3
Kirish.
1.1Qattiq jismlar haqida ma’lumot
Qattiq jismlar ma’lum bir shaklga va hajmga ega bo’lishlari bilan
xarakterlanadi. Qattiq jismlar bir-biridan ichki tuzilishi
jihatidan farq qiluvchi
kristall va amorf jismlar ko’rinishida uchraydi. Lekin hozirgi zamon fizikasida qattiq
jism deganda kristall jismlar nazarda tutiladi, amorf jismlar o’ta qovushoq suyuqlik
sifatida qaraladi. Gazlar qanday idishga solinishidan qat’iy
nazar idishning butun
hajmi bo’yicha taqsimlanib idish hajmini butunlay egallaydi. Suyuliklar esa gazlar
kabi idishning hajmi bo’yicha taqsimlanmasdan solingan idishning shaklini egallab
ma’lum hajmigina egallaydi. Qattiq jismlar esa gaz va suyuqliklardan aniq
geometrik shaklga ega bo’lishi bilan tamomila farq qiladi.
Moddalarning qatti holadi faqat molekulalarining
bir-birlari bilan juda
kuchli bog’langanligi bilangina emas ,balki doimiy hajmi va shaklini (kristallar)
saqlanishi bilan ham xarakterlanadi.
Qattiq jismlar turli xususiyatlariga asoslanib ikki turga, kristall va amorf
jismlarga ajraladi. Kristall jismlarning asosiy
xususiyati shundan iboratki, uning
ba’zi fizik xossalari unda tanlab olingan yo’nalishga bog’liq, ya’ni
kristallning
xossalarini xarakterlovchi mexanik mustahkamlik, elektr o’tkazuvchanlik, nur
sindirish ko’rsatkichlari, yorug’lik, issiqlik tarqalish tezligi kabi kattaliklar kristall
ichida olingan turli yo’nalishlarda turlicha qiymatga ega bo’ladi. Moddalarning fizik
xossalarining (mexanik, optik, elektrik va boshqalar) turli yo’nalishlarda
turlicha
bo’lishi anizotropiya deb ataladi. Barcha yo’nalishlarning teng kuchliligi izotroplik,
teng kuchli emasligi anizotroplik deyiladi. Amorf jismlar esa izotropdir.
Shuningdek, gazlar va ko’plab suyuqliklar ham izotrop moddalarga kiradi.
Kristallarning anizotropligiga sabab zarralarning (atomlarning, molekulalar, ionlar)
fazoviy panjara hosil qilib batartib joylashganligidir. Kristall jismlarning hammasi
anizotrop jismlardir. Ular aniq erish temperaturasiga ega bo’ladi. Har
4
uchala yo’nalish bo’yicha ham zarralar joylashuvining davriy ravishda takrorlanishi
bilan xarakterlanuvchi tuzilish kristall panjara deyiladi.Zarralar
joylashgan nuqta,
aniqrog’i atrofida zarralar tebranma harakat qiladigan nuqta kristall panjaraning
tuguni deyiladi.