Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana16.02.2017
Hajmi0.66 Mb.
1   2   3   4   5   6   7

2.2.2-jadval. 

Respublika va mintaqa aholisi o‘lim sabablarida kasalliklarning o‘rni (har 

100 ming aholiga nisbatan) 

 

 



O‘lim sabablari 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

SHu jumladan: 

Qoraqalpog‘iston 

Respublikasi 

Xorazm viloyati 

2000 y. 


2011 y. 

2000 y. 


2011 y. 

2000 y. 


2011 y. 

1.  Jami vafot etganlar 

548,0 

509,7 


559,6 

530,0 


520,0 

463,6 


2.  YUqumli va 

parazitar kasalliklar 

20,7 

14,7 


44,5 

26,1 


14,3 

8,0 


3.  Havfli o‘sma 

kasalliklari 

39,1 

36,1 


40,1 

40,8 


29,9 

28,8 


4.  Qon aylanish tizimi 

kasalliklari 

288,5 

297,7 


180,9 

211,8 


291,4 

314,9 


5.  Nafas olish tizimi 

kasallaiklari 

63,5 

36,7 


120,1 

45,5 


77,4 

31,8 


6.  Ovqat hazm qilish 

a’zolari kasalliklari 

30,6 

32,2 


26,9 

39,8 


19,3 

13,5 


7.  SHikastlanish va 

zaharlanishlar 

43,2 

34,7 


41,0 

33,4 


26,2 

22,0 


8.  Boshqalar 

62,4 


57,4 

106,1 


132,6 

61,5 


44,5 

     *Jadval O‘zbekiston Respublikasi statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan. 

                                                

21

 Мамбетуллаева С.М., Камалова Г.Н., Атаджанова А.Д. Анализ влияния негативных экологических факторов на 



уровень заболеваемости населения в условиях Республики Каракалпакстан. Вестник Каракалпакского отделения 

Академии наук Республики Узбекистан. Нукус – «Илим»- 2011. № 1. с.41.  



Bu  mamlakatlarda aholi o‘limi sabablarida birinchi o‘rinda yurak-qon tomir 

kasalliklari,  keyingi  o‘rinlarda  o‘smalardan,  baxtsiz  hodisalar,  zaharlanishlar  va 

jarohatlardan o‘lim sabablari turadi.     

Umuman  aytganda,  har  qanday  biologik  organizmning  o‘limi  ikki  guruh 

omillar ta’siri natijasidir: endogen omillar – organizm o‘z ichki rivojlanishi tufayli 

yuzaga  keladi,  va  ekzogen  omillar  –  tashqi  muhitning  ta’sirida  paydo  bo‘ladi. 

Masalan, yurak-qon tomir kasalliklari endogen kelib chiqishga, yuqumli kasalliklar 

ekzogen esa kelib chiqishga ega. O‘sma kasalliklarini ba’zi olimlar ekzogen kelib 

chiqishga  ega  desa,  ba’zilari  endogen  kelib  chiqishga  ega  deydilar.  Jamiyatning 

rivojlanib borishi bilan ekzogen kelib chiqishga ega kasalliklar kamaytirilib, aholi 

o‘limi asosan endogen kasalliklar tufayli yuz beradi.  

Aholi  o‘limi  darajasining  qishloq  tumanlari  bo‘yicha  tahlili  shuni 

ko‘rsatadiki  (2.1.3-jadval)  mintaqada  va  Xorazm  viloyati  tumanlarida  nisbatan 

yuqoriligi  bilan  ajralib  turadi.  Buning  asosiy  sababi  albatta  ekologik  holatning 

ushbu hududlarda talabga javob bermasiligi bilan izohlanadi.  

O‘zbekistonda  mustaqillik  yillarida  aholining  turmush  farovonligini  oshirib 

borish,  ularning  sog‘lig‘ini  saqlashga  katta  e’tibor  berib  kelinmoqda.  Aholi 

sog‘lig‘ini  saqlashga  qaratilgan  dasturlar  qabul  qilinib,  ular  asosida  tibbiyot 

tizimini  zamonaviy  asbob  uskunalar,  bino-inshoatlar,  sifatli  dori-darmonlar  va 

malakali kadrlar bilan ta’minlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Natijada aholining 

kasallanishi va o‘lim hodisalari tobora kamayib bormoqda. Bunda ayniqsa, bolalar 

va onalar o‘limini kamaytirishda katta muvafaqqiyatlarga erishildi.   

«Sog‘lom  ona  –  sog‘lom  bola»  dasturini  izchil  amalga  oshirish  asosida 

sog‘lom  avlodni  voyaga  etkazish,  onalar  va  bolalarning  reproduktiv  salomatligini 

muhofaza  qilish  tizimini  takomillashtirish,  profilaktikaga  asoslangan  sog‘liqni 

saqlash tizimini ustuvor rivojlantirish, tibbiy xizmat sohasi moddiy-texnik bazasini 

mustahkamlash,  sog‘lom  bolalar  tug‘ilishi  va  ularni  tarbiyalash  bilan  bog‘liq 

masalalar  yuzasidan  aholi  o‘rtasida  tushuntirish  hamda  maslahat  ishlarini 

kuchaytirish va yosh avlodning har tomonlama kamol topishi uchun yanada qulay 

shart-sharoitlar yaratishga katta e’tibor qaratilmoqda. 



Ona  va  bola  sog‘lig‘ini  muhofaza  qilishga  O‘zbekistonda  davlat  darajasida 

katta e’tibor berib kelinmoqda. Mustaqillik yillarida «Ekologiya va ayol», «Ayollar 

mehnatini  ijtimoiy  himoyalash»,  «Sog‘lom  avlod  –  sog‘lom  jamiyat  asosidir», 

«YAngi tug‘ilgan bolalarda va homilador ayollarda tug‘ma va boshqa kasalliklarni 

oldindan  aniqlash  bilan  bolalikdan  nogiron  bo‘lib  qoluvchilarning  tug‘ilishini 

oldini  olish  davlat  tizimini  –  «Ona  va  bola  skriningni  (o‘rganish)»  tashkil  qilish 

to‘g‘risida», «O‘sib borayotgan avlodni sog‘lomlashtirish muammolarini hal qilish 

to‘g‘risida»gi xukumat darajasida qabul qilingan dasturlar bunga misol bo‘ladi. 

          Keyingi yillarning o‘zida ona va bola salomatligini muhofaza etish bo‘yicha 

katta  ishlar  amalga  oshirildi.  Jumladan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 

2009  yil  13  aprelda  “Ona  va  bola  salomatligini  muhofaza  qilish,  sog‘lom  avlodni 

shakllantirishga  doir  qo‘shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi  va  2009  yil  1 

iyulida  “2009-2013  yillarda  aholining  reproduktiv  salomatligini  mustahkamlash, 

sog‘lom  bola  tug‘ilishi,  jismoniy  va  ma’naviy  barkamol  avlodni  voyaga  etkazish 

borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari 

Dasturi  to‘g‘risida”gi  qarorlari  bu  sohada  amalga  oshirish  uchun  zarur  bo‘lgan 

ishlarning yo‘nalishini belgilab berdi. 

Millatning  salomatligi  ko‘p  jihat  inson  hayotining  dastlabki  davri  bilan 

bog‘liqdir.  O‘z  navbatida,  bolalar  salomatligini  asosiy  qismi  onalar  sog‘lig‘iga, 

organizmning  tug‘ilishgacha  va  tug‘ilishdan  keyingi  davrlardagi  rivojlanishi, 

hamda  bola  hayotining  birinchi  yilida  beriladigan  tibbiy  yordamning  sifatiga  ham 

bog‘liqdir. 

Go‘daklar  o‘limi  koeffitsienti  hududning  ijtimoiy-iqtisodiy  darajasini  va 

binobarin,  butun  aholining  hayot  darajasi  qandayligini  belgilab  beruvchi 

ko‘rsatkichlardan hisoblanadi. 

2.2.3-jadval. 

O‘zbekistonda va Quyi Amudaryo mintaqasida 1991-2010 yillarda 

go‘daklar o‘limi darajasining o‘zgarishi dinamikasi* 

 

Har ming tug‘ilgan bolaga o‘lganlar soni 



 

 

1991 



 

1995 


 

2000 


 

2005 


 

2010 


 

2013 


2013 yilda 1991  

yilga nisbatan  



yil 

yil 


yil 

yil 


yil 

yil 


 

o‘zgarish, % 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

35,5 

26,0 


18,9 

14,9 


11,0 

9,8 


 

 3,6 barobarga  

kamaygan 

   shu jumladan: 

 

 

 



 

 

 



 

Qoraqalpog‘iston 

Respublikasi 

51,2 


30,5 

20,5 


17,4 

11,8  11,0 

 

 4,7 barobarga  



kamaygan 

Xorazm viloyati 

38,9 

23,2 


24,6 

16,3 


12,0  11,2 

 

3,5 barobarga  



kamaygan 

      *Jadval O‘zbekiston Respublikasi statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan. 

 

Keyingi  yillardagi  ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda  mustaqillik  yillarida 



go‘daklar  o‘limi  koeffitsienti  (har  1000  ta  tirik  tug‘ilgan  bolaga  1  yoshgacha 

bo‘lgan  davrda  o‘lganlar  soni)  1991  yildagi  35,5  dan  11,0  gacha,  ya’ni  3,2 

barobarga  kamaygan.  Xorazm  viloyatida  ham  umumrespublika  ko‘rsatkichlariga 

mos  ravishda  go‘daklar  o‘limi  kamayishi  yuz  bergan.  Qoraqalpog‘iston 

Respublikasida  esa  bu  ko‘rsatkichning  ancha  yuqori  darajada  kamayishiga 

erishildi.  Bu  erda  1991  yildagi    eng  yuqori  ko‘rsatkichdan  (51,2)  2010  yilgacha 

(11,8)  4,3  barobargacha  kamayish  yuz  bergan  (2.2.3-jadvalga  qarang).  Onalar 

o‘limi ushbu davrda ikki barobarga kamaygan.  

Albatta,  go‘daklarda  o‘lim  ko‘rsatkichlari  pasayishi  sur’atlari  boshqa  yosh 

guruhlariga  nisbatan  yuqori  bo‘lishi,  ilgari  bolalar  o‘limi  asosan  ekzogen 

mohiyatga ega bo‘lishi bilan,  yoshi  kattalashib borishi bilan esa, bartaraf qilinishi 

qiyin bo‘lgan endogen omillarning ahamiyati oshib borishi bilan bog‘liqdir. SHuni 

ham  aytib  o‘tish  kerakki,  bolalarning  yoshida  ta’sir  ko‘rsatadigan  ekzogen 

omillarni  aniqlash  va  bartaraf  qilish  ancha  oson  ekan,  yuqori  yoshlarda  ular 

endogen omillar ta’siri bilan birlashib ketgani uchun bartaraf qilish qiyin bo‘ladi. 

Quyi  Amudaryo  mintaqasida  go‘daklar  o‘limini  sabablariga  ko‘ra  (butun 

O‘zbekiston  ko‘rsatkichlari  bilan  taqqoslab)  o‘rganganimizda,  shu  narsa  ayon 

bo‘ldiki, go‘daklar o‘limiga sabab bo‘luvchi, ekzogen kelib chiqishga ega bo‘lgan 

yuqumli  va  parazitar  kasalliklar  hamda  nafas  olish  a’zolari  kasalliklaridan  o‘lim 

koeffitsienti  12,5  barobardan  (Qoraqalpog‘iston  Respublikasida)  to  90 

barobargacha  (Xorazm  viloyatida)  kamaygan.  YAna  bir  shunday  ekzogen  kelib 

chiqishga  ega  bo‘lgan  -  nafas  olish  a’zolari  kasalliklaridan  go‘daklar  o‘limi 



Qoraqalpog‘iston  Respublikasida  28,3  foizga,  Xorazm  viloyatida  23,8  foizga 

kamaytirishga erishildi.    



2.2.4-jadval. 

O‘zbekiston va Quyi Amudaryo mintaqasida ma’lum sabablarga ko‘ra 

go‘daklar o‘limi koeffitsienti (har 10 000 tug‘ilgan bolaga)* 

 

Uzbekiston 

Respublikasi 

Qoraqalpog‘iston 

Respublikasi 

Xorazm viloyati 



 

1996 


2000  2005  1996  2000  2005  1996  2000  2005 

YUqumli va parazitar 

kasalliklardan 

28,0 


11,6 

6,7 


25,1 

10,2 


2,0 

27,3 


9,6 

0,3 


Nafas olish organlari 

kasalliklaridan 

 

128,1 


 

88,6 


 

69,1 


 

148,7 


 

112,0  106,6 124,6 123,0

 

94,9 


Ovqat hazm qilish 

organlari kasalliklaridan 

0,7 

0,8 


1,1 

1,4 


1,7 

0,9 


0,6 

0,3 


0,6 

Tug‘ma nuqsonlardan 

12,8 

14,9 


10,9 

6,7 


8,9 

10,2 


27,9 

30,6 


11,1 

Perinatal davrda sodir 

bo‘lgan holatlardan 

53,9 


62,3 

53,1 


74,9 

56,7 


48,8 

46,8 


79,7 

54,8 


Baxtsiz xodisalar, 

zaharlanish va 

jarohatlardan 

8,5 


5,6 

4,1 


3,3 

4,4 


1,8 

0,9 


0,6 

0,6 


    

* A.Sadullaev. Quyi Amudaryo mintaqasining demografik rivojlanishi. Monografiya. Urganch 2014. 

104 b.

 

SHu  bilan  birgalikda,  go‘daklar  o‘limiga  olib  keluvchi  sabablar  ichida 



perinatal holatlardan o‘lim yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Buni ayniqsa, bizda 

oxirgi  yillarning  ma’lumotlari  bo‘lgan  butun  O‘zbekiston  bo‘yicha    go‘daklar 

o‘limini sabablariga ko‘ra tahlil qilganimizda yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Hozirgi 

paytda  (2010  yilda)  go‘daklar  o‘limiga  olib  keluvchi  sabablar  ichida  perinatal 

davrda  sodir  bo‘lgan  holatlardan  o‘lim  eng  yuqori  ko‘rsatkichga  ega.  Go‘daklar 

o‘limiga olib keluvchi sabablar ichida ilgari eng oldingi o‘rinda turgan nafas olish 

a’zolari  kasalliklaridan  (bu  esa  ekologik  vaziyatning  yaxshi  emasligi,  tibbiyot 

tizimining  rivojlanishidagi  kamchiliklar,  aholi  tibbiy  madaniyatini  pastligi  tufayli 

yuz  bergan)  o‘limning  2,5  barobarga  yaqin  kamaytirilishi  yuqoridagi  jarayonlarni 

yaxshilashda erishilgan yutuqlar natijasi bo‘ldi.  

Rivojlangan  mamlakatlarda  yuqumli  yoki  oshqozon-ichak  kasalliklariga 

sabab  bo‘ladigan  ekzogen  omillardan  bolalar  o‘limi  juda  kam  hisoblanadi.  Ular 

yuqumli  kasalliklardan  o‘limni  kamaytirishga  asosan  sog‘liqni  saqlash  sohasining 

maqsadli  sa’i-harakatlari,  yuqori  sifatli  dori-darmonlarni  yaratish  va  boshqalar 



hisobiga  erishgan  bo‘lsalar,  oshkozon-ichak  kasalliklari  yoki  shamollash 

kasalliklariga qarshi kurash ancha murakkab kechgan, chunki bu hayotning barcha 

sharoitlarini o‘zgartirishni, aholi sanitar madaniyati yuqori bo‘lishini talab etardi. 

Perinatal davrda sodir bo‘lgan holatlardan o‘lim endogen kelib chiqishga ega 

bo‘lib,  rivojlangan  mamlakatlarda  ham  go‘daklar  o‘limida  eng  oldingi  o‘rinda 

turadi. 


Onalar va bolalar o‘rtasida o‘lim ko‘rsatkichlarini pasaytirishda mamlakatda 

turmush  darajasini  oshirish,  tibbiyot  xizmatlari  bilan  ta’minlashni  kengaytirish, 

oilani  rejalashtirish  bo‘yicha  dasturni  muvaffaqiyatli  amalga  oshirish,  tug‘ruq 

davridagi  sog‘liqni,  hamda  ona  va  bola  sog‘lig‘ini  yaxshilash  chora-tadbirlari 

muhim  o‘rin  tutadi.  Binobarin,  go‘daklar  o‘rtasida  perinatal  davrda  sodir 

bo‘ladigan  holatlardan  o‘lim  darajasini  kamaytirishda,  bizning  fikrimizcha, 

homilador  ayollarda  anemiya  kasalligini  va  vaqtidan  oldin  tug‘ilishlarning  oldini 

olish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.    



 

 

2.2.5-jadval. 

Xorazm viloyatida o‘lganlarning yoshi va jinsi bo‘yicha  

taqsimlanishi koeffitsienti, 2011 y., shu yoshdagi har ming aholiga o‘lganlar 

soni* 

YOshlari 

Erkaklar 

ayollar 


Jami aholi 

0-4 


4,1 

3,1 


3,6 

5-9 


0,4 

0,4 


0,4 

10-14 


0,3 

0,4 


0,4 

15-19 


0,5 

0,4 


0,4 

20-24 


0,8 

0,7 


0,8 

25-29 


1,3 

0,8 


1,1 

30-34 


1,8 

0,9 


1,3 

35-39 


2,2 

1,3 


1,8 

40-44 


4,0 

2,0 


2,9 

45-49 


5,0 

3,0 


4,0 

50-54 


8,1 

5,0 


6,5 

55-59 


14,4 

9,1 


11,6 

60-69 


29,1 

20,9 


24,9 

70-79 


68,8 

57,8 


62,8 

80-84 


143,1 

114,2 


125,9 

85 va undan katta 

141,8 


127,4 

131,4 


Jami 

4,7 


4,2 

4,5 


SHu jumladan: mehnatga 

yaroqli yoshda 

2,7 

1,4 


2,1 

      * A.Sadullaev. Quyi Amudaryo mintaqasining demografik rivojlanishi. Monografiya. Urganch 2014. 

107 b. 

 

 



YAna shuni ta’kidlab o‘tish zarurki, bolalar sog‘lig‘ining yaxshilanishiga va 

go‘daklar  o‘limining  qisqarishiga  tug‘ruq  yoshidagi  ayollar  va  bolalarni 

sog‘lomlashtirish  bo‘yicha  majmuaviy  tadbirlar,  homilador  va  tug‘ayotgan 

ayollarga  yuqori  malakali  tibbiy  yordam  ko‘rsatish,  onalik  va  bolalikni  muhofaza 

qilish  xizmati  bilan  ta’minlash  va  uning  sifatini  yaxshilash,  kontratseptiv 

vositalarning  zamonaviy  turlari  bilan  ta’minlashni  yaxshilash,  bolalarni  tug‘ish 

sonlari  o‘rtasidagi  davrni  uzaytirishni  targ‘ibot  qilish  kabi  jarayonlar  ijobiy  ta’sir 

ko‘rsatadi. 

Mustaqillik  yillarida  mintaqaning  demografik  rivojlanishi  xususiyatlarini 

o‘rganib chiqish quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini beradi: 

- mamlakatimizda aholining mutloq soni o‘sib borayotganligiga qaramasdan, 

yillik o‘sish sur’atlari pasaymoqda. Aholi sonining yillik o‘sish sur’atlari pasayishi 

Quyi Amudaryo mintaqasi hududlarida    ham    namoyon    bo‘lib    bordi; 

         -  aholi  soni  o‘sib  borish  sur’atlarining  nafaqat  Quyi  Amudaryo  mintaqasida 

balki  butun  O‘zbekiston  miqyosida  kamayib  borishi  birinchi  navbatda  tug‘ilish 

ko‘rsatkichlarining  pasayishi  bilan  bog‘liqdir.  Tug‘ilish  ko‘rsatkichlarining 

pasayishi 90-yillar avvalida boshlanib, hozirgi paytgacha davom etib kelmoqda; 

         -  tug‘ilish  darajasining  pasayib  borishi  iqtisodiy,  ijtimoiy,  madaniy,  siyosiy 

o‘zgarishlar  (bozor  munosabatlariga  o‘tilishi,  shaharlashuv  darajasining  oshishi, 

aholi  ma’lumotlilik  darajasining  oshib  borishi,  ayollarning  ijtimoiy  ishlab 

chiqarishda tobora faolroq qatnashuvi kabilar) bilan bog‘liqdir; 

        - mamlakatimizda aholi sog‘ligini saqlash borasidagi sa’i-harakatlar natijasida 

aholi o‘rtasida o‘lim va ayniqsa, bolalar o‘limi ko‘rsatkichlarini pasaytirishda katta 

muvaffaqiyatlarga erishildi; 



          -  ekologiyaning  yomonlashuvi  tufayli  o‘limga  olib  keluvchi  sabablar 

tarkibida  Qoraqalpog‘iston  Respublikasida  yuqumli  va  parazitar  kasalliklar,  nafas 

olish  organlari  kasalliklari  va  havfli  o‘sma  kasalliklari  umumiy  O‘zbekiston 

ko‘rsatkichlariga,  shu  jumladan  Xorazm  viloyati  ko‘rsatkichlariga  nisbatan  ham 

ancha yuqoriligi bilan ajralib turadi; 

         -  mintaqada,  xuddi  butun  O‘zbekistondagi  kabi,  mustaqillik  yillarida 

go‘daklar  o‘limi  koeffitsienti  3  -  4  barobarga  kamaygan.  Go‘daklar  o‘limiga  olib 

keluvchi  sabablar  ichida  perinatal  holatlardan  o‘lim  yuqori  darajada  saqlanib 

qolmoqda. 

        -  onalar  va  bolalarning  reproduktiv  salomatligini  muhofaza  qilish, 

profilaktikaga  asoslangan  sog‘liqni  saqlash  tizimini  ustuvor  rivojlantirish,  tibbiy 

xizmat  sohasi  moddiy-texnik  bazasini  mustahkamlash,  sog‘lom  bolalar  tug‘ilishi 

uchun  yanada  qulay  shart-sharoitlar  yaratish  mustaqillik  yillarida  O‘zbekiston 

demografik siyosatining asosiy maqsad va yo‘nalishlari bo‘ldi. 



 

2.3 Viloyatda demografik rivojlanish istiqbollari 

 

Demograflar  va  statistlarning  hisob  -  kitobiga  qaraganda,  aholining  tabiiy 



o‘sish  ko‘rsatkichi  hozirgi  kattalikda  saqlanib  qolsa  2040  yilga  kelib  O‘zbekiston 

aholisi 50 mln. kishini tashkil qiladi.  YUqori raqamli o‘sish ko‘rsatkichi, umumiy 

o‘lim ko‘rsatkichi, go‘daklar o‘limi ko‘rsatkichi past bo‘lganda ijobiy hisoblanadi. 

Aholi  tabiiy  o‘sishining  pasayib  ketishi  barcha  holatlarda  ham  jamiyat 

taraqqiyotining  aniq  noxushliklaridan  dalolat  beradi.  YUqoridagilardan  kelib 

chiqqan  holda,  O‘zbekiston  aholisining  tabiiy  o‘sish  jarayonini  ijobiy  holat  deb 

baholasa bo‘ladi, chunki bu jarayon umumiy o‘limning past ko‘rsatkichlari asosida 


kechmoqda. 

 

2.3.1-rasm. O‘zbekistonda onalar va go‘daklar o‘limi 

 

 

 



Onalar o‘limi ko‘rsatkichi mamlakatning ijtimoiy - iqtisodiy omillari bilan bir 

qatorda,  jamiyatning  an’analari  va  urf  -  odatlariga  ham  bog‘liqdir.  Umuman 

olganda,  O‘zbekiston  Respublikasida  1991  yildan  2012  yilgacha  bo‘lgan  davrda 

onalar  o‘limi  ko‘rsatkichining  darajasi  3,0  martadan  ko‘proqqa  kamaygan,  ya’ni 

65,3‰00  dan  21,2‰00  gacha.  Go‘daklar  o‘limi  esa  34,6‰dan  9,1‰gacha  yoki 

3,5  barobarga  kamaydi  (2.3.1-rasm).  (2.3.1-rasm).  Onalar  o‘limi  (100  ming  tirik 

tug‘ilganlarga)  va  go‘daklar  o‘limi  (1000  tirik  tug‘ilganlarga)  dinamikasi    2013 

yilning  11  oyida  amalga  oshirilgan  ishlar  natijasida  onalar  o‘limi  ko‘rsatkichi  har 

100 ming tirik tug‘ilgan chaqaloqlarga nisbatan 18,6 tashkil qildi, go‘daklar o‘limi 

1000  nafar  tirik  tug‘ilgan  chaqaloqlarga  nisbatan  8,6  ga  teng  bo‘ldi.Onalar 

o‘limining  oldini  olish  va  kamaytirish  sog‘liqni  saqlash  tizimining  etakchi 

vazifasiga  kiradi.SHu  sababdan  O‘zbekiston  Respublikasi  sog‘liqni  saqlash 

Vazirligi  tomonidan  onalar  kasalligi  va  o‘limining  oldini  olishga  qaratilgan  qator 

chora tadbirlar ishlab chiqilgan. 

Ular quyidagilardan iborat: 


• reproduktiv  salomatlikka  oid  barcha  xizmat  va  ma’lumotlarni  etkazish 

yo‘llarini oilalar va shunga ehtiyoj sezuvchilar uchun yaxshilash; 

• fertil yoshidagi barcha ayollarni tibbiy profilaktik ko‘riklarga jalb qilishni  

kengaytirish va samarali davolash xizmatini yaratish; 

• akusherlik - ginekologik xizmatni takomillashtirish; 

• tuman shifoxonalarining moddiy - texnik bazasini va shifokorlar malakasini  

yaxshilash choralarini amalga oshirish; 

• jamoat tashkilotlari, nashriyot, radio va televideniyani jalb qilish yo‘li bilan  

targ‘ibot  va  tashviqotni  kuchaytirish,  kontratsepsiyaning  xavfsiz  uslublari 

haqida aholiga ma’lumot berishni kuchaytirish. 

Oxirgi  o‘n  yilda  onalar  o‘limining  sezilarli  kamayishi,  albatta  mamlakat 

miqyosida joriy qilingan dasturlarning natijasidir.Onalar o‘limi bilan bir qatorda 1 

yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi (go‘daklar o‘limi) davlatning ijtimoiy - iqtisodiy 

rivojlanishi  va  aholining  tibbiy  -  biologik  ravnaqini  belgilovchi  muhim  indikatori 

hisoblanadi. Sog‘liqni saqlash  tizimi  faoliyati sifatini  belgilashda  go‘daklar o‘limi 

muhim o‘rin tutadi. 

Go‘daklar 

o‘limining 

kamayishiga 

bolalar 


o‘limiga 

olib 


keluvchi 

kasalliklarning  kamayishi,  respublikadagi  tug‘ilish  ko‘rsatkichining  yaxshilanishi, 

tug‘ruqlar  orasidagi  davrni  uzaytirish,  fertil  yoshidagi  ayollarning  kontratsepsiya 

vositalaridan  foydalanishining  ortishi  va  kasallikka  chalingan,  zaif  bolalarning 

tug‘ilish  hollarini  pasayishi  kabi  omillar  sabab  bo‘ladi.Oxirgi  yillarda  go‘daklar 

o‘limining  kamayishi  yosh  va  yoshi  katta  bo‘lgan  ayollar  orasida  tug‘ruqlar 

sonining kamayganligi sababli yuz berdi. Optimal yoshda bo‘lgan ayollarda, ya’ni 

20-30  yosh  oralig‘idagi  tug‘ruqlar  salmog‘i  82,0-  85,0  %  ni  tashkil 

etdi.O‘zbekistonda  ayollarning  kontratseptiv  vositalar  va  usulari  haqidagi 

tushunchasini,  ularning  yoshi,  ma’lumoti  va  millatidan  qat’iy  nazar  yuqori  deb 

baholash  mumkin.

 

Ko‘plab ayollar kontratsepsiya vositalarini davlat sektori orqali 



oladi: statsionarlar, ayollar maslahatxonalari, poliklinikalar va dorixonalar orqali. 

Fertil  yoshidagi  ayollarning  kontratsepsiya  vositalarini  qo‘llashiga  nisbatan 

bo‘lgan ijobiy munosabatini quyidagi omillar belgilaydi: 


• Farzand tug‘ilishini bir qancha kechroq muddatga qoldirish istagi; 

• Ikkita yoki uchta farzand bilan cheklanish istagi; 

• Farzandlar soni bir necha bo‘lganda tug‘ish faoliyatini to‘xtatish istagi. 

Oila  reproduktiv  salomatligi  bo‘yicha  olib  borilgan  ishlarning  asosiy  natijasi 

onalar va bolalar o‘limi ko‘rsatkichining kamayishidir. 

 

O‘zbekiston Respublikasida bolaning salomatligi haqida qayg‘urish uning  



tug‘ilishidan  ancha  oldin  boshlanadi.  Har  bir  oilada  sog‘lom  bola  tug‘ilishini 

ta’minlash  maqsadida  bo‘lg‘usi  ona  -  qizlar  va  o‘smir  qizlar  salomatligini 

mustahkamlashga  katta  e’tibor  beriladi.  Bunda  erta  nikohlarning  oldini  olish, 

oilada  bola  tug‘ilishini  ongli  nazorat  qilish,  reproduktiv  salomatlik  masalalariga 

erkaklarni jalb qilish oilaning barkamol ravishda demografik rivojlanishi va uning 

tibbiy - biologik holatini yaxshilashga qaratilgan chora - tadbirlarga alohida e’tibor 

beriladi.  Aholi  orasida  jamoatchilikning  keng  doiralari  va  diniy  tashkilotlar, 

hokimyatlar  va  Respublikaning  mahalliy  boshqaruv  organlari  bilan  o‘tkazilgan 

tibbiy - tashkiliy va targ‘ibot ishlari natijasida erta yoshdagi va qarindosh - urug‘lar 

orasidagi  nikohlarning  qayd  qilinishi,  katta  yoshdagi  ayollar  orasida  tug‘ruqlar 

kamayib, har bir tug‘ruqlar orasidagi davr uzaydi. Bularning hammasi reproduktiv 

yoshdagi  ayollar  salomatligining  yaxshilanishida  aks  etdi,  umuman  mamlakat 

bo‘yicha  va  uning  mintaqalarida  onalar  va  go‘daklar  o‘limi  ko‘rsatkichlarining 

kamayishiga  olib  keldi  .SHunday  qilib,  biz  uchun  ustuvor  yo‘nalishlardan  biri 

bo‘lgan  onalik  va  bolalikni  muhofaza  qilish  sohasida  izchil  islohotlar  amalga 

oshirilmoqda.  Mustaqillikning  dastlabki  yillaridan  boshlab  Prezidentimiz  va 

davlatimiz  tomonidan  sog‘lom  avlodni  dunyoga  keltirish  hamda  o‘sib  kelayotgan 

yosh avlodni har tomonlama etuk va barkamol etib tarbiyalash uchun barcha shart 

sharoitlar va imkoniyatlar yaratilmoqda. 

Bolalikdan  nogironlikning  oldini  olish  maqsadida  Respublika  skrining 

markazlarida  nasliy  va  tug‘ma  kasalliklarga  chalinish  xavfli  guruxga  kirayotgan 

227  ming  homiladorlar  tibbiy-genetik  tekshiruvdan  o‘tkazildi.  Tug‘ma  gipotireoz 

va fenilketonuriyaga 553 ming chaqaloq tekshirildi. Nerv nayi nuqsoni va AFP/XG 

xromosomalarning sindromlari kasalliklariga chalinish xavfli guruhga kiradigan 45 



mingdan  ortiq  homilador  ayol  biokimyoviy  skrining  tekshiruvidan  o‘tkazilib, 

ulardan 3916 nafarida homila nerv nayi nuqsoni va xromosomalarning kasalliklari 

aniqlanganligi  sababli  xomiladorligi  to‘xtatildi  va  nogiron  bolalar  tug‘ilishi  oldi 

olindi.Istalmagan  homiladorlikni  oldini  olish  maqsadida  ekstragenital  kasalligi 

aniqlangan  1  mln.  760  mingdan  ziyod  tug‘ish  yoshidagi  ayollar  zamonaviy 

kontratseptiv vositalar bilan qamrab olindi. 

Tug‘ma va tranzitor gipotireoz bilan xastalangan bolalar va xomilador ayollar 

uchun  3600  o‘ram  “L-tiroksin-100”,  fenilketonuriya  bilan  kasallangan  bolalarga 

6146 banka shifobaxsh ovqat maxsulotlari tarqatildi. 

 “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida respublikaning 

olis  hududlarida  o‘tkazilgan  tibbiy  ko‘rik  davomida  193  ming  aholi 

chuqurlashtirilgan  tibbiy  ko‘rikdan  o‘tkazildi.Tibbiy  xizmat  sifatini  yaxshilash  va 

resurslardan  samarali  foydalanish  maqsadida  JSSTning  zamonaviy  klinik 

standartlari va texnologiyalarini joriy etish yo‘li bilan onalar va go‘daklar o‘limini 

kamaytirish, antenatal parvarishni takomillashtirish mavzusida 5864 nafar akusher-

ginekolog,  neonatolog  va  pediatrlar  YUNFPA  ko‘magida  o‘qitildi.  Tug‘ish 

yoshdagi  ayollar,  shuningdek,  bolalar  va  o‘smirlarni  tibbiy  ko‘rikdan  o‘tkazish 

to‘liq  ta’minlandi.  2011  -  2013  yillarda  535  ming  nafar  homilador  ayol  irsiy  va 

tug‘ma kasalliklar bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazildi.

 

Bu 2013 yilda qariyb 2,7 ming 



bolaning  tug‘ma  xastaliklar  va  rivojlanishdagi  nuqsonlar  bilan  tug‘ilishini  oldini 

olish  imkonini  berdi.  Muxtasar  aytganda,  “Ona  va  bola  skriningi”  dasturining 

hayotga  tadbiq  etilishi  natijasida  rivojlanishda  nuqsoni  bor  bolalarning  tug‘ilishi 

2000  yilga  nisbatan  1,8  marta  kamaydi    (I.Karimov).Respublikada  12  marotaba 

«Fertil  yoshdagi  ayollar,  bolalar  va  o‘smir-qizlarni  sog‘lomlashtirish  haftaligi» 

o‘tkazilib,  793  nafar  yuqori  malakali    mutaxassislar  tomonidan  hududlarda  143 

ming  tug‘ish  yoshidagi  ayollar  va  100  ming  o‘smir  yoshdagi  qizlar  va  bolalar 

tibbiy  ko‘rikdan  o‘tkazildi.  2013  yil  davomida  jami  7  mln.  190  ming  tug‘ish 

yoshidagi  ayollar  va  7  mln.  290  ming  bolalar  tibbiy  ko‘rikdan  o‘tkazildi, 

ayollarning  40,9%  foizida  va  bolalarning  38,1%  foizida  sog‘lomlashtirish  ishlari 

olib borildi.  


Vitamin A tanqisligini profilaktika qilish maqsadida joriy yilda o‘tkaziladigan 

“Sog‘lom bola xaftasi”da respublikaning barcha  xududlarida 5 yoshgacha bo‘lgan 

bolalar  orasida    vitamin  A  saplementatsiyasining  20    va  21-turlarini  o‘tkazish 

uchun  YUNISEF  tomonidan  11  ming  286  flakon  vitamin  A  preparati  muruvvat 

yo‘li bilan olib kelindi  va joylarga etkazilmoqda.    Mamlakatimizdagi  har bir ota 

ona,  butun  halqimizning  ezgu  orzusi  bo‘lmish  har  tomonlama  sog‘lom  naslni 

voyaga  etkazishda  “Sog‘lom  ona  sog‘lom  bola”  dasturi  doirasida  barcha 

xududlarimizda  biz  uchun  mutlaqo  yangi  bo‘lgan  perinatal  va  skrining  hamda 

reproduktiv  salomatlik  markazlarining  zamonaviy  tizimi  yaratilganligi  soha 

rivojida  alohida  yorqin  sahifa  bo‘ldi.  SHu  o‘rinda  mamlakatimizda  tibbiyot 

sohasida  izchil o‘tkazilayotgan  islohotlarning  miqyosi  va ko‘lami, darajasi  hamda 

mohiyatini  tasavvur  qilish  uchun  quyidagi  raqamlarga  e’tibor  qarataylik.  2013 

yilda yurtimizda mutlaqo sog‘lom bolalar tug‘ilishi 63 foizdan oshdi.  

Mamlakatimizda  mustaqillik  yillarida  kuchli  ijtimoiy  siyosatga  asoslangan 

islohotlarning amalga oshirilishi natijasida aholining turmush farovonligi ko‘tarilib 

bormoqda.  Turmush  farovonligining  eng  asosiy  ko‘rstakichlaridan  hisoblangan 

aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar natijasida 

mamlakatimiz    demografik  rivojlanishida  ijobiy  tendensiyalar  namoyon 

bo‘lmoqda.  Binobarin,  tug‘ilish  jarayonining  sifatiy  ko‘rsatkichlari  tubdan 

yaxshilandi,  onalar  va  bolalar  sog‘lig‘i  mustahkamlandi,  aholining  umumiy  o‘lim 

ko‘rsatkichlari  past  darajada  saqlanib  kelmoqda,  go‘daklar  o‘limi  3,5  barobarga 

qisqardi.  Mamlakatimizning  keyingi  rivojlanish  davrida  ham  aholi  salomatligiga 

bo‘lgan e’tibor saqlanib qoladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 

“2014-2018  yillarda  O‘zbekistonda  aholining  reproduktiv  salomatligini  yanada 

mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasidagi 

Davlat  dasturi  to‘g‘risida”  qabul  qilingan  qarori  yaqin  istiqbolda  demografik 

jarayonlar kechishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 

Istiqlol  yillarida  mamlakatimizdagi  iqtisodiy  va  ijtimoiy  sohada  yuz 

berayotgan  ijobiy  o‘zgarishlar  aholi  soni  va  tarkibining  holatiga  ham  ta’sir 

ko‘rsatmasdan  qolmadi.  Ushbu  yillarda  mamlakat  aholisi  20,6  mln  kishidan  30,5 



mln  kishigacha  ya’ni,  148,1  foizga  ko‘paydi.  Xorazm  viloyati  aholisi  esa  1066,0 

ming  kishidan  1684,1  ming  kishigacha  (158,0  foizga)  ko‘paydi.  Mamlakatimizda 

aholining  mutloq  soni  o‘sib  borayotganligiga  qaramasdan,  yillik  o‘sish  sur’atlari 

pasaymoqda.  Agar,  1991  yilda  yillik  o‘sish  2,4  foizni  tashkil  qilgan  bo‘lsa,  2013 

yilda  faqat  1,6  foizga  teng  bo‘ldi.  Aholi  sonining  yillik  o‘sish  sur’atlari  pasayishi  

Xorazm viloyatida ham    namoyon    bo‘lib, u  3,1 dan 1,8 foizgacha pasaydi.  

Aholining yillik o‘sish sur’atlari Xorazm viloyatida ushbu davrda 41,9 foizga 

kamaygan.  Viloyat  demografik  rivojlanishining  istiqbollarini  taxlil  qilishni  biz 

demografik  bashorat  yordamida  amalga  oshirishga  harakat  qildik.  Demografik 

bashoratning  asosiy  maqsadi  mamlakatning,  ayrim  mintaqalarning  va  aholi 

punktlarining  (shaharlar  va  qishloqlar)  aholisini  kelajakdagi  sonini  va  yosh-jins 

tarkibini  baholab  berish  hisoblanadi.  Bunday  ma’lumotlarni  hisobga  olmasdan 

butun  jamiyatning  yoki  iqtisodiyotning  ayrim  tarmoqlari  rivojlanishini  ijtimoiy  – 

iqtisodiy jihatdan belgilab olish yoki bashorat qilish mumkin emas. 

Xorazm viloyatida yaqin 15 yil ichida, ya’ni 2030 yilgacha aholi soni qanday 

sur’atlarda  ko‘payib  borishi,  unga  ta’sir  qiluvchi  demografik  jarayonlar:  tug‘ilish, 

umumiy  o‘lim  va  bolalar  o‘limi  ko‘rsatkichlari  qanday  o‘zgarib  borishini 

aniqlashda  men  demografik  bashoratning  ekstrapolyasiya  usulidan  foydalandim. 

ekstrapolyasiya  usuli  bashorat  davrida  bevosita  yaqin  yillarda  yuz  bergan 

demografik  jarayonlar  tendensiyasi  saqlanishi  va  rivojlanishini  ehtimol  tutadi. 

Bashorat  ssenariysi  ham,  aynan  mana  shunga,  ya’ni  kuzatilayotgpn  tendensiyalar 

yaqin  kelajakda  ham  saqlanib  qoladi  degan  gepotezaga  asoslanadi.  CHunki  butun 

demografik  tarix  tomonidan  shu  narsa  tasdiqlanganki,  demografik  jarayonlar 

yuqori  inersiyaga  ega  hisoblanadi.Ushbu  bitiruv  malakaviy  ishimda  men  Viloyat 

demografik  rivojlanishi  bashoratining  umumiy  natijalari  to‘g‘risida  gapirib 

o‘taman.  Mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  ijtimoiy  islohotlar  demografik 

rivojlanishidagi  ijobiy  tendensiyalarning  saqlanib  qolishi  ehtimolligi  yuqoriligini 

belgilab  beradi.  YAqin  istiqbolda  aholi  sonining  o‘sish  sur’atlari  pasayish 

tendensiyasi  davom  qiladi,  ya’ni  xozirgi  1,8  foizlik  yillik  o‘sish  sur’atlari  sekin 

asta pasayib bashorat davrining oxiriga borib 1,2-1,3 foizga tushadi.      Mintaqada 



aholi  soni  o‘sib  borish  sur’atlarining  pasayib  borishi  birinchi  navbatda  tug‘ilish 

ko‘rsatkichlarining  qisqarishi  bilan  bog‘liqdir.  Tug‘ilish  ko‘rsatkichlarining 

qisqarishi  90-yillar  avvalida  boshlanib,  hozirgi  paytgacha  davom  etib  kelmoqda. 

Masalan,  1991  yilda  butun  O‘zbekiston  bo‘yicha  har  ming  aholiga  34,68  ta 

tug‘ilish qayd qilingan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich xozirgi kunga kelib (2013 yil) 25,47 

tagacha  pasaydi,  pasayish  darajasi  ushbu  davrda  -26,6  foizni  tashkil  qildi. 

Tug‘ilishning pasayish tendensiyasi Xorazm  viloyatida ancha  yaqqolroq  namoyon 

bo‘lib, u ushbu davrda – 37,0 foizga (36,05 dan 22,71 promillegacha) kamayganini 

ko‘rishimiz  mumkin  buldi.  Viloyatda  tug‘ilish  darajasining  pasayib  borishi 

tendensiyasini  tahlil  qilish  shuni  ko‘rsatadiki,  istiqbolda  ham  bu  tendensiyaning 

davom etishi ehtimolligi juda  yuqoridir. Tug‘ilishning  umumiy darajasi,  ya’ni  har 

ming aholiga tug‘ilganlar soni 2013 yildagi 22,3 promilledan 2030 yilga borib 16,0 

promillegacha  pasayadi.  Tug‘ilish  darajasining  pasayib  borishi,  birinchi  navbatda 

aholi  o‘rtasida  oilada  bolalar  sonini  rejalashtirish  tendensiyasining  keng  tarqalib 

borayotganligi  bilan  bog‘liqdir.  Xozirgi  kunda  viloyat  aholisi,  xuddi 

respublikamizda  bo‘lganidek  kam  bolalik  oilalarni  ma’kul  ko‘radigan  davrga  etib 

keldi.  Ushbu  jarayonning  yuz  berayotganligini  bizning  viloyatda  o‘tkazgan 

sotsiologik tadqiqotlarimiz (2007-2008 y.) xam yaqqol tasdiqlab bergandi. Ayollar 

o‘rtasida  o‘tkazilgan  so‘rovnoma  shuni  ko‘rsatdiki,  aholi  o‘rtasida  oilada  bolalar 

sonini  rejalashtirish  fikri  to‘liq  shakllangan.  Buning  uchun  ular  xohlamagan 

homiladorlikdan saqlanish  vositalarini  ham bilishadi  va keng qo‘llaydilar. Ayollar 

ko‘p  bola  tug‘ilishining  va  ular  o‘rtasidagi  oraliqlar  qisqa  bo‘lishi,  o‘zlarining  va 

tug‘iladigan  farzandlarining  sog‘lig‘iga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatishini  ham  biladilar. 

Ular  xatto,    farzandlariga  o‘zlariga  nisbatan  kam  farzandlar  ko‘rishni  maslahat 

bergan bo‘larkanlar. 

Viloyatda  tug‘ilishning  yig‘indi koeffitsienti (15-  49  yoshdagi  har bir ayolga 

to‘g‘ri  keladigan  tug‘ilishlar  soni)  ham  yildan-yilga  pasayib  bormoqda. 

Tug‘ilganlarning  navbati  bo‘yicha  taqsimlanishini  tahlil  qilish  shunday  xulosaga 

kelish  imkonini  beradiki,  yuqori  navbatda  tug‘ilgan  farzandlarning  soni  tobora 

kamayib  bormoqda.  Xorazm  viloyatida  2011  yil  ma’lumotlari  bo‘yicha  oilada 



to‘rtinchi  farzandlarning  tug‘ilishi  –  57,5  foizga,  beshinchi  va  undan  yuqori 

navbatdagi  farzandlarniki  –  90,0  foizga  kamayib  ketgan.  Beshinchi  va  undan 

yuqori  navbatdagi  farzandlarning  tug‘ilishi  ancha  kam  uchraydigan  hodisa  bo‘lib 

qoldi.        Viloyatda  xozirgi  kunda  tug‘ilishlarning  asosiy  qismi  (70,8  foizi) 

ayollarning 20-30 yoshlariga to‘g‘ri kelmoqda. eng asosiysi 20 yoshgacha bo‘lgan 

davrda,  ya’ni  ayollarning  organizmi  tug‘ish  uchun  hali  to‘liq  shakllanmagan 

davrda  tug‘ishlar  soni  kamayib  ketgan.  Tug‘ilish  ko‘rsatkichlari  35-39,  40-44  va 

45-49  yoshlarda  ham  ancha  katta  hajmda  kamaygan.    Bu  oilada  bolalar  sonini 

cheklash  tendensiyasining  keng  tarqalib  borayotganligi  tasdiqlaydi.Ayollarning 

jamiyatda  tutgan  o‘rni  yildan-yilga  oshib  borayotganligi  tug‘ilishga  ta’sir 

ko‘rsatadigan ijtimoiy omillardan biri hisoblanadi.  

Tug‘ilish  darajasining  pasayishiga  ta’sir  ko‘rsatadigan  yana  bir  omillardan 

biri  bu  hududning  shaharlashish  darajasi,  ya’ni  urbanizatsiya  ko‘rsatkichining 

oshib  borishi  hisoblanadi.  Qishloq  joylarida  qishloq  xo‘jaligi  bilan  bog‘liq 

bo‘lmagan  sohalarning  hissasi  va  ularda  band  bo‘ladiganlarning  hissasi  oshib 

borishi  shaharlashish  jarayonini  yanada  tezlashtiradi.  SHahar  va  qishloq 

aholisining  tug‘ilish  darajasidagi  farqlar    hozirgi  paytda  ham  ancha  katta  bo‘lib, 

Xorazm  viloyatida  shaharlarda  tug‘ilish  darajasi  (har  ming  kishiga)  qishloqlar 

darajasining  72,3  foizini  tashkil  qilgan.  SHaharlarda  tug‘ilish  darajasining 

qishloqlarga  nisbatan  past  bo‘lishi  shahar  turmush  tarzining  o‘ziga  xosligi, 

ayollarning bandlik darajasi yuqoriligi bilan izohlanadi.  

Tug‘ilish  darajasiga  ma’lum  ma’noda  ta’sir  ko‘rsatadigan  yana  bir  sabab, 

nikohga kirish yoshi hisoblanadi. Bola tug‘ish davrining davomiyligi taxminan 30 

yilga  teng  bo‘ladi.  Bundan  tashqari,  ayollarning  yoshi  oshib  borishi  bilan  

homilador bo‘lish ehtimolligi kamayib boradi. SHuning uchun ham nikohga kirish 

yoshining  har  qancha  ko‘tarilishi  ayollar  tomonidan  tug‘adigan  bolalar  soni 

kamayishiga olib keladi. 

Mamlakatimizda  oila  qurish  davrigacha  o‘quv  yurtini  bitirib  olish,  binobarin 

iqtisodiy  mustaqilligini  oshirishga  intilishi  natijasida  nikohga  kirish  yoshi  ancha 

ko‘tarildi.  Agar,  ilgari  20  yoshgacha  davrda  qizlarning  yarmi  turmushga  chiqqan 



bo‘lsa,  xozirgi  paytda  bunday  yoshda  faqat  18  %  qizlar  nikohga  kiradilar.  Aholi 

sonining  o‘sishiga  ta’sir  ko‘satadigan  asosiy  omillardan  biri,  bu  aholi  o‘rtasida 

o‘lim  ko‘rsatkichlarining  darajasidir.  Bu  jarayon  aholining  yosh  tarkibi, 

mamlakatda tibbiyotning rivojlanish darajasi, aholining tibbiy va sanitariya-gigiena 

bilimlarining darajasi bilan bevosita bog‘liqdir.  

Mamlakatimizda  istiqlol  yillarida  aholi  turmush  farovonligini  oshirib  borish 

bilan birgalikda uning salomatligini yaxshilashga katta ahamiyat berildi. Sog‘liqni 

saqlashning  zamonaviy  tarkibiy  tizimini  shakllantirish,  ayollar  va  bolalar 

salomatligini  muxofaza  qilish  tizimining  sifatini  tubdan  oshirish,  pediatriya  va 

tug‘ruq 


muassasalari 

moddiy-texnik 

bazasini 

yanada 


rivojlantirish 

va 


mustahkamlash, qishloq aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya  yordami ko‘rsatishni 

takomillashtirish,  tibbiyot  xodimlarining    malakasi  va  kasb  mahoratini  muttasil 

oshirib borish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash  kabi chora tadbirlarning amalga 

oshirilishi    aholi  salomatligini  yaxshilashda  katta  ahamiyatga  ega  bo‘lmoqda.  

Mana  shunday  sa’i-harakatlar  natijasida,  aholi  o‘rtasida  o‘lim  va  ayniqsa,  bolalar 

o‘limi ko‘rsatkichlarini pasaytirishda katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Aholi o‘lim 

ko‘rsatkichlari  o‘zgarib  borishini  tahlil  qilish  shuni  ko‘rsatadiki,  1991-2010  yillar 

ichida  umumiy  o‘lim  koeffitsienti  (har  ming  kishiga  o‘lganlar  soni)  Xorazm 

viloyatida 5,92 dan 4,43 gacha (-25,2 foizga) kamaydi.  

Istiqbolda  viloyatning  demografik  rivojlanishida  aholi  o‘rtasida  o‘lim 

ko‘rsatkichlarining  barqaror  past  darajada  saqlanib  turishi  davom  etadi.  Bu 

ko‘rsatkich  darajasi  2013  yilgi  4,4  promiledan  (har  ming  kishiga  o‘lganlar  soni) 

2030  yilga  borib,  deyarli  shu  darajada  saqlanib  qoladi,  va  4,3  promilleni  tashkil 

qiladi.  Umumiy  o‘lim  ko‘rsatkichlarini  pasaytirishda  mintaqa  sharoitida  ekologik 

ahvolning  tangligidan  kelib  chiqadigan  kasalliklardan,  ya’ni  turli  o‘smalar,  ovqat 

hazm  qilish  tizimi  kasalliklari,  buyrak  kasalliklaridan  o‘lim  hodisalarini 

kamaytirish  muhim  hisoblanadi.  Tibbiyot  tizimining  zamonaviy  diagnostika  va 

davolash  uskunalar  bilan  qurollantirilishi,  malakali  tibbiyot  xodimlarini  bilan 

ta’minlash,  va  ayniqsa  aholining  tibbiy  madaniyati  oshib  borayotganligi  ushbu 

kasalliklarga  qarshi  kurashda  ijobiy  natijalarni  berishi  darkor.      Millatning 



salomatligi  ko‘p  jihat  inson  hayotining  dastlabki  davri  bilan  bog‘liqdir.  O‘z 

navbatida,  bolalar  salomatligini  asosiy  qismi  onalar  sog‘lig‘iga,  organizmning 

tug‘ilishgacha  va  tug‘ilishdan  keyingi  davrlardagi  rivojlanishi,  hamda  bola 

hayotining birinchi yilida beriladigan tibbiy yordamning sifatiga ham bog‘liqdir. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 




Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling