Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti


O‘zbekistonda va Quyi Amudaryo mintaqasida 1991-2013 yillarda


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana16.02.2017
Hajmi0.66 Mb.
1   2   3   4   5   6   7

O‘zbekistonda va Quyi Amudaryo mintaqasida 1991-2013 yillarda 

tug‘ilish darajasining o‘zgarishi dinamikasi* 

 

Har ming aholiga tug‘ilganlar soni 



 

 

1991 



yil 

 

1995 



yil 

 

2000 



yil 

 

2005 



yil 

 

2010 



yil  

 

2013 



yil  

2013 


yilda 

1991 


yilga 

nisbatan  

o‘zgarish, % 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

34,68 


29,89 

21,40 


20,39 

21,39 


22,51 

- 35,1 


  shu jumladan: 

 

 



 

 

 



 

 

Xorazm viloyati 



36,05 

29,26 


24,03 

21,69 


21,73 

22,84 


- 36,6 

*Jadval O‘zbekiston Respublikasi statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan. 

 

Tug‘ilish  darajasining  pasayib  borishi  nafaqat  aholi  yosh  tarkibining 



o‘zgarishi  bilan,  balki  aholining  ko‘pchilik  qismida  kam  bolalik  oilalarning  keng 

tarqalishi bilan bog‘liqdir.  

          Keyingi  yillarda  tug‘ilish  koeffitsienti  respublikaning  deyarli  hamma 

viloyatlarida 

pasayib 

bordi. 


Ayollarning 

yoshlari 

bo‘yicha 

tug‘ilish 

ko‘rsatkichlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, tug‘ilish kattaroq yoshdagi ayollar 

guruhida  barqaror  pasayish  tendensiyasiga  ega  bo‘lmoqda.  Tibbiyot  sohasidagi 

olimlarning  xulosasiga  ko‘ra  ayollar  uchun  sog‘lig‘iga  zarar  qilmagan  holda 

tug‘ish  uchun  eng  qulay  davr  20-35  yoshlar  orasi  hisoblanadi.  2011  yildagi 

ko‘rsatkichlarga ko‘ra Xorazm viloyatida tug‘ilishlarning asosiy qismi (70,8 foizi) 

ayollarning 20-30 yoshlariga to‘g‘ri kelmoqda. Eng asosiysi 20 yoshgacha bo‘lgan 

davrda,  ya’ni  ayollarning  organizmi  tug‘ish  uchun  hali  to‘liq  shakllanmagan 

davrda tug‘ilishlar soni kamayib ketgan. Tug‘ilish ko‘rsatkichlari 35-39, 40-44  va 



45-49  yoshlarda  ham  ancha  katta  hajmda  kamaygan.    Bu  oilada  bolalar  sonini 

cheklash tendensiyasining keng tarqalib borayotganligi tasdiqlaydi. 

Umuman,  demografiyada  demografik  o‘tish  davri  degan  tushuncha  bor. 

Aholi takror barpo bo‘lishining bir turdagi sifat va miqdoriy mazmun-mohiyatidan 

ikkinchi  turiga  o‘tishi  demografik  o‘tish  davri  deyiladi.  Unga  ba’zi  tadqiqotchilar 

demografik inqilob deb ham nom berganlar. 

Dunyodagi  turli  xalqlar  demografik  o‘tish  davrini  turli  davrlarda  boshidan 

kechirganlar.    Demografik  o‘tish  davrini  turli  tadqiqotchilar  turlicha  bosqichlarga 

bo‘ladilar.  Eng  ko‘p  uchraydigani  BMT  mutaxassislari  tomonidan  uzoq  muddatli 

bashoratni  tuzishda  qo‘llanilgan  to‘rt  bosqichli  davr  hisoblanadi.  Unga  ko‘ra 

demografik o‘tish davri 4 bosqichni bosib o‘tadi.  

-  birinchi  bosqichda  o‘lim  koeffitsienti  tug‘ilish  koeffitsientiga  qaraganda 

tezroq  pasayib  boradi,  binobarin  tabiiy  o‘sish  yuqori  sur’atlarda  o‘sib  borib,  eng 

yuqori nuqtasiga etadi; 

-  ikkinchi  bosqichda  tug‘ilish  koeffitsienti  o‘lim  koeffitsientiga  qaraganda 

tezroq  pasayadi,  va  bu  o‘lim  koeffitsienti  eng  minimal  nuqtaga  pasayguncha 

davom etadi;  

-  uchinchi  bosqichda  tug‘ilish  koeffitsientining  pasayishi  juda  past 

sur’atlarga tushadi, o‘lim koeffitsienti esa shu vaqtning o‘zida osha boshlaydi; 

-  va  nihoyat,  to‘rtinchi  bosqichda  tug‘ilish  koeffitsienti  oddiy  takror  barpo 

bo‘lishi  darajasigacha  pasayadi,  o‘lim  koeffitsienti  esa  oshib  boradi  va  aholi  soni 

kamaya boshlaydi

16



Demografik  o‘tish  davrining  o‘lim  darajasi  pasayishi  bilan  boshlanishi 



modernizatsiya tufayli yuzaga keladigan turmush darajasining oshishi, tibbiyotning 

rivojlanishi,  jamiyatning  sanitar  holati  yaxshilanishi  bilan  yuz  beradi.  Turmush 

sharoitlarining  yaxshilanishi  bilan  o‘lim  darajasi  tezda  pasayib  boradi. 

Tug‘ilishning pasayishi uchun esa, jamiyatni tartibga soladigan qoidalar tizimining 

tubdan  o‘zgarishi  zarur  bo‘ladi.  CHunki,    diniy  qoidalar,  oila  an’analari  va  h.k. 

                                                

16

 

Вишневский А.Г. Демографическая революция. М., 1976, с.240. 



o‘zgarishi  ancha  qiyin  bo‘lgani  sababli  tug‘ilishning  pasayishi  o‘limning 

qisqarishiga qaraganda ancha kech yuz beradi.

17

 

Demografik o‘tish davri – hamma mamlakatlar va halqlar bosib o‘tishi zarur 



bo‘lgan  demografik  rivojlanishning  yagona  yo‘lidir.  Ijtimoiy  xayotning  o‘sib 

borayotgan  baynalminallashuvi,  iqtisodiy  aloqalarning  kundan-kunga    kuchayib 

borishi,  axborotlar  almashinuvi,  madaniyatlarning  bir-biriga    o‘zaro  ta’siri    va 

boshqa shu kabi jarayonlar dunyoning deyarli  barcha aholisini, shu jumladan, eng 

qoloq mamlakatlarni ham o‘z ta’siriga tortib olmoqda. 

          Demografik  o‘tish  davriga  birinchi  bo‘lib  Evropa  xalqlari  o‘tgan  asrning 

o‘rtalarida  kirib  kelganlar.  Ular  asta-sekin  birinchi  va  ikkinchi  bosqichlarni  bosib 

o‘ta  boshladilar.  Masalan,  1960  yilda,  tug‘ilishning  yig‘indi  koeffitsienti  (15-49 

yoshdagi  har  bir  ayolga  to‘g‘ri  keladigan  tug‘ilishlar  soni)  Germaniyada  2,37  ni, 

Buyuk  Britaniyada  2,72  ni,  Fransiyada  2,73  ni    tashkil  qilgan

18

.  Lekin  1980-



yillarga  kelib  ular  uchinchi  bosqichni  bosib  o‘tib,  to‘rtinchi  bosqichga  –  ya’ni, 

tug‘ilish  koeffitsientining  oddiy  takror  barpo  bo‘lishi  darajasigacha  pasayishi, 

o‘lim koeffitsienti esa oshib borishi va aholi soni kamayib borishi holatigacha etib 

keldilar.  

O‘tgan  asrning  90-yillaridan  boshlab  O‘zbekistonda  tug‘ilish  darajasining 

pasayib  borishi  davom  etayotganligi  shundan  dalolat  beradiki,  mamlakatimiz 

aholisi  rivojlanishida  xozirgi  vaqtda  demografik  o‘tish  davrining  ikkinchi 

bosqichiga xos xususiyatlar namoyon bo‘layotganligini ko‘rsatadi.   

           

 

2.1.3-jadval



O‘zbekistonda va Quyi Amudaryo mintaqasida tug‘ilishning yig‘indi 

koeffitsienti o‘zgarishi dinamikasi* 

 

15- 49 yoshdagi har bir ayolga to‘g‘ri keladigan tug‘ilishlar 



soni 

                                                

17

 Tompson W.S. Population // American Journal of Sociology. 1929. Vol. 34, № 6. Pp. 959-975.  



18

 Клупт М..А. Демография регионов Земли. – СПб.: Питер, 2008. с.18.  



 

 

1996 



yil 

 

2000 



yil 

 

2005 



yil 

 

2011 



yil 

 

2013 



yil 

2013 yilda  

1996 yilga  

nisbatan  

o‘zgarish,  % 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

3,31 


2,59 

2,21 


2,24 

2,30 


- 30,5 

    SHu jumladan: 

 

 

 



 

 

 



Xorazm viloyati 

3,06 


2,66 

2,09 


2,01 

2,08 


- 31,9 

*Jadval O‘zbekiston Respublikasi statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan. 

 

O‘zbekistonda  tug‘ilishning  yig‘indi  koeffitsienti  (15-  49  yoshdagi  har  bir 



ayolga  to‘g‘ri  keladigan  tug‘ilishlar  soni)  ham  yildan-yilga  pasayib  bormoqda 

(1.1.3-jadvalga  qarang).  Butun  O‘zbekiston  aholisida  tug‘ilishning  yig‘indi 

koeffitsienti 

ko‘rsatkichlarining 

pasayish 

sur’atlari 

Quyi 

Amudaryo 



mintaqasinikiga nisbatan yuqoridir.

 

           



O‘zbekiston  va  uning  mintaqalarida  tug‘ilganlarning  navbati  bo‘yicha 

taqsimlanishini  tahlil  qilganimizda  shunday  xulosaga  kelish  imkonini  beradiki, 

yuqori  navbatda tug‘ilgan  farzandlarning soni tobora kamayib bormoqda. Xorazm 

viloyati  bo‘yicha  2011  yil  ma’lumotlari  shuni  ko‘rsatadiki  oilada  to‘rtinchi 

farzandlarning  tug‘ilishi  –  57,5  foizga,  beshinchi  va  undan  yuqori  navbatdagi 

farzandlarniki  –  90,0  foizga  kamayib  ketgan.  Beshinchi  va  undan  yuqori 

navbatdagi farzandlarning tug‘ilishi ancha kam uchraydigan hodisa bo‘lib qoldi.     

Kuzatilayotgan  yirik  miqyosli  demografik  o‘zgarishlarni  turli  ko‘rinishdagi 

iqtisodiy,  ijtimoiy,  madaniy,  siyosiy  o‘zgarishlar  (bozor  munosabatlariga  o‘tilishi, 

shaharlashuv  darajasining  oshishi,  aholi  ma’lumotlilik  darajasining  oshib  borishi, 

ayollarning  ijtimoiy  ishlab  chiqarishda  tobora  faolroq  qatnashuvi  kabilar)  bilan 

bog‘lash 

zarur. 

Ko‘pgina 



tadqiqotlar 

shuni 


ko‘rsatadiki, 

demografik 

o‘zgarishlarning  barcha  boshqa  ijtimoiy  o‘zgarishlar  bilan  o‘zaro  bog‘liqligi 

nafaqat  kishilar  demografik  ongining  va  demografik  hulq-atvorining  yangi 



sharoitlarga  moslashuvi  bilan  yuz  beradi,  balki  sifat  jihatdan  yangi  ijtimoiy 

munosabatlarga, yangi turmush tarziga  moslashuv amalga oshib boradi. 

Tug‘ilishga  ta’sir  ko‘rsatadigan  ijtimoiy  omillar  ichida  avvalambor, 

ayollarning  jamiyatda  tutgan  o‘rnini  aytib  o‘tish  kerak.  Masalan,  xozirgi  kunda 

Xorazm  viloyati  iqtisodiyotining  korxona  va  tashkilotlarida  band  bo‘lgan 

ayollarning  hissasi 1997  yildagi 47,0  foizdan 2010  yilda 57,7  foizgacha  oshgan.

19

 

Ayollarning  ijtimoiy  mehnatda  band  bo‘lishi,  albatta,  tug‘ilish  darajasining 



kamayish tomon o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi. 

Ayollarning  jamiyatda  tutgan  o‘rnining  tug‘ilish  darajasiga  ta’sirini  band 

bo‘lgan  va  band  bo‘lmagan  ayollar  o‘rtasida  tug‘ilish  darajasini  taqqoslash  orqali 

ham  bilib  olish  mumkin.  Fakat  eng  yosh  paytlarda  (20  yoshgacha)    band 

bo‘lmagan  ayollarda  tug‘ilish  koeffitsienti  bandlarnikiga  nisbatan  pastdir.  Boshqa 

hamma yoshlarda ulardagi tug‘ilish darajasi yuqori ko‘rsatkichga ega. 

Aholi moddiy va madaniy ehtiyojlarining qondirilish darajasi yana bir asosiy 

ijtimoiy omillardan  hisoblanadi. Ushbu ehtiyojlar qondirilishining oshishi  ma’lum 

bir  sharoitlarda  tug‘ilish  darajasining  pasayishiga  ta’sir  ko‘rsatadi.  Kam  bolalik 

oilalar o‘z ehtiyojlarini qondirishi nuqtai nazaridan ko‘p bolalik oilalarga nisbatan 

ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘ladilar. 

Ayollarning  bandlik  darajasi  yuqoriligi  natijasida  ularning  ijtimoiy  hayotda 

faolroq  qatnashish  hohishi  bilan  reproduktiv  hohishi  o‘rtasida  bittasini  tanlash 

munosabati yuzaga chiqadi. Bunda ayollarning ma’lumotlilik darajasi ham muhim 

o‘rin tutib, ijtimoiy hayotda faolroq qatnashish hohishi ustun chiqadi.  

Tug‘ilishlar  jadalligining  pasayib  borishi  ommaviy  ravishda  kam  bolalik 

oilalarga  o‘tish  sababli  yuz  beradi.  Oilada  bolalar  sonini  ongli  ravishda  cheklash 

qator ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar va omillar tufayli paydo bo‘ladi. Ularning oilalar 

reproduktiv hohishlariga ta’siri tug‘ilishning ijtimoiy-iqtisodiy omillaridan tashqari 

madaniy-turmush omillaridan kelib chiqadigan hududiy xususiyatlarga ham egadir. 

Tug‘ilish omillariga nisbatan shart-sharoitlarni, ya’ni qator omillarning ta’sir 

ko‘rsatishiga  olib  keladigan  muayyan  ijtimoiy  vaziyatlarni  farq  qilish  kerak 

                                                

19

 



Хоразм вилояти меҳнат ва аҳолини ижтимоий муҳофаза қилиш бошқармаси маълумотлари.

  


bo‘ladi. Ularning ichida birinchi navbatda, shahar aholisining o‘sib borishini aytib 

o‘tish kerak, u tug‘ilishning pasayishiga ta’sir ko‘rsatadi.  SHahar aholisining o‘sib 

borishi tug‘ilish darajasiga o‘z-o‘zidan ta’sir ko‘rsatmaydi, balki shaharga ko‘chib 

o‘tish ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashishga, umumiy madaniyat darajasining va 

sanitar-madaniy  bilimlarining  oshib  borishiga  olib  keladi.  Boshqacha  aytganda, 

shahar hayoti tarzi yuqorida tilga olgan omillarning ta’sir ko‘rsatishiga olib keladi.

 

SHahar  va  qishloq  aholisining  tug‘ilish  darajasidagi  farqlar    hozirgi  paytda 



ancha  katta  bo‘lib,  Xorazm  viloyatida  shaharlarda  tug‘ilish  darajasi  (har  ming 

kishiga)  qishloqlar  darajasining  72,3  foizini  tashkil  qilgan.    Butun  O‘zbekiston 

bo‘yicha bu ko‘rsatkich ushbu yilda 76,0 foizni tashkil qildi. SHaharlarda tug‘ilish 

darajasining  qishloqlarga  nisbatan  past  bo‘lishi  shahar  turmush  tarzining  o‘ziga 

xosligi,  ayollarning  bandlik  darajasi  yuqoriligi  bilan  izohlanadi.  Tug‘ilishning 

kamayishiga  urbanizatsiya  jarayonida  individualizmning  kuchayishi,  moddiy  va 

madaniy  ehtiyojlarning  oshishi,  an’anaviy  jamiyat  tomonidan  belgilangan, 

endilikda  eskirgan  ta’qiqlardan  voz  kechishni  engillashtiradigan  shahar  xayotning 

biqiqligi (anonimligi) imkoniyat yaratadi. 

SHahar  aholisining  o‘sishi  tug‘ilishning  pasayishiga  olib  kelishi    ayollar 

o‘rtasida ongli onalikning keng tarqalishi bilan ham namoyon bo‘ladi.  Binobarin, 

bu  erda  tug‘ilishlar  soniga  ta’sir  ko‘rsatadigan  bevosita  sabab  tug‘ilishning  oldini 

olish vositalarini qo‘llashning keng tarqalganligi hisoblanadi. 

Oilada  bolalar  sonini  rejalashtirish  hozirgi  paytda  nafaqat  shaharlarda  balki 

qishloqlarda  ham  amalga  oshirilmokda.  Buni  bizning  2007  yilda  o‘tkazgan 

sotsiologik tadqiqotlarimiz ham tasdiqladi (quyida ushbu tadqiqot natijalari batafsil 

tahlil  qilinadi).  Mintaqaning  qishloq  tumanlarida  tug‘ilish  ko‘rsatkichlarining 

xozirgi davrdagi holatini 1.1.4-jadval ma’lumotlari tasdiqlaydi. 

Tug‘ilish darajasi eng past bo‘lgan tumanlarga (Bog‘ot) nisbatan eng yuqori 

bo‘lgan  tumanda  (Xonqa)  ko‘rsatkich  18,6  foizga  yuqoridir.  Qishloq  tumanlari 

o‘rtasida  tug‘ilish  ko‘rsatkichlarining  farqlanishi  birinchi  navbatda  aholi  yosh 

tarkiblarining  turlichaligi  sabablidir.  Migratsiya  saldosining  turlicha  bo‘lishi  aholi 

yosh  tarkiblaridagi  farqlarga  olib  kelgan.  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  shimoliy 


va  markaziy  tumanlarining  salbiy  migratsiya  saldosiga  ega  bo‘lishi  va  ko‘chib 

yuruvchilarning  asosiy  qismi  yoshlardan  iborat  bo‘lganligi  sababli  qishloq 

tumanlari o‘rtasida tug‘ilish darajasidagi farqlarga olib kelgan.   

Tug‘ilish  darajasiga  ma’lum  ma’noda  ta’sir  ko‘rsatadigan  yana  bir  sabab, 

nikohga kirish yoshi hisoblanadi. Bola tug‘ish davrining davomiyligi taxminan 30 

yilga  teng  bo‘ladi.  Bundan  tashqari,  ayollarning  yoshi  oshib  borishi  bilan  

homilador bo‘lish ehtimolligi kamayib boradi. SHuning uchun ham nikohga kirish 

yoshining  har  qancha  ko‘tarilishi  ayollar  tomonidan  tug‘adigan  bolalar  soni 

kamayishiga olib keladi. 

Mamlakatimizda oila qurish davrigacha o‘quv yurtini bitirib olish, binobarin 

iqtisodiy  mustaqilligini  oshirishga  intilishi  natijasida  nikohga  kirish  yoshi  ancha 

ko‘tarildi. Agar, o‘tgan asrning 80-yillarida 20 yoshgacha davrda qizlarning yarmi 

turmushga  chiqqan  bo‘lsa,  xozirgi  paytda  bunday  yoshda  faqat  18  %  qizlar 

nikohga kiradilar.

  

2.1.4-jadval. 

Xorazm viloyati qishloq tumanlarida demografik jarayonlar 

ko‘rsatkichlarining farqlari, 2011 yil  (promilleda) 

Tug‘ilish darajasi 

Past 

YUqori bo‘lmagan 



YUqori 

Juda yuqori 

22,0 gacha 

22,1-24,0 

24,1-26,0 

26,1dan yuqori 

Bog‘ot; 

Urganch, SHovot, 

YAngiariq, 

YAngibozor, 

Qo‘shko‘pir; 

Gurlan, Xiva, Xonqa; 

Xazarasp; 

O‘lim darajasi 

4,0 gacha 

4,0-5,0 


5,0-6,0 

6,0 dan yuqori 

Bog‘ot; 

Urganch, 

Xiva, 

Xonqa, 


SHovot; 

YAngiariq, Xazorasp, 

Qo‘shko‘pir; 

Gurlan. 


YAngibozor 

             

Jadval O‘zR Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan. 

 

Ma’lumki  onalar  va  bolalar  sog‘lig‘ini  saqlashda  bolalar  tug‘ilishi  o‘rtasida 



oraliqlar  uzoqroq  (3  va  undan  ko‘p  yil)  davr  bo‘lishi  tibbiyot  nuqtai  nazaridan 

maqsadga  muvofiqdir.  Butun  dunyo  sog‘liqni  saqlash  tashkiloti  ma’lumotlariga 

qaraganda  tug‘ish  davrida  oraliq  bir  yildan  kam  bo‘lgan  davrda  dunyoga  kelgan 

bolalar  ikki  yil  va  undan  ortiq  oraliq  bilan  dunyoga  kelgan  bolalarga  nisbatan 

nimjon bo‘lib, ular o‘rtasida o‘lim ko‘rsatkichlari ikki barobar ko‘p bo‘ladi.

20

  



O‘zbekistonda tug‘ilish tendensiyalaridagi o‘zgarishlar tufayli tug‘ishlar soni 

o‘rtasidagi  oraliqlar  yildan  yilga  oshib  bormoqda.  Masalan,  1990  yilda  barcha 

tug‘ishlarning 74,6 foizi ikki va undan ziyod yil oraliq bilan yuzaga kelgan bo‘lsa, 

2010  yilga  kelib  bu  ko‘rsatkich  95,  5  foizga  etdi.  Demak,  ikki  yildan  kam  oraliq 

bilan tug‘ishlar juda kam uchraydigan holga aylandi.    

 

2.2 Axoli ko‘payishiga ta’sir qiluvchi omillar 

Aholi ko‘payishiga ta’sir qiluvchi omillar ichida tug‘ilish omillaridan tashqari 

aholi o‘limi ko‘rsatkichlari ham muhim o‘rin tutadi. Tug‘ilish darajasi yildan-yilga 

pasayib  borayotgan  bir  sharoitda  aholi  o‘rtasida  o‘lim  ko‘rsatkichlarini 

kamaytirishda  ijobiy  natijalarga  erishish  muhim  o‘rin  tutadi.  Aholining  turli 

guruhlarida,  shu  jumladan,  mintaqaviy  jihatdan  ham,  kasallanish  va  o‘lim 

ko‘rsatkichlaridagi  farqlar  nafaqat  kishi  organizmining  xususiyatlariga,  balki 

ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik omillarga ham bog‘liqdir.  

O‘lim darajasiga asosan to‘rt guruh omillar asosida ta’sir ko‘rsatadi: 

1.

 



Turmush darajasi, unga odamlarning mehnat sharoitlari va turmush tarzi, 

daromadlar  darajasi  va  uy-joy  bilan  ta’minlanganlik,  yashash  sharoitlari  sifati, 

xizmat  ko‘rsatish  tizimining  rivojlanganligi,  sifatli  oziq-ovqat  mahsulotlari  bilan 

ta’minlanish, aholi ehtiyojlarining qondirilishi darajasi kabilar kiritiladi. 

2.

 

Atrof-muhitning  holati  –  atmosfera  va  ichimlik  suvining  ifloslanganlik 



                                                

20

 И.А.Мануилова «Планирование семьи и здоровье женщины» М:. 1988 



 

darajasi, shovqinlar darajasi va h.k. 

3.

 



Sog‘liqni  saqlash  tizimi  rivojlanganligi,  ya’ni  sifatli  tibbiy  xizmat  olish 

imkoniyati,  aholining  sifatli  dori-darmonlar  bilan  ta’minlanganligi,  davolashning 

eng zamonaviy turlari keng tarqalganligi, tibbiyot xodimlarining xizmat ko‘rsatish 

sifati va h.k. 

4.

 

Aholining sanitar-gigienik madaniyati, ya’ni kishilarning o‘z sog‘lig‘iga 



bo‘lgan  munosabati,  mehnat  qilish  va  turmush  tarzida  gigienaga  amal  qilish,  turli 

zararli odatlarning uchrashi darajasi va h.k. 

Mamlakatimizda istiqlol yillarida aholi turmush farovonligini oshirib borish 

bilan birgalikda uning salomatligini yaxshilashga katta ahamiyat berildi. Jumladan, 

1998  yil  10  noyabrda  qabul  qilingan  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 

«Sog‘liqni  saqlash  tizimini  isloh  qilish  Davlat  dasturi»  to‘g‘risidagi    farmoni 

sog‘liqni saqlashning zamonaviy tarkibiy tizimini shakllantirish, ayollar va bolalar 

salomatligini  muxofaza  qilish  tizimining  sifatini  tubdan  oshirish,  pediatriya  va 

tug‘ruq 

muassasalari 

moddiy-texnik 

bazasini 

yanada 

rivojlantirish 



va 

mustahkamlash, qishloq aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya  yordami ko‘rsatishni 

takomillashtirish, 

kadrlarni 

tayyorlash 

va 


qayta 

tayyorlash 

tizimini 

takomillashtirish,  tibbiy  xodimlarning    malakasi  va  kasb  mahoratini  muttasil 

oshirib borish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash, kabi chora tadbirlarni o‘z ichiga 

olgan edi.  

Hozirgi  kunda  mamlakatimizda  sifat  jiqatidan  yangi,  eng  yuksak  talablarga 

javob  beradigan  va  respublika  hamda  viloyatlar  shoshilinch  tibbiy  yordam 

ko‘rsatish markazlarini o‘z ichiga olgan tibbiyot muassasalari tarmog‘i shakllandi. 

Barcha  viloyatlar  markazlarida  kattalar  va  bolalar  uchun  ko‘p  tarmoqli  tibbiyot 

markazlari,  har  bir  tumanda  eng  zamonaviy  meditsina  asbob-uskunalari  bilan 

jixozlangan  qishloq  vrachlik  punktlari  faoliyati  yo‘lga  qo‘yildi.  Qishloq  vrachlik 

punktlarining soni 2000 yilga nisbatan 2 barobar ko‘payib, 3 ming 200 tadan oshdi.  

Mana  shunday  sa’i-harakatlar  natijasida,  aholi  o‘rtasida  o‘lim  va  ayniqsa, 

bolalar  o‘limi  ko‘rsatkichlarini  pasaytirishda  katta  muvaffaqiyatlarga  erishildi. 

Aholi o‘lim ko‘rsatkichlari o‘zgarib borishini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, 1991-



2013  yillar  ichida  umumiy  o‘lim  koeffitsienti  (har  ming  kishiga  o‘lganlar  soni) 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida  6,83 dan 4,93  gacha,  ya’ni 27,1  foizga, Xorazm 

viloyatida  5,92  dan  4,42  gacha  (-25,2  foizga)  kamaydi.  Ushbu  davrda  butun 

O‘zbekiston  bo‘yicha  mazkur  ko‘rsatkichlar,  mos  ravishda,  6,25,  4,85  va  –  22,6 

foizni 

tashkil 


qildi 

(2.2.1-jadval). 

Qoraqalpog‘istonda 

umumiy 


o‘lim 

ko‘rsatkichlarining  pasayish  sur’atlari  nisbatan  yuqoriligi  davr  boshida  (1991  yil) 

uning  ancha  yuqoriligi  va  xozirgi  kunga  kelib,  ekologik  vaziyatning    biroz 

yaxshilanganligi  bilan  umumiy  O‘zbekiston  ko‘rsatkichlariga  yaqinlashib 

qolganligi bilan izohlanadi.             

2.2.1-jadval. 

O‘zbekistonda va Xorazm viloyatida 1991-2013 yillarda aholi o‘limi 

darajasining o‘zgarishi dinamikasi* 

 

Har ming aholiga o‘lganlar soni 



 

 

1991 



yil 

 

2000 



yil 

 

2010 



yil 

 

2012 



yil 

 

2013 



yil 

2013 


yilda 

1991 


yilga 

nisbatan 

o‘zgarish, % 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

6,25 


5,50 

4,84 


4,93 

4,85 


- 22,6 

 SHu jumladan: 

 

 

 



 

 

 



Xorazm viloyati 

5,92 


5,24 

4,43 


4,71 

4,42 


- 25,2 

    


*Jadval O‘zbekiston Respublikasi statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan. 

 

       O‘lim  ko‘rsatkichlarini  sabablariga  ko‘ra  tahlil  qilish  shuni  ko‘rsatadiki, 



O‘zbekistonda  xozirgi  paytda  o‘lim  sabablarining  tarkibida  yurak-qon  tomir 

kasalliklari,  o‘simtalar,  baxtsiz  hodisalar,  zaharlanishlar  va  jarohatlar  eng  oldingi 

o‘rinda  bo‘lib  kelmoqda.  Bu  sabablar,  yuqumli  va  oshqozon-ichak  kasalliklariga 

nisbatan  ham  kishilarning  turmush  tarzi,  xulq-atvori  va  ruhiy  holatiga  bog‘liq 

bo‘ladi. 


Lekin o‘limga olib keluvchi sabablar tarkibida Quyi Amudaryo mintaqasida 

yuqumli  va  parazitar  kasalliklar,  nafas  olish  organlari  kasalliklari  va  havfli  o‘sma 

kasalliklari  umumiy  O‘zbekiston  ko‘rsatkichlariga  nisbatan  ham  ancha  yuqoriligi 

bilan ajralib turadi (2.2.2-jadval). Masalan, Qoraqalpog‘istonda aholining bronxial 

astma  bilan  kasallanishi  intensivligi  ko‘rsatkichi  66,7  ni  tashkil  qilib,  bu  butun 

O‘zbekiston darajasidan ikki barobar yuqoridir.

21

 Bu albatta, ekologik vaziyatning 



og‘irligiga,  va  shu  bilan  birgalikda,  aholining  tibbiy-sanitar  madaniyatiga  ham 

bog‘liqdir.  Lekin,  shuni  alohida  qayd  etish  kerakki,  bu  kasalliklardan  o‘lim 

ko‘rsatkichlari  yildan-yilga  kamayib  bormoqda.  Binobarin,  butun  O‘zbekiston 

aholisining  ham,  Quyi  Amudaryo  mintaqasi  aholisining  ham  sabablariga  ko‘ra 

o‘lim  ko‘rsatkichlari  rivojlangan  mamlakatlar  aholisining  o‘lim  ko‘rsatkichlari 

tarkibiga o‘xshab bormoqda.  

 



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling