Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti 3-kurs Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili yo'nalishi 197-guruh talabasi Farxodova Komilaning O'zbek adabiy tanqidi tarixidan mustaqil ta'limlari


Download 61.16 Kb.
Sana26.04.2022
Hajmi61.16 Kb.
#654212
Bog'liq
2 5417947582859058103
9-ma'ruza, jahon etnomadaniyatida avstraliya va okeaniya xalqlarining tutgan orni, jahon etnomadaniyatida avstraliya va okeaniya xalqlarining tutgan orni, Test Booklet for Teachers, axborot tizimlari (1), axborot tizimlari (1), Boshlang’ich sinf o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishning umumiy masalalari, Boshlang’ich sinf o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishning umumiy masalalari, 9-may xotira va qadirlash kuni, abu nasr farobiyning pedagogikaga oi, 4.2, 2 5226790373904352806, 2 5226790373904352806, 2 5226790373904352806, 2 5226790373904352806

Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti 3-kurs Filologiya va tillarni o'qitish:o'zbek tili yo'nalishi 197-guruh talabasi Farxodova Komilaning O'zbek adabiy tanqidi tarixidan mustaqil ta'limlari

Mavzu: "O'zbek adabiy tanqidi. Antologiya" Reja: 1. "O'zbek adabiy tanqidi. Antologiya" kitobining mazmun mundarijasi. 2. Ilk munaqqidlarning adabiy-estetik qarashlari. 3. "O'zbek adabiy tanqidi. Antologiya" kitobining adabiy tanqidchilikda tutgan o'rni.

Adabiy tanqid asosan harakatdagi adabiy jarayonni tekshiradi, yangi paydo bo'lgan asarlar talqin vositasida taraqqiyot tamoyillari haqida xulosa chiqaradi, adabiy jarayonga, yangi mezonlar olib keladi.

Adabiy tanqid zamonaviy badiiy asarlarni xalq hayoti, uning estetik ehtiyoji va talablari jihatidan o'rganadi, baholaydi, uni fazilat va nuqsonlarini aniqlaydi, yozuvchilarning ijodiy o'sishlariga va va adabiyotning ravnaqiga ko'maklashadi.

Adabiy tanqidning xos xususiyatlari aniq badiiy asar haqida fikr-mulohaza yuritish, uni baholash bo'lib, uning jamiyat va inson kamolatidagi o'rnini belgilashdan iborat. Ayni vaqtda u adabiy jarayonga jiddiy ta'sir ko'rsatadi.

"O'zbek adabiy adabiy tanqidi tarixi. Antologiya" kitobida dastavval ilk munaqqidlarning adabiy-estetik qarashlari o'rin olgan. Jumladan, Behbudiy, Vadud Mahmud, Cho'lpon kabi bir qator buyuk munaqqidlarning asarlari o'rin olgan. Antologiya Behbudiyning "Tanqid saralamoqdur" maqolasi bilan boshlanadi.

Ilk munaqqidlarning maqolalarida davr adabiy jarayonidagi o'ziga xos jihatlar, jadidlar faoliyati, asarlarning mazmun-mundarijasi yoritiladi. Jadidlar yangi insooni tarbiyalashda adabiyot, teatr va matbuotni samarali vosita deb bilganlar. Shu sababli o'z asarlarida ular adabiy jarayonga alohida e'tibor qaratishgan.

Ilk munaqqidlardan biri Mahmudxo'ja Behbudiyning "Tanqid saralamoqdur" maqolasi jadidlarning "Oyna" jurnalida bosilib chiqqan. Bu maqola jadid matbuotida tanqidning mohiyati, uning vazifalari va ahamiyatlari nimalardan iborat ekanligi haqida fikrlar bildirilgandir.

"O'zbek adabiy tanqidi. Antologiya" kitobi XX asr tanqidchiligi va ilk munaqqidlarning adabiy-estetik qarashlari yoritilgan yirik asardir. Bu asarda adabiy tanqid sohasidagi ko'plab ilmiy maqolalar jamlanganligi bilan e‘tiborlidir. Asarda tanqid va adabiy jarayon, adabiyotshunoslikning oldida turgan yirik muammolar yoritilgan.

Shuningdek, asarda yuqorida aytilgan muammolarning yechimini topish va ularni ilmiy asoslash ishlari ham juda yaxshi yoritilgan. Antologiyada munaqqidlar maqolalari shu davrning turli muammolaridan bahs etadilar.

"O'zbek adabiy tanqidi. Antologiya" kitobining adabiy tanqidi va uning tarixida tutgan o'rni beqiyos. XX asr tanqidchiligi va ilk munaqqidlarning adabiy-estetik qarashlari yoritilgan yirik asardir.

"O'zbek adabiy tanqidi. Antologiya" kitobi XX asr munaqqidlarining eng sara asalari jamlangan muhim manbadir. Antologiya to'plovchisi adabiyotshunos Bahodir Karimdir.

Antologiyaga XX asrda yashagan munaqqidlardan tortib to hozirgi kungacha yashagan tanqidchilarning eng sara asarlari jamalangan. Asar o'quvchining badiiy didini tarbiyalashga, uni o'stirishga xizmat qiladi.

Mavzu: "Tafakkur" jurnalidagi taqrizlar tahlili Reja: 1. "Tafakkur" jurnalining o'zbek adabiy tanqidchilikda tutgan o'rni. 2. "Tafakkur" jurnalidagi taqrizlar tahlili. 3. Taqriz janrining yangi tamoyillari.


Download 61.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling