Uralova sojida anvar qizi


Download 27.98 Kb.
Sana10.09.2020
Hajmi27.98 Kb.
#129147
Bog'liq
maqola2020


UO’K 65.012.3(075)
INNOVATSION MENEJMENTNING TA’LIM SOHASIDAGI O’RNI
URALOVA SOJIDA ANVAR QIZI - 1-kurs talabasi
Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Ta’lim sohasida innovatsion bilim daraja ko’rsatkichlari pasayib ketishi hamda o’quvchi va talabalarning innovatsion bilim salohiyati yetarli darajada rivojlanmayotganligi, bu borada boshqaruvning sustligi muammolari bilan bog’liq. Bu holatlarni oldini olish uchun fundamentning boshi bo’lgan innovatsion menejmentni joriy etish, mamlakat kelajagi bo’lmish yoshlarning savodsiz bo’lib yetishishiga chek qo’yish talab etiladi. Shuning uchun ushbu maqolada innovatsion menejmentning ta’lim sohasidagi o’rni masalasi ko’rilgan.



Kalit o’zlar: innovatsion menejment, innovatsiya, ilm-fan, ilmiy-texnika, rahbar, talaba, uslub va usullar.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Xalqimiz dunyo qarashida innovatsiya muhitini yaratish eng muhim vazifamizdir. Innovatsiya bo’lmas ekan, hech bir sohada raqobat, rivojlanish bo’lmaydi. Bu sohadagi o’zgarishlarni xalqimizga keng targ’ib qilmasak, odamlarda ko’nikma paydo qilmasak, bugungi davr shiddati, fan texnikaning misilsiz yutuqlari bilan hamqadam bo’la olmaymiz” degan edilar.



Shu boisdan hozirgi kunda ta’lim sohasida innovatsion menejmentning o’rni juda sezilarli darajada rivojlanmoqda. Shuni aytishim kerakki 2017 yil oxirida parlamentga yo’llagan murojatnomasida prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatdagi ilm-fan ahvolini qattiq tanqid qilgan va 25 yil davomida mamlakat ilm-fan bilan shug’ullanmaganini, balki borini yo’q qilganini aytgan edilar. Ilm- fanni rivojlantirish uchun albatta boshqaruv sohasi mustahkam poydevor bo’lmog’i darkor. Boshqaruv insonlar bilan birga paydo bo’lgan. U mehnatning taqsimlanishi va kooperatsiyalanish jarayonida faoliyatning mustaqil turiga ajralgan. Bu odamlarning ijtimoiy ishlab chiqarishdagi faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish zarurligi bilan asoslangan. Bunda ulardan biri rahbar, ya’ni boshqaruvchilar, boshqalari esa ularga bo’ysunuvchilar, ya’ni boshqariladiganlardir. Bundan tashqari, dunyo ilmiy-texnika taraqqiyoti bilan asoslanib kelmoqda va tez o’zgarishlarning maydonidir hamda ko’p mamlakatlarning hukumatlari ta’lim sohasiga nisbatan o’z munosabatlarini borgan sari qat’iyroq belgilay boshlamoqdalar. Bu omillar innovatsion menejmentning ta’lim sohasidagi tashkilot faoliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi tashqi kuchlar mavjudligini his qila boshlashlari barcha OTM sohasidagi insonlarga hamda kelajak avlodning kelajagiga befarq bo’lmagan jamiyatimizga o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Buning oqibatida yangi yondashuvlar ishlab chiqilgan. U o’z navbatida boshqaruvni har bir nuqtayi nazardan kelib chiqqan holda beshta ustuvor yondashuvlarga ajratganlar: ilmiy boshqaruv, ma’muriy boshqaruv, insoniy munosabatlar, miqdoriy hamda xulq haqidagi boshqaruvlardir.

Ilmiy boshqaruv – butun dunyoda “Maktabni ilmiy tashkil etish” nomi bilan mashhur bo’lgan bu maktabning vujudga kelishi va rivojanishi XX asr boshlariga to’g’ri keladi. Bu maktabning boshida amerikalik muhandis- tadqiqotchi F.Teylor turgan, u o’zining kundalik ishida unumdorlik va samaradorlikni oshirish maqsadida ishlab chiqarish va mehnatni faollashtirish muammolarini hal qilgan. Uning ta’limi menejment zamonaviy konsepsiyaning asosiy nazariy maktabi bo’lgan. F.Teylor ushbu maktabar uchun quyidagi alomatlarni ishlab chiqqan:

  • Ma’muriy hal qilishi kerak bo’lgan vazifalarni belgilash;

  • Subektivizim va avtoritar usullarni ilmiy qoidalarga almashtirish;

  • Boshqaruvni sanoat mehnati sohasiga aylantirish;

  • Mehnatni taqsimlash va ixtisoslashtirish, xodimlarni tor vazifalarni bajarishga yo’naltirish;

  • Faoliyatni qat’iyan tartibga solish;

  • Vazifalarni bajarish uchun eng yaxshi va eng to’g’ri bajaradigan xodimlarni maqsadga qaratilgan holda tanlab olish, ularni o’qitish;

  • Xo’jalik vazifalarini hal qilishning eng yaxshi usullarini belgilash uchun ilmiy tahlildan foydalanish;

  • Ishlarni rejalashtirish;

  • Xodimlarni mukofotlash;

Ma’muriy boshqaruv- uni rivojlantirish uchun fransuz olimi A.Fayol va nemis sotsiologi M.Veber katta hissa qo’shganlar. Bu vakillar muassasalarning umumiy ta’riflari hamda qonuniyatlarini aniqlashganlar. Ular muassasalarni universal tarzda boshqarishning ikki turini yaratganlar.

Birinchisi - muassasani boshqarishning oqilona tizimini ishlab chiqish.

Ikkinchisi - muassasa va xodimlar boshqaruvining tuzilishini qurish.

Boshqaruvdagi insoniy munosabatlar - M.Follet, E.Meyo va A.Maslou uning eng yirik obro’li vakillaridir. Bu soha vakillari, agar rahbarlik o’z xodimlari haqidagi g’amxo’rlikni oshirsa, unda xodimlarning qanoatlanganligi darajasi oshadi, bu esa muqarrar unumdorlikning ko’payishiga olib keladi deb ishonganlar. Ular bevosita boshliqlarning samarali harakatlari, xodimlar bilan maslahatlashishlar va ularga ishda muloqot qilishda kengroq imkoniyatarni berishni o’z ichiga oluvchi insoniy munosabatlarni boshqarish usullaridan foydalanishga tavsiya berganlar.

Miqdoriy usul boshqaruv - bu boshqaruvda R.Akoff, N.Viner va boshqalar o’z tajribalarini olib borishgan. Maktab boshqaruvida aniq fanlar - matematika, statistika, muhandisik fanlari ma’lumotlaridan foydalanishga asoslanadi operatsiya va vaziyatlar modeli tadqiqotlari natijalarini keng qo’llashni ko’zda tutadi. Ammo ikkinchi Jahon urushiga qadar miqdoriy boshqaruvdan yetarli darajada foydalanilmagan.

Xulq haqidagi boshqaruv - F.Gersberg, R.Laykert, D.Mak Gregor lar bunda o’z mehnatlarini singdirganlar. Ular xodimga muassasalarni boshqarishga nisbatan axloqiy fanlar konsepsiyalarini qo’llash asosida o’zining shaxsiy imkoniyatlarini his qilishga ko’proq darjada yordam ko’rsatish kerak deb ta’kidlab o’tishgan. Ularning asosiy maqsadi axloq haqidagi fanni to’g’ri qo’llash hamda vaqt ham alohida xodimning, ham umuman muassasa samaradorigini oshishiga yordam berish kerak.

Ko’rib turganimizdek bunday taktikaviy usullar ya’ni metodlarni innovatsion menejmentning ta’lim sohasida to’g’ri va samarali foydalana olsakgina biz o’z ko’zlagan maqsadimizga erishamiz deb o’ylayman.

Ma’lumot o’rnida aytishim mumkinki chet el nuqtai nazaridan bu sohaga qaraydigan bo’lsak Yapon menejmentining mohiyati odamlarni boshqarishdan iboratdir. Bunda yaponlar amerikaliklarga o’xshab bitta odamga emas, balki odamlar guruhiga qaraydilar. Bundan tashqari, Yaponiyada tutgan o’rni guruh tomonidan ma’qullanadigan yoshi bo’yicha kattaroq kishiga bo’ysunish an’anasi vujudga kelgan. Yaponlar mehnatning oldida bosh egadilar. Ayniqsa menga menejmentning yapon modeli judda sodda ko’ringani bilan mohirona va maqsadni yaqqol tarzda ola bilganlari e’tiborimni jalb qildi desam adashmayotgan bo’laman. Bunda:

Boshqaruv qarori jamoaviy tarzda qabul qilinadi.



  1. Jamoaviy javobgarlik ustun bo’ladi.

  2. Boshqaruvning egiluvchan tizimi.

  3. Nazoratni norasmiy tashkil qilinishi.

  4. Jamoaviy nazorat.

  5. Xodim ishini sekinashtirilgan holda baholanishi va xizmatdagi o’sish.

  6. Rahbarning eng muhim sifati muvofiqlashrirish va nazoratni amalga oshirishni bilish.

  7. Boshqaruvni guruhlarga qaratish.

  8. Xizmat bo’yicha yosh va ish stajiga ko’ra ilgari siljish.

  9. Universal turdagi rahbarlarni tayyorlash.

Albatta bu kabi strategiyalar va uslub va usullar ta’lim sohasidagi o’zgarishlarga sezilarli darajada ta’sir qilishi yaqqol ko’rinib turibdi. Shuni aytishim kerakki, birdamlikda qilingan say harakatlar o’z natijasini a’lo darajada ko’rsatishiga.

Ta’lim muassasalarida ish yuritayotgan rahbar shaxslar har bir jarayonni e’tibor va ma’sulyat bilan yondashar ekan ziyrakroq bo’lishlari darkordir va ichki nizomodagi qaror va takliflarni inobatga olgan holda rahbar shaxslar o’z ish faoliyatlarini masulyatli tarzda olibborishsa maqsadga muvofiqroq bo’ladi.



Barcha jarayonlarni kuzatgan holda o’z takliflarimni aytib o’tmoqchiman:

  • Birinchi o’rinda o’qitish sistemasini o’zgartirish talab etiladi;

  • O’qitiladigan fanlar soni kamaytirilib asosiy e’tibor mutaxassis fanlarga qaratilishi zarur;

  • Samarasiz mustaqil ta’lim ishlarini bekor qilish kerak;

  • Talabaga mustaqil ish sifatida dolzarb mavzu berilishi va uni g’oya sifatida shakillantirilishini ta’minlash;

  • Ichki tekshiruv guruhi tuzilib, ular doyimiy ravishda talabalar saviyasini, ya’ni bilimini tekshirishlari kerak;

  • Har oyda ichki guruh tomonidan talabalarni sinov testidan o’tkazish va o’ta olmagan talabalarni qayta topshirish uchun 3 kun muddat belgilash;

  • Ichki guruh kuchli bilim va malakaga ega bo’lgan va har qanday holatda ham faqat bilim uchun kurashadigan professor-o’qituvchilar va iqtidorli talabalardan tuzilishi kerak;

  • Bu guruh talabalarni faqat o’z mutaxassis fanlarni o’zlashtirishini ta’minlaydi va kuzatib boradi;

  • Bu guruh tomonidan har bir imitoxondan o’ta olmagan talabaga 3 marta qayta topshirish imkon beriladi. Shunda ham topshira olmagan talabalar keyingi o’quv yilida imtihon topshirishi kerak;

  • Darsga kelish ixtiyoriy bo’lishi va har oyda sinovga barcha talabalar chaqirilishi va o’ta olmagan talabalarga keyingi imtixonda yuqoridagi talablar qattiq qo’yilishi lozim;

  • Imtixonni haqiqiy bilim bilan topshirish qattiq nazorat ostiga olinishi;

  • Ichki guruh vakillari har yili almashtirib turilishi va ularning soni har bitta guruhda kamida 7 tadan oshishi kerak.

Men o’ylaymanki ushbu berilgan takliflar amaliyotimizda qo’llanilsa maqsadga muvofiq bo’lardi. Bu tuzilgan ichki guruhning vazifalari belgilab olinadi va har oyda Oliy ta’lim vazirligiga oylik hisobot topshiradi. Ular talabalarni o’qitmaydi. Ularning vazifasi faqat oylik sinov ya’ni mutaxassis fanlar bo’yicha og’zaki va har bir talaba bilan alohida savol-javob o’tkazishi kerak bo’ladi. Ichki guruh a’zolari malakasini va mahoratini oshirish uchun har yili bir marta chet davlatlarga yuborilib ular bilan fikr almashib qaytishi maqsadga muvofiq bo’lardi. Bu ichki guruhning maqsadi quyidagilardan iborat bo’ladi:

  • Bilimsizlikka chek qo’yish;

  • Dars beradigan o’qituvchilarning qay darajada talabalarga bilim va ko’nikmalar beraolganligini tekshirish;

  • Baho olishning boshqacha yo’llarini bartaraf etish;

  • Har bir talabani haqiqiy bilimiga qarab baholash;

  • Talaba yoshlarni haqiqatdan barkamol avlod bo’lib yetishishini ta’minlash.

Shu o’rinda aytishim kerakki agarda, ta’lim yo’nalishidagi innovatsion menejerlarimiz shu kabi talab va takliflarni inobatga olsa, albatta maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha o’quvchi va talabalarning bilim salohiyati oliy darajaga ko’tariladi. Hattoki, Yaponiya va Yevropa ta’lim tizimidan ham ildam qadamlar bilan biz o’zbek xalqi o’zib ketamiz degan fikr bilan o’z ilmiy maqolamni yakunlayman.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


  1. Yo’ldoshev N.K, Zaxidov G.E. Menejment. – T.: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti. – 2018. 364 b.

  2. https://m.oz.sputniknews-uz.com.

Download 27.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling