qolsangiz, eng muhim narsa - qazishni to'xtatishdir.

9. "Baxt pulda emas". Bunday bema'nilikni gapirishdan oldin, yetarli miqdorda pul ishlaganingizga ishonch hosil qiling.

10. Halollik - bu qimmat sovg'a, uni arzon odamlardan kutmang.

Uorrenning fikriga qo'shilasizmi?

Farzandingiz muvaffaqiyatli bo'lishining 8 ta belgisi:

1. Suhbatlarda faol ishtirok etish

Ko'p gapiradigan bolalar doimo atrofdagi hamma narsalar to'g'risida iloji boricha ko'proq ma'lumot to'plashga harakat qilishadi. Ular odatda juda tezkor va tez kirishimli bo'lishadi.

2. Yaxshi xotira

Neyrologlarning ta'kidlashicha, xotirasi yaxshi bo'lgan bolalar to'g'ri va mantiqiy qarorlar qabul qila oladilar, xuddi kattalardek.

3. Yomon xatti-harakatlar

Farzandingiz gapga quloq solmaydigan va o'jarmi? Zo'r! Agar bola qoidalarni e'tiborsiz qoldirishni va o'z nuqtai nazarini himoya qilishni afzal ko'rsa, demak u mustaqil va kreativlikka ega shaxs.

4. Haddan tashqari qiziqish

Agar sizning farzandingiz atrofdagi hamma narsaga qiziqsa va u bir ishdan ikkinchisiga osonlikcha o'tsa, bu uning IQ si yuqori ekanligini ko'rsatadi.

5. Yaxshilik va rahmdillik

Agar bola boshqalarga hamdard bo'lsa, unda uni katta kelajak kutmoqda. Nimaga? Chunki hissiy intellekt unga odamlar bilan tez munosabatga kirishishiga yordam beradi, bu ba'zan muvaffaqiyatga erishishda hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi.

6. Diqqatni jamlash

Agar bola biron bir muhim masalaga e'tibor qaratsa va sizga javob bermasa, tashvishlanmang. Keyinchalik hayotda katta yutuqlarga erishadigan iste'dodli bolalar bu uchun xoh xususiyat.

7. Yopiqlik

Iste'dodli bolalar ko'pincha yolg'iz qolishni afzal ko'rishadi - qiziq bir narsa qilish yoki o'zlarining fikrlariga to'liq singib ketish uchun.

8. Kattalar bilan do'stlik

Farzandingiz kattaroq bolalar davrasini afzal ko'radimi? Bu uning tezkor rivojlanish istagi haqida gapiradi. U instinktiv ravishda kattalardan ko'p narsalarni o'rganish mumkinligini tushunadi.



Ushbu punktlardan kim o'z farzandini tanidi? Yoki o'z bolalik paytingiz ko'rdingizmi😄?
Download 14.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling