Urganch Davlat Universiteti fizika — matematika fakulteti 161 – kt: Informatika va at guruhi talabasi Egamberganov Mardonbek Urdu akademik litseyida pedagogik amaliyot davrida yozgan


Download 24.12 Kb.
Sana12.05.2020
Hajmi24.12 Kb.
#105192
Bog'liq
hisobot




Urganch Davlat Universiteti fizika — matematika fakulteti 161 – KT: Informatika va AT guruhi talabasi Egamberganov Mardonbek UrDU akademik litseyida pedagogik amaliyot davrida yozgan

Hujjatlari


Urganch -2020

HISOBOTI

Urganch Davlat Universiteti fizika - matematika fakulteti KT: Informatika va AT yo‘nalishi 2019 - 2020 - o‘quv yili bitiruvchilari 4 - kurs talabalarining pedagogik amaliyotga chiqishi to‘g‘risidagi konferensiya 2020 - yil fevral oyining 10- kunida bo’lib o‘tdi. Konferensiyada fakultet dekani dots. J. Xujamov, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovuni I.Nafasov, Axborot texnologiyalar kafedrasi mudiri X.Madatov, Matematik tahlil kafedrasi katta o’qituvchisi R.Sharipov va 4 — kurs talabalari qatnashdilar. Fakultetimiz dekani dots. J. Xujamov so‘zga chiqib, pedagogik amaliyot o‘tash tartibi va amaliyot vaqtida to‘plashimiz zarur bo’lgan me’yoriy hujjatlar tarkibini to‘liq bo’lishi va amaliyotda to‘liq qatnashishimizni aytib o‘tdi. 0‘quv ishlari boyicha dekan muovuni I.Nafasov talabalarni qayerda amaliyot otashi bilan tanishtirdi. Axborot kafedrasi mudiri X.Madatov amaliyot davrida olib boriladigan ishlar rejasini va har bir talabaga kafedra tomonidan berkitilgan o‘qituvchilar ro‘yxatini o‘qib eshittirdi. R.Sharipov bizga amaliyot davrida tayyorlashimiz keark bo’lgan hujjatlar, ya’ni kundalik va hisobotni qanday yozish haqida batafsil tushuntirib berdi.Amaliyotga brogan vaqtimizdan boshlab har bir bajargan vazifamizni, dars bergan jarayonlarimizni kundalikka qayd etib borish aytildi. Hisobot ham xuddi shu tarzda yuritilishi tushintirildi. Keyin men va guruhimizdagi 8 nafar talaba pedagogik amaliyot rahbarimiz axborot texnologiyalari kafedrasida o’qituvchi dots. Sharipov Maqsud domla bilan birgalikda UrDU akademik litseyiga bordik. U yerda bizni o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Raximov va Sattarova Sopura domlalar bizlarni litsey shart - sharoitlari, tartib qoidalari va o‘qituvchilar jamoasi bilan tanishtirdilar. Men litsey tomonidan informatika fani o'qituvchisi: Shermetov Akmal domlaga berkitildim. Amaliyot davomida menga 112-guruh murabbiyligi ma’sulyati berildi. Men 112-guruh rahbari bilan suhbatlashib bu guruhdagi talabalar haqida ma’lumotlarga ega bo’ldim.

Ya’ni iqtidorli talabalar va talabalarning sharoiti, ularning xarakteri haqida bilib oldim. Chunki amaliyot davrida bu guruhda ma’naviyat soatini olib borishim uchun bu ma’lumotlar zarur.

Shermetov Akmal domlaning informatika fanidan ishchi dasturi va taqvimini oldim hamda amaliyot davrida o‘tishim kerak bo'lgan mavzulami belgilab oldim. Unga ko’ra biz amaliyot davrida quyidagi mavzularni talabalarga tushuntirishimiz talab etiladi:

I kurs talabalari uchun Delphi dasturida quyidagi mavzular

ketma-ketligi o’tiladi:

1.”Shaklni quvish” loyihasi: Shape komponenti.

2.”Svetofor xabari”: loyihasi. Label komponenti.

3.”Parol kiritish oynasi” loyihasi. Edit komponenti

4.”Raqamli soat hosil qilish” loyihasi. Timer komponenti

5.”Futbol to’pini sakratish” loyihasi. Chiziqli jadval elementlari yig’indisini hisoblash loyihasi. String Grid komponenti.
II kurs talabalari uchun quyidagi mavzular ketma-ketligi:

1.Stenografik dasturlar to’g’risida ma’lumot. Kriptografiya tushunchasi va axborotlarni kriptografiyali himoyalash.

2.Kompyuterning foydalanuvchiga mos muhitini tasgkil qilish.

3.CD va DVD disklar bilan ishlash dasturlari. Nero dasturi.

4.Qattiq diskga xizmat ko’rsatish amallari.

Men amaliyot davrida 5 soat muloqot soati va 25 soat informatika mashg‘ulotini olib bordim. Dars mashg’ulotlarida oldin talabalarni mavzularning nazariy qismi bilan tanishtirib, undan keyin mavzuga doir topshiriqlar berdim. Dars jarayonida faol qatnashgan, topshiriqlarni a’lo darajada bajargan talabalarni baxolab bordim. Darsdan bo‘sh paytlarimda litsey o‘qituvchilari va amaliyotchi talabalaming darslarini kuzatdim va ularni pedagogik mahoratini o‘rgandim. Amaliyotchi talaba kursdoshlarimning dars o’tish uslubidan o’zimga keraklarini oldim. Uning kamchilik va xatolarini tushuntirib berdik.

Amaliyot davrida har haftaning payshanba va juma kunlari amaliyot rahbarimiz M.Sharipov bilan litseyda majlis o‘tkazib bordik. Bunda amaliyot rahbarimiz bizga talabalr bilan qanday muloqot olib borish, dars mashg’ulotini qanday tarzda tashkil etish va amaliyot hujjatlarimizni yuritilishi to’g’risida ma’lumotlar berib bordi. Bundan tashqari amalioyt raxbarimiz har birimizning dars jarayonimizga kirib tahlil qildi va biz yo’l qo’ygan xato va kamchiliklarni aytib o’z maslahatlarini berib bordi. Biz amaliyotchi raxbarimizdan ko’p tajribalarni o’rgandik va kelajakda ish faoliyatimizda bu xatolarga yo’l qo’ymaslikka harakat qilamiz.

Men amaliyot davrida eng avvalo o’quvchilar, talabalar bilan qanday muloqot o’rnatish kerakligi o’rgandim. Chunki hamma talabaning bilish tushinish, ma’lumotlarni eslab qolishi bir xil darajada emas. Talabalarning har biri uzatilayotgan ma’lumotni turlicha qabul qiladi.Buni bilish uchun o’qituvchilardan psixolog bo’lish talab etiladi. Har bir talabaning fikrlash darajasidan kelib chiqib ma’lumotni yetkazish kerak. Shundagina ta’lim jaraayonida samarali va sifatli natijaga erishiladi.

Bundan tashqari o’quv jarayonida o’rgangan ma’lumotlarimizni amaliyot davrida qo’llay olishni o’rgandim. Shu paytgaacha o’rgangan metod, usullarimizdan dars jarayonida amaliy foydalana olish ko’nikmalariga ega bo’ldim. Dars berish jarayonida bir xillik, an’anaviylikdan ko’ra interfaol metodlardan foydalanish muhimligini tushundim. Chunki an’anaviy metoddan foydalanilganda talabalar zerikib, mavzuga bo’lgan diqqatni, qiziqishni yo’qotishi mumkin. Interfaol zamonaviy metodlardan foydalanilganda o’quvchilarning qiziqishini, faolligini oshirishimiz mumkin bo’ladi.

Faol qatnashgan o’quvchilarni qanday tartibda baxolashni ham o’rgandim.

Pedagogik amaliyotmizning oxirgi kunida universitetimizda pedagogik amaliyot yakuniga bag‘ishlangan videokonferensiya bo‘lib o‘tdi. Videokonferensiyada fakultet dekani dots. J. Xujamov, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovuni I.Nafasov, Axborot texnologiyalar kafedrasi mudiri X.Madatov, Matematik tahlil kafedrasi katta o’qituvchisi R.Sharipov va 4 — kurs talabalari qatnashdilar. Unda pedagogik amaliyotning yakuniy hisoboti topshirilishi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi va amaliyotchi talabalaming amaliyot davridagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashildi.

Amaliyotimizning oxirgi 2haftasi ma’sofaviy ta’lim tizimida online tarzda tashkil etildi. Bunda biz elektron materiallardan foydalanib mashg’ulotlarni olib bordik.

Shunday qilib, pedagogik amaliyot 2020 - yil mart oyining 28 - kuni yakunlandi.

Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki har bir olingan bilimni amaliyot orqali undan foydalanilganda yanada mustahkalanadi, malaka va ko’nikmalar oshib boradi. Chunki amaliy bajarganda ko’plab savollar vujudga keladi va bu bilimlar yangilanadi, mustahkamlanadi. Shuning uchun ham tajribasi kata o’qituvchi pedagoglarimiz mahoratli qobiliyatli hisoblanadi.

Qobiliyatli pedagog bo’lish uchun eng avval o’zimiz yetarlicha bilimga ega bo’lishimiz kerak. Chunki o’qituvchi o’zi bilgan, tushungan ma’lumotlarnigina o’quvchilarga yetkaib, tushuntirib bera oladi.

Zamonaviy metodlardan to’g’ri foydalanish ko’nikmalariga, dars mashg’ulotida ko’rgazmali, didaktik materiallardan foydalanish, multimedianing dasturiy va texnik vositalaridan mavzuga moslab qo’llay olish ko’nikmalariga ega bo’lishim mumkin. Shundagina biz mahoratli pedagog bo’lib yetishamiz.
Download 24.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling