Uran konlari Toriy konlari


Download 34 Kb.
Sana12.11.2021
Hajmi34 Kb.

Radioaktiv metallar

Reja:


  1. Uran konlari

  2. Toriy konlari

Sof uran – po‘latsimon kul rangdagi og‘ir metalldir. Uranning klarki – 0,00025, solishtirma og‘irligi – 19, erish harorati – 1130 °С,qaynash harorati – 2700 °С.

Uran kimyoviy jihatdan juda faol metalldir. Sn, Hg, Cu, Pb kabi metallar bilan qotishmalar hosil qilish xususiyatiga ega. Ochiq havoda tez oksidlanadi. Uran neytronlarni ushlab qolib, yadrolarining bo‘linishi xususiyatiga ega. Bunda juda katta hajmda energiya ajralib chiqadi. Uranning bu xususiyati yadro reaktorlarini kashf etilishida katta ahatiyatga ega bo‘ldi.

Hozirgi paytda yadro reaktorlaridan elektr enegiyasi ishlab chiqariladi, kemalarni harakatga keltirishda, sho‘r suvlarni chuchuklashtirishda xizmat qiladigan qurilmalarda qo‘llaniladi. Bundan tashqari uran plastmassalar ishlab chiqarishda, shisha kimyosi sanoatida qo‘llaniladi.

Uran 90ga yaqin mineral tarkibiga kiradi. Ularning asosiylari:

uraninit, nasturan, uran slyudalari, uran fosfatlari.

Uran ma’danlarining chet eldagi zaxiralari 25 mln t atrofida. Ularning asosiy qismi AQSH, Avstraliya, Kanada, JARlarida mujassamlashgan. Bir yilda chet ellarda 400000 t ga yaqin uran qazib olinadi. Dunyo bozorida 1kg uran konsentratsiyaning narxi 50–60 AQSH dollari atrofida. Uran kuchli radioaktivlikka ega. Uran ma’danlarining sanoat turidagi to‘plamlari hamma turdagi konlar bilan bog‘liq bo‘li shi mumkin.

Ularning asosiylari:

1. Qatlam shaklidagi cho‘kindi konlar – Kanadada Kits, Ispaniyada Fe konlari.

2. Infiltratsion konlar – O‘zbekistondagi Uchquduk zonasidagi konlar, AQShda Kolorado koni.

3. Metamorfik konlar – JARda Vitvatersrand, Braziliyada Jakobina konlari.

4. Gidrotermal konlar – AQSHda Merisveyl, Fransiyada Limuzen konlari.


Toriy konlari

Sof toriy – kumushsimon oq rangdagi qiyin eruvchan metall. Toriy klarki 0,13, erish harorati– 1750 °С, qaynash harorati – 3500 °С,solishtirma og‘irligi – 11,6.

Toriy egiluvchan, cho‘ziluvchan, yaxshi pachaqlanuvchan hisoblanadi. Bir qator metallar bilan qotishmalar hosil qilish xususiyatiga ega bo‘lgan – toriy O, H, N kabi gazlarni yutib o‘z tarkibida ushlab turish xususiyatiga ega. Asosiy xossalaridan biri-uning radioaktivligidir. Toriyning parchalanishi natijasida yadro yoqilg‘isi bo‘lgan uran 233 izotopi vujudga keladi. Toriy neytron yadro reaktorlarida yoqilg‘i sifatida ba’zi bir maxsus qotishmalar tayyorlashda qo‘llaniladi. Bunday qotishmalar raketasozlikda va samolyotsozlikda qo‘llaniladi. Toriy 50ga yaqin mineral tarkibiga kiradi. Ularning asosiylari monasit, torit va uranli torit.

Toriy ma’danlarining razvedka qilingan zaxiralari 500000 t ga yaqin. Uning asosiy qismi Hindistonda va ba’zi Afrika mamlakatlarida mujassamlashgan. Chet ellarda bir yilda 12–13 ming t 8 foizli toriy konsentratsiyasi ishlab chiqariladi. Toriy ma’danlarining sanoat turidagi to‘plamlari asosan monatsitlarning sochilma to‘plamlari bilan bog‘liqdir. Bunday sochmalar Hindistonda, Braziliyada mavjuddir.



Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va kafolatlari. T. 1997.

2. O‘zbekiston respublikasining yer to‘g‘risidagi qonuni.

3. Betextin A.G. Mineralogiya kursi. T. «O‘qituvchi», 1969.

4. Qo‘shmurodov O., Qodirov M.H. Petrografiya. T. «Universitet», 1994.

5. Qo‘shmurodov O., Umarov A.Z., Ishbayev X.D. Kristallografiya. T. «Universitet», 2004.

6. Qo‘shmurodov O., Koneyev R.I., Umarov A.Z. Mineralogiya.

T. «Universitet», 2005.

7. Qodirov M.H., Shorahmedov Sh.Sh. Geolog iyadan amaliy mashg‘ulotlar. Toshkent, «O‘zbekiston», 1994.

8. Qo‘shmurodov O. Foydali qazilmalar (ma’ruzalar matni).

«Universitet», 2002.

9. Tursunov M.X. Foydali qazilmalar. TDTU, 2000.
Download 34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling