UrDu Fizika-Matematika fakulteti matematika yo`nalishi 191-guruh talabasi Bekchanova Shahnozaning nazariy mexanika fanidan tayyorlagan m u s t a q I l I sh I


Download 197.19 Kb.
bet1/6
Sana02.01.2022
Hajmi197.19 Kb.
#185604
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bekchanova Shahnoza mustaqil ish (NM)

UrDu Fizika-Matematika fakulteti matematika yo`nalishi 191-guruh talabasi Bekchanova Shahnozaning nazariy mexanika fanidan tayyorlagan M U S T A Q I L I SH I

Mavzu: Tekis parallel harakatda tezliklar oniy markazi, tezlikni topish

Qattiq jism harakatlanganda uning hamma nuqtalari biror qo’zg’almas tekislikka parallel tekisliklarda harakatlansa, qattiq jismning bunday harakatiga tekis-parallel harakat deyiladi (1-shakl). Jismni P0 tekislikka parallel bo’lgan ixtiyoriy P tekislik bilan qirqamiz. Natijada P tekislikda S qirqim yuza hosil bo’ladi. Bu yuzani tekis shakl deb ataladi. Tekis shakl hamma vaqt P tekislikda harakatlanadi. Jismda tekislikka tik qilib A', A'' olingan kesma jism harakatlanganda P o’ziga o’zi parallel qoladi. Uning hamma nuqtalarining tezlik va tezlanishlari bir xil bo’lib, P tekislikka parallel bo’ladi. Bunday holda A', A'' kesma ustida yotuvchi jismning hamma nuqtalarining harakatini o’rganish o’rniga, shu nuqtalardan birining harakatini o’rganish kifoya. Shunday nuqta uchun S tekis shaklning a nuqtasini olsak bo’ladi. Demak qattiq jism tekis parallel harakatini o’rganish uchun, jismda P qo’zg’almas tekislikka parallel bo’lgan S yuzaning (tekis shaklning) P tekislikdagi harakatini bilsak kifoya. Kinematikada qattiq jismning tekis parallel harakati sohasida yuritiladigan mulohazalar mashina va mexanizmlarning va ularning ayrim qismlarining harakatini o’rganishda nazariy baza sifatida qo’llaniladi. Shuning uchun qattiq jismning tekis parallel harakati kinematikaning asosiy qismi bo’lib, bu qismni ayrim o’rganiladi. Tekis shakl harakatlanadigan tekislikka tekis shaklning harakat tekisligi deyiladi


Download 197.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling