Urganch Davlat Universiteti “Filologiya” fakultetining kengaytirilgan yig‘ilish bayoni №1


Download 42 Kb.
Sana04.11.2020
Hajmi42 Kb.
#140419
Bog'liq
Bayonnoma


Urganch Davlat Universiteti “Filologiya” fakultetining

kengaytirilgan yig‘ilish

BAYONI № 1
20.09.2020 yil UrDU Filologiya fakulteti


Raislik qildi:
Kotib:




D.Q.G‘ayipov - Urganch davlat universiteti “Filologiya” fakulteti dekani

N.Jumaniyozova - Urganch davlat universiteti “Filologiya” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Ishtirok qildi:




Fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari



KUN TARTIBI
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Urganch davlat universiteti “Filologiya” fakulteti yoshlar yetakchisini saylash to‘g‘risida
ESHITILDI

Urganch davlat universiteti “Filologiya” fakultetining kengaytirilgan yig‘ilishi Nizomiga asosan vakolatli deb topildi.

Shundan so‘ng so‘zga fakultet dekani D.G‘ayipov chiqib, kun tartibidagi masala bilan tanishtirdi. Kun tartibi bir ovozdan ma’qullandi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Urganch davlat universiteti “Filologiya” fakulteti yoshlar yetakchiligiga nomzodlar filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi 184-guruh talabasi Quranboyeva Shodiya Umid qizi, filologiya va tillarni o‘qitish: 181-guruh o‘zbek tili yo‘nalishi talabasi Yuldashev Zafar Umarbek o‘g‘li hamda filologiya va tillarni o‘qitish: 186- guruh o‘zbek tili yo‘nalishi talabasi Rayimqulov Jahongir Axtamgul o‘g‘li majlis ishtirokchilariga tanishtirildi.

Fakultet yoshlar yetakchiligiga nomzodlar so‘zga chiqib saylovoldi dasturlari bilan yig‘ilish qatnashchilarini tanishtirdilar. Shundan so‘ng yig‘ilish ishtirokchilari nomzodlarning dasturlariga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar.

Fikrlar bildirilgandan so‘ng, nomzodlar ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylandilar. Ovoz berish yakuniy natijalariga ko‘ra, yig‘ilish ishtirokchilari filologiya va tillarni o‘qitish: 184- guruh o‘zbek tili yo‘nalishi talabasi Quranboyeva Shodiya Umid qizining nomzodini yoqlab ovoz berdilar.
Yuqoridagilarning inobatga olib yig‘ilish
QAROR QILADI:

1. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Urganch davlat universiteti “Filologiya” fakulteti yoshlar yetakchisini saylash bo‘yicha o‘tkazilgan ochiq ovoz berish natijalari ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Filologiya va tillarni o‘qitish: 184- guruh o‘zbek tili yo‘nalishi talabasi Quranboyeva Shodiya Umid qizi fakultet yoshlar yetakchisi etib saylansin.


Yig‘ilish raisi: f.f.n, dots. D.G‘ayipov


Yig‘ilish kotibi: f.f.n. N.Jumaniyozova
Download 42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling